10.02.2005 yildagi PQ-3-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XUSUSIY UY-JOY MULKDORLARI SHIRKATLARI FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, keyingi yillarda kommunal xo‘jaligini isloh qilish, uy-joy fondidan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatish tizimiga bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha zarur qonunchilik va normativ-huquqiy baza yaratildi, uy-joy mulkdorlari bilan kommunal xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasida shartnomaviy munosabatlar mustahkamlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga uy-joy mulkdorlari shirkatlarini tashkil qilish jarayoni va ularning faoliyati yuzaki olib borilmoqda, amalda tasodifiy kishilar ixtiyoriga berib qo‘yilgan, ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanish va ularni saqlash nihoyatda qoniqarsiz ahvolda, ko‘rsatilgan kommunal xizmatlar uchun iste’molchilarning to‘lov intizomi hamon pastligicha qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mahalliy hokimiyat organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi ekspluatatsiya va ta’mirlash tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining shaharlar—viloyat markazlarida, Toshkent shahri tumanlarida, shuningdek aholisi 60 ming kishidan oshadigan, ko‘p xonadonli uylarga ega bo‘lgan shaharlarda xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining uyushmalarini (bundan buyon matnda XUMSH Uyushmalari deb yuritiladi) tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, tashkil etiladigan XUMSH Uyushmalarining muassislari tarkibiga xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari (bundan buyon matnda — XUMSH deb yuritiladi), kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning ta’mirlash-qayta tiklash, avariya xizmatlari, shuningdek tegishli hududlardagi ko‘p xonadonli uy-joylarni boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bilan shug‘ullanuvchi boshqa pudrat tashkilotlari kiradilar.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar XUMSH Uyushmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joylar hamda uylar yaqin atrofidagi hududlarni texnikaviy va sanitariya jihatdan yaxshi holatda saqlash, uy-joy fondini kuz-qish fasliga tayyorlash va undan foydalanish masalalarida XUMSHning mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy fondining texnikaviy holatini saqlash, uy-joylarni kapital va joriy ta’mirlash, shuningdek avariya-qayta tiklash ishlarini o‘tkazish masalalari bo‘yicha XUMSHning xizmat ko‘rsatish, avariya-ta’mirlash va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan o‘zaro munosabatlarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XUMSHning moddiy-texnika resurslari va sifatli uy-joy kommunal xizmatlariga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini qondiradigan to‘laqonli bozor infratuzilmasini tashkil qilishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XUMSHning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda yordam ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining kadrlari hamda rahbarlarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti, “O‘zkommunxizmat” Agentligi, Adliya vazirligi bir oy muddatda UMSH shahar va tuman Uyushmalarining Namunaviy nizomini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar tasdiqlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 va 2-ilovalarga* muvofiq shahar, tuman Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv apparati tuzilmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovaga* muvofiq xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarini davlat ro‘yxatiga olish tartibi va hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, XUMSH Uyushmasi a’zolarining umumiy yig‘ilishi ishtirokchilari, Uyushmaga kiruvchi xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari rahbarlari, ta’mirlash-tiklash va avariya xizmatlari, uy-joyni boshqarish, xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash hamda kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot vakillari hisoblanadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-avgustdagi PQ-346-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari shahar va tumanlarda uy-joy kommunal xo‘jaligi masalalariga mutasaddilik qiluvchi hokim o‘rinbosari boshchiligida uy-joy fondini saqlash monitoringi Komissiyalarini tuzsinlar, ularning tarkibiga kadastr, soliq, moliya xizmatlarining, qurilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyalarning, ichki ishlar organlarining, mahallalar, UMSH Uyushmalarining vakillarini jalb etsinlar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 18-iyuldagi PF-5483-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.O‘. To‘xtayev, Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari bo‘yicha axborot-tahlil departamenti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zkommunxizmat” Agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, UMSH Uyushmalari bilan birgalikda 2005-yilning birinchi yarmida UMSH rahbar xodimlarini, jumladan tarmoq kollejlari bazasida o‘qitishni tashkil qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 5-iyuldagi F–1992-son Farmoyishi bilan tuzilgan Ishchi guruh (R.S. Azimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlarning hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilning fevral-mart oylarida bitta UMSHga birlashtiriladigan xonadonlar (uylar) sonini qayta ko‘rib chiqish va maqbullashtirish maqsadida ko‘p xonadonli uylardagi uy-joy egalarining navbatdan tashqari yig‘ilishlarini o‘tkazishni ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilning 1-apreliga qadar muddatda UMSH hududiy uyushmalarining ta’sis yig‘ilishlarini o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilning 1-mayiga qadar muddatda tuzilayotgan UMSH Uyushmalarini zarur xonalar, anjomlar, shuningdek tashkiliy texnika bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Shunday tartib o‘rnatilsinki, bunda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p xonadonli uy-joyni kapital ta’mirlash dasturlariga ko‘p xonadonli uy-joy mulkdorlari tomonidan uy-joy binosini kapital ta’mirlash umumiy smeta qiymatining kamida 30 foizi hajmida moliyalashtirilgan uylar kiritiladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyundagi PQ-5152-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p xonadonli uy-joy binolarida joylashgan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan xonalarning egalari joy binosining umumiy mulkini saqlash va ta’mirlashda ishtirok etishlari majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, shahar va tumanlar hokimliklari mahalliy budjetlarga rejadan ortiqcha tushgan mablag‘lar hisobidan ta’mirlash-qayta tiklash ishlari uchun XUMSHga budjetdan ssudalar bersin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-martdagi PF-3858-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 11-son, 95-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi “O‘zkommunxizmat” Agentligi, “Sanoatkontexnazorat”, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda belgilangan tartibda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ko‘p xonadonli uylarda xonalarni rekonstruksiyalash, o‘zgartirish va qayta uskunalash bo‘yicha binolar xavfsizligini ta’minlaydigan qurilish norma va qoidalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir xonadonda sovuq va issiq suv uchun bittadan oshmaydigan hisoblagich asbob o‘rnatilishini ko‘zda tutadigan uy ichi va xonadon ichi kommunal tarmoqlarining sxemalari eng maqbul bo‘lgan ko‘p xonadonli uylarning namunaviy loyihalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy kommunal-foydalanish birlashmalarini tugatib, ularning vazifalarini kommunal xizmatini rivojlantirish masalalariga mas’ul bo‘lgan hokim o‘rinbosari kotibiyati ixtiyoriga topshirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat “Kommundrenaj” ishlab chiqarish korxonalarini shahar va tuman hokimliklari bilan shartnomalar asosida ixtisoslashtirilgan drenaj ishlarini bajaruvchi pudrat korxonalariga aylantirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahar va tumanlarni obodonlashtirish, ko‘chalarni yoritish, drenaj ishlarini bajarish masalalari nodavlat mulkchilik shaklida barpo etilayotgan korxonalar tomonidan mahalliy hokimiyat organlari, UMSH Uyushmalari, uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan shartnoma asosida hal etilishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “O‘zkommunxizmat” Agentligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda quyidagilarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda — “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qonuni loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-3-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 5-6-son, 30-modda; 2007-y., 11-son, 95-modda; 2016-y., 38-son, 445-modda; 2017-y., 22-son, 411-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.07.2018-y., 06/18/5483/1594-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2021-y., 07/21/5152/0578-son; 12.04.2022-y., 07/22/204/0297-son; 04.08.2022-y., 07/22/346/0709-son)