Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlarining Umumdavlat klassifikatorini davlat boshqaruvi organlari faoliyatida qoʻllashni taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 1-ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror 2017-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradi.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 19-sentabr,
PQ-2601-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2601-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 10-fevraldagi PQ-3-sonli qarori bilan tasdiqlangan uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
4-ilovaning 7-pozitsiyasidagi “Faoliyat turi XXTUT kod” chiqarib tashlansin;
6-ilovadagi “Tarmoq kodi: (faoliyat turi) — XXTUT” soʻzlari chiqarib tashlansin;
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatiga olish va hisobga qoʻyishning xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
2 va 7-ilovalardagi “XXTUT” qisqartmasi “IFTUK” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
5-ilovaning 13-ustunidagi “XXTUT” qisqartmasi “IFTUK roʻyxatdan oʻtkazish vaqtiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-ilovadagi “Asosiy faoliyat turi kodi: Davlat roʻyxatidan oʻtkazish vaqtiga — XXTUT” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 16-martdagi PQ-605-sonli qaror bilan tasdiqlangan alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish huquqini beradigan ruxsat guvohnomasini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-ilovasidagi “XXTUT” qisqartmasi “IFTUK” qisqartmasi bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 19-sentabrdagi PQ-2601-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 12-maydagi PQ-1529-sonli qarori 1-bandi va 1-ilovasi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-sonli qarori 36-ilovasining 19-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 445-modda; 2017-y., 5-son, 60-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)