toshkent viloyati Boʻka tumani hokimining
Qarori
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Mahkamasining Axborotnomasi 1998-yil 5-6 son, 97-modda) 17-moddasida hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 19-iyuldagi 353-son “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-yil 7-son, 40-modda) ijrosini taʼminlash, ish qidirayotgan shaxs sifatida tuman Bandlikka koʻmaklashish markazida roʻyxatga olingan fuqarolarga ularning vaqtincha ish haqi olishi va ish qidirayotgan davrida ularni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan “ishsiz” deb eʼtirof etilgan fuqarolarni vaqtincha ish bilan taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratish, birinchi marotaba ish qidirayotgan va kasbi boʻlmagan shaxslarni mehnatga jalb qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona, muassasa va tashkilotlar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar rahbarlariga:
ilovada qayd etilgan haq toʻlanadigan jamoat ishlarini tashkil etish taʼminlansin;
jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlariga qarashli korxona va tashkilotlar boʻyicha 75 foizi ish beruvchilar mablagʻlari va 25 foizi ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan.
3. Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi yoʻllanmasi boʻyicha haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan fuqarolarni jamoat ishiga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot 3 kunlik muddatda Bandlikka koʻmaklashish markaziga yozma ravishda xabar berilsin.
Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi (Z. Soxibnazarov):
korxona va tashkilotlar rahbarlari tomonidan mazkur qarorning toʻliq bajarilishi yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatilsin;
haq toʻlanadigan jamoat ishlariga yuborilgan va ish bilan taʼminlangan fuqarolar belgilangan tartibda hisobga olinsin.
4. Boʻka tuman hokimining 2015-yil 6-noyabrdagi 1147-son “Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2016-yilda tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari M. Sunnatullayev zimmasiga yuklatilsin.
Hokim M. KUChChIYEV
Boʻka sh.,
2016-yil 26-oktabr,
1012-son
Tuman hokimining 2016-yil 26-oktabrdagi 1012-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarini 2017-yilda tashkil etuvchi korxona va tashkilotlar
roʻyxati
|
T/r |
Korxona, muassasa va tashkilotlar |
Jalb qilinganlar soni |
Ish haqini toʻlash manbai (% hisobida) |
Haq toʻlanadigan jamoat ishlarining turlari | |
|
Ish beruvchi korxona va tashkilotlar mablagʻlari hisobidan |
Ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan | ||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
|
1. |
Boʻka tumani “Madalim quruvchi” MChJ |
15 |
75% |
25% |
Qurilish ishlari |
|
JAMI: |
15 |
75% |
25% |
||