22.09.2016 yildagi O‘RQ-410-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.01.2018 02 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 25-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi 839-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 223-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-410-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ushbu Qonunning amal qilish sohasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) bilan, shuningdek alohida yollovchilar bilan mehnat munosabatlarida boʻlgan xodimlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish amaliyotini oʻtayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalariga, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilariga, boshqa taʼlim muassasalari tinglovchilariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda ishlash uchun jalb etiladigan harbiy xizmatchilarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud hukmiga koʻra jazoni oʻtayotgan shaxslarga ular jazoni ijro etish muassasalari tomonidan belgilanadigan tashkilotlarda ishlashi davrida, shuningdek maʼmuriy qamoqqa olish tarzidagi maʼmuriy jazo qoʻllanilgan shaxslarga, boshqa turdagi ishlarni bajarishga, shu jumladan jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab tashkil etiladigan ishlarni bajarishga jalb etiladigan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun ish beruvchilarga nisbatan ham tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslar bundan buyon matnda xodimlar deb ataladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy himoya vositalari — tuzilishi yoki vazifasi jihatidan ishlab chiqarish binosi va ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlgan, xodimlarga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili taʼsirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoya qilish uchun moʻljallangan texnik vositalar va boshqa vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararli ishlab chiqarish omili — taʼsiri xodimning kasb kasalligiga chalinishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrni — mehnat faoliyati jarayonida xodimning doimiy yoki vaqtinchalik boʻlish joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish faoliyati — mahsulot ishlab chiqarish, xom ashyoni qayta ishlash, ishlar bajarish, xizmatlar koʻrsatish chogʻida amalga oshiriladigan harakatlar yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa — xodimning ish beruvchining hududida ham, uning tashqarisida ham oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda, shu jumladan ish beruvchi tomonidan berilgan transportda ish joyiga kelayotgan yoki ishdan qaytayotgan vaqtda mehnatda mayib boʻlishiga yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni boshqa ishga oʻtkazish zaruratiga, u kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishiga yoxud vafot etishiga sabab boʻlgan hodisa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb kasalligi — xodimning unga zararli ishlab chiqarish omili yoki xavfli ishlab chiqarish omili taʼsiri natijasida yuzaga kelgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoxud turgʻun yoʻqotishiga sabab boʻlgan oʻtkir yoki surunkali kasalligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari — mehnatni amalga oshirish chogʻidagi ijtimoiy va ishlab chiqarish omillari yigʻindisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish — mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sogʻligʻi, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatda mayib boʻlish — ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa oqibatida xodimning kasbga oid mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turgʻun yoʻqotishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqulay ishlab chiqarish omillari — zararli ishlab chiqarish omilining va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish omili — taʼsiri xodimning shikastlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlab chiqarish omili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy himoya vositalari — xodimga zararli ishlab chiqarish omili va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omili taʼsirining oldini olish yoki uni kamaytirish, shuningdek ifloslanishlardan himoyalanish uchun foydalaniladigan texnik vositalar va boshqa vositalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning hayoti va sogʻligʻi ustuvorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ilgʻor milliy va xorijiy tajribadan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega boʻlgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablagʻlar ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish jamgʻarmalarini tuzish va ularning mablagʻlaridan foydalanish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining vakolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
(8-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(8-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni va normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida ishlab chiqadi, kelishib oladi hamda tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozori professional ishtirokchilarining yagona reyestrini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishning holati monitoringini oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarning sabablarini tahlil qiladi hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga bunday jarohatlanishlarning oldini olish boʻyicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning maxsus tekshiruvi oʻtkazilishini va hisobga olinishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻriklarini oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining ogʻirligi va tigʻizligi koʻrsatkichlari boʻyicha sanitariya qoidalarini, normalarini va gigiyena normativlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlarga beriladigan sutni (shunga teng boʻlgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini), davolash-profilaktika oziq-ovqatini, gazlangan tuzli suvni (issiq sexlarda ishlovchilar uchun) berish normativlarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimni yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillari taʼsirini istisno etadigan ishga oʻtkazish uchun tibbiy va boshqa koʻrsatkichlar roʻyxatini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim kasb kasalligiga chalingan deb gumon qilinganda uning mehnat sharoitlarining sanitariya-gigiyena tavsifini tuzishga doir talablarni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasb kasalliklarini aniqlash va xodimlarning kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotganligi darajasini aniqlash uchun yoʻllanma berish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni va normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi tarmoq maqsadli va maxsus dasturlarni tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimidagi tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimidagi tashkilotlarda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning va xodimlar sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilishining tekshiruvdan oʻtkazilishi hamda hisobga olinishini tashkil etadi va taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi, malakasi oshirilishi va bilimlari tekshirilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tegishli hududiy boʻlinmalarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish xizmati mutaxassislari mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalariga barcha xodimlar tomonidan rioya etilishini nazorat qilish, tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlariga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzayotgan shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida tashkilot rahbariga taqdimnomalar kiritish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalari mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasida shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxslar mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasini oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlashi va ularning malakasini oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatning muhofaza qilinishini boshqarish tizimi auditini oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilariga va ular tomonidan xizmatlar bajarilishiga doir talablar, shuningdek ularning yagona reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi mehnat sharoitlarining, ish oʻrinlaridagi mehnat jarayoni ogʻirligi va tigʻizligining hamda ularning jarohatlanish jihatidan xavfliligining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini baholash, zararli ishlab chiqarish omilini va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omilini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan tadbirlar majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasidan quyidagilar oʻtkazilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari boʻyicha xodimlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlar va kompensatsiyalar nazarda tutilgan ish oʻrinlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar band boʻlgan ish oʻrinlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beradigan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar roʻyxatlarida koʻrsatilgan ish oʻrinlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi ish oʻrinlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida, shuningdek jamoa shartnomalari va kelishuvlarida boshqa ish oʻrinlarining ham mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilishi nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasi belgilangan tartibda ish beruvchining oʻzi tomonidan oʻtkaziladi. Ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasini oʻtkazish davriyligi qonun hujjatlarida belgilanadi, biroq besh yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish tizimining holatini baholash boʻlib, ushbu audit ish beruvchining qaroriga binoan oʻtkaziladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining ishlashi sifatini, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga, darajasini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar samaradorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishga, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimining auditi mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishni moliyalashtirish quyidagilar hisobidan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan budjet mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining oʻz mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan mehnatni muhofaza qilish jamgʻarmalarining mablagʻlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish uchun budjet mablagʻlari tegishli (respublika va mahalliy) budjetlarda alohida qayd bilan ajratiladi, bu mablagʻlardan boshqaruv organlarining, nazorat qiluvchi va tekshiruvchi organlarning taʼminoti, ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish, mehnatni muhofaza qilishga oid davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni bajarish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir ish beruvchi mehnatni muhofaza qilish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni qonun hujjatlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek jamoa kelishuvlarida yoki boshqa ichki normativ hujjatlarda belgilanadigan miqdorda ajratadi. Xodimlar ana shu maqsadlar uchun biror-bir chiqim qilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha jamgʻarmani oʻzining tijorat faoliyati va boshqa faoliyatidan olinadigan foyda (daromadlar), shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan tashkil etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishga moʻljallangan mablagʻlardan boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablagʻlar ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha jamgʻarmalarni tashkil etish va ularning mablagʻlaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ishtirokida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarning tayyorlanishi belgilangan tartibda taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ishlab chiqarish hamda ijtimoiy soha xususiyatlari hisobga olingan holda talabalar va oʻquvchilar tomonidan mehnatni muhofaza qilish kursi majburiy oʻrganilishini tashkil etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ish beruvchilar mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislar qayta tayyorlanishini va ularning malakasi oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Xodimlarni sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv, shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoitlari noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlar belgilangan normalar boʻyicha sut (shunga teng boʻlgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari), davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun), maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal hamda boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlanadi. Bunday ishlarning roʻyxati, ularni berish normalari, ular bilan taʼminlash tartibi va shartlari jamoa shartnomalari hamda kelishuvlarida belgilanadi, agar ular tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan xodimlarning vakillik organi bilan kelishuvga koʻra, qonun hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning shaxsiy himoya vositalarini olish, saqlash, yuvish, tozalash, taʼmirlash, dezinfeksiya qilish va zararsizlantirish ish beruvchining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va taʼmirlash chogʻida mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga javob bermaydigan obyektlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanishga, ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va taʼmirlashga, texnologiyalarni joriy etishga, shu jumladan xorijdan olinganlarini joriy etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl qoʻyiladigan eng yuqori normativlari (konsentratsiyalari) belgilangan tartibda ishlab chiqilmagan va tegishli ekspertizalardan oʻtkazilmagan zararli moddalarning ishlab chiqarishda qoʻllanilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish vositalarini yaratish va ishlab chiqarish borasidagi faoliyatini ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar foydasining mehnatni muhofaza etishga oid adabiyotlarni, plakatlarni, boshqa targʻibot vositalarini nashr etish hisobidan hosil boʻlgan qismiga, shuningdek ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlari foydasining jamoaviy himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalarining, ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish asboblari va dozimetriya vositalarining yangilarini yaratish, mavjud vositalarni ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish hisobidan olingan qismiga qonun hujjatlariga muvofiq imtiyozli soliq solish belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Ishga qabul qilishda va boshqa ishga oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilishga boʻlgan huquqning kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shartnomasining shartlari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari, shuningdek jamoa kelishuvlari va mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi boshqa ichki normativ hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni sogʻligʻining holatiga koʻra oʻziga toʻgʻri kelmaydigan ishga qabul qilish va xodimlarni boshqa shunday ishga oʻtkazish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni sogʻligʻi va hayotiga yuqori darajada xavf tugʻdirishi mumkinligi oldindan ayon boʻlgan ishga qabul qilish hamda xodimlarni boshqa shunday ishga oʻtkazish chogʻida ish beruvchi ularni bu haqda ogohlantirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻligʻining holatiga koʻra yengilroq ishga yoki noqulay ishlab chiqarish omillari taʼsirini istisno etadigan ishga oʻtkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi ana shunday ishga ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay oʻtkazishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻligʻining holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsirini istisno etadigan kam haq toʻlanadigan ishga oʻtkazishda xodimlarning avvalgi oʻrtacha oylik ish haqi Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan tartibda va muddatlarda saqlanib qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Xodimning mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning va normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga mos boʻlgan ish oʻrniga ega boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchidan mehnat sharoitlari toʻgʻrisida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklarga chalinish ehtimoli mavjudligi, shu munosabat bilan oʻziga berilishi lozim boʻlgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shuningdek shaxsiy himoya vositalari va jamoaviy himoya vositalari haqida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid belgilangan normalar va talablarga muvofiq ish beruvchining mablagʻlari hisobidan shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy ijtimoiy sugʻurta qilinish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida oʻz hayoti va sogʻligʻi uchun xavf yuzaga kelgan taqdirda, agar shunday holatlar mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi organlar tomonidan tasdiqlansa, ishlarni bajarishni bunday xavf bartaraf etilguniga qadar rad etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ish oʻrnidagi mehnat sharoitlari hamda muhofazasi mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organ tomonidan tekshirishdan oʻtkazilishi uchun soʻrovnoma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish beruvchining mablagʻlari hisobidan mehnatning xavfsiz uslublari va usullari boʻyicha oʻqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va kompensatsiyalarni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻiga boshqacha tarzda shikast yetishi munosabati bilan hayotiga yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini ish beruvchidan undirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ish oʻrnida mehnat qilish uchun xavfsiz sharoitlar taʼminlanishi bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqilayotganda va oʻzi bilan sodir boʻlgan baxtsiz hodisa yoki uning kasb kasalligi tekshirilayotganda shaxsan oʻzi ishtirok etish yoki oʻz vakillari orqali ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy tavsiyalarga muvofiq navbatdan tashqari tibbiy koʻrikdan oʻtish, ushbu tibbiy koʻrikdan oʻtish vaqtida uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi saqlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablar buzilganligi oqibatida ish oʻrni tugatilgan taqdirda ish beruvchining mablagʻlari hisobidan qayta tayyorgarlikdan oʻtish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy himoya vositalarini toʻgʻri qoʻllashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar olishi, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻquvdan va malaka oshirishdan oʻtishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiruvchi har qanday vaziyat toʻgʻrisida, shuningdek ish jarayonida yoki u bilan bogʻliq holda sodir boʻlgan har qanday baxtsiz hodisa haqida ish beruvchini darhol xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Ish beruvchining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlardan mehnatni muhofaza qilishga hamda ishlarni xavfsiz olib borishga doir normalar, qoidalar va yoʻriqnomalarga rioya etishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi yoki toksik modda taʼsiridan mast holatda ekanligini aniqlash uchun ularni tekshiruvdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlar ishlab chiqarishda olgan jarohatlanishlarning ogʻirlik darajasi, xodimlarda ularning jarohatlanishiga olib kelishi mumkin boʻlgan kasallik mavjudligi toʻgʻrisida, shuningdek ularning alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi yoki toksik modda taʼsiridan mast holatda ekanligi haqida maʼlumotlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bevosita sudga yoki boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etganlik uchun xodimlarni taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda aybdor xodimlarni intizomiy javobgarlikka tortish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir ish oʻrnida mehnat sharoitlarining mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq boʻlishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar, inshootlar, asbob-uskunalardan foydalanish, texnologik jarayonlarni amalga oshirish chogʻida, shuningdek ishlab chiqarishda xom ashyo va materiallarni qoʻllash, ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatish chogʻida xodimlarning xavfsizligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarida mehnat sharoitlarining holati, ayniqsa zararli ishlab chiqarish omillari va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzasidan nazoratni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlari toʻgʻrisida, shu jumladan kasb kasalliklari va boshqa kasalliklar xavfi mavjudligi, muayyan ish oʻrinlarida va ishlab chiqarishda mehnatni muhofaza qilishning holati haqida, shuningdek shu munosabat bilan xodimlarga berilishi lozim boʻlgan imtiyozlar va kompensatsiyalar, shaxsiy himoya vositalari toʻgʻrisida xodimlarni oʻz vaqtida xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mehnatni muhofaza qilish xizmatini va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarni belgilangan normalar boʻyicha sut, davolash-profilaktika oziq-ovqati, gazlangan tuzli suv, shaxsiy himoya hamda gigiyena vositalari bilan taʼminlashi, shuningdek jamoaviy himoya vositalari qoʻllanilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar olishini, mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻquvdan, qayta tayyorgarlikdan oʻtishini, malaka oshirishini va bilimlari tekshirilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha oʻquvdan oʻtmagan, yoʻl-yoʻriqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilanadigan, imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqi beriladigan, nogironlar band boʻlgan zararli, xavfli va boshqacha mehnat sharoitlariga ega ish oʻrinlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasini oʻtkazishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻriklar belgilangan tartibda oʻtkazilishini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarga, shuningdek kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlariga ularning mehnatni muhofaza qilish holati, baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishi yuzasidan nazoratni, tekshirishni va monitoringni amalga oshirishi uchun zarur boʻlgan axborot va materiallarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya vaziyatlarining oldini olish, bunday vaziyatlar yuzaga kelganda xodimlarning hayoti va sogʻligʻini saqlash, shu jumladan jabrlanganlarga birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiruvchi organlarning koʻrsatmalarini bajarishi hamda kasaba uyushmalarining va xodimlar boshqa vakillik organlarining taqdimnomalarini koʻrib chiqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan davlat tomonidan majburiy ijtimoiy sugʻurta qilinishini, shuningdek ish beruvchining fuqarolik javobgarligi majburiy sugʻurta qilinishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazishi, shuningdek ularning hisobini yuritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Majburiy tibbiy koʻriklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning va umumiy belgilangan pensiya yoshiga yetgan shaxslarning, nogironlarning, shuningdek bir qator kasblar va ishlab chiqarishlar xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan tartibda dastlabki tarzda (ishga kirayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishini tashkil etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy koʻriklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, bunday muassasalar mavjud boʻlmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlariga muvofiq majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtishi lozim boʻlgan shaxslar boshqa ishga oʻtkazilgan taqdirda ham tibbiy koʻriklarni oʻtkazish majburiyati ish beruvchining zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy koʻriklardan oʻtilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor boʻlmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan boʻyin tovlashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar tibbiy koʻriklardan oʻtishdan boʻyin tovlagan yoki ular oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarmagan taqdirda ish beruvchi ularni ishga qoʻymaslikka haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xodim oʻz sogʻligʻining holati mehnat sharoitlari bilan bogʻliq holda yomonlashgan deb hisoblasa, u navbatdan tashqari tibbiy koʻrik oʻtkazilishini talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiy koʻriklarni oʻtkazish vaqtida xodimning ish joyi (lavozimi) va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Xodimlarga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish va ularni oʻqitish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi barcha yangi ishga kirayotgan, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishi, ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullarini hamda baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga yordam koʻrsatishga oʻqitishni tashkil etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfliligi yuqori boʻlgan ishlab chiqarishga ishga kirayotgan yoki kasbiy tanlov talab etiladigan ishga kirayotgan xodimlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz uslublari va usullariga dastlabki tarzda tayyorlash, kasb boʻyicha imtihonlar topshirgan holda bir oy mobaynida stajirovka va soʻngra mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha davriy attestatsiya oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlarning xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari uchun mehnatni muhofaza qilishning davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan belgilangan tartibda hamda muddatlarda mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻquvdan oʻtishi, yoʻl-yoʻriqlar olishi, bilimlari tekshirilishi va attestatsiyadan oʻtishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha belgilangan tartibda oʻquvdan oʻtmagan, yoʻl-yoʻriqlar olmagan va bilimlari tekshirilmagan shaxslarni ishga qoʻyish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlarning oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi, shuningdek kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi hamda hisobga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik-huquqiy shartnomalar boʻyicha ishlar bajaruvchi (xizmatlar koʻrsatuvchi) shaxslarga nisbatan ham ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar hamda sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi, kasb kasalliklari belgilangan tartibda tekshirilishi va hisobga olinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Xodimlarning ayrim toifalari uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoiti ogʻir, zararli va xavfli ishlarda band boʻlgan xodimlar, shuningdek xodimlarning ayrim toifalari (ayollar, oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlgan shaxslar, mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar) uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat va tekshiruv vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, tushuntirishlarni, axborotni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni maxsus tekshirishlardan oʻtkazish yoki tekshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf qilish haqida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish haqida taqdimnomalar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq boʻlmagan shaxsiy himoya vositalaridan va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining talablarini buzganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan hamda xodimlarning hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob-uskunalardan foydalanishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi, rekonstruksiyasi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiya ishida ishtirok etish va ular mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq boʻlmagan taqdirda tegishli xulosalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar yuzasidan sudda ekspert sifatida ish yuritish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat boʻyicha davlat texnik inspektorlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan ham amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari tomonidan amalga oshiriladi.
(29-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi OʻRQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish oʻrinlarining mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyasini oʻtkazish sifatini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarga zararli va (yoki) xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun kafolatlar hamda kompensatsiyalar berilishining toʻgʻriligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning haqiqiy mehnat sharoitlarini baholash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat va tekshiruv vazifalarini bajarish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, tushuntirishlarni, axborotni tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslaridan soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning rahbarlariga va boshqa mansabdor shaxslariga mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarini bartaraf qilish haqida ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar koʻrish haqida taqdimnomalar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq boʻlmagan shaxsiy himoya vositalaridan va jamoaviy himoya vositalaridan foydalanishni taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni va shartlarni buzganlikda aybdor shaxslarni belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat xavfsizligi talablariga javob bermaydigan va xodimlarning hayoti yoki sogʻligʻiga xavf tugʻdiradigan tashkilotlarning faoliyatini yoki asbob-uskunalardan foydalanishni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi hamda ishlab chiqarishda xodimlarning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash haqidagi daʼvolar yuzasidan sudda ekspert sifatida ishtirok etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoitlari boʻyicha davlat ekspertlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashdagi ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy dasturlarni va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etishi, mehnatni muhofaza qilishni taʼminlashda ishtirok etuvchi davlat organlariga va boshqa organlarga koʻmaklashishi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tadbirlarda ishtirok etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Kasaba uyushmalarining, xodimlar boshqa vakillik organlarining mehnatni muhofaza qilishni taʼminlash borasidagi huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza qilish sohasida vakillikni, shuningdek xodimlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek xodimlarning oʻzi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning rahbarlaridan va boshqa mansabdor shaxslaridan mehnat sharoitlari va muhofazasi toʻgʻrisida, shuningdek ishlab chiqarishdagi barcha baxtsiz hodisalar hamda kasb kasalliklari haqida axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻilgan hollarda ishlarni toʻxtatib turish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishga oid talablarning buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida ish beruvchiga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish obyektlarini va ishlab chiqarish vositalarini sinash hamda foydalanishga qabul qilish boʻyicha komissiyalar ishida mustaqil ekspert sifatida ishtirok etish, tibbiy-mehnat ekspert komissiyasi majlislarida ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilishga oid talablarni buzganlikda, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar faktlarini yashirganlikda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi talablar bilan tegishli organlarga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mayib boʻlishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi uchun hamda xodimlarning sogʻligʻi va mehnati muhofaza qilinishiga boʻlgan huquqlari cheklangan boshqa hollarda xodimning huquqlarini himoya qilib sudga murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalarida va kelishuvlarida nazarda tutilgan majburiyatlar buzilganligi, shuningdek mehnat sharoitlarining oʻzgarishi bilan bogʻliq mehnat nizolarini koʻrib chiqishda ishtirok etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxsga oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun har haftada kamida ikki soat ish vaqti ajratiladi va bu vaqt uchun ish joyi (lavozimi) boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatni muhofaza qilish sohasida ijtimoiy sheriklikni amalga oshiradi, bosh kelishuvlar, tarmoq va hududiy (mintaqaviy) jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomalari tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek xodimlarning oʻzi mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun moʻljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va yetkazib berganlik isteʼmolchilarga yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishiga sabab boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq boʻlmagan ishlab chiqarish vositalarini, shaxsiy himoya vositalarini va jamoaviy himoya vositalarini, shu jumladan chet ellardan olingan shunday vositalarni sotish, tarqatish va reklama qilish taqiqlanadi hamda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish beruvchi xodimning oʻz mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sogʻligʻining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli uning hayoti va sogʻligʻiga oʻzi yetkazgan zararning oʻrnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq hajmda qoplashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash jabrlanuvchining mehnatda mayib boʻlishiga qadar boʻlgan oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan jabrlanuvchi tomonidan kasbga oid mehnat qobiliyatini yoʻqotish darajasiga muvofiq boʻlgan foizlardagi har oylik toʻlovdan, shuningdek xodimning bir yillik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlovidan hamda xodimning sogʻligʻi shikastlanishidan kelib chiqqan qoʻshimcha xarajatlarni (agar u davolanish, protez qoʻydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj deb topilgan boʻlsa, ushbu tadbirlar bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek jabrlanuvchining qayta tayyorgarligi va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishi uchun xarajatlar va boshqa xarajatlar) kompensatsiya qilishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida xodim vafot etgan taqdirda, zararning oʻrni qoplanishi huquqiga ega boʻlgan shaxslarga boquvchining vafoti bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har oylik toʻlovlar amalga oshiriladi, shuningdek vafot etgan xodimning oʻrtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam boʻlmagan miqdorda bir yoʻla beriladigan nafaqa toʻlanadi va dafn etish xarajatlarining oʻrni qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan xodimning sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda zararning oʻrnini qoplash uning avvalgi ish haqidan kelib chiqqan holda, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining besh baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblab chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrnini yuridik shaxs qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda zararning oʻrnini qoplash boʻyicha tegishli toʻlovlarni toʻlash majburiyati uning huquqiy vorisi zimmasida boʻladi. Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi talablar ham unga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan, qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsning mablagʻlari mavjud boʻlmagan yoki yetarli boʻlmagan taqdirda tegishli summalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi. Mazkur summalar qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham davlat tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb topilgan yuridik shaxs tugatilgan taqdirda tegishli toʻlovlar ularni jabrlanuvchiga toʻlash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kapitallashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki mavjud boʻlmaganligi yoki yetarli boʻlmaganligi sababli toʻlovlarni kapitallashtirish mumkin boʻlmagan hollarda tegishli summalar jabrlanuvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)