29.03.2016 yildagi Қ-164-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
navoiy viloyati Navbahor tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom ona va bola yili” tuman dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2487-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y 7-son, 62-modda), Navoiy viloyati hokimining 2016-yil 14-martdagi “Sogʻlom ona va bola yili viloyat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Q-49-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2487-sonli hamda Navoiy viloyati hokimining 2016-yil 14-martdagi “Sogʻlom ona va bola yili viloyat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Q-49-sonli qarorlari rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom ona va bola yili” tuman dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturni amalga oshirish boʻyicha tuman komissiyasi tarkibi 2-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturning ijrosini taʼminlash boʻyicha tuman komissiyasi aʼzolarini Dasturning boʻlimlariga biriktirilishi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishda quyidagilar asosiy ustuvor yoʻnalishlar etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinib, ijroga yoʻnaltirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sogʻlom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olis va chekka qishloqlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur shart-sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan taʼminlash, xizmatlar koʻrsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini koʻpaytirishni taʼminlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikohga kirayotgan shaxslarning nikohdan oldin toʻliq tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlash uchun tibbiyot xodimlarining masʼuliyatini kuchaytirish, shu asosda tugʻma va irsiy kasalliklar sonini kamaytirish hamda ushbu maqsadlarda poliklinikani zamonaviy tashxis uskunalari bilan jihozlash, koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, mustahkam oila qurish va sogʻlom farzand tugʻilishi uchun nikohdan oldin tibbiy koʻrikdan oʻtishning muhimligini aholi keng qatlamlari ongiga singdirgan xolda katta tushuntirish ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiyena, homilador ayollarning sogʻligʻini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasi yaxshilanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, yangi sport obyektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni, xususan, oʻzaro xurmat-ehtirom, er-xotin oʻrtasida, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin oʻrtasida, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasida mehr-oqibat ruhini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiz bolalarni - boʻlajak onalarni jismonan sogʻlom va intellektual rivojlangan tarzda voyaga yetkazish, ularning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida albatta taʼlim olishini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega boʻlishlarini taʼminlash, ularning hayotda munosib oʻrinni egallashlarida, kelajakda sogʻlom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblanmish mustahkam hayotiy nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻlom bolani voyaga yetkazishda taʼlim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini yanada rivojlantirish, boshlangʻich taʼlimning yuqori sifatini taʼminlab, ilgʻor pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, avvalo qizlarni ishga joylashtirish, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish ishtiyoqidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun isteʼmol kreditlari ajratish chora-tadbirlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishda mahalliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar birlashmalari, faxriylar tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu ishlarga jamiyatda hurmat va obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgan keksa avlod vakillarini keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron axborot vositalarining va Internet tarmogʻining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari hamda Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman komissiyasi hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Dasturini amalga oshirish boʻyicha tegishli ishchi guruhlar tashkil etilishini taʼminlash va ularning zimmasiga dasturida belgilangan vazifalarni soʻzsiz, toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishi uchun shaxsiy javobgarligini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn kun muddatda tumandagi tashkilot, korxona, idoralar tomonidan har bir idora, tashkilot oʻz yoʻnalishlari boʻyicha “Sogʻlom ona va bola yili” dasturi yuzasidan tarmoq dasturini ishlab chiqish va qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrib, bajarilgan ishlar toʻgʻrisida har oyning 20 sanasiga qadar tuman komissiyasiga axborot taqdim qilib borish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dasturining ijrosi boʻyicha 3-ilovaga muvofiq boʻlimlarga biriktirilgan masʼullarga oʻzlariga tegishli Dastur boʻlimlarida belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazoratga olib, amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha tuman komissiyasiga maʼlumot kiritib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tuman komissiyasi (Hasanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda bir marotaba oʻz yigʻilishlarida, Dastur ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida tuman tashkilotlarining hisobotlarini eshitib, vujudga kelgan muammolarni bartaraf qilish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastur boʻlimlarining masʼullari tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlar asosida, Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida viloyat komissiyasiga har oyning 20-sanasiga qadar axborot taqdim qilib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi (Xolboʻtayev) mazkur qarorni xalq deputatlari tuman Kengashining tasdigʻiga kiritilishini, Dastur ijrosi boʻyicha har chorakda bir marotaba tegishli tashkilotlar rahbarlarining xalq deputatlari tuman Kengashi yigʻilishlarida hisobotlarini eshitib borilishini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Navbahor tongi” gazetasi (Umarov)ga, Dasturning maqsad va vazifalari hamda unda belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror “Navbahor tongi” gazetasida rasman eʼlon qilinsin va tuman hokimligining rasmiy vep-saytiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim A. NARZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbahor t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q-164-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 29-martdagi Q-164-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom ona va bola yili” tuman
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddatlari

Masʼul bajaruvchilar

Sarf-xarajatlar

(mln soʻm)

Moliyalashtirish manbalari

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sogʻlom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish

(Masʼul: tuman hokimligi huquqshunosi E. Shakarov)

1.

Yangi tahrirdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining loyihasiga takliflar tayyorlash.

2016-yil

1-chorak

Tuman hokimligi huquqshunosi, tuman prokuraturasi,

tumandagi kasb-hunar kollejlari,

tuman XTMFMTTEB, ichki ishlar boʻlimi, “Kamolot” YIH hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasida Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini tartibga soluvchi mexanizmlarni takomillashtirishni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasiga takliflar.

Qonunning qabul qilinishi ijtimoiy himoyaning maxsus chora-tadbirlariga muhtoj boʻlgan yoshlar (kam taʼminlangan yosh oilalar)ga doir munosabatlarni qoʻshimcha ish joylari va ixtisoslashtirilgan korxonalarni tashkil etish, oʻqitish, qayta oʻqitish va malaka oshirishning maxsus dasturlarini tashkil etish, tashkilotlar tomonidan ularni ishga joylashtirish uchun ish joylarining eng kam miqdorini band qilib qoʻyishda yordam berish yoʻli bilan tartibga solishga imkon beradi.

2.

“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga uch yoshgacha bolalari boʻlgan barcha ayollarga (bola parvarishi taʼtiliga chiqqanidan qatʼiy nazar) nisbatan ularni axloq tuzatish ishlari qoʻllanilmaydigan shaxslar toifasiga kiritish hisobiga jinoyat qonunchiligini yanada erkinlashtirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasiga takliflar tayyorlash.

2016-yil

2-chorak

Jinoyat ishlari boʻyicha Navbahor tumanlararo sudi, tuman prokuraturasi, ichki ishlar boʻlimi,

tuman hokimligi huquqshunosi, Kasaba uyushmalari, hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar

-

-

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutadigan Oʻzbekiston Respublikasining qonuni loyihasiga takliflar.

Qonunni qabul qilish farzandi 3 yoshga toʻlmagan ayollarga (bola parvarishi taʼtilida boʻlganligidan qatʼiy nazar) nisbatan jinoyat qonunchiligini yanada erkinlashtirish, ularni axloq tuzatish ishlari qoʻllanilmaydigan shaxslar toifasiga kiritishga imkon beradi.

3.

“Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga tarkibida modifitsiyalashtirilgan organizmlar bor boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan olib kelish va isteʼmol qilishni cheklashga, shuningdek bolalar ovqatida genetik modifitsiyalashtirilgan organizmlarni qoʻllashga taqiq joriy etishga yoʻnaltirilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasiga takliflar tayyorlash.

2016-yil

3-chorak

Tuman tibbiyot birlashmasi, tuman hokimligi huquqshunosi, hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar

-

-

“Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasiga takliflar.

Qonunni qabul qilish tarkibida genetik modifitsiyalashtirilgan organizmlar bor boʻlgan oziq-ovqat mahsulotlarini chetdan olib kelish va isteʼmol qilishni cheklashga, shuningdek bolalar ovqatida genetik modifitsiyalashtirilgan organizmlarni qoʻllashga taqiq joriy etilishiga imkon beradi.

4.

“Vasiylik va homiyl�k toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga bolaning sogʻligʻini muhofaza qilinishiga, bolalarning sogʻligʻini muhofaza qilish, sogʻlom oilada yashash va tarbiya olish huquqlarini taʼminlashga qaratilgan, shuningd?k shaxsda mavjud boʻlganda yetim bolalar va ota-onasini qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga vasiylik (homiylik) belgilanishi rad etiladigan kasalliklarni belgilash tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga doir takliflar tayyorlash.

Ota-ona qarovisiz qolgan yetim bolalar va yetimlardan qaysinisi toʻliq davlat taʼminotida boʻlishini, toʻliq davlat taʼminotiga qoʻyish qanday tartibda va qaysi davlat organi tomonidan rasmiylashtirilishini aniqlovchi normalarni kiritishga doir takliflar tayyorlash.

2016-yil

3-chorak

Tuman XTMFMTTE, tuman Tibbiyot birlashmasi, tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi, tuman hokimligi huquqshunosi, hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar

-

-

“Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasiga takliflar.

Qonunni qabul qilish bolaning sogʻligini muhofaza qilinishiga, bolalarning sogʻligini muhofaza qilish, sogʻlom oilada yashash va tarbiya olish huquqlarini huquqlarini taʼminlashga qaratilgan, shaxsda mavjud boʻlganda yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga vasiylik (homiylik) belgilanishi rad etiladigan kasalliklarni belgilash tartibining, ota-ona qarovisiz qolgan yetim bolalar va yetimlardan qaysinisi toʻliq davlat taʼminotida boʻlishini, toʻliq davlat taʼminotiga qoʻyish qanday tartibda va qaysi davlat organi tomonidan rasmiylashtirilishini aniqlanishiga imkon beradi.

5.

“Muruvvat” internat-uylarida boshqa davlat va nodavlat taʼlim muassasalarida tarbiyalanayotgan nogiron bolalar uchun kunduzi parvarishlash markazlari (guruhlari)ni tashkil etishni nazarda tutadigan Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga takliflar tayyorlash.

2016-yil

3-chorak

Tuman tibbiyot birlashmasi, tuman XTMFMTTE boʻlimi, tuman bandlikka koʻmaklashish markazi, tuman hokimligi huquqshunosi hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar

-

-

Rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarni internatlarga joylashtirishning oldini olish maqsadida “Muruvvat” bolalar internat-uylari huzurida kompleks psixologik-pedagogik, tibbiy-ijtimoiy yordam olish, reabilitatsiya va ijtimoiy moslashuv bilan bir vaqtda rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalarning oilaga va oilaviy muhitga boʻlgan huquqlarini, oilaviy maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylashni taʼminlash imkonini beradigan nogiron bolalar uchun kunduzgi parvarishlash markazlari (guruhlari)ni tashkil etishni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasiga takliflar.

II. Olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan taʼminlash, xizmatlar koʻrsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish

(Masʼul: tuman hokimligi hududni kompleks rivojlantirish Yigʻma boʻlimi boshligʻi (lavozimiga koʻra)

6.

Tumanning olis qishloq joylarida banklarning imtiyozli kredit mablagʻlari hamda yer maydonlarini ajratib berish orqali 2 ta “Goʻzallik saloni”ni tashkil etish.

Ishlab chiqish

2016-yil

1-chorak

amalga oshirish - yil

davomida

Tuman hokimligi, tuman arxitektura va qurilish boʻlimi,

tumandagi tijorat banklari,

savdo-sanoat palatasi, tadbirkorlik subyektlari

Jami

160

60

100

Tadbirkorlar mablagʻlari,

Tijorat banklari kreditlari

Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvatlash va ularning qoʻshimcha turlarini rivojlantirish, ayollarning kundalik uy ishlarini yengillashtirish, aholini sifatli xizmat koʻrsatish bilan taʼminlash, qoʻshimcha ish oʻrinlarini ayniqsa kasb-hunar kolleji bitiruvchilari uchun tashkil etish, shuningdek aholi daromadlarini oshirish.

7.

Tumanning chekka va borish qiyin boʻlgan qishloqlarida yashovchi kam taʼminlangan oilalarning 10 nafar ayoliga elektr-maishiy texnika tovarlarini bepul berish.

2016-yil

3-chorak

Tuman Kasaba uyushmalari Kengashlari

0

Kasaba uyushmalari mablagʻi

Xotin-qizlarning uy mehnatini yengillashtirish va zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish.

8.

Tumanning chekka va borish qiyin boʻlgan qishloqlarida yashovchi aholining ijtimoiy nochor qatlamlaridan 50 kishiga kattalar va bolalar kiyim-boshi toʻplamlarini bepul berish.

yil mobaynida

“Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman boʻlinmasi

5,5

“Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari

Qishloq joylarda aholining kam taʼminlangan va ijtimoiy nochor qatlamlari vakillariga ijtimoiy yordam berish.

9.

Ayollar tadbirkorligini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bunda asosan ayollar mehnatidan foydalanuvchi kichik korxonalarga, shuningdek ayollar rahbarlik qilayotgan korxonalarga hamda oilaviy biznesni rivojlantirish maqsadida beriladigan kreditlarga alohida eʼtibor qaratish.

yil mobaynida

Tumandagi tijorat banklari

220,0

Tijorat banklari kreditlari

Oʻz ishlarini tashkil etish va yuritishda ayollarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

10.

Yosh oilalarni uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va sotib olish uchun imtiyozli ipoteka kreditlari bilan taʼminlash.

yil mobaynida

Tumandagi tijorat banklari

100,0

Tijorat banklari kreditlari

Yosh oilalarni uy-joy bilan taʼminlashga koʻmaklashish, ularning moddiy va ijtimoiy farovonlik darajasini oshirish.

11.

Jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali quyidagi yoʻllar bilan yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash:

kam taʼminlangan yosh oilalardan
200 nafariga moddiy yordam koʻrsatish.

2016-yil davomida

Tuman Kasaba uyushmalari Kengashlari,

masʼul tashkilotlar

10,0

Kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablagʻi

Jamoa shartnomalari va kelishuvlari.

Yosh oilalarga ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish.

Ish beruvchilarning masʼuliyatini oshirish.

12.

Tuman hududidagi qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha 40 ta yakka tartibdagi uy-joylar qurish.

yil mobaynida

Tuman hokimligi, tuman arxitektura va qurilish boʻlimi ,

7 312,7
shu jumladan:

2103,1

5209,6

Aholi mablagʻlari

va tijorat banklari mablagʻlari

Muhandislik-kommunikatsiya, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi kompleksi bilan birgalikda shinam uy-joylar qurish hisobiga qishloq joylarda yashovchi odamlarning turmushi darajasini oshirish.

13.

2016-yil Dasturi boʻyicha qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosida quriladigan yakka tartibdagi uy-joylarni:

1,1 km elektr taʼminoti tarmoqlari qurish yoʻli bilan elektr energiyasi bilan;

2,5 km gaz taʼminoti tarmoqlari qurish yoʻli bilan tabiiy gaz bilan taʼminlash.

yil

mobaynida

“Gʻarbgaztaʼminot” UK tuman filiali, Navbahor tuman elektrtarmoqlari korxonasi

73,0

125,0

Bajaruvchilarning mablagʻlari

Qishloq aholisining tabiiy gaz, elektr energiyasi bilan taʼminlanganligini oshirish yoʻli bilan turmush sharoitlarini yaxshilash.

14

Tumanning qishloq joylarida
31 kilometr suv taʼminoti tarmoqlarini, shu jumladan namunaviy loyihalar boʻyicha uy-joy qurilayotgan qishloq joylarda 1,5 km suv taʼminoti tarmoqlarini ishga tushirish hisobiga aholi punktlarini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash tadbirlarini amalga oshirishni davom ettirish.

yil mobaynida

Tuman hokimligi, tuman Ichimlik suv taʼminoti

1602,0

Davlat budjeti mablagʻlari

Tumanda 1,5 km suv taʼminoti tarmoqlarini ishga tushirish hisobiga aholi punktlarini sifatli ichimlik suvi bilan taʼminlash.

III. Tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini koʻpaytirishni

taʼminlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish.

(Masʼul: tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi A. Joʻrayev)

15.

2016-yil Investitsiya dasturi boʻyicha yangi qurilayotgan va kapital rekonstruksiya qilinayotgan sogʻliqni saqlash tizimiga qarashli obyektlar boʻyicha:

tumanda 4 ta, yaʼni “Qorajon”, “Gʻujbogʻ”, “Hashman”, “Qalqonota” QVP larni manzilli dastur asosida mukammal va joriy taʼmirlash.

2016-yil davomida

Tuman tibbiyot birlashmasi,

110,0

100.0

Taʼlim va sogʻliqni saqlash rivojlantirish jamgʻarmasi

homiylik mablagʻlari

Tuman hududidagi 4 ta QVP mukammal va joriy taʼmirlanadi.

16.

Tugʻruqqa yordam beruvchi muassasalarni jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun asbob-uskunalar (biks, instrumentlar) bilan jihozlash.

2016-yil davomida

Tuman tibbiyot birlashmasi,

0,50

“Salomatlik-3” loyihasi doirasida

Tugʻruqqa yordam beruvchi va bolalar muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, onalar va bolalar oʻlimini kamaytirish.

17.

Quyidagi yoʻllar bilan bolalar va katta yoshli aholi orasida yuqumli kasalliklar oldini olish:

milliy emlash jadvali asosida 2104 nafar bolalarni profilaktik emlash bilan qamrab olishni taʼminlash;

xavf guruhiga kiruvchi bolalar orasida tuberkulin diagnostika va diaskin sinamasini oʻtkazish;

OIV/OITS tarqalishining oldini olish maqsadida OIV kasalligiga chalingan 12 nafar bemorlarni antiretrovirus preparatlari bilan taʼminlash;

maktabgacha yoshdagi (2 — 6 yosh) va maktab yoshidagi (7 — 10 yosh) bolalarni degelmintazatsiya loyihasi bilan qamrash.

2016-yil davomida

Tuman tibbiyot birlashmasi,

tuman hokimligi

0,4

0,2

Davlat budjeti mablagʻlari

Vaksinalar va immunizatsiyalash global alyansi mablagʻlari

OIV/OITS, sil va bezgak kasalliklari bilan kurashish boʻyicha Global jamgʻarma, bajaruvchilar

mablagʻi

Aholi orasida infeksion kasalliklar kamayadi, OIV bilan kasallangan bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi, sil bilan kasallangan bemorlarni erta aniqlash va profilaktika sifati oshadi.

Tumanda yuqumli kasalliklar kamayadi va ekologik qulaylik yaratiladi.

18.

Hududdagi 18 yoshgacha boʻlgan
31 116 nafar bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, koʻrik vaqtida tugʻma ortopedik kasalliklar, yuqori tanglay va lab rivojlanish nuqsonlari, surunkali osteomiyelit, yurak tugʻma nuqsonlari, koʻz kasalliklarini aniqlab, viloyat koʻp tarmoqli bolalar tibbiyot markazi va respublika klinikalarida davolanish uchun yoʻllanmalar berish.

2016-yil davomida

Tuman tibbiyot birlashmasi,

“Sogʻlom avlod uchun” XJF tuman boʻlimi

0,5

Bajaruvchi mablagʻlari

B?lalar orasida kasallanish kamayadi.

19.

Quyidagi yoʻl bilan kasalliklarga chalingan bolalarga kompleks yordam berishni kengaytirish;

onkogematologik kasalliklarga (leykoz, talassemiya) chalingan bolalarni bepul dori preparatlari bilan taʼminlash.

2016-yil davomida

Tuman tibbiyot birlashmasi,

tuman moliya boʻlimi

0,10

Markazlashgan budjet mablagʻlari

Bolalar orasida kasallanish va oʻlim kamayadi.

20.

Nikohga kiruvchi shaxslarni ixtiyoriy tibbiy koʻrikdan oʻtish bilan qamrab olish tizimi sifati va samaradorligini quyidagi yoʻllar bilan oshirish:

nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish sifatini tahlil qilib borish (birinchi navbatda yuqumli va virusli kasalliklar: Sil, OITS, teri-tanosil kasalliklari);

erta nikohlarning oldini olish, yaqin qarindoshlarning nikohga kirishlarining oqibatlarini tushuntirish boʻyicha manzilli ishlar olib borish;

aholi orasida, birinchi navbatda ommaviy axborot vositalari orqali nikohga kirishga qadar majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtish zarurligi haqida targʻibot ishlarini olib borish;

oilalar va nikohlanuvchi yoshlar orasida sogʻlom turmush tarzini yuritish, irsiy va tugʻma kasalliklarning oldini olish boʻyicha keng tushuntirish ishlarini olib borish.

2016-yil

davomida

Tuman tibbiyot birlashmasi,

tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, tuman hokimligi, tuman Salomatlik markazi

0,4

Bajaruvchi mablagʻlari

Nikohga kiruvchi yoshlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, somatik va ijtimoiy kasalliklarni oʻz vaqtida aniqlash va ularni sogʻlomlashtirish.

Sogʻlom oilani shakllantirish, sogʻlom bola tugʻilishini taʼminlash.

21.

Quyidagilarni amalga oshirish yoʻli bilan tugʻma va irsiy kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha Davlat dasturi ijrosini davom ettirish:

homilador ayollarni perinatal va chaqaloqlarni neonatal skriningdan oʻtkazish;

birlamchi boʻgʻin muassasalarida homiladorlarni ommaviy erta perinatal ultratovush tekshiruvidan oʻtkazish.

2016-yil

davomida

Tuman tibbiyot birlashmasi,

“Sogʻlom avlod uchun” XJF tuman boʻlimi

1,5

Markazlashgan va mahalliy budjet mablagʻlari

Nuqsonli va nogiron bolalar tugʻilishining oldi olinadi.

Bolalar nogironligi va oʻlimi kamayadi.

22.

Aholi uchun quyidagi mavzularda targʻibot materiallarini tarqatish:

reproduktiv salomatlikni mustahkamlash;

sogʻlom oilani shakllantirish;

sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollikni shakllantirish;

sogʻlom onalik va rivojlanishning tugʻma nuqsonlarning oldini olish;

bolalar orasida kasalliklar profilaktikasi;

maishiy shikastlanishlarning oldini olish.

yil davomida

Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, tuman tibbiyot birlashmasi,

“Kamolot” YIH, “Mahalla”xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, “Sogʻlom avlod uchun” XJF tuman boʻlimi,“Qizil yarim oy”jamiyati,

0,5

Bajaruvchilar mablagʻi

Aholi orasida sogʻlom oilani, oilada gigiyena va sanitariya meʼyorlarini shakllantirish, yuqumli kasalliklar va maishiy shikastlanishlar hamda oʻsmirlar orasida xavfli xulq-atvorning oldini olish.

23.

Quyidagi yoʻllar bilan akusher- ginekologlar va pediatrlar malakasini muntazam ravishda oshirish:

jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan tasdiqlangan diagnostika va davolashning xalqaro standartlarini oʻrganish va amalda qoʻllash;

bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish sohasida zamonaviy samarali perinatal texnologiyalarni joriy etish;

onalar va bolalarga malakali tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida
2 nafar tuman tibbiyot muassasasi mutaxassis malakasini oshirish;

pediatriya yoʻnalishidagi tor mutaxassisliklar boʻyicha 2 nafar tibbiy xodimlarni oʻqitish;

antenatal parvarish va shoshilinch akusherlik yordami boʻyicha barcha mutaxassislarni doimiy ravishda oʻqitishni tashkil etish, qisqa muddatli oʻqitish sikllarini tashkil etgan holda tuman tibbiyot birlashmalari hamda qishloq vrachlik punktlarida faoliyat koʻrsatayotgan 52 nafar vrach va 31 nafar oʻrta tibbiyot xodimlarini joylarda oʻqitish;

qishloq vrachlik punktlari uchun 1 nafar vrachni umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlash kurslariga yuborish.

2016-yil

davomida

Tuman tibbiyot birlashmasi,

tuman moliya boʻlimi,

10,5

Mahalliy

budjet mablagʻlari hisobidan

Homiylar mablagʻi

Onalar va bolalarga malakali tibbiy xizmat sifati yaxshilanadi, tor mutaxassislar soni oshadi.

Homilador ayollarga, yangi tuqqanlarga va chaqaloqlarga koʻrsatiladigan yordam sifatini oshirish. Onalar va chaqaloqlarning kasallanishi va oʻlimini kamaytirish.

IV. Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiyena, homilador ayollarning sogʻligʻini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasi yaxshilanishini taʼminlash

(Masʼul: tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi A.Joʻrayev)

24.

Quyidagi yoʻllar bilan aholi orasida ovqatlanishni yaxshilash va mikronutriyent yetishmovchiligi profilaktikasi boʻyicha dasturlarni amalga oshirishni davom ettirish:

fortifikatsiya qilingan un va yodlangan tuzni isteʼmol qilish;

tumanning chekka qishloqlarida yashovchi 1800 nafar homilador ayollarni tarkibida shu jumladan foliy kislotasi mavjud boʻlgan umumiy quvvatni oshiruvchi polivitaminlarning maxsus toʻplamlari bilan taʼminlashni davom ettirish;

8 271 nafar 6 oydan 5 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida vitamin A saplementatsiyasi oʻtkazish.

2016-yil davomida

Tuman tibbiyot birlashmasi,

“Sogʻlom avlod uchun” XJF tuman boʻlimi,

tuman hokimligi

1,5

Markazlashgan mablagʻlar hisobidan

Bolalar oʻrtasida kasallik va nuqson bilan tugʻiladigan bolalar soni kamayadi.

Mikronutriyent yetishmovchiligining oldi olinadi, bolalar kasalliklari va oʻlimi kamayadi.

“Sogʻlom bola xaftaligi”da vitamin A tarqatiladi.

25.

Tumandagi “Navbahor tongi” gazetasi orqali:

homilador ayollar tomonidan sogʻlom bola tugʻilishining garovi sifatida sanitariya-gigiyena normalariga va sogʻlom ovqatlanish qoidalariga rioya qilish;

koʻkrak bilan emizishning asosiy prinsiplari va foydaliligi;

bolalarni emlashning milliy kalendariga rioya qilish;

yosh onalar va bolalarni parvarish qilishni taʼminlashning asoslari, ular ovqatlanishi ratsionining sifati va kaloriyaliligini taʼminlash va boshqa mavzular boʻyicha tajribali shifokorlar ishtirokida ruknlar tashkil etish.

2016-yil davomida

Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Navbahor tongi” gazetasi ,

tuman tibbiyot birlashmasi,tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi

0,3

Bajaruvchilar mablagʻlari

Aniq yoʻnalishlar boʻyicha hamkorlikdagi dasturlar amalga oshiriladi.

Aholi xabardorligini oshirish, aholi orasida yuqumli kasalliklarning oldini olish, aholi oʻrtasida sogʻlom ovqatlanishni shakllantirish, shuningdek aholining tibbiy savodxonligini oshirish.

V. Yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, yangi sport obyektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan taʼminlash

(Masʼul: tuman hokimining oʻrinbosari O.Hasanov)

26.

Ayollar va bolalarning hayoti va dam olishini tashkil etish maqsadida tumandagi “Kamolot” madaniyat va istirohat bogʻini rekonstruksiya qilish.

yil davomida

Tumani hokimligi, tuman moliya boʻlimi, madaniyat va sport ishlari boʻlimi,

750,0

Homiylik mablagʻlari

Chora-tadbirlar dasturini belgilash, tadbirkor va homiylarni jalb etish, hudud aholisining madaniy xordiq chiqarishini taʼminlash.

Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, obyektlarning tender savdolarini oʻtkazish, pudratchi tashkilotlarni aniqlash va qurilish-taʼmirlash ishlarining monitoringini yuritish, aholiga sifatli madaniy xizmat koʻrsatish.

27

Mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidagi onalar va bolalar uchun yaqin atrofda joylashgan sport inshootlari, taʼlim muassasalarining sport zallarida doimiy ishlaydigan sogʻlomlashtirish guruhlarini tashkil etish, sport xonalarini jihozlash va sport mashgʻulotlari olib borish.

yil mobaynida

Tuman Madaniyat va sport ishlari,

tuman XTMFMTTE boʻlimi, bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tuman vakili

2,0

Bajaruvchilar mablagʻi

Sport muassasalarida sogʻlomlashtirish xonalarini tashkil etish, ayollar va bolalarni sportga keng ja�b etish.

28

Sportning badiiy gimnastika, gimnastrada, yugurish, shaxmat-shashka, volleybol, katta tennis va stol tennisi, badminton va boshqa turlari boʻyicha ayollar va bolalar oʻrtasida “Sport malikalari”, “Biz sportchilar oilasi” sport musobaqalarini tashkil etish.

2016-yil
2-3-choraklarida

Tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi,

tuman XTMFMTTE boʻlimi,

1,0

Bajaruvchilar mablagʻi

Musobaqalar Nizomini ishlab chiqish. tuman hokimligining chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash. Sport turlarining ommaviyligini oshirish.

29.

Umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Quvnoq startlar” sport musobaqalari oʻtkazish.

yil mobaynida jadval

Tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi, tuman XTMFMTTE boʻlimi,

3,5

Bajaruvchilar mablagʻi

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori. Bolalar va oʻsmirlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish. Ayollar va bolalarning sogʻligʻini mustahkamlash. Yosh sportchilarda musobaqalashish tajribasi va sport mahoratini oshirish.

30.

Barcha maktablarda sport klublari va jamoalar tashkil etilishini va sport turlari boʻyicha maktab ligalari tashkil etilishini hisobga olgan holda tumanidagi 20-sonli umumtaʼlim maktabi yonida 12x24 hajmdagi sport zali qurish.

2016-yil avgust

Tuman hokimligi, tuman XTMFMTTE boʻlimi,

tuman BSRJ,

680,0

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Loyiha-smeta xujjatlarini tayyorlash, obyektlarning tender savdolarini oʻtkazish, pudratchi tashkilotlarni aniqlash va qurilish-taʼmirlash ishlarining monitoringini yuritish, aholiga sifatli madaniy xizmat koʻrsatish.

Bolalar sport inshootlari, umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek sport bilan muntazam shugʻullanish uchun shart-sharoitlarni yaxshilash.

31.

Tumandagi umumtaʼlim muassasalari oʻrtasida futbol boʻyicha “Kamolot” kubogi respublika musobaqasi tuman bosqichini oʻtkazish.

2016-yil 2-3 choraklar

“Kamolot” YIH tuman kengashi, madaniyat va sport ishlari boʻlimi,

tumandagi kasb-hunar kollejlari, tuman tibbiyot birlashmasi

1,0

Bajaruvchilar mablagʻlari

Bolalar va oʻsmirlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish.

32.

“Yosh chegarachilar” respublika sport musobaqasi tuman bosqichini oʻtkazish.

2016-yil iyul-avgust

“Kamolot” YIH tuman kengashi, tumandagi kasb-hunar kollejlar, madaniyat va sport ishlari boʻlimi “Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlinmasi, Kasaba uyushmalari

1,0

Bajaruvchilar mablagʻlari

Bolalar va oʻsmirlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish.

33.

Qizlar va ayollar, ayniqsa qishloq joylarda qiz bolalar oʻrtasida sportni ommalashtirish uchun “Sportchi qizlar – Oʻzbekiston iftixori” mavzusida maqolalar berib borish, qishloq joylardagi qiz bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish.

doimiy

“Navbahor tongi” gazetasi, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi,madaniyat va sport ishlari boʻlimi

1.0

Bajaruvchilar mablagʻlari

Qishloq joylarda qiz bolalar oʻrtasida sportni ommalashtiruvchi maxsus telekoʻrsatuv tashkil etish, qishloq joylardagi qiz bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugʻullanishga keng jalb etish.

34.

Har bir qishloq joylarida bolalarni, ayniqsa qiz bolalarni quyidagi yoʻllar bilan sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etishni davom ettirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish:

sport bilan muntazam shugʻullanuvchi
420 nafar qizni “Prezident sovgʻasi” sifatida sport kiyim-boshi komplektlari bilan bepul taʼminlash;

19 yoshgacha boʻlgan qobiliyatli, yosh sportchilarga, sportning olimpiya, milliy va boshqa turlari bilan muntazam shugʻullanuvchi oʻquvchilariga musobaqalar oʻtadigan joyga borish yoʻlkirasini va xizmat safari xarajatlarini toʻlashni qoplash yoʻli bilan xalqaro sport musobaqalarida qatnashishda koʻmaklashish.

yil mobaynida

Bolalar sportini

rivojlan�irish jamgʻarmasi tuman vakili,

sport turlari boʻyicha federatsiyalar,

tuman bandlikka koʻmaklashishi markazi,

“Kamolot” YIH,

tuman kengashi “Mahalla” fondi tuman boʻlinmasi

-

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori.

Yoshlarni yuqori natijalarga erishiladigan sport bilan shugʻullanishga keng jalb etish.

Sport bilan muntazam shugʻullanuvchi qiz bolalar sonini koʻpaytirish.

35.

Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida taʼsis etilgan “Nihol” davlat mukofoti respublika koʻrik-tanlovining tuman bosqichini tashkil etish.

2016-yil may oyida

Tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi,

tuman maʼnaviyat targʻibot boʻlimi,

1,0

Ma�alliy budjet va Bajaruvchilar mablagʻi

Koʻrik-tanlovni yuqori surʼatda tashkillashtirish, isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning ijodini targʻib qilish.

36.

Ona Vatanni madh etish maqsadida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Yagonasan muqaddas Vatan!” respublika koʻrik-tanlovining tuman bosqichini tashkil etish.

2016-iyun oyida

Tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi,

tuman maʼnaviyat-targʻibot boʻlimi, “Oʻbeknavo” EB

1,0

Mahalliy budjet mablagʻi

Koʻrik-tanlovni yuqori surʼatda tashkillashtirish,qoʻshiqlarda Ona Vatanni madh etish.

37.

Yoshlar klubi bilan birga madaniyat va sanʼat yoʻnalishida “Onam aytgan allalar”, “Milliy raqs ijrochilari”, “Nafosat boʻstonim manim”, “Yurtim timsoli ranglar jilvasida” kabi koʻrik tanlovlarining tuman bosqichini tashkil etish.

yil davomida

Tuman xotin qizlar qoʻmitasi, tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi, “Kamolot” YIX tuman kengashi

1,0

Mahalliy budjet mablagʻi

Koʻrik tanlov oʻtkazish yuzasidan OAVga eʼlonlar berish, koʻrik-tanlovlarni yuqori surʼatda tashkillashtirish, isteʼdodli yoshlarni kashf etish.

38.

“Kamolot shaxmat taxtasi” respublika ochiq chempionati tuman bosqichini oʻtkazish.

Yosh musiqachilar oʻrtasida “Sanʼat gʻunchalari” koʻrik-tanlovining tuman bosqichini oʻtkazish.

2016-yil

mart-aprel

2016-yil

2-chorak

“Kamolot” YIH tuman Kengashi,tuman XTMFMTTE boʻlimi,

tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi

1,0

Bajaruvchilar mablagʻi

Nizom asosida musobaqani tashkillashtirish, sport turining ommaviyligini oshirish.

Isteʼdodli yoshlarni izlab topish, ularning ijodini qoʻllab-quvvatlash.

Bolalar va ayollar sportini ommalashtirish.

39.

Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Sogʻlomjon-polvonjon”, “Kichkintoy-shirintoy” “Buvim-bobom, otam-onam va men” sport musobaqalarini oʻtkazish.

2016-yil

1-2-chorak

Tuman XTMFMTTE boʻlimi, bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi tuman vakili

-

-

Bolalarni sportga keng jalb etish.

40.

“Ayollar sport festivali”ni oʻtkazish.

2016-yil

2-chorak

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

tuman boʻlinmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi,

“Kamolot” YIH tuman Kengashi, tuman XTMFMTTE boʻlimi, tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi

1,0

Bajaruvchilar mablagʻi

Bolalar va ayollar sportini ommalashtirish.

41.

Umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasida “Yoz-2016” sport musobaqalarini tashkil etish.

2016-yil

2-3-chorak

BSRJ, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi, “Kamolot” YIH tuman Kengashi, tuman XTMFMTTE boʻlimi, tuman madaniyat va sport ishlari boʻlimi

1,0

Bajaruvchilar mablagʻi

Bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.

VI. Mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni, xususan, oʻzaro xurmat-ehtirom, er-xotin oʻrtasida, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin oʻrtasida, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasida mehr-oqibat ruhini yaratish

(Masʼul: tuman hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Husenova)

42.

Oilada sogʻlom maʼnaviy muhitni, oʻzaro hurmat-ehtirom ruhini yaratish,yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolish, yoshlarga sogʻlom turmush tarzini singdirish maqsadida:

“12 yillik majburiy taʼlim mening saodatim uchun” shiori ostida “Orasta qizlar” tanlovlari gʻoliblari oʻrtasida “Mahallaning eng orasta qizlari” tuman tanlovlarini tashkil etish;

“Oilaning oltin qoʻrgʻoni” mavzusida
15-may - Xalqaro oila kuniga bagʻishlab maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazish;

“Maʼnaviyat oiladan boshlanadi” mavzusida viloyat ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtirok etish;

mahallalarda “Mehribon qaynona” tanlovini oʻtkazish;

tumandagi kas�-hunar kollejlari oʻquvchi qizlari oʻrtasida ularning onalari, opa-singillari va kelinlari bilan birgalikda “Gulshan aro gulchehralar” mavzusida koʻrik-tanlovlarni tashkil etish.

2016-yil
I yarim yilligi

2016-yil
may

2016-yil may

2016-yil
III chorak

Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, tuman XTMFMTTE boʻlimi, tumandagi kasb-hunar kollejlar,

madaniyat va sport ishlari boʻlimi, “Mahalla” XJF, “Kamolot” YIH tuman Kengashi, tuman bosh imom xatibi

0,5

Bajaruvchilar mablagʻlari

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori.

Oila institutini mustahkamlash, yuksak maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni, oʻzaro hurmat va olijanoblikni, sogʻlom turmush tarzini chuqur qaror toptirish.

Kundalik hayotda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari darajasi va ahamiyatini oshirish.

Milliy anʼanalarni mustahkamlash va umumbashariy qadriyatlarni targʻib qilish.

Barkamol avlodni tarbiyalash.

43.

Kam taʼminlangan koʻp bolali oilalarning 6 nafarining ijtimoiy muhofaza�ini milliy bayramlar, Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni (1-iyun) va yangi oʻquv yili arafasida esdalik sovgʻalari ulashish, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak va maktab buyumlari berish yoʻli bilan kuchaytirish.

yil mobaynida

Tuman “Qizil yarim oy” jamiyati, xotin-qizlar qoʻmitasi,

tuman hokimligi

0,6

“Qizil yarim oy” jamiyati va xayr-ehson qiluvchilar mablagʻlari

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori.

Kam taʼminlangan koʻp bolali oilalarga moddiy yordam koʻrsatish.

44.

“Kasaba uyushmalari - bolalarga” tadbirini tashkil etish va uning doirasida:

80 nafar 1-sinf oʻquvchilariga sovgʻalar (sanitariya-gigiyena buyumlari) ni tarqatish;

xizmat vazifasini bajarishda halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va ichki ishlar xodimlari farzandlariga moddiy yordam koʻrsatish.

2016-yil

sentyabr

yil davomida

Tuman Kasaba uyushmalari Kengashlari

0

0,5

Kasaba uyushmalari mablagʻlari

Bajaruvchilarning qarori.

Aholining koʻmakka muhtoj qatlamlarini, ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlash.

Kam taʼminlangan oilalar farzandlarini, shuningdek imkoniyati cheklangan bolalarni manzilli ijtimoiy muhofaza qilish.

45.

Ayollar va bolalarni maʼnaviy va moddiy qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish:

boquvchisini yoʻqotgan kam taʼminlangan oilalarning 100 nafar bolasi uchun oʻquv anjomlari sotib olish;

ikki yoshdan uch yoshgacha bolasini parvarish qilish uchun taʼtilga chiqqan
70 nafar yosh onalarga moddiy yordam koʻrsatish;

tumanning chekka va borish qiyin boʻlgan qishloqlaridagi koʻmakka muhtoj oilalarning ishlayotgan 60 nafar ayoliga Xiva, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Qoʻqon, Margʻilon, Termiz, Shahrisabz, Qarshi kabi tarixiy shaharlarga ekskursiyalar uyushtirish.

yil mobaynida

Tuman Kasaba uyushmalari Kengashlari

Ish beruvchilar hisobidan

2,0

Kasaba uyushmalari hisobidan 2,5

Ish beruvchilar hisobidan

6,5

Kasaba uyushmalari hisobidan 12,0

Kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablagʻlari

Kasaba uyushmalari va ish beruvchilar mablagʻlari

Kasaba uyushmasi tashkilotlari qarorlari.

Ayollarning uy ishlarini yengillashtirish va ularga zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish.

Ayollar va yosh oilalarga ijtimoiy-iqtisodiy va maʼnaviy koʻmak koʻrsatish, ishlayotgan ayollar va ular bolalarining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash boʻyicha ish beruvchilarning masʼuliyatini oshirish.

Ayollarni respublikamizning tarixiy shaharlari bilan tanishtirish, ularda tarix va milliy qadriyatlardan faxrlanish hamda ularga hurmat fazilatlarini shakllantirish.

Ayollarning uyushgan tarzda dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish.

VII. Qiz bolalarni - boʻlajak onalarni - jismonan sogʻlom va intellektual rivojlangan tarzda voyaga yetkazish, ularning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida albatta taʼlim olishini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega boʻlishlarini taʼminlash, ularning hayotda munosib oʻrinni egallashlarida, kelajakda sogʻlom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblanmish mustahkam hayotiy nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish

(Masʼul: tuman hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Husenova)

46.

Umumtaʼlim maktablari va kasb-hunar kollejlari oʻquvchi qizlari orasida ota-onalar, psixologlar, pedagoglarni fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari vakillarini jalb etgan holda faoliyat koʻrsatayotgan “Orasta qizlar” toʻgaraklari orqali:

12 yillik taʼlimning majburiyligi;

qizlarni zamonaviy bilimlar va kasblarni egallab olishlarining zarurligi, ularning hayotda munosib oʻrin egallashining bosh sharti sifatida ularda qatʼiy hayotiy nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish;

kollejlar va akademik litseylarda oʻqish davrida barvaqt nikohlarning oldini olish;

sogʻlom turmush tarzini shakllantirish,qizlar orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish masalalari boʻyicha keng tushuntirish ishlari olib borish.

yil mobaynida

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, tuman XTMFMTTE boʻlimi,

tumandagi kasb-hunar kollejlari, tuman tibbiyot birlashmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondituman boʻlinmasi, “Kamolot” YIH,

-

-

Bajaruvchilarning qoʻshma tadbirlar rejasi.

Qizlar orasida sogʻlo� turmush tarzini shakllantirish, taʼlim muassasalariga qatnashishni yaxshilash va “tenga-teng” prinsipidan foydalanilgan holda tizimli asosda oʻzlashtirishni oshirish.

47.

Qizlarning kasb-hunar kollejlarida oʻqishdan manfaatdorligini taʼminlash va ularning talab etilgan mutaxassisliklarni egallab olishi maqsadida tuman boʻyicha kasb-hunar kollejlarini hududiy qatnash va keyinchalik ularda tikuvchilik ishi, dizayn va milliy va zamonaviy kiyimlarni modellashtirish, oshpazlik, sartaroshlik ishi, kosmetologiya, boshqa xizmat koʻrsatish va servis mutaxassisliklarini joriy etish nuqtai nazaridan puxta tahlildan oʻtkazish.

2016-yil
2-chorak

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi,

tumandagi kasb-hunar kollejlari,

-

-

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori.

Kasb-hunar kollejlarida talab yuqori boʻlgan mutaxassislikka qizlarni oʻqishga jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish.

48.

Kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan qizlar, yaqindagi maktablarning
9-sinflari oʻquvchilari hamda oʻz ishining ustalari boʻlgan ayollar, ushbu kollejning bitiruvchilari ishtirokida muntazam uchrashuvlar oʻtkazish, ularda tanlangan kasb, uning xususiyatlari toʻgʻrisida norasmiy fikr almashish, ayollar oʻz ish tajribalari toʻgʻrisida hikoya qiladi.

doimiy

Tumandagi kasb-hunar kollejlari,

tuman XTMFMTTE boʻlimi, “Kamolot” YIH, xotin-qizlar qoʻmitasi,

-

-

Bajaruvchilarning qoʻshma qarori.

49.

Quyidagi yoʻllar bilan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, eng avvalo, qizlarni tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun ragʻbatlantirish, ularda tadbirkorlik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va huquqiy bilimlarni oshirish:

har bir kollejda mehnat huquqi va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy jihatlari masalalari boʻyicha bilimlar sifatini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv kurslari tashkil etish;

kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining oʻz biznesini tashkil etishiga koʻmaklashishga yoʻnaltirilgan “Men�ng biznes gʻoyam” va “Yosh tadbirkor-mamlakat tayanchi” tanlovlarining tuman bosqichlarini oʻtkazish;

2015/2016 oʻquv yilida kollejlarni bitiruvchilarining tadbirkor qizlari orasida “2016-yilgi tadbirkor qizning eng yaxshi loyihasi” tanlovi gʻoliblarini mukofotlashga bagʻishlangan tantanali tadbirni oʻtkazish, ularning ijtimoiy ahamiyatli biznes loyihalar bilan har tomonlama qoʻllab-quvvatlash.

yil mobaynida

Tumandagi kasb-hunar kollejlari,

savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” YIH tuman Kengashi, tuman bandlikka koʻmaklashish markazi,

xotin-qizlar qoʻmitasi,

tijorat banklari

Loyiha smetasi asosida

Tijorat bank kreditlari

Tijorat bank kreditlari

Tijorat bank kreditlari

Bajaruvchilarning quyidagilarga yoʻnaltirilgan qarorlari:

oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari orasida tadbirkorlik faoliyati koʻnikmalarini shakllantirish va huquqiy bilimlarni oshirish;

kasb-hunar taʼlim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish;

ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish va oilaviy biznesni rivojlantirish.

Tadbirlar rejasini tasdiqlash. Bitiruvchi qizlarni tadbirkorlik sohasiga jalb etishni ragʻbatlantirish va oila daromadlarini koʻpaytirish.

VIII.Sogʻlom bolani voyaga yetkazishda taʼlim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini yanada rivojlantirish, boshlangʻich taʼlimning yuqori sifatini taʼminlab, ilgʻor pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish

(Masʼul: tuman XTMFMTTEB mudiri G.Elova)

50.

Qoʻshimcha repetitorlik, toʻgaraklar bilan maktabgacha taʼlim muassasalari tarmoqlarini, eng avvalo, chekka qishloqlarda yanada rivojlantirish, shuningdek bolalarni maktabda oʻqitishga tayyorlash darajasini oshirish:

2016-yilda Manzilli dasturga kiritilgan 7-maktabgacha taʼlim muassasasining filalini, eng avvalo, tomini, deraza va eshiklarini, suv va energiya taʼminoti tizimlarini, shuningdek isitish tizimlarini mukammal taʼmirlash va jihozlash;

Shuningdek, ushbu MTMlarda oʻyin maydonchalari tashkil etish, maktabgacha taʼlim muassasalari hududlarini obodonlashtirish va atrofini oʻrash.

yil mobaynida

2016-yil

3-chorak

Tuman hokimligi,

tuman XTMFMTTE boʻlimi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman Moliya boʻlimi

Loyiha smeta hujjatlari asosida

Viloyat va mahalliy budjet mablagʻlari

Bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrovni koʻpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarni maktabga tayyorlash sifatini oshirish.

51.

Bolalarda intellektni mantiqiy fikrlash hamda motorikani erta rivojlantirish maqsadida:

2016 — 2018-yillarda 9 ta maktabgacha taʼlim muassasasini koʻrgazmali qurollar, didaktik materiallar, mantiqiy oʻyinlar va oʻyinchoqlar bilan taʼminlash;

2016-yilda manzilli dasturga kiritilgan 7-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi filialini mebellar jamlamasi, oʻyin va sport burchaklari, oʻquv-metodik materiallar va badiiy adabiyot bilan taʼminlash.

2016-yil
3 chorak

Tuman XTMFMTTE boʻlimi, tuman Moliya boʻlimi

Loyiha smeta hujjatlari asosida

Davlat budjeti mablagʻlari

Bolalar maktabgacha muassasalarini oʻquv-metodik materiallar va taʼlim-tarbiya jarayonining sifatini oshiruvchi resurslar bilan taʼminlash. Maktabgacha taʼlim muassasalarini moddiy texnika bazasini mustahkamlash.

52.

Investitsiya Dasturiga asosan:

Navbahor tumanidagi 28-sonli umumtaʼlim maktabiga yangi 216 oʻrinli maktab qurish;

Navbahor tumanidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabiga 240 oʻrinli oʻquv blogi hamda 12x24 oʻlchamdagi sport zal qurish va mavjud oʻquv blogini mukammal taʼmirlash;

Navbahor tumanidagi 12-sonli umumtaʼlim maktabiga 240 oʻrinli oʻquv blogini qurish va mavjud oʻquv blogini mukammal taʼmirlash;

kompyuter sinfi, shu jumladan interaktiv elektron doskalar va konditsionyerlari mavjud boʻlmagan umumtaʼlim maktabini ushbu jihozlar bilan taʼminlash.

yil davomida

Tuman XTMFMTTE boʻlimi, tuman Moliya boʻlimi

2 500,0

1 807,3

997,6

Respublika byujdeti mablagʻlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar kollejlari akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarma�i mablagʻlari

TGSh mablagʻlari

Umumtaʼlim maktablarida taʼlim berish sifatini oshirish, umumtaʼlim maktablarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

53.

Xalq taʼlim vazirligi tomonidan chop etiladigan 15 nomdagi oʻquv qoʻllanmalari va toʻplamlarini tumandagi 11-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabiga yetkazib berish.

2016-yil

1-chorak

Tuman XTMFMTTE boʻlimi

Loyiha smeta hujjatlari asosida

Budjet mablagʻlari

Bolalarning har tomonlama ijodiy kamol topishi uchun yangi oʻquv qoʻllanmalari va toʻplamlari bilan taʼminlash.

54.

Maktabgacha taʼlimga qamrab olinmagan 3-6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlash maqsadida:

maktabgacha yoshdagi farzandlari bor oilalarni 6 nomdagi ertak va sheʼrlar toʻplamlari va ota-onalar uchun farzandlarini maktabga tayyorlovchi qoʻllanmalar bilan taʼminlash;

maktabgacha taʼlim muassasalarida maktabgacha taʼlimga qamrab olinmagan bolalar uchun 3 ta qisqa muddatli guruhlarni tashkil etish.

2016-yil

2-chorak

Tuman XTMFMTTE boʻlimi moliya boʻlimi,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi

Xarajatlar smetasi asosida

Taʼlimda global sheriklik (TGSh) mablagʻlari

Mahalliy budjet va Bajaruvchilar mablagʻlari

Bolalarni maktabga tayyorlashni yaxshilash.

Maktabgacha taʼlim muassasalari bilan qamrab olinmagan 3 — 6 yoshli bolalarning ota-onalari uchun 6 ta nomdagi (hikoyalar va ertaklar) toʻplamlarini tayyorlash, nashr etish va tarqatish.

Bolalarni maktabgacha taʼlim bilan qamrab olishni koʻpaytirish. Bolalarni maktabga tayyorlash sifatini yaxshilash.

Umumtaʼlim maktablarida informatika va xorijiy tillarni oʻqitish sifatini oshirish.

55.

Buyu�tma asosida 2016-2017 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarini yangidan chop ettiriladigan darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalari bilan taʼminlash.

Shundan, umumtaʼlim maktablarining
1 — 4-sinf oʻquvchi va oʻqituvchilarini chet tili darslik-majmualari bilan bepul taʼminlash.

Umumtaʼlim maktablari 2-9-sinf oʻquvchilari uchun 12368 komplekt shu jumladan kam taʼminlangan oila farzandlariga 1558komplekt oʻquv darsliklari bilan taʼminlash

Shu jumladan:

2016-2017 oʻquv yili uchun 1-sinfga 11 nomdagi 1900 komplekt oʻzbek tilida,

2-sinflar uchun 10 nomda 1814 komplekt,

3-sinflar uchun 10 nomda 2084 komplekt,

4-sinflar uchun 1 komplekt 1543 dona,

5-sinflar uchun 2 nomda 1594 komplekt oʻquv darsliklar bilan taʼminlash;

2-sinflar uchun1814 ta chet tili darsliklari,

3-sinflar uchun 2084 dona, 4-sinflar uchun 1543 dona chet tili darsliklari bilan taʼminlash;

1 — 4-sinflar oʻquvchilari va oʻqituvchilarini xorijiy tillar boʻyicha darsliklar va qoʻllanmalar bilan taʼminlash.

2016-yil

3-chorak

Tuman XTMFMTTE boʻlimi Moliya boʻlimi,

-

Davlat budjeti mablagʻlari va RMKJ mablagʻlari hisobidan

Oʻquvchilarni darsliklar majmuasi bilan taʼminlash yaxshilanadi hamda umumtaʼlim maktablarining kutubxona fondi boyitiladi.

Chet tilidan umumtaʼlim maktablarining darslik majmualari takomillashtirilib qayta nashr etiladi.

Ayrim fanlarni chuqur oʻrgatishga ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktablari uchun darsliklar va oʻquv-metodik majmualari yaratiladi.

56.

Yangi oʻquv yili boshlanishiga qadar buyurtma asosida 1531 nafar oʻquvchilarga 3062 nusxa 4-sinf ingliz tili darsliklari va mashq daftarlarini foydalanish uchun yetkazish.

2016-yil

3-chorak

Tuman XTMFMTTE boʻlimi Moliya boʻlimi,

-

Davlat budjeti mablagʻlari

va RMKJ mablagʻlari hisobidan

Maktab oʻquvchilari ingliz tili darsliklari bilan taʼminlanadi.

57.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bagʻishlangan “Sogʻlom onadan sogʻlom bola”, “Baxtimiz qomusi” koʻrgazmalar jamlamasini joylarga yetkazish. “Konstitutsiyamiz-baxtimiz poydevori”koʻrik- tanlovini oʻtkazish:

1 — 4-sinf oʻquvchilari oʻrtasida diktantlar, 5 — 7- sinf oʻquvchilari oʻrtasida ijodiy bayon, 8-9- sinf oʻquvchilari oʻrtasida insholar tanlovi, 8-9- sinf oʻquvchilari oʻrtasida 15 — 20 daqiqalik vedio roliklar,
5 — 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida rasmlar tanlovini oʻtkazish.

“Eng yaxshi kitobxon oila” koʻrik- tanlovini oʻtkazish.

2016-yil

Noyabr-dekabr

Tuman XTMFMTTE boʻlimi,

0,1

Davlat budjeti mablagʻlari

va RMKJ mablagʻlari hisobidan

Umumtaʼlim maktablarida oʻquv fanlarini oʻqitish boʻyicha yangi standartlarni ishlab chiqish.

Maktab darsliklarini va metodik materiallarni yangilash.

Oʻquvchilar tomonidan oʻquv fanlarining yanada samarali oʻzlashtirilishiga yordam beradigan yangi multimediyali ilovalar yaratish.

58.

2016 — 2018-yillar mobaynida umumtaʼlim maktablarining kutubxona fondini lotin grafikasi asosida yaratilgan oʻzbek va chet el yozuvchilarining badiiy adabiyotlari, ensiklopediyalar va oʻrganish kitoblari bilan toʻldirish.

2016 — 2018-yillar

Tuman XTMFMTTE boʻlimi, moliya boʻlimi,

tuman axborot-resurs markazi

1,0

Mahalliy budjet va

Ijrochilarning buyrugʻi.

Bolalar intellektini rivojlantirish, ularning dunyoqarashlarini kengaytirish, har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirish.

59.

Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan oʻquv mashgʻulotida ishtirok etish.

2016-yil

may

iyun

Tumandagi

ARM rahbalari

0,2

Homiylar mablagʻi

Rivojlanib borayotgan axborot-kutubxona tizimini joriy etishda fan, texnika va texnologiya taraqqiyotining bugungi darajasi bilan kasbiy tayyorgarlik sifatini taʼminlash.

60.

Oʻquvchilar oʻrtasida fanlar olimpiadalari oʻtkazish tizimini puxta tahlil qilish asosida ularni oʻtkazishning qatʼiyan yangi tartibda oʻtkazish, bunda natijalarni baholash mezonlariga alohida eʼtibor berish.

Tumandagi14-umumiy oʻrta taʼlim maktabi hamda 37-IMIda “Sogʻlom ona va bola” mavzularida seminar tashkil etish.

2016-yil

mart

2016-yil

aprel-may

Tuman XTMFMTTE boʻlimi

0,5

Homiylar mablagʻi

Iqtidorli bolalarni aniqlash va qoʻllab-quvvatlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish. Muvaffaqiyatli natijalar hisobiga mamlakatning xalqaro arenadagi nufuzini oshirishga ulush qoʻshiladi. Ularning oʻqitishning navbatdagi bosqichiga oʻtishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

61.

3 ta bolalar maktaboldi oromgohlari bazasida oʻquvchilarning yozgi taʼtilini samarali tashkil etish maqsadida.

bolalarni har tomonlama kamol toptirish va boʻsh vaqtini samarali oʻtkazishi, bolalar shaxsini rivojlantirish, ularda qiziqishlarni uygʻotish, bilimini mustaqil oshirishi va ijodiy mehnati uchun qobiliyatini rivojlantirish, layoqatli, iqtidorli bolalarni aniqlash uchun sharoitlarni yaxshilashga yordam beradigan bolalar sogʻlomlashtirish.

2016-yil

iyun — avgust

Tuman hokimligi. tuman XTMFMTTE boʻlimi,

kasaba uyushmalari,

“Mahalla” jamoat fondi tuman boʻlinmasi,

“Kamolot” YIH tuman kengashi

Harajatlar smetasi asosida

Homiylar mablagʻi

Bolalarni sogʻlomlashtirish maktab oldi oromgohlarida bolalarni oʻqitish va tarbiyalashning yakka tartibdagi dasturlarini ishlab chiqish.

Yozgi taʼtillar davrida bolalarning toʻlaqonli dam olishi va hordiq chiqarishini tashkil etish.

IX. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, av�alo qizlarni ishga joylashtirish, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish ishtiyoqidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun isteʼmol kreditlari ajratish chora-tadbirlarini taʼminlash

(Masʼul: Yengil sanoat kasb-hunar kollej direktori K.Allayev)

62.

Tumandagi kasb-hunar kollejlarida bitiruvchilarini ishga joylashtirish mexanizmini takomillashtirish, ushbu jarayonning quyidagi yoʻllar bilan doimiy monitoringini olib borish:

2015/2016 oʻquv yilining 1016 nafar bitiruvchilari bilan 480 ta korxonalar va tashkilotlar shuningdek, taʼlim muassasalari maʼmuriyatlari majburiy tartibda ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash toʻgʻrisida toʻrt tomonlama shartnomalar tuzish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

tashkilotlar va korxonalarning keng ishtirokida yoshlarni kasbga samarali yoʻnaltirish, kasb-hunar kollejlar bitiruvchilarini ishga joylashtirishga koʻmaklashish uchun “Taʼlim va mutaxassislik” koʻrgazmalarini oʻtkazish;

ishga joylashgan bitiruvchilarning maʼlumotlar elektron bazasini shakllantirish va doimiy yangilab borish;

kvotalangan ish oʻrinlari belgilangan tashkilotlarning manzilli roʻyxatlarini shakllantirgan holda imkoniyati cheklangan shaxslar (nogironlar), koʻp bolali va kam taʼminlangan oilalar farzandlari boʻlgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirishga koʻmaklashish.

2016-yil

1-chorak

2016-yil

1 — 3 choraklar

2016-yil

aprel — sentyabr

yil mobaynida

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, tumandagi kasb-hunar kollejlari,

tuman bandlikka koʻmaklashish markazi, “Kamolot” YIH, Savdo-sanoat palatasi,

Kasaba uyushmalari

-

-

Bajaruvchilarning quyidagilarga yoʻnaltirilgan qarorlari:

yoshlarni boʻlgʻusi kasbini tanlashiga yoʻnaltirish ishlariga, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashishiga koʻmaklashish;

kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini ishga joylashtirishning samarali monitoring tizimini yaratish;

kollejlar bitiruvchilarini kelgusida ishga joylashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga imkon yaratuvchi, aniq kasblar boʻyicha bitiruvchilarga mehnat bozoridagi talab va ehtiyojni, ularning mehnat bozoridagi harakatini tahlil qiluvchi axborot bankini yaratish;

mehnat bozorida raqobat qila olish imkoniyati boʻlmagan, ijtimoiy himoyaga va maxsus mehnat sharoitlariga muhtoj shaxslarga qoʻshimcha kafolatlar berish.

63.

Yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan, lekin boshqa qonuniy vakillari (vasiylari) boʻlgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari uchun ularga taʼlim muassasasini bitirishida va ishga joylashishida “Mahalla” fondi mablagʻlari hiso�iga toʻlanadigan eng kam oylik ish haqining yigirma baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa berishni joriy etish.

Tashkiliy masalalar -

2016-yil
1 chorak,

amalga oshirish –2015/2016 oʻquv yilidan boshlab muntazam ravishda

Tuman hokimligi, tumandagi kasb-hunar kollejlari, tuman bandlikka koʻmaklashish markazi, tuman “Mahalla”xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi

6,0

“Mahalla” fondi va homiylar mablagʻlari

Bajaruvchilarning yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan, lekin toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan va nafaqa toʻlash nazarda tutilgan shaxslarni “Mahalla” fondi tomonidan tanlab olish, shuningdek nafaqani toʻlash tartibini belgilovchi qoʻshma normativ-huquqiy hujjati.

64.

Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun tuman hokimligi huzuridagi “Yagona darcha” markazlari tomonidan doimiy uchrashuvlar, seminarlar hamda targʻibot tadbirlarini tashkil etish.

yil mobayn�da

Savdo-sanoat palatasi,

tumandagi kasb-hunar kollejlari, “Kamolot” YIH tuman Kengashi,

1,0

Ijrochilar va homiylar mablagʻlari

Kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga kirib borishida uchrayotgan toʻsiqlarni bartaraf etilishida koʻmaklashadi.

65.

Oʻz tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishi uchun kasb-hunar kollejlari bitiruvchilariga imtiyozli kreditlar ajratish.

2016-yil davomida

tijorat banklari, “Kamolot” YIH tuman Kengashi,

tumandagi kasb-hunar kollejlari,

430,0

Tijorat banklari kredit mablagʻlari hisobidan

Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va ularning bandligini taʼminlash.

X. Dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishda mahalliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar birlashmalari, faxriylar tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu ishlarga jamiyatda hurmat va obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgan keksa avlod vakillarini keng jalb etish

(Masʼul: “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi M.Momiqov)

66.

Bolalarni tarbiyalashda katta avlod bilimlari va tajribasidan samarali foydalanish, yoshlarga anʼanalar va milliy qadriyatlarning ajralmasligini tushuntirish maqsadida “Ikki avlod uchrashuvi”tadbirlarini tashkil etish;

Toʻngʻich avlod vakillarining oliy janoblik, insoniylik va Vatanga, xalqqa sadoqat kabi fazilatlarni rivojlantirish maqsadida, mahallada 30 yildan ortiq yashagan, oʻz mehnati va jamiyatda erishgan obroʻsi bilan namuna boʻlgan oilalarning turmush tarzi va hayotiy tajribasini ommalashtirishga yoʻnaltirilgan “Eʼzoz”, “Ehtirom” tadbirlari, suhbatlar va uchrashuvlarni mahallarda tashkil etish va oʻtkazish.

yil mobaynida

Tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Mahalla” fondi tuman boʻlinmasi,

“Kamolot” YIH tuman Kengashi,

-

Bajaruvchilar mablagʻlari

Yoshlar tarbiyasida keksalar bilimlari va tajribasidan samarali foydalanish, yoshlarning anʼanalar va milliy qadriyatlarni asrashdagi ishtirokini kuchaytirish.

67.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi qoʻshma tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash yoʻli bilan har tomonlama kamol topgan yosh avlodni tarbiyalash masalalarida oila instituti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining taʼlim muassasalari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash:

oʻquvchilarni taʼlim muassasalarida oʻqitish bilan toʻliq qamrab olishni taʼminlash, oʻqitish sifati yuzasidan jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;

oʻquvchilarni qiziqishlar boʻyicha toʻgaraklar mashgʻulotlariga keng jalb etish;

taʼlim muassasalari va fuqarolar yigʻinlarini “Oila-mahalla- taʼlim muassasasi hamkorligi” mavzuidagi axborot materiallari bilan taʼminlash;

oilalardagi maʼnaviy muhitni oʻrganish maqsadida oʻsmirlar oʻrtasida “Oila – mening tasavvurimda” mavzuida ijtimoiy soʻrov oʻtkazish;

maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Mahalla – mening taqdirimda” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

2016-yil
1-chorak

yil mobaynida

2016-yil
2-chorak

2016-yil

3-chorak

2016-yil

4-chorak

Tuman XTMFMTTE boʻlimi

tuman IIB, “Mahalla” fondi tuman boʻlinmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” YIH tuman Kengashi,

tuman maʼnaviyat targʻibot boʻlimi,

“Nuroniy jamgʻarmasi

0,8

Bajaruvchilar va xayr-ehson koʻrsatuvchilar mablagʻlari

Har tomonlama kamol topgan yosh avlodni tarbiyalash masalalarida oila instituti va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamkorligini rivojlantirish.

68.

Tumanda oilalarni mustahkamlash, turli avlodlar oʻrtasidagi munosabatlar, bolalar va yosh oilalarga davlat tomonidan gʻamxoʻrlik koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish va tushuntirish ishlarida fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari, yoshlar va xotin-qizlar birlashmalari, katta obroʻga ega boʻlgan keksa avlod vakillarining keng ishtirokini, jumladan, quyidagi yoʻllar bilan taʼminlash:

1 950 nafar birinchi sinf oʻquvchilariga oʻquv buyumlari komplektlari (12 nomdagi) koʻrinishidagi Prezident sovgʻalarini topshirishga koʻmaklashish;

kam taʼminlangan oilalarning
1035 nafar farzandini qishki kiyimlar bilan taʼminlash;

imkoniyati cheklangan 33 nafar bolani uyida taʼlim olishlari uchun oʻquv buyumlari bilan taʼminlash;

14 yoshgacha farzandi boʻlgan oilalarga nafaqa, shuningdek farzandi ikki yoshga toʻlgungacha parvarish qilish uchun nafaqa tayinlash va toʻlash hamda moddiy yordam koʻrsatish.

2016-yil

3-4-chorak

2016-yil

3-4-chorak

yil mobaynida

Tuman XTMFMTTE boʻlimi,

tuman Moliya boʻlimi,

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi

Tuman hokimligi, tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi, tuman Moliya boʻlimi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi

4 232.1

Davlat budjeti mablagʻlari

Bajaruvchilar qarori.

Aholini, ayniqsa nochor qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash.

Mahallalarda istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan oilalardagi onalarga moddiy yordam koʻrsatish va ularni manzilli ijtimoiy muhofaza qilish.

XI. Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron axborot vositalarining va Internet tarmogʻining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari hamda Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisida keng axborot-tushuntirish ishlarini

tashkil etish

(Masʼul: “Navbahor tongi” gazetasi bosh muharriri B.Umarov)

69.

“Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni tumandagi ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.

yil mobaynida

“Navbahor tongi” gazetasi

Tumanda “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar matbuotda muntazam yoritilib borilishiga erishiladi.

70.

Tuman xokimligining rasmiy
veb-saytida “Sogʻlom ona va bola yili”ga bagʻishlangan boʻlimni ishga tushirish.

2016-yil

mart-aprel

Tuman hokimligi, “Navbahor tongi” gazetasi,

“Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar rasmiy veb-sayt orqali keng targʻib etiladi.

71.

“Navbahor tongi” gazetasi doimiy ravishda Davlat dasturiga mos rang-barang quyidagi ruknlarni tashkil etish;

“2016-yil - Sogʻlom ona va bola yili”, “Sogʻlom bola - sogʻlom oila mevasi”, “Bolalar sporti”, “Sogʻlom bola - kelajagimiz”, “Buyuk ajdodlarimiz”, “Sogʻlom oila”, “Nikoh va oila”, “Taʼlim va yoshlar”, “Mahalla har bir bola uchun masʼul”, “Farzandlari sogʻlom yurt”;

Shuningdek, “2016-yil - Sogʻlom ona va bola yili” maxsus sahifasini tashkil etish.

yil mobaynida

“Navbahor tongi” gazetasi

0,3

Bajaruvchilar mablagʻlari

Tashkil etilgan maxsus sahifa va ruknlar ostida Davlat dasturi boʻyicha masʼullarning amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlari, maqolalari muntazam berib boriladi, Davlat dasturi jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib etiladi.

72.

“Sogʻlom ona va bola yili”: mohiyat va ahamiyat” mavzusida targʻibot materiallarini tayyorlash;

“Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturini bajarish doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhimligi va ahamiyatini aholi barcha qatlamlariga, ayniqsa, talaba-yoshlarga yetkazishga qaratilgan keng koʻlamli axborot-targʻibot tadbirlarini tashkil qilish.

2016-yil mart-aprel

“Navbahor tongi” gazetasi

kasb-hunar kollejlar, Tuman XTMFMTTEB, madaniyat va sport ishlari boʻlimi, tuman maʼnaviyat targʻibot boʻlimi, “Kamolot” YIH,

Uslubiy qoʻllanma va oʻquv-uslubiy toʻplam yaratiladi va “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturining maqsad va vazifalari aholi ongiga yetkaziladi, aholining Davlat dasturining amalga oshirilishi xususida xabardorligi oshiriladi.

73.

“Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida tumandagi rassomlar, fotojurnalistlar asarlari asosida badiiy va foto koʻrgazmalar tashkil etish.

yil mobaynida

“Navbahor tongi” gazetasi, tuman

Madaniyat va sport ishlari boʻlimi, “Kamolot” YIH tuman Kengashi,

0,2

Bajaruvchilar mablagʻlari

Davlat dasturining maqsad va vazifalari keng targʻib etiladi.

74.

Oʻsib kelayotgan isteʼdodlar iqtidorini qoʻllab-quvvatlash maqsadida, “yilning eng yaxshi yosh jurnalisti-2016” koʻrik-tanlovini oʻtkazish.

2016-yil

oktyabr

“Navbahor tongi” gazetasi

“Kamolot” YIH tuman Kengashi

1,0

Bajaruvchilar mablagʻlari

Ushbu koʻrik-tanlov yosh jurnalistlarni mahoratlarini oshirishda, ularni oʻz ustida yanada koʻproq ishlashga daʼvat etadi. Mazkur tanlov orqali yosh jurnalistlarning ijodiy ishlari saralanib, iqtidorli yoshlar kashf etiladi va munosib ragʻbatlantiriladi.

75.

Tumandagi jurnalistlarni Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi qadimiy ziyoratgohlariga sayohatini tashkil etish.

2016-yil

aprel - may

“Navbahor tongi” gazetasi,

IIB

1,0

Bajaruvchilar mablagʻlari

Davlat dasturi doirasida tumanimiz OAVda ijod qilayotgan jurnalistlarning Samarqand va Buxoro viloyatiga sayohati orqali ularning mazkur hududlardagi boy tarixiy meros bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 29-martdagi Q-164-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom ona va bola yili” tuman dasturini amalga oshirish boʻyicha tuman komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

A. Narziyev

—

tuman hokimi, komissiya raisi

2.

N. Ataqulov

—

tuman hokimining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

3.

O. Hasanov

—

tuman hokimining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

4.

Z. Husenova

—

tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

5.

F. Xolboʻtayev

—

tuman hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi

6.

(lavozimiga koʻra)

—

tuman hokimligi hududni kompleks rivojlantirish Yigʻma boʻlimi boshligʻi

7.

E. Shakarov

—

tuman hokimligi huquqshunosi

8.

A. Joʻrayev

—

Tuman tibbiyot birlashmasi bosh vrachi

9.

G. Elova

—

tuman XTMFMTTEB mudiri

10.

E. Akramov

—

“Istiqlol” sanoat kasb-hunar kolleji direktori

11.

Z. Qudratov

—

Agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji direktori

12.

M. Aliyev

—

Qishloq xoʻjalik va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji direktori

13.

K. Allayev

—

Engilsanoat kasb-hunar kolleji direktori

14.

E. Yoʻldoshev

—

Iqtisodiyot va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji direktori

15.

A. Eshmurotov

—

tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi boshligʻi

16.

U. Toʻrayev

—

tuman Mehnat boʻlimi boshligʻi

17.

Z. Ziyodullayev

—

ATB Agro bank Navbahor tuman filiali rahbari

18.

S. Nazarov

—

AT Xalq bank Navbahor tuman filiali rahbari

19.

I. Homidov

—

tuman Moliya boʻlimi boshligʻi

20.

O. Shodiyev

—

tuman Arxitektura va qurilish boʻlimi boshligʻi

21.

(lavozimiga koʻra)

—

Kasaba uyushmalari tuman kengashlari raislari

22.

J. Mardonov

—

Tuman Maʼnaviyat targʻibot boʻlimi boshligʻi

23.

M. Momiqov

—

“Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi

24.

E. Bobonazarov

—

“Kamolot” YIH tuman Kengashi raisi

25.

Sh. Azimov

—

“Nuroniy” xayriya jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi

26.

B. Umarov

—

“Navbahor tongi” gazetasi bosh muharriri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman hokimining 2016-yil 29-martdagi Q-164-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom ona va bola yili” tuman dasturining ijrosini taʼminlash boʻyicha tuman komissiyasi aʼzolarini dasturning boʻlimlariga biriktirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Biriktirilgan masʼul

Dasturning boʻlimlari nomi

1.

E. Shakarov — tuman hokimligi huquqshunosi

I boʻlim — Oilani, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollar manfaatlarini himoya qilish, sogʻlom bolani tarbiyalashda ularning rolini oshirish, kuchli, barqaror va ravnaq topayotgan davlatning negizi sifatida oila institutini mustahkamlashga yoʻnaltirilgan qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish.

2.

(lavozimiga koʻra) — tuman hokimligi hududni kompleks rivojlantirish Yigʻma boʻlimi boshligʻi

II boʻlim — Olis va chekka qishloq tumanlarida yashayotgan aholi, ayniqsa ayollar uchun zarur ijtimoiy, maishiy va tibbiy nuqtai nazardan zarur shart-sharoitlar yaratish, qishloq joylarda namunaviy loyihalar asosidagi zamonaviy uy-joylar, ijt�moiy infratuzilma obyektlarini barpo etish, qishloq aholisini toza ichimlik suv, tabiiy gaz bilan taʼminlash, xizmatlar koʻrsatish va servis darajasini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish.

3.

A. Joʻrayev — tuman Tibbiyot birlashmasi boshligʻi

III boʻlim — Tibbiyot muassasalarining, jumladan perinatal va skrining markazlarning moddiy-texnika bazasini va kadrlar salohiyatini yanada mustahkamlash, oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlarining ish samaradorligini oshirish, patronaj tibbiyot hamshiralarining sonini koʻpaytirishni taʼminlash, akusher-ginekologlar va bolalar shifokorlari malakasini oshirish.

IV boʻlim —Aholining tibbiy madaniyatini oshirish, sanitariya va gigiyena, homilador ayollarning sogʻligʻini saqlash va psixofiziologik ahvolini yaxshilash, yosh onalar va bolalarni tegishli tarzda parvarish qilish sohasidagi ishlarni kuchaytirish, ularning ovqatlanish ratsioni sifati va kaloriyasi yaxshilanishini taʼminlash.

4.

A. Eshmurodov—tuman Madaniyat va sport ishlar boʻlimi boshligʻi

V boʻlim — Yoshlar orasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, yoshlarni, ayniqsa qishloq joylarda qizlarni sport bilan muntazam shugʻullanishga jalb etish, yangi sport obyektlarini qurish, ishlab turganlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport uskunalari va anjomlari bilan jihozlash, yuqori malakali trener kadrlar va murabbiylar bilan taʼminlash.

5.

Z. Husenova — tuman hokimining oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi

VI boʻlim — Mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik va farovonlikni yanada mustahkamlashning muhim sharti sifatida oilalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni, xususan, oʻzaro xurmat-ehtirom, er-xotin oʻrtasida, ota-onalar bilan farzandlar, qaynona-kelin oʻrtasida, qoʻni-qoʻshnilar oʻrtasida mehr-oqibat ruhini yaratish.

VII boʻlim — Qiz bolalarni - boʻlajak onalarni - jismonan sogʻlom va intellektual rivojlangan tarzda voyaga yetkazish, ularning akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida albatta taʼlim olishini, zamonaviy bilimlar va kasb-hunarlarga ega boʻlishlarini taʼminlash, ularning hayotda munosib oʻrinni egallashlarida, kelajakda sogʻlom va mustahkam oila qurishlarida asosiy shart hisoblanmish mustahkam hayotiy nuqtai nazarni va mustaqil fikrlashni shakllantirish.

6.

G. Elova — tuman XTMFMTTEB mudiri

VIII boʻlim — Sogʻlom bolani voyaga yetkazishda taʼlim tizimining rolini kuchaytirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini yanada rivojlantirish, boshlangʻich taʼlimning yuqori sifatini taʼminlab, ilgʻor pedagogika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etgan holda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan oshirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish tadbirlarini amalga oshirish.

7.

Yengilsanoat kasb-hunar kolleji direktori K. Allayev

IX boʻlim —Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, avvalo qizlarni ishga joylashtirish, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish ishtiyoqidagi yoshlarga imtiyozli kreditlar, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar xarid qilish uchun isteʼmol kreditlari ajratish chora-tadbirlarini taʼminlash.

8.

M. Momiqov — “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi

X boʻlim —Dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni hal etishda mahalliy hokimiyat organlari bilan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xotin-qizlar va yoshlar birlashmalari, faxriylar tashkilotlari oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, bu ishlarga jamiyatda hurmat va obroʻ-eʼtiborga sazovor boʻlgan keksa avlod vakillarini keng jalb etish.

9.

B. Umarov — “Navbahor tongi” gazetasi bosh muxariri

XI boʻlim — Ommaviy axborot vositalari, shu jumladan elektron axborot vositalarining va Internet tarmogʻining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturining maqsadlari va vazifalari hamda Dasturning amalga oshirilishi toʻgʻrisida keng axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etish.