16.09.2016 yildagi O‘RQ-407-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 19.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 24-avgustda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonunning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining (bundan buyon matnda ichki ishlar organlari deb yuritiladi) faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining asosiy vazifalari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, jismoniy va yuridik shaxslarning mulkini, konstitutsiyaviy tuzumni himoya qilishdan, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlatning xavfsizligini taʼminlashdan, shuningdek huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari faoliyatni oʻz vakolatlari doirasida quyidagi asosiy yoʻnalishlar boʻyicha amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv hamda dastlabki tergovni oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurashish, shu jumladan terrorchilik harakatlariga chek qoʻyishda hamda garovga olinganlarni ozod qilishda ishtirok etish yoʻli bilan kurashish, shuningdek odam savdosiga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtiyot choralarini, jinoiy jazoni va jinoiy-huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini ijro etish, shuningdek shaxslarni qidirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish, maʼmuriy jazolarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport tizimi talablarining bajarilishini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, doimiy va vaqtincha yashash uchun ruxsatnomalarni berishga hamda rasmiylashtirishga doir ishlarni, pasport tizimiga va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurollarining hamda ular oʻq-dorilarining, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarning, shuningdek pirotexnika buyumlarining, giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning va ular prekursorlarining muomalada boʻlishi sohasida nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert-kriminalistika faoliyatini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat obyektlarini, oʻta muhim, toifalangan obyektlarni va boshqa obyektlarni, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini qoʻriqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya va ruxsat etishga oid talablarga hamda shartlarga rioya etilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy-safarbarlik ishlarini va fuqaro muhofazasi tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, yagonalik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish, ochiqlik va shaffoflikdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Qonuniylik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga aniq rioya etishi hamda ularni bajarishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga koʻra yuz berganidan qatʼi nazar, qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xodimlari xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻidagi oʻzining qonunga xilof xatti-harakatlarini (harakatsizligini) oqlash uchun xizmat manfaatlarini, iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqlikni, yuqori turuvchi mansabdor shaxslarning qonunga xilof talablari, buyruqlari va farmoyishlarini yoki qonunga muvofiq boʻlmagan boshqa biror-bir holatni roʻkach qilishi mumkin emas. Ichki ishlar organlarining xodimlariga kimnidir gʻayriqonuniy harakatlarni sodir etishga bevosita yoki bilvosita qiziqtirish, koʻndirish, undash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Yagonalik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlardir va Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri rahbarlik qiladigan yagona tizimni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari oʻz faoliyatini fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilish asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ularning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, himoya qilinishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklovchi faoliyati, agar qonuniy maqsadga erishilgan boʻlsa yoki ushbu maqsadga fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklash orqali erishib boʻlmasligi yoki erishilmasligi kerakligi aniqlansa, darhol toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiynoqlarga solish, zoʻravonlik qilish, boshqa shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsitadigan tarzda muomalada boʻlish ichki ishlar organi xodimiga taqiqlanadi. Ichki ishlar organining xodimi fuqaroga qasddan ogʻriq, jismoniy yoki maʼnaviy azob yetkaziladigan xatti-harakatlarga chek qoʻyishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ichki ishlar organlari fuqaroning shaʼni, qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur yetkazadigan, uning shaxsiy hayotiga taalluqli boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, ichki ishlar organlari har bir fuqaroga oʻzlarida mavjud boʻlgan, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga bevosita daxldor boʻlgan hujjatlar hamda materiallar bilan tanishish imkoniyatini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi fuqaroga murojaat etganida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, fuqaroning talabiga koʻra xizmat guvohnomasini koʻrsatishi, shundan soʻng murojaat qilishining sababi va maqsadini maʼlum qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroga nisbatan uning huquq va erkinliklarini cheklovchi choralar qoʻllanilgan taqdirda, bunday choralar qoʻllanilishining sababini hamda asoslarini, shuningdek fuqaroning shu munosabat bilan yuzaga keladigan huquqlari va majburiyatlarini unga tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi oʻziga fuqaro murojaat etgan taqdirda, oʻz lavozimini, unvonini, familiyasini, ismini, otasining ismini aytishi, uni diqqat bilan eshitishi, oʻz vakolatlari doirasida tegishli choralar koʻrishi yoxud qoʻyilgan masalani hal etish kimning vakolatiga kirishini tushuntirishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari oʻz faoliyatini ochiq va shaffof tarzda, davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy va yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ichki ishlar organlarining faoliyati haqida, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga bevosita daxldor boʻlgan haqqoniy axborotni olish huquqiga ega, foydalanilishi qonun bilan cheklangan axborot bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Ichki ishlar organi xodimi qonuniy talablari bajarilishining majburiyligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimining oʻz vakolatlari doirasida qoʻyilgan qonuniy talablarini, shu jumladan qonunga rioya etish, hujjatlarni, tekshiruvlar materiallarini va boshqa maʼlumotlarni taqdim etish, mutaxassis ajratish, ichki ishlar organiga kelish hamda aniqlangan qonunbuzarliklar xususida tushuntirishlar berish toʻgʻrisidagi, qoidabuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi qonuniy talablarini barcha davlat organlari, boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va boshqa materiallar ularning qonuniy talabi boʻyicha bepul taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablari ustidan shikoyat qilinishi ularning bajarilishini toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Ichki ishlar organlarining boshqa organlar va tashkilotlar bilan hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda aniqlangan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga oid mavjud materiallar toʻgʻrisidagi axborotni almashishni, shu jumladan elektron shaklda almashishni, shuningdek boshqa axborotni almashishni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlashda, jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish, ularni fosh etishda, jinoyat ishlarini tergov qilishda, jinoyatchilarni qidirishda, bedarak yoʻqolganlarning turgan joyini aniqlashda, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasida ichki ishlar organlariga oʻz vakolatlari doirasida koʻmaklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari oʻz faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari jismoniy va yuridik shaxslarga ushbu organlarning vakolatlariga taalluqli elektron davlat xizmatlari koʻrsatilishini, shuningdek hujjatlarni qabul qilish va roʻyxatga olishning, davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni toʻgʻrisidagi xabarnomalarning elektron shakllari qoʻllanilishini qonun hujjatlariga muvofiq taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari jamoat tartibini, jamoat xavfsizligini taʼminlashda, jinoyatlar, maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olishda, ularni aniqlashda, ularga chek qoʻyishda, ularni fosh etishda, tergov qilishda hamda jinoyatlar, maʼmuriy huquqbuzarliklarning sodir etilishi holatlarini, hodisalar holatlarini hujjatlashtirishda, shu jumladan jamoat joylarida, shuningdek oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining harakatlarini qayd etish uchun texnik vositalardan, shu jumladan audio-, foto- va video qayd etish vositalaridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni muhofaza qilish, shu jumladan kriptografik vositalarni qoʻllagan holda texnik jihatdan muhofaza qilish taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ichki ishlar organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Ichki ishlar organlarining tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va transportdagi ichki ishlar boshqarmasi, tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), tarmoq ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), jazoni ijro etish muassasalari, ichki ishlar organlarining oʻta muhim va toifalangan obyektlardagi boʻlinmalari, ichki ishlar organlarining shaharcha boʻlimlari, boʻlinmalari va tayanch punktlari, shuningdek taʼlim va tibbiyot muassasalari, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tashkil etiladigan boshqa boʻlinmalar va tashkilotlardan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tizimiga oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda huquqlar va imtiyozlardan foydalanadigan qorovul qoʻshinlari ham kiradi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonun hujjatlariga muvofiq ayrim masalalar boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axborotni yiliga ikki marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etadi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining tashkiliy-shtat tuzilishi va shtat sonining eng yuqori chegarasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131-modda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Kengashlari oldida hisobdorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining boshliqlari har chorakda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) boshliqlari har chorakda va ularning yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari — huquqbuzarliklarning profilaktikasi boʻlimlari (boʻlinmalari) boshliqlari har oyda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisida hisobotlar taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishga tegishli hududda joylashgan boshqa davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxonalarning, muassasalarning, tashkilotlarning, shu jumladan nodavlat notijorat tashkilotlarining, siyosiy partiyalarning, ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqa shaxslar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklatilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar va ishlarning natijalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish chogʻida tanqidiy jihatdan muhokama qilinadi, ularning faoliyati samaradorligiga shaxsan baho beriladi, shuningdek egallab turgan lavozimiga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida tavsiyalar qabul qilinadi.
(131-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Ichki ishlar organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash va lavozimidan ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tasdiqlanadi va lavozimidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri bilan kelishilgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari), tarmoq ichki ishlar boshqarmalari (boʻlimlari) boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻining, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshliqlarining taqdimnomalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi — beshinchi qismlarida koʻrsatilmagan ichki ishlar organlari xodimlarini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari tumanlar va shaharlar ichki ishlar boshqarmalarining (boʻlimlarining) ichki ishlar organlarining jamoatchilik bilan hamkorligini taʼminlash maqsadida tashkil etiladigan hamda qishloqlarda, ovullarda va mahallalarda jamoat tartibi saqlanishini, fuqarolar xavfsizligini, huquqbuzarliklar profilaktikasini, jinoyatchilikka qarshi kurashishni bevosita taʼminlaydigan asosiy quyi boʻgʻinidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari faoliyatni profilaktika katta inspektorlari va inspektorlaridan iborat tarkibda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Profilaktika inspektorlari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qarori bilan lavozimga tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Profilaktika inspektorlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga belgilangan tartibda hisobotlar taqdim etadi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining tayanch punktlari ishini tashkil etish uchun ichki ishlar organlarining boshqa boʻlinmalari, shuningdek “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmalari ham jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Ichki ishlar organlarining majburiyatlari va huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Ichki ishlar organlarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida barcha zarur choralarni koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida, shu jumladan koʻchalarda, maydonlarda, istirohat bogʻlarida, transport magistrallarida, vokzallarda, aeroportlarda, shuningdek ommaviy tadbirlarni oʻtkazish chogʻida fuqarolarning xavfsizligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar toʻgʻrisidagi arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni, shu jumladan elektron shakldagi shunday arizalarni, xabarlarni va boshqa axborotni qabul qilishi hamda roʻyxatga olishi, murojaat etuvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda keyinchalik xabar bergan holda ular boʻyicha oʻz vaqtida choralar koʻrishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyga, hodisa joyiga darhol yetib kelishi, gʻayriqonuniy qilmishlarga chek qoʻyishi, fuqarolarning xavfsizligiga tahdidlarni bartaraf etishi, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilganligi holatlarini, hodisa holatlarini hujjatlashtirishi, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, hodisa izlarining saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning turar joylariga hamda boshqa xonalariga mulkdorlarning va ular vakillarining xohishiga xilof tarzda yoki ular yoʻqligida ichki ishlar organlari xodimlari kirganligining barcha hollari toʻgʻrisida yigirma toʻrt soat ichida prokurorni yozma shaklda xabardor qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyda yoki hodisa joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa xil yordam koʻrsatilishini tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida jinoyatlar faktlari boʻyicha jinoyat ishlarini qoʻzgʻatishi, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qoʻyish va ularni fosh etish, shuningdek ularni tayyorlash va sodir etishga aloqador boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda topish choralarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim protsessual harakatlarni bajarishda surishtiruv va tergov organlariga, sudga Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda yordam berishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlari boʻyicha, zarur boʻlgan hollarda esa jinoyat ishi qoʻzgʻatilguniga qadar, ekspertizalarni, maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ekspertizalarni, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish maqsadida narsalar va hujjatlarni tekshirishni tayinlashi hamda oʻtkazishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsi tanib olinmagan murdalarning shaxsini aniqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻining holatiga, yoshiga koʻra yoki boshqa sabablarga koʻra oʻzi toʻgʻrisida maʼlumotlar bera olmaydigan shaxslarni identifikatsiya qilish choralarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chaqiruv boʻyicha kelishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni majburiy keltirish toʻgʻrisidagi sud ajrimlarini, prokurorning, tergovchining va surishtiruvchining qarorlarini bajarishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoq jazosini oʻtayotgan shaxslarni qamoqda saqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va mahkumlarni qamoqda saqlash joylarida saqlashi hamda qoʻriqlashi, mahkumlarni jazoni ijro etish muassasalariga taqsimlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarida hamda qamoqda saqlash joylarida mahkumlar va qamoqqa olingan shaxslarning saqlanish sharoitlarini va ularning huquqlarini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy holati buzilgan shaxslarni keyinchalik majburiy yoʻsinda davolash uchun, ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni va mahkumlarni, shuningdek maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qoʻriqlab borishni va boshqa yerga koʻchirishni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasining ijro etilishini nazorat qilishni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish ishlari, qamoq, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish, umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jinoiy jazolarni, shuningdek jinoiy-huquqiy taʼsir koʻrsatishning boshqa choralarini qonunga muvofiq ijro etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar ustidan maʼmuriy nazoratni sudning qarori asosida amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasini boshqarishga boʻlgan huquqdan mahrum qilish, oʻqotar qurol va oʻq-dorilarni ularning haqini toʻlash sharti bilan olib qoʻyish, maʼmuriy qamoqqa olish, chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish, voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish toʻgʻrisidagi sud qarorlarini ijro etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali ichkilikbozlik, giyohvandlik va zaharvandlik bilan kasallangan, ozodlikdan mahrum qilishga yoki qamoqqa olishga hukm qilinganlarni majburiy tarzda davolashni sudning hukmi, ajrimi va qarori asosida amalga oshirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalarining, vaqtincha saqlash hibsxonalarining, tergov hibsxonalarining, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun moʻljallangan maxsus qabulxonalarning, ichki ishlar organlari voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlarining, aniq yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarining va ichki ishlar organlari kinologiya boʻlinmalarining faoliyatini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishi, ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlashi hamda ularni bartaraf etish choralarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda nazarda tutilgan shaxslarning profilaktik hisobini yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
profilaktika tadbirlarini rejalashtirish va oʻtkazish maqsadida jinoyatlar va maʼmuriy huquqbuzarliklarning, ularni sodir etgan shaxslarning, huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning, qidiruv eʼlon qilinganlarning, bedarak yoʻqolganlarning, oʻqotar qurolga ega boʻlganlarning hisobini yuritishi, ushbu maʼlumotlarning tahlilini amalga oshirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarni aniqlashi va ular bilan yakka tartibda profilaktika ishlarini olib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar yoki gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etgan voyaga yetmaganlarni, shuningdek nazoratsiz va qarovsiz qolganlarni ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlariga, yashash, tarbiyalanish va taʼlim olish uchun alohida sharoitlarga muhtoj boʻlgan voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga yoxud hududiy ichki ishlar organining xizmat binosiga olib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy reabilitatsiya va ijtimoiy moslashtirish choralarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanosil kasalliklariga, odamning immunitet tanqisligi virusiga (OIV infeksiyasiga), ruhiy holati buzilishi xastaligiga, surunkali ichkilikbozlikka, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka chalingan, shuningdek psixotrop moddalarni yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir qiluvchi boshqa moddalarni isteʼmol qiladigan, chaqiruv boʻyicha yetib kelishdan boʻyin tovlagan shaxslarni olib kelishda sogʻliqni saqlash muassasalariga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda koʻmaklashishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyalar, falokatlar, yongʻinlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarda aholini xabardor qilish, odamlarni qutqarish, ularga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, yongʻinlarni oʻchirish, hududning zarur uchastkalarini oʻrab olish (toʻsish) yuzasidan kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishi, shuningdek qarovsiz qolgan mol-mulkni qoʻriqlashga doir vazifalarni bajarishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning ayrim joylarida favqulodda holat joriy etilgan hollarda uning huquqiy rejimini taʼminlashda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarining, yoʻl harakati qoidalari buzilishlarining hamda yoʻl-transport hodisalarining hisobini yuritishi va ularni roʻyxatga olishi, yoʻl-transport hodisalari toʻgʻrisidagi hujjatlarni rasmiylashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsni mastlik holatida deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlgan taqdirda uning transport vositasini boshqarishdan chetlatilishini hamda mastlik holatini aniqlash uchun uni belgilangan tartibda tekshiruvdan oʻtkazilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik holati xavfsizlik boʻyicha belgilangan talablarga javob bermaydigan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlashi, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablar bajarilmayotgan boʻlsa, koʻchalar va yoʻllarda taʼmirlash-qurilish ishlari hamda boshqa ishlar oʻtkazilishini cheklashi yoki taqiqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalariga mos kelmaydigan yoʻllardan hamda temir yoʻldan oʻtish joylaridan foydalanishni taqiqlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning markazlashtirilgan hisobini hamda yagona maʼlumotlar bazasini yuritishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligidan chiqishga doir materiallarni tayyorlashda ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf tahdid solgan taqdirda, sudyalarning, prokurorlarning, tergovchilarning, surishtiruvchilarning, jabrlanuvchilarning, guvohlarning hamda jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining, shuningdek ular oila aʼzolarining hayoti, sogʻligʻi va mol-mulki himoya qilinishini taʼminlash choralarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan shaxslardan olib qoʻyilgan, shuningdek topilgan va ichki ishlar organlariga topshirilgan hujjatlar, qimmatbaho buyumlar, ashyolar va boshqa mol-mulkning saqlanishini taʼminlashi, ularni qonuniy egalariga qaytarish yoki tegishli davlat organlari yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari ixtiyoriga topshirish choralarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta muhim va toifalangan obyektlarni, chet davlatlarning diplomatik, konsullik va boshqa vakolatxonalarini, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalarini, shuningdek ichki ishlar organlari tomonidan qoʻriqlanishi kerak boʻlgan oʻzga obyektlarni qoʻriqlashni amalga oshirishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasiz mol-mulk va xazinalar tegishincha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, fuqarolar yoki yuridik shaxslar ixtiyoriga topshirilguniga qadar ularning saqlanishini taʼminlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta xavfli va maxsus yuklarni qoʻriqlash hamda kuzatib borish tadbirlarini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga pasportlar, chet el fuqarolariga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yashash guvohnomalari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga guvohnomalar, shuningdek chegara zonasiga kirish uchun ruxsatnomalar berishni hamda ularni almashtirishni, turgan joyi boʻyicha propiska qilish va propiskadan chiqarishni, hisobga olishni amalga oshirishi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish hujjatlarini rasmiylashtirishi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni propiska qilishni hamda hisobga olishni taʼminlashi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning yashash guvohnomalari muddatini uzaytirishi, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar vizalarining amal qilish muddatini uzaytirish masalalarini koʻrib chiqishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar va mansabdor shaxslardan qalbakilik belgilari boʻlgan hujjatlarni, shuningdek tegishli asoslarsiz ularda boʻlgan, muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan narsalarni bayonnoma tuzgan hamda uning koʻchirma nusxasini mazkur fuqarolarga va mansabdor shaxslarga bergan holda olib qoʻyishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topib olingan va ixtiyoriy ravishda topshirilgan sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari, alyumin kukunlari va qurumlarining tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan qabul qilinishi hamda saqlanishi, shuningdek ularning realizatsiya qilinishi yoki yoʻq qilib tashlanishini taʼminlash choralarini koʻrishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatga doir axborotning, shuningdek xizmat majburiyatlarini bajarishi chogʻida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarning maxfiyligini va saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
karantin, sanitariya-epidemiologiya va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazishda ishtirok etishi, brakonyerlikka qarshi kurashishda tabiatni muhofaza qiluvchi organlarga koʻmaklashishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlash hamda jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida, shuningdek boshqa sohalarda ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-uslubiy faoliyatni amalga oshirishi, oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishda fan va texnologiyalar yutuqlarini rivojlantirishi hamda ulardan foydalanishi, yangi usullarni, texnik va boshqa vositalarni joriy etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumot-axborot fondlarini shakllantirishi, kriminalistik hisob-axborot tizimini yaratishi, tezkor-qidiruv va kadrlarga oid hisoblarni, davlat statistika hisobotini va boshqa statistika hisobotini yuritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Ichki ishlar organlarining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari oʻz vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolardan qonun hujjatlariga rioya etishni, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni tugatishni talab qilish, bu talablar bajarilmagan taqdirda esa majburlov choralarini qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xizmat majburiyatlarini amalga oshirish chogʻida fuqarolarning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlarini tekshirish, agar ularda qurol, oʻq-dorilar, portlovchi, radioaktiv yoki zaharli moddalar, portlatish qurilmalari, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari yoxud muomalada boʻlishi taqiqlangan yoki cheklangan boshqa narsalar bor deb hisoblashga asoslar mavjud boʻlganda esa, fuqarolarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni, ularning ashyolarini, qoʻl yukini, bagajini koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish hamda mazkur narsalar, vositalarni va moddalarni olib yurish hamda saqlash uchun qonuniy asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda ularni olib qoʻyish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tergovga qadar va tergov harakatlarini, tezkor-qidiruv va qidiruv tadbirlarini oʻtkazish, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik, hodisa holatlarini hujjatlashtirish yoki jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik izlarini, hodisa holatlarini saqlab qolish uchun zarur boʻlsa, fuqarolardan jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini tark etishni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir etilayotgan jinoyatlarga chek qoʻyish, shuningdek ularni sodir etayotgan shaxslarni taʼqib qilish hamda ushlash uchun, agar buning kechiktirilishi fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, jamiyat va davlat xavfsizligini tahdid ostiga qoʻyishi mumkin boʻlsa, tashkilotlar va fuqarolarning hududiga, turar joylariga va boshqa binolariga, yer uchastkalariga, transport vositalariga sutkaning istalgan vaqtida toʻsqinliksiz kirish (oshib tushish);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning shaxsiy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlarning oldini olish, ularni sodir etgan yoki qidiruvda boʻlgan shaxslarni aniqlash hamda ushlash maqsadida fuqarolarga tegishli boʻlgan turar joylarda va boshqa binolarda, ularga qarashli yer uchastkalarida fuqarolarning roziligi bilan, tashkilotlar joylashgan hududda va binolarda ularning maʼmuriyati ruxsati bilan yoki mulkdorning roziligi bilan boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat ishlarini tergov qilish va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish, jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar va hodisalar haqidagi arizalar hamda xabarlarni koʻrib chiqish doirasida davlat organlariga va boshqa tashkilotlarga kirish, zarur hujjatlar va materiallar bilan tanishish, shuningdek davlat organlaridan, boshqa tashkilotlardan hamda fuqarolardan maʼlumotlarni va boshqa zarur hujjatlar hamda materiallarni soʻrash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikka qarshi operatsiya oʻtkazilayotgan zonada jismoniy shaxslarni shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni, ulardagi ashyolarni, transport vositalarini hamda olib oʻtilayotgan yuklarni koʻrikdan oʻtkazishni, shu jumladan nazorat qilishning texnik va boshqa vositalarini qoʻllagan holda koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari yurituvidagi ishlar va materiallar boʻyicha fuqarolarni, mansabdor shaxslarni ichki ishlar organlariga chaqirtirish, ulardan zarur tushuntirishlar, maʼlumotlar, hujjatlar, maʼlumotnomalarni va ularning koʻchirma nusxalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni ularning roziligi bilan hamkorlikka jalb etish, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlashda ichki ishlar organlariga yordam bergan hamda alohida xizmat koʻrsatgan fuqarolarni taqdirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar va fuqarolardan ichki ishlar organlarining faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni bepul olish, bundan qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan hollar mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklarni, shuningdek ularning sabablarini va sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida davlat organlariga, boshqa tashkilotlarga yoki mansabdor shaxslarga bajarilishi shart boʻlgan taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarning va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish hamda ularni fosh etish maqsadida zarur maʼlumotlar bazalariga ega boʻlgan axborot tizimlarini texnik va maxsus vositalardan foydalangan holda yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni, shuningdek oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushlash, ichki ishlar organlariga olib borish va qamoqda saqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan harbiy xizmatchilarni ular harbiy patrulga, harbiy komendantga, harbiy qismlar komandirlariga topshirilguniga qadar ushlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushlash va ichki ishlar organlariga olib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qamoqda saqlanayotgan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni, shaxsini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda boshqa ushlab turilgan shaxslarni, shuningdek qonunga muvofiq oʻzga shaxslarni roʻyxatga olishni, fotosuratga olishni, ularning ovozini yozib olishni, ularni kino- va videotasvirga tushirishni, barmoq izlarini olishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan yoxud shartli hukm qilingan shaxslarni nazorat qilish boʻyicha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan tayinlangan tibbiy va tarbiyaviy yoʻsindagi majburlov choralarini oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni ushlash va maxsus muassasalarga olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya markazlariga olib borish, shuningdek ularni shaxsi aniqlanguniga qadar sudlarning ajrimlari asosida oʻttiz sutkadan koʻp boʻlmagan muddatga saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari tomonidan taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan jinoyatlar holatlarini, ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash, surishtiruv, tergov organlaridan, suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni va maʼmuriy jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek bedarak yoʻqolgan shaxslarni qidirish uchun bepul foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarini boshqarish huquqi uchun imtihonlar qabul qilish hamda guvohnomalar berish, haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha faoliyatni amalga oshirayotgan taʼlim muassasalari ustidan nazorat olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalarining hamda ularning tirkamalarining majburiy davlat texnik koʻrigini va roʻyxatdan oʻtkazilishini tashkil etish hamda oʻtkazish, yoʻl harakatini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻl harakati xavfsizligi standartlari, qoidalari va normalarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomototransport vositalaridan foydalanishda atmosfera havosi ifloslanishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan hollarda, transport vositalarini toʻxtatish hamda uni boshqarish va undan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarni, transport vositasiga, shuningdek tashilayotgan yuklarga oid hujjatlarni tekshirish, haydovchi yoki yukni kuzatib borayotgan shaxs bilan birgalikda transport vositasini va yuklarni tashqi koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda transport vositalarini va shaxslarni ushlashni, koʻrikdan oʻtkazishni amalga oshirish, shaxslarni transport vositasini boshqarishdan chetlashtirish, transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatlarni olib qoʻyish, shuningdek transport vositalarini saqlab turiladigan joyga qoʻyish uchun olib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus avtomobillarni, chet el delegatsiyalarini, avtomobil kolonnalarini, qimmatbaho, yirik gabaritli va xavfli yuklarni kuzatib borishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻllar va temir yoʻllarni kesib oʻtish joylarining saqlanishi, ularning yoʻl harakatini tartibga solish vositalari bilan jihozlanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan pasport tizimi qoidalariga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida boʻlish va Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tarzda oʻtish qoidalariga chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport rejimi qoidalariga, shuningdek bajarilishi ustidan nazorat qilish ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish amalga oshirilayotganda fuqarolarning turar joylariga va boshqa binolariga ularning roziligi bilan soat 6-00 dan soat 22-00 gacha kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ularning organizmida alkogol, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki aql-iroda faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi boshqa moddalar mavjudligini aniqlash uchun tekshirishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoat joylarida alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik yoki toksik modda taʼsirida mastlik holatida boʻlgan va mustaqil ravishda harakatlanish yoki adashmay yoʻl topish qobiliyatini yoʻqotgan fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining reabilitatsiya va tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroviy va xizmat qurollari, ularning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, alyumin kukunlari va qurumlari muomalada boʻladigan sohada faoliyatni amalga oshirayotgan obyektlarning maʼmuriy, ishlab chiqarish, omborxona va yordamchi binolariga mazkur sohada qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun xizmat guvohnomasini hamda belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnomani koʻrsatgan holda toʻsqinliksiz kirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya va ruxsat etish talablari hamda shartlarining buzilganligi fuqaroviy va xizmat quroli, uning oʻq-dorilari, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallar, pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, alyumin kukunlari va qurumlarining yoʻqolishi yoki talon-toroj qilinishi xavfini keltirib chiqargan hollarda, ularni olib qoʻyishni amalga oshirish, sanoat uchun moʻljallangan portlovchi materiallarni, pirotexnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning prekursorlarini, alyumin kukunlari hamda qurumlarini tegishli ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga, fuqaroviy va xizmat qurolini va uning oʻq-dorilarini esa ichki ishlar organlariga zudlik bilan olib borishni hamda saqlash uchun joylashtirishni talab qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarda hamda fuqarolarda litsenziyalarsiz va ruxsatnomalarsiz turgan oʻqotar qurolni, uning oʻq-dorilarini, portlovchi materiallarni, pirotexnika buyumlarini, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni va ularning prekursorlarini, alyumin kukunlari va qurumlarini belgilangan tartibda olib qoʻyishni, tashishni hamda saqlash uchun joylashtirishni amalga oshirish, ularni yoʻq qilib tashlash choralarini koʻrish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat yongʻin nazoratini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli mol-mulkni ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida qoʻriqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlash boʻlinmalarida nazorat tekshiruvlarini oʻtkazish, tegishli tashkilotlarda obyektning ichki, ruxsatnoma bilan kirish va yongʻinga qarshi rejimiga rioya etilishiga doir ishlarni nazorat qilish hamda muvofiqlashtirish, bundan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan obyektlari mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalashni va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishni amalga oshirish, qonun hujjatlariga muvofiq litsenziya talablari hamda shartlariga rioya etilishiga doir tekshiruvlar oʻtkazish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi va Davlat gerbi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining davlat organlari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, qonun hujjatlarini ichki ishlar organlarining vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir ishlarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ichki ishlar organlari tomonidan ayrim majburlov choralarining qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Ichki ishlar organlari tomonidan shaxslarni ushlab turish asoslari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida nazarda tutilgan tartibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qidiruvdagi shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrov kelib tushgan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼmuriy qamoq jazosini oʻtashdan, maʼmuriy tarzda chiqarib yuborilishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni, shuningdek oʻziga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ish yuritilayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksida nazarda tutilgan tartibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoiy jazoni oʻtashdan, shuningdek oʻziga nisbatan sud tomonidan tayinlangan tibbiy va boshqa yoʻsindagi majburlov choralarini bajarishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni, keyinchalik ularni aniq yashash joyiga ega boʻlmaganlarni reabilitatsiya qilish markazlariga sud ajrimiga asosan joylashtirgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda holat yoki favqulodda vaziyat rejimini buzgan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy harbiy majburiyatni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻriqlanadigan obyektlarga gʻayriqonuniy ravishda kirgan yoki kirishga uringan shaxslarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzini oʻzi oʻldirishga uringan yoxud ruhiy holatining yaqqol ifodalangan buzilishi belgilariga ega boʻlgan hamda oʻz harakatlari bilan oʻzi va atrofdagilar uchun xavf tugʻdirayotgan shaxslarni ushlab turish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shaxslar ularning shaxsi hamda huquqbuzarlikning holatlari aniqlanguniga qadar, shuningdek ular tegishli davlat organlariga yoki mansabdor shaxslarga topshirilguniga qadar ushlab turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan shaxsga telefon orqali soʻzlashish yoki advokatiga yoxud yaqin qarindoshiga oʻzining ushlab turilganligi va turgan joyi haqida xabar berish, ushlab turilgan paytidan eʼtiboran himoyachiga (advokatga) ega boʻlish huquqi, shuningdek qonunga muvofiq boshqa huquqlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushlab turilgan shaxslar, ularning yonidagi ashyolar va hujjatlar, shuningdek ularning transport vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrikdan oʻtkazilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgan har bir holat toʻgʻrisida uning yaqin qarindoshlariga yoki boshqa qonuniy vakillariga darhol xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari harbiy xizmatchi ushlab turilganligi toʻgʻrisida u harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy qism qoʻmondonligiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari chet el fuqarosi ushlab turilganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Hududdagi uchastkalarni, turar joylarni, inshootlarni va boshqa obyektlarni oʻrab olish (toʻsib qoʻyish)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tuman, shahar ichki ishlar boshqarmasi (boʻlimi) boshligʻining va boshqa yuqori turuvchi rahbarlarning ogʻzaki yoki yozma qaroriga koʻra hududdagi uchastkalarni oʻrab olishni (toʻsib qoʻyishni) quyidagi hollarda amalga oshirish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyalar, tabiiy va texnogen xususiyatga ega boʻlgan falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatishda, epidemiyalar va epizootiyalar vaqtida karantin tadbirlarini oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tartibsizliklarga hamda transport harakatini, aloqa vositalarini va tashkilotlar ishini izdan chiqaruvchi boshqa harakatlarga chek qoʻyish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qamoqdan qochgan shaxslarni va jinoiy jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan shaxslarni qidirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni taʼqib etishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
terrorchilikka qarshi operatsiyani oʻtkazishda, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari yoxud zaharli yoki radioaktiv moddalar topilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy tadbirlar, shu jumladan bayramlar, xalq sayillari, mitinglar, koʻcha yurishlarini oʻtkazishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqarolarning xavfsizligini va jamoat tartibini taʼminlash, tergov harakatlarini, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish, jinoyat, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan joyni, hodisa joyini qoʻriqlash, shuningdek xavf tahdid solayotgan mulk obyektlarini himoya qilish uchun zarur boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda hududdagi uchastkalarni oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) chogʻida transport vositalari va piyodalar qatnovi cheklanishi yoki taqiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavfning oldini olish uchun zarur boʻlsa va ularni boshqacha usulda himoya qilish mumkin boʻlmasa, oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) jismoniy va yuridik shaxslarga qarashli turar joylarga, imoratlarga va boshqa obyektlarga nisbatan ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari ushbu moddada koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirishda boʻlgʻusi oʻrab olish (toʻsib qoʻyish) haqida aholini xabardor qilish, aholining normal hayot kechirishini taʼminlash choralarini koʻradi, fuqarolarga yuzaga kelgan vaziyatda eng qulay harakatlanish yoʻnalishlarini tushuntiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari tashkilotlarning yoki fuqarolarning transport vositalaridan tabiiy ofat yuz bergan joyga borish, shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj fuqarolarni tibbiy muassasalarga olib borish, jinoyat sodir etgan shaxslarni taʼqib qilish va ichki ishlar organlariga olib kelish, hodisa joyiga yoki ichki ishlar organlarining shaxsiy tarkibini jangovar trevoga boʻyicha toʻplash joyiga borish uchun majburiy tartibda foydalanishi mumkin va bunda transport vositasidan foydalanilganligi faktini tasdiqlovchi hamda undan foydalangan ichki ishlar organi xodimini identifikatsiyalovchi hujjat beriladi, chet davlatlarning diplomatik, konsullik vakolatxonalariga va boshqa vakolatxonalariga, xalqaro tashkilotlarga tegishli boʻlgan transport vositalari hamda maxsus moʻljallangan transport vositalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotlar va fuqarolarning transport vositalaridan majburiy tarzda foydalanganlik natijasida xarajatlar qilingan yoki zarar yetkazilgan taqdirda, shuningdek transport vositasining egasiga mulkiy zarar yetkazilgan taqdirda ushbu xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini ichki ishlar organlari tomonidan qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi oʻziga biriktirilgan oʻqotar qurol va maxsus vositalarni xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida olib yurish, saqlash, jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni va oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi maxsus tayyorgarlikdan, shuningdek jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini tekshirish uchun davriy tekshiruvdan oʻtishi shart. Maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimga tegishli sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishi bilan bogʻliq sharoitlardagi harakatlarga kasbiy yaroqliligini aniqlash boʻyicha tekshiruvdan oʻta olmagan ichki ishlar organi xodimi egallab turgan lavozimga muvofiqligini aniqlash uchun attestatsiyadan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilishidan avval ularni qoʻllash niyati toʻgʻrisida aniq ifodalangan ogohlantirish boʻlishi kerak, bundan ushbu ogohlantirishning imkoni boʻlmagan yoxud ularning qoʻllanilishini kechiktirish fuqarolarning va ichki ishlar organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdiradigan hamda boshqa ogʻir oqibatlarga olib kelishi mumkin boʻlgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilishi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishi yuzaga kelgan vaziyatga, shaxslar xatti-harakatlarining xususiyatiga va xavflilik darajasiga muvofiq boʻlishi kerak. Bunda ichki ishlar organi xodimi har qanday zararning imkon qadar kam boʻlishiga intilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi, agar yuzaga kelgan vaziyatda maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun mazkur moddada hamda ushbu Qonunning 23 va 24-moddalarida nazarda tutilgan asoslar vujudga kelishi mumkin deb hisoblasa, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash uchun tayyorlash hamda ularni jangovar holatga keltirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida tan jarohati olgan fuqarolarga birinchi yordam koʻrsatilishi, shuningdek imkon qadar qisqa vaqt ichida tibbiy yordam koʻrsatish choralari koʻrilishi, ularning qarindoshlari esa yigirma toʻrt soat ichida bu haqda xabardor qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilgan, maxsus vositalar va oʻqotar qurol qoʻllanilgan har bir holat toʻgʻrisida ichki ishlar organining xodimi bevosita boshligʻiga darhol axborot berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy kuch ishlatilganligi va maxsus vositalar qoʻllanilganligi natijasida jismoniy yoxud yuridik shaxslarning hayotiga, sogʻligʻiga yoki mol-mulkiga zarar yetkazilgan har bir holat haqida, shuningdek oʻqotar qurol qoʻllanilgan barcha hollar toʻgʻrisida ichki ishlar organlari prokurorga darhol xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimining jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash chogʻida oʻz vakolatlari doirasidan chiqqanligi qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash qonunda belgilangan asoslar boʻyicha va tartibda amalga oshirilgan boʻlsa, ichki ishlar organi xodimi jismoniy kuch ishlatish, maxsus vositalarni yoki oʻqotar qurolni qoʻllash chogʻida jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ichki ishlar organi xodimi tomonidan jismoniy kuch ishlatilganligi, maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilganligi natijasida fuqaroga tan jarohati yetkazilsa yoxud u halok boʻlsa, ichki ishlar organi xodimi hodisa joyini oʻzgarishsiz saqlashga qaratilgan choralarni koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Jismoniy kuch ishlatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kuch ishlatilmaydigan usullar ichki ishlar organi xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlamasa, u quyidagi hollarda shaxsan oʻzi yoki boʻlinma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qoʻllash huquqiga ega boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlarga va maʼmuriy huquqbuzarliklarga chek qoʻyish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik koʻrsatilishini bartaraf etish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda maxsus vositalar yoki oʻqotar qurol qoʻllanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi, fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, hujum qilganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Maxsus vositalarni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroga yoki ichki ishlar organi xodimiga qilingan hujumni qaytarish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatga yoki maʼmuriy huquqbuzarlikka chek qoʻyishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organi xodimiga qarshilik koʻrsatilishiga chek qoʻyishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatni sodir etish chogʻida yoki uni sodir etganidan keyin darhol koʻrib qolingan, yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolli qarshilik koʻrsatishi mumkin boʻlgan shaxsni ushlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushlab turilgan shaxslarni va qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni olib borish, qoʻriqlab borish va qoʻriqlashda, shuningdek qochishga urinishini, atrofdagilarga yoki oʻziga zarar yetkazishini bartaraf etish maqsadida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zoʻravonlik bilan ushlab turilgan shaxslarni, egallab olingan binolarni, xonalarni, inshootlarni, transport vositalarini va yer uchastkalarini ozod qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi ommaviy tartibsizliklarga hamda boshqa gʻayriqonuniy xatti-harakatlarga chek qoʻyishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haydovchisi ichki ishlar organi xodimining toʻxtash toʻgʻrisidagi talabini bajarmagan transport vositasini toʻxtatishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etayotgan yoxud sodir etgan shaxslarni aniqlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan obyektlarni himoya qilishda, gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsib qoʻyishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi quyidagi maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rezina tayoqlar — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻzdan yosh oqizuvchi moddalar, gazli, shikastlantiruvchi qurol — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻlkishanlar yoki boshqa bogʻlash vositalari — ushbu modda birinchi qismining uchinchi — yettinchi, toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus boʻyovchi va markirovka qiluvchi vositalar — ushbu modda birinchi qismining oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektroshok qurilmalari — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — beshinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat hayvonlari — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — yettinchi, toʻqqizinchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chalgʻitma taʼsir koʻrsatuvchi nur-tovush moslamalari — ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻn ikkinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini majburiy toʻxtatish vositalari — ushbu modda birinchi qismining toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinchlantirish koʻylagi — ushbu modda birinchi qismining ikkinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv bilan zarba beruvchi mashinalar — ushbu modda birinchi qismining sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zirhli mashinalar — ushbu modda birinchi qismining oltinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhofaza qilinadigan obyektlarni (hududlarni) himoya qilish, gʻayriqonuniy harakatlar sodir etayotgan fuqarolar guruhlarining harakatlanishini toʻsish vositalari — ushbu modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻsiq-gʻovlarni bartaraf etuvchi vositalar — ushbu modda birinchi qismining oltinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi va oʻn birinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda oʻqotar qurol ishlatishga ruxsat etilgan barcha hollarda maxsus vositalarni qoʻllash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus vositalarning qoʻllanilishi uchinchi shaxslarning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi va mol-mulkiga zarar yetkazmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Homiladorlik belgilari sezilib turgan ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan, bundan ularning qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga haqiqatda tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno, shuningdek kuch ishlatmasdan, jamoat tartibini, transport, aloqa vositalari va tashkilotlarning ishini buzmasdan oʻtkazilayotgan gʻayriqonuniy yigʻilishlar, mitinglar, namoyishlar, ommaviy chiqishlar va piket qoʻyishlarni bartaraf etish chogʻida maxsus vositalarning, shu jumladan gazli hamda shikastlantiruvchi qurolning qoʻllanilishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamning boshiga, boʻyniga, oʻmrov suyagiga, qorniga, jinsiy aʼzolariga, yurak sohasiga rezina tayoq bilan zarbalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo harorati Selsiy boʻyicha nol darajadan past boʻlganida suv bilan zarba beruvchi mashinalarni qoʻllash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suv bilan zarba beruvchi va zirhli mashinalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlarining ogʻzaki yoki yozma qarori asosida qoʻllaniladi, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar prokurorlariga hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlarga darhol xabar beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari taʼminotida boʻladigan maxsus vositalarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-modda. Oʻqotar qurolni qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi quyidagi hollarda oʻqotar qurolni qoʻllash huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni yoxud oʻzini hayot yoki sogʻliq uchun xavfli boʻlgan, zoʻrlik ishlatish bilan qilingan hujumdan himoya qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
garovdagilarni ozod qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻta ogʻir jinoyatni sodir etish chogʻida koʻrib qolingan va yashirinishga urinayotgan shaxsni ushlashda, agar boshqa vositalar bilan bu shaxsni ushlash imkoni boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarining oʻqotar qurollarini, oʻq-dorilarini, portlovchi moddalarini, transport vositalarini, maxsus va jangovar texnikasini egallab olishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning uy-joylariga, davlat organlarining va boshqa tashkilotlarning qoʻriqlanadigan obyektlariga, oʻta muhim yuklariga, transport vositalariga, binolariga guruh boʻlib qilingan hujumni yoki qurolli hujumni daf etishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurolli qarshilik koʻrsatayotgan shaxsni, shuningdek yonidagi qurolni, oʻq-dorilarni, portlovchi moddalarni, portlatish qurilmalarini, zaharli yoki radioaktiv moddalarni topshirish toʻgʻrisidagi qonuniy talabni bajarishni rad etayotgan shaxsni ushlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyat sodir etishda gumon qilinib ushlab turilgan shaxslarning, oʻziga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning qamoqdan qochib ketishiga chek qoʻyishda, shuningdek ushbu shaxslarni kuch ishlatib ozod qilishga boʻlgan urinishlarga chek qoʻyishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar transport vositasining haydovchisi fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga haqiqiy xavf tugʻdirsa hamda ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qaramay, toʻxtashdan bosh tortsa, ushbu transport vositasini shikastlash yoʻli bilan toʻxtatishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonning hayoti va sogʻligʻiga tahdid solayotgan hayvonni zararsizlantirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol ishlatish niyati haqida ogohlantirish sifatida oʻq otishda, yuqoriga qarata yoki boshqa xavfsiz yoʻnalishda oʻq otish orqali xavf-xatar signali berishda yoki yordamga chaqirishda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organining xodimi oʻqotar qurolni qoʻllashdan oldin ogohlantirishi shart, bundan uning hayotiga yoki fuqarolarning hayotiga bevosita xavf tahdid solayotgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayollarga, nogironlik belgilari koʻrinib turgan shaxslarga, yoshi aniq koʻrinib turgan yoki maʼlum boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan oʻqotar qurolni qoʻllash taqiqlanadi, bundan ularning qurolli hujum qilganligi, qurolli qarshilik koʻrsatganligi yoki fuqarolarning yoxud ichki ishlar organi xodimining hayoti va sogʻligʻiga tahdid etib, guruh boʻlib hujum qilganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻqotar qurol qoʻllanilishi natijasida tasodifiy shaxslar jabrlanishi mumkin boʻlsa, ichki ishlar organi xodimi koʻp fuqarolar toʻplanganda uni qoʻllash huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari qurollantiriladigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari turlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu roʻyxatga kirmaydigan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilari bilan ichki ishlar organlarini qurollantirish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash chogʻida fuqarolar huquqlarining tengligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning xizmatda koʻtarilishi va boshqa lavozimga oʻtishi fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshi oʻn sakkizdan kichik va oʻttizdan katta boʻlmagan, tegishli maʼlumotga ega boʻlgan, oʻzining shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari ichki ishlar organlaridagi xizmatga ixtiyoriy tartibda, tanlov asosida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, ichki ishlar organlarining ayrim boʻlinmalari va tashkilotlariga xizmatda boʻlishning eng yuqori yoshiga toʻlgan paytida koʻp yillik xizmati uchun pensiya olish huquqiga ega boʻladigan oʻttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining oʻttiz yoshdan katta fuqarolar qabul qilinadigan ayrim boʻlinmalari, tashkilotlari va lavozimlarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkaklar ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni oʻtashi yoxud oliy oʻquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan oʻtishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan xodimlar ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi qismlarida belgilangan talablarga rioya etilmagan holda ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning aʼzolari boʻlgan, ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan fuqarolar xizmatni oʻtash davrida siyosiy partiyalarga aʼzolikni toʻxtatib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun tegishli maʼlumotga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari, shuningdek ichki ishlar organlarining harbiy xizmatchilari va xodimlari qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalarida chet el fuqarolari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda oʻqishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolar, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasalligi yoki jismoniy nuqsonlari boʻlgan fuqarolar ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinishi mumkin emas. Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtashga toʻsqinlik qiladigan kasalliklar va jismoniy nuqsonlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan shaxslar uchun dastlabki sinov muddati uch oydan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilingan harbiy xizmatga majbur Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining harbiy xizmatga chaqiriluvchi boʻlgan tinglovchilari va kursantlari harbiy hisobdan chiqariladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus hisobida turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalari tinglovchilari va kursantlari birinchi bosqichdagi oʻquv muddatini tugallaganidan keyin muddatli harbiy xizmatni oʻtagan hisoblanadi va ularga oʻquv muassasasi joylashgan yerdagi mudofaa ishlari boʻyicha hududiy boʻlim tomonidan harbiy guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27-modda. Ichki ishlar organi xodimining qasamyodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga birinchi marta qabul qilingan fuqarolar quyidagi mazmunda qasamyod qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Men, (familiyasi, ismi, otasining ismi), ichki ishlar organlaridagi xizmatga kirar ekanman, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilish, mamlakat tinchligi, osoyishtaligi va xavfsizligini mustahkamlash borasidagi burchimni va zimmamga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan, sidqidildan bajarishga vaʼda beraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vatanimga va Oʻzbekiston xalqiga sodiq boʻlishga qasamyod qilaman”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan, maxsus unvon berilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi ichki ishlar organining xodimidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash tartibi hamda formali kiyim-bosh namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimiga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, belgilangan namunadagi xizmat guvohnomasi va jeton beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi egallagan lavozimi, turgan joyi va vaqtidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida boshligʻining (komandirining) buyrugʻiga binoan istalgan vaqtda xizmat majburiyatlarini bajarishga kirishishi hamda quyidagi choralarni koʻrishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilgan joyda yoki hodisalar joyida jabrlangan fuqarolarga, shuningdek nochor ahvolda qolgan fuqarolarga birinchi tibbiy yordam yoki boshqa xil yordam koʻrsatilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
odamlarni qutqarish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qoʻyish, ularni sodir etgan shaxslarni ushlash, hodisa joyini qoʻriqlash hamda unga fuqarolar oʻzlarining shaxsiy xavfsizligiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi voqealar toʻgʻrisidagi xabarlar bilan murojaat qilgan yoxud bevosita oʻzi shunday voqealarga duch kelgan taqdirda eng yaqindagi ichki ishlar organlari boʻlinmasiga xabar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishi deganda quyidagilar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim majburiyatlarini bajarish va jangovar harakatlarda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatni (jangovar xizmatni) oʻtash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat safarida yoki davolanishda boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibida belgilangan xizmat vaqti davomida yoki xizmat zarurati tufayli ichki ishlar organlari (harbiy qism) hududida boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat, davolanish joyiga borish yoki ulardan qaytish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻinlarda (harbiy yigʻinlarda) ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asirlikda boʻlish (oʻz ixtiyori bilan asirga tushish hollari bundan mustasno), garovga olingan yoki ushlab qurolsizlantirilgan holatda boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bedarak ketish — xodim qonunda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilguniga yoki vafot etgan deb eʼlon qilinguniga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsning hayoti, sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilishga doir harakatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonuniylikni va huquq-tartibotni taʼminlashda boshqa shaxslarga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan xodimning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan deb topilgan boshqa harakatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining maxsus unvonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlariga quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safdorlar tarkibi — safdor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
serjantlar tarkibi — kichik serjant, serjant, katta serjant;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ofitserlar tarkibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik ofitserlar tarkibi — leytenant, katta leytenant, kapitan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta ofitserlar tarkibi — mayor, podpolkovnik, polkovnik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generallar tarkibi — general-mayor, general-leytenant, general-polkovnik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus unvonlarni berish va ulardan mahrum etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Ichki ishlar organlaridagi xizmat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining amal qilishi ichki ishlar organlarida xizmatni oʻtash masalalarini belgilovchi qonun hujjatlarida va ushbu Qonunda tartibga solinmagan qismiga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlari ish vaqtining davomiyligi haftasiga qirq soatdan oshishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, ichki ishlar organlari xodimlari xizmatni oʻtashga kuchaytirilgan yoki sutkalik rejimda jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchaytirilgan rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun kuniga ish vaqtidan tashqari davomiyligi toʻrt soatdan oshmaydigan ish belgilanishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sutkalik rejim ichki ishlar organlari xodimlari uchun xizmatni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga umumqoʻshin payogi normalari doirasida belgilanadigan oziq-ovqat payogini kompensatsiya qilish oʻrniga xizmatni oʻtash joyida uch mahal bepul ovqatlangan holda sutkalik oʻtash belgilanishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuchaytirilgan va sutkalik rejimni joriy etish hamda bekor qilish, shuningdek ichki ishlar organlari xodimlarini harbiy harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xodimlariga taʼtilni oʻtkazish joyiga borish va qaytish uchun zarur boʻlgan, biroq uch kundan oshmaydigan vaqt qoʻshilgan holda davomiyligi oʻttiz kalendar kun boʻlgan haq toʻlanadigan har yilgi taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xodimlariga quyidagi kalendar hisobdagi xizmat davri uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi besh kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn besh yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi oʻn kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigirma yillik xizmatdan soʻng — davomiyligi oʻn besh kun boʻlgan, haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa turdagi taʼtillar ham berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xodimlariga ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Safdorlar va serjantlar tarkibining maxsus unvonlariga ega boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari ellik yoshgacha, ayollar esa qirq besh yoshgacha ichki ishlar organlarida xizmatda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ofitserlar tarkibining maxsus unvonlariga ega boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlari ularga berilgan maxsus unvonlarga qarab, quyidagi yoshga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
podpolkovnikka qadar — ellik yoshga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
polkovniklar — ellik besh yoshga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
generallar — oltmish yoshga toʻlguniga qadar ichki ishlar organlarida xizmatda boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining safdorlar, serjantlar va ofitserlar tarkibining maxsus unvonlariga ega boʻlgan, belgilangan chegaradagi yoshga toʻlgan xodimlari zaxiraga yoki isteʼfoga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining yuksak kasbiy tayyorgarlikka, egallab turgan lavozimida ish tajribasiga ega boʻlgan va sogʻligʻining holatiga koʻra xizmatni oʻtashga yaroqli xodimlariga ularning xizmat muddati oʻzining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilangan tartibda besh yilgacha, ichki ishlar organlarining taʼlim muassasalarida professor-oʻqituvchilik lavozimlarini egallab turgan va ilmiy darajaga ega boʻlgan boshliqlar tarkibidagi shaxslarga esa oʻn yilgacha boʻlgan muddatga uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmatda qoldirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror xodimni ushbu Qonunda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ichki ishlar organlaridan boʻshatish imkoniyatini istisno etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat faoliyatida yuqori natijalarga erishganlik, majburiyatlarini namunali tarzda bajarganlik, benuqson xizmat qilganlik va ichki ishlar organlari tizimini rivojlantirish va takomillashtirishga katta hissa qoʻshganlik, xizmat burchini bajarish chogʻida mardlik va jasorat koʻrsatganlik, shuningdek boshqa alohida xizmatlari uchun xodimlar Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan taʼsis etiladigan farqlovchi idoraviy belgilar bilan taqdirlanishga taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlaridagi ishchi va xizmatchilarning mehnat munosabatlari mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilinadigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari majburiy tartibda maxsus kasbiy tayyorgarlikdan yoki qayta tayyorgarlikdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalari, shuningdek boshqa taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi taʼlim muassasalarining tinglovchilari va kursantlari ichki ishlar organlarida xizmatda deb hisoblanadi, chet el fuqarolari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan boʻshatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan boʻshatishga quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining xohishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlarida xizmatda boʻlishning ushbu Qonunda belgilangan chegaradagi yoshiga toʻlganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini oʻtaganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy-shtat oʻzgarishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kasalligi — harbiy-tibbiy komissiyaning ichki ishlar organlaridagi xizmatga yaroqsizligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻining cheklanganligi holati — harbiy-tibbiy komissiyaning ichki ishlar organlaridagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi toʻgʻrisidagi va xizmat boʻyicha boshqa lavozimga oʻtkazish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safdagi xizmatga yaroqsizligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi — attestatsiya natijalari asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat intizomini qoʻpol ravishda buzganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organi xodimining shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin hukm qilinganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organi xodimida intizomiy jazo chorasi mavjud boʻlgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa turdagi davlat xizmatiga oʻtganligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya etmaganligi uchun xizmatdan boʻshatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Ichki ishlar organi xodimining boshqa organlar va tashkilotlarga saylanishidagi (tayinlanishidagi, yuborilishidagi) kafolatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatligiga, Senati aʼzoligiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyat, tuman va shahar davlat hokimiyati vakillik organi deputatligiga saylangan (tayinlangan), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga, qaroriga, farmoyishiga, shuningdek roziligiga yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan boshqa davlat organlariga yoki ularning tasarrufidagi tashkilotlarga tayinlangan, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan boshqa davlat organlarining taʼlim muassasalariga oʻqishga yuborilgan ichki ishlar organi xodimi majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davrida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kadrlarining amaldagi zaxirasiga kiritib qoʻyilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiyatlarni bajarish (oʻqish) tugatilganidan keyin ichki ishlar organi xodimiga ilgarigi ishi (lavozimi), ushbu ish (lavozim) yoʻqligida esa unga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan ichki ishlar organlari xodimlariga maxsus unvonlar oxirgi egallagan lavozimidan qatʼi nazar, belgilangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majburiyatlarni bajarish (oʻqish) davri ichki ishlar organi xodimiga navbatdagi maxsus unvonni olish huquqini beradigan xizmat qilgan yillariga ustama toʻlash, pul taʼminoti (lavozim maoshi va maxsus unvon boʻyicha maoshi summasidan iborat boʻlgan) maoshini belgilash va pensiya tayinlash uchun ichki ishlar organlaridagi xizmat stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xodimlar xizmatdan boʻshatilganda, shuningdek ularning oila aʼzolari ichki ishlar organlaridan boʻshatilgan xodimlar bilan teng huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Ichki ishlar organlari xodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini huquqiy himoya qilish kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi davlat organi vakili sifatida ish yuritadi va davlat himoyasi ostida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida faqat bevosita yoki toʻgʻridan-toʻgʻri boshliqqa boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun bilan vakolat berilgan shaxslardan tashqari hech kim ichki ishlar organi xodimining qonuniy faoliyatiga aralashish, ichki ishlar organi xodimini qonun bilan ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilmagan majburiyatlarni bajarishga majburlash huquqiga ega emas. Qonunga zidligi aniq boʻlgan buyruq yoki farmoyish olganda ichki ishlar organi xodimi uni bajarishni rad etish huquqiga ega va qonunga amal qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi oʻz ish yurituvida boʻlgan ishlar va materiallarning mohiyati haqida biror-bir tushuntirish berishga, shuningdek bunday ishlar va materiallarni, shu jumladan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor ishlar hamda materiallarni tanishib chiqish uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan va tartibdan boshqacha tarzda taqdim etishga majbur emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xodimlari oʻziga nisbatan qabul qilingan qarorlar va harakatlar (harakatsizlik) ustidan yuqori turuvchi mansabdor shaxslarga, prokurorga yoki sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish quyidagilar orqali taʼminlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻini saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnatiga haq toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy maydoni bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan imtiyozli foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat pensiya taʼminoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sugʻurtasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishga doir boshqa chora-tadbirlar ham nazarda tutilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining sogʻligʻini saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xodimlariga, harbiy xizmatchilariga, pensionerlariga, ishchi va xizmatchilariga hamda ularning oila aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taʼlim muassasalari kursantlari va tinglovchilariga ichki ishlar organlarining tibbiy muassasalari, shuningdek faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiruvchi boshqa davolash-profilaktika muassasalari tomonidan bepul tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy taʼminot beriladi hamda tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xodimlari, harbiy xizmatchilari, pensionerlari sanatoriy-kurort sharoitida davolanish uchun yiliga bir marta imtiyozli yoʻllanmalar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kasalliklarning profilaktikasi, bemorlarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va sogʻlomlashtirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, tibbiy koʻriklar va harbiy-tibbiy ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan tibbiy vositalar, buyumlar, asbob-uskunalar va dori vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, shoshilinch tibbiy yordam va rejali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha tibbiy yordam olishi uchun uni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga yuborish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi xulosasi asosida amalga oshiriladi. Bunday hollarda, biriktirilgan tarkibning tibbiy yordam olishi uchun xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida tibbiy-sanitariya, tibbiy-ijtimoiy yordamni va sanatoriy-kurort taʼminotini, tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlariga pul taʼminotining turlari va miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hamda miqdorlarda pul va oziq-ovqat taʼminoti bilan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy maydoni bilan taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy olishga va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb topilgan ichki ishlar organlari xodimlari belgilangan tartibda uy-joy maydoni olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xizmat uy-joy fondiga ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlariga turar joylarni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda uzoq muddatli, imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartiralar olish va yakka tartibda uylar qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Ichki ishlar organi xodimining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bogʻliq holda yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxslardan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida transport vositalaridan foydalanishi tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan ichki ishlar organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorugʻlik signallariga va tovushli signallarga, boʻyoqli rangli grafika sxemasiga ega maxsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnatning qatnov xususiyati bilan bogʻliq boʻlgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda shahar yoʻlovchi transportidan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yoʻl chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat safariga yuborilgan ichki ishlar organlari xodimlariga transportning barcha turlariga yoʻl hujjatlarini safar guvohnomasini koʻrsatib navbatsiz olish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanadigan ichki ishlar organlari xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat pensiya taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlari, boquvchisini yoʻqotgan taqdirda esa ularning oila aʼzolari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda davlat pensiya taʼminotini olish huquqiga ega.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining davlat sugʻurtasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Ichki ishlar organlarining xodimlariga va ularning oilalariga ijtimoiy yordam koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri ichki ishlar organlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati yetkazilgan xodimlariga, shuningdek halok boʻlganlarning oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda bir marotabalik nafaqa tayinlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida halok boʻlgan ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlariga ularni ichki ishlar organlaridagi xizmatga qabul qilishda va Oʻzbekiston Respublikasining oliy harbiy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishda afzalliklar berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi, bundan yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuziladigan shartnomalar asosida tashkil etiladigan boʻlinmalar mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil etilgan boʻlinmalari ushbu shaxslar hisobidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlari bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadi. Ashyoviy taʼminot normalari, shuningdek formali kiyim-boshni kiyish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlarida budjetdan tashqari jamgʻarma tashkil etilishi mumkin, uni tashkil etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari uchun ajratiladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Xalqaro hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan oʻz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Ichki ishlar organlari xodimlarining javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimi gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi, shuningdek xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganligi uchun qonunga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organi xodimining gʻayriqonuniy xatti-harakatlari yoki harakatsizligi tufayli jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni ichki ishlar organlari tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplanadi, ushbu summa keyinchalik aybdor shaxsdan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari xodimlari xizmat intizomini buzganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Ichki ishlar organlarining intizom ustaviga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaysi jismoniy yoki yuridik shaxs oʻzining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga ichki ishlar organi xodimining harakatlari yoki harakatsizligi sabab boʻldi deb hisoblasa, oʻsha jismoniy yoki yuridik shaxs ushbu harakatlar yoki harakatsizlik ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, prokurorga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar organlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran olti oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 16-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-407-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 38-son, 438-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 2019-y., 2-son, 47-modda, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son; 25.12.2019-y., 03/19/597/4193-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 14.03.2022-y., 03/22/759/0213-son, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son; 28.10.2022-y., 03/22/797/0967-son; 12.07.2023-y., 03/23/854/0463-son; 14.03.2024-y., 03/24/920/0209-son; 09.09.2024-y., 03/24/957/0689-son; 21.09.2024-y., 03/24/963/0735-son; 02.12.2024-y., 03/24/1008/0988-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 13.01.2026-y., 03/26/1111/0037-son; 18.04.2026-y., 03/26/1132/0378-son; 20.05.2026-y., 03/26/1146/0514-son; 14.08.2026-y., 03/26/1166/0842-son)