Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2019 29.07.2016 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.10.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilishni rad etish, arizani ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish bilan bog‘liq Protsessual normalarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2019-yil 25-oktabrdagi 19-sonli “Fuqarolik ishlari bo‘yicha birinchi instansiya sudining ajrimlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilishni rad etish, arizani ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish bilan bog‘liq protsessual normalarni qo‘llashda ayrim masalalar yuzaga kelganligi munosabati bilan qonun normalarini sud amaliyotida aniq va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 44-moddasiga asosan har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaat Fuqarolik protsessual kodeksida belgilangan tartibda, ilova qilinadigan hujjatlar bilan birgalikda sudga bevosita qabulda topshirilishi, pochta aloqa xizmati yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar arizani qabul qilishni rad etish, arizani ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatishda protsessual huquq normalarini aniq va bir xilda qo‘llashga alohida e’tibor qaratishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Arizani qabul qilishni rad etish va fuqarolik ishi yuzasidan ish yuritishni tugatishda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 152, 100-moddalarida ko‘rsatilgan asoslarga rioya qilish lozimligiga, shu bilan birga ushbu asoslar ham tugal emasligiga sudlarning e’tibori qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oila kodeksining 39-moddasida xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug‘ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atishga haqli emasligi belgilangan. Bunday holatlarda sud arizani qabul qilishni rad etishi, agar ariza qabul qilingan taqdirda ish yuritishni tugatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qonun normalarida belgilangan qoidalar nafaqat da’vo arizalarga nisbatan, balki alohida tartibda ish yuritish, davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan shikoyatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Arizani qabul qilishni rad etish masalasi sudya tomonidan ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddat ichida asoslantirilgan ajrim chiqarish orqali hal qilinadi va u darhol, alohida hollarda esa, ajrim chiqarilgan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida murojaat qiluvchi shaxsga topshiriladi yoki aloqa bo‘limi yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ish sudga taalluqli bo‘lmasa, sudya ajrimda arizachi qaysi organga murojaat qilishi lozimligini yoki ish qo‘zg‘atishga to‘sqinlik qilayotgan holatlarni qanday bartaraf etishini ko‘rsatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudyaning Fuqarolik protsessual kodeksining 152-moddasi 5 — 7-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha arizani qabul qilishni rad etishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf qilingach, shu ish bo‘yicha sudga umumiy tartibda ariza bilan takroran murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning aynan o‘sha taraflar o‘rtasida, aynan bir predmet to‘g‘risida va aynan bir asoslar bo‘yicha chiqqan nizo yuzasidan qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoxud da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligini qabul qilish yoki taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimi mavjudligi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar ushbu masalani hal qilishda ilgari qabul qilingan va qonuniy kuchda bo‘lgan sud qarori aynan o‘sha taraflar o‘rtasida, aynan bir predmet to‘g‘risida va aynan bir asoslar bo‘yicha qabul qilinganligiga, shuningdek, ko‘rsatilgan holatlarning barchasi mavjud bo‘lishi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo‘lishiga e’tibor qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Da’vogar o‘zining talablariga asos qilib ko‘rsatayotgan holatlar da’vo asosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Da’vo predmeti deganda, da’vogarning talabi yo‘naltirilgan, sud qarori qabul qilinishi so‘ralayotgan subyektiv-huquq hamda ko‘rib hal qilinishi lozim bo‘lgan moddiy-huquqiy nizo tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sudlarga javobgardan davriy to‘lovlar (alimentlar, sog‘liqqa shikast yetkazilganda ko‘rilgan zararni qoplash yoki fuqaro vafot etganligi bilan bog‘liq to‘lovlar va hokazolar) undirish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan so‘ng to‘lovlar miqdori yoki muddatini belgilashga ta’sir etuvchi holatlar jiddiy ravishda o‘zgargan bo‘lsa, bunday asos bilan har bir taraf Fuqarolik protsessual kodeksining 217-moddasi 3-qismiga muvofiq yangidan ariza berish yo‘li bilan to‘lovlarning miqdori va muddatini o‘zgartirishni talab qilishga haqli ekanligi tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hal qiluv qarori chiqarilgunga qadar javobgar dastlabki da’vo bilan birga ko‘rib chiqish uchun da’vogarga nisbatan qarshi da’vo taqdim etishga haqli bo‘lib, bunda qarshi da’vo umumiy qoidalarga rioya qilingan holda berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar javobgar tomonidan keltirilgan qarshi da’voni qabul qilishda Fuqarolik protsessual kodeksining 247-moddasi talabidan qat’i nazar, arizani qabul qilish uchun ushbu Kodeksning 152-moddasida ko‘rsatilgan asoslar monelik qilmasligi va ariza Fuqarolik protsessual kodeksining 149-150-moddalari talablariga rioya qilingan holda berilganligiga e’tibor qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasi 1 va 2-bandlariga muvofiq, muomalaga layoqatsiz shaxs, shuningdek, ish yuritishga vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan ariza ko‘rmasdan qoldirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan deganda, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi oqibatida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan, shuningdek, sud tomonidan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs tomonidan berilgan ariza tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza manfaatdor shaxs nomidan arizani ish yuritishga vakolati bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan deganda, bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs (ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar oldida berilgan vakolatlar doirasida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma mavjud bo‘lmagan shaxs tomonidan berilgan ariza tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Arizani ko‘rmasdan qoldirishda Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasida ko‘rsatilgan asoslarga rioya qilish lozimligi, lekin bu asoslar ham tugal emasligi sudlarga tushuntirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Fuqarolik protsessual kodeksining 282-moddasi talabiga ko‘ra, alohida tartibda yuritiladigan ishni ko‘rish vaqtida agar sudga taalluqli huquq to‘g‘risida nizo kelib chiqsa, sud arizani ko‘rmasdan qoldirib, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy tartibda da’vo taqdim etishni taklif qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunga ko‘ra, sudlarning e’tibori arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslari Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasidan tashqari qonunning boshqa maxsus normalari bilan ham belgilanganligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizani Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasi 4 va 5-bandlari asosida ko‘rmasdan qoldirishda ishda taraflarga sud chaqiruv qog‘ozi topshirilganligi haqidagi ma’lumot mavjud bo‘lib, ular sud majlisiga uzrli sabablarga ko‘ra kela olmaganliklarini tasdiqlovchi dalillar taqdim qilmagan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sudlarga tushuntirilsinki, arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi asoslantirilishi va shuningdek, ariza protsessual qonunning qaysi normasiga muvofiq ko‘rmasdan qoldirilganligi aniq ko‘rsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani ko‘rmasdan qoldirilishi, ishning mazmunan hal etilishiga to‘sqinlik qilishi sababli unga asos qilib keltirilgan holatlarni bartaraf etish yo‘llari sud tomonidan ajrimda ko‘rsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani ko‘rmasdan qoldirishga asos bo‘lgan holatlar bartaraf etilganidan so‘ng manfaatdor shaxs yana sudga umumiy tartibda ariza bilan murojaat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taraflar sud majlisiga uzrli sabablarga ko‘ra kela olmaganliklarini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etsa, da’vogar yoki javobgarning iltimosnomasi (arizasi)ga binoan, sud Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasi 4 va 5-bandlariga asosan arizani ko‘rmasdan qoldirish to‘g‘risida chiqargan o‘z ajrimini shu kodeksning 99-moddasiga ko‘ra bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur iltimosnoma (ariza) kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddat ichida sud tomonidan taraflar ishtirokida sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Taraflardan birining sud majlisiga kelmaganligi iltimosnoma (ariza)ni mazmunan hal qilishga to‘sqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning ajrimi ishning keyingi harakatlanishiga to‘sqinlik qilmasligi sababli ajrim ustidan xususiy shikoyat yoki xususiy protest keltirilishi qonunda nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, arizani ko‘rmasdan qoldirishga faqat Fuqarolik protsessual kodeksining 97-moddasi va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi. Ariza sud tomonidan asossiz ko‘rmasdan qoldirilgan har qanday holatga yuqori sud tegishli munosabat bildirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlar ish yuritishni tugatishda Fuqarolik protsessual kodeksining 100-moddasida belgilangan asoslarga qat’iy amal qilishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqarolik ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, sud muhokamasi vaqtida ish sudga taalluqli emasligi aniqlansa, sud mazkur masalada taraflarning fikrini inobatga olgan holda, alohida ajrim bilan ish yuritishni tugatib, unda arizachiga qaysi organga murojaat qilishi lozimligini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha chiqqan nizo yuzasidan sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki da’vogarning arz qilgan talablaridan voz kechishini qabul qilish to‘g‘risidagi yoxud taraflarning kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi ajrimi mavjudligi sababli ish yuritish tugatilganda, sud ajrimida ushbu asoslar bo‘yicha ikkinchi marta murojaat qilishga yo‘l qo‘yilmasligi yetarlicha asoslantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Da’vogar arz qilgan talablaridan voz kechgan va sud bu voz kechishni qabul qilgan hamda taraflar kelishuv bitimi tuzgan bo‘lsalar, uni tasdiqlashda sudlar Fuqarolik protsessual kodeksining 40-moddasi 4-5-qismlari va 180-moddasi talablariga qat’iy rioya qilishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim nusxasi ishda ishtirok etayotgan taraflarga darhol, alohida hollarda esa, qabul qilingan kundan boshlab uch kunlik muddat ichida topshirilishi, aloqa bo‘limi orqali yoxud axborot tizimi orqali elektron shaklda yuborilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni sudda ko‘rishga tayyorlash vaqtida javobgar da’vogarning talablarini tan olishi va bu tan olish sud tomonidan qabul qilinishi asosi bo‘yicha ish yuritishni tugatishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar o‘rtasida huquq to‘g‘risida nizo mavjud bo‘lmasligi hamda ishga jalb qilinmagan boshqa shaxslarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga ta’sir qilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni 11-moddasi 1-qismiga asosan hakamlik bitimi mavjud bo‘lgan taqdirda, nizo hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirilishi mumkin. Agar taraflar o‘rtasida ushbu nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimi mavjudligi aniqlansa, hakamlik sudiga ariza topshirilgan-topshirilmaganligidan qat’i nazar, sud ish yuritishni tugatib taraflarga hakamlik sudiga murojaat qilish huquqini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taraflardan birining vafotidan so‘ng Fuqarolik protsessual kodeksining 43-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lmay, nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa, ish yuritish tugatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fuqarolik protsessual kodeksining 152 va 97-moddalari asosida arizani qabul qilishni rad etish yoki arizani ko‘rmasdan qoldirish haqidagi sud ajrimi manfaatdor shaxslarning xususiy shikoyatlari (protestlari)ga muvofiq bekor qilingan taqdirda, ish mazmunan hal qilinmaganligini inobatga olgan holda, ilgari ajrim chiqargan sudya ishni qaytadan ko‘rishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sudlar ish yuritishni tugatish haqidagi masalani muhokama qilish bilan birgalikda da’voni ta’minlash choralarini bekor qilishga ham e’tibor qaratishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani qabul qilishni rad etish, arizani ko‘rmasdan qoldirish yoki ish yuritishni tugatish masalalarini hal qilish bilan birgalikda Fuqarolik protsessual kodeksining 108-moddasi 1-qismi 2 — 5-bandlarida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, arizachiga to‘langan davlat boji to‘liq qaytarilishi ta’minlanishi shart. Davlat bojini qaytarish masalasini hal qilishda Soliq kodeksining 342-moddasi talablariga rioya qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar arizani qabul qilishni rad etish, arizani ko‘rmasdan qoldirish va ish yuritishni tugatish bilan bog‘liq protsessual normalarni to‘g‘ri qo‘llashni ta’minlash uchun vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlar o‘tkazib, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rib borishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy sud raisi Sh. GAZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Plenum kotibi, Oliy sud sudyasi D. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-son