05.08.2016 yildagi 252-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.08.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorining bajarilishi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilsinki, aksiyadorlik jamiyatlariga strategik xorijiy investorlarni jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik jihatdan yangilashda, raqobatbardoshli mahsulotlarni ishlab chiqarishni oʻzlashtirishda va tashqi bozorlarga kiritishda ularning faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlarini joriy etish natijasida davlat ulushiga ega boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 2015-yilga nisbatan 1,7 baravar qisqardi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun istiqbolli boʻlgan 17 ta aksiyadorlik jamiyatida ular rahbarlarining harakatsizligi hamda menejmentning samarali tashkil etilmaganligi oqibatida xorijiy investorlarni jalb etishning belgilangan tarmoq jadvallari barbod qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarori talablari soʻzsiz bajarilishini taʼminlash, shuningdek aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallarida davlat aktivlari va ulushlarini yanada qisqartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasida tanqidiy koʻrib chiqilishi yakunlariga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarni jalb etish yuzasidan belgilangan tarmoq jadvallarining bajarilishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan hamda zamonaviy talablarga muvofiq ishlashga qodir boʻlmagan “Gidromaxsusqurilish” AJ (A.S. Radjabov), “Xovrenko nomidagi Samarqand vino kombinati” AJ (M. Nematov), “Toshkent qishloq xoʻjaligi texnikasi zavodi” AJ (B.B. Ishmetov), “Agregat zavodi” AJ (R.R. Raximov), “Oʻzneftgazmash” AJ (F.F. Yunusov), “Namangan ulgurji savdo” AJ (T.K. Abbosov), “Chimboymoy” AJ (D. Nurimbetov) va “Oʻzneftgazqurilishinvest” AJ (A.A. Alimov) aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlar bilan samarali ishlarni taʼminlamagan 9 ta aksiyadorlik jamiyati hamda ularning yuqori idoralari rahbarlariga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrilgan hamda ular xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan qabul qilingan qarorlarning soʻzsiz bajarilishi uchun shaxsan masʼul ekanliklari toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17 ta aksiyadorlik jamiyatining har biri boʻyicha xorijiy investorlardan ularning aksiyadorlar tarkibiga kirishi yuzasidan aniq takliflar kiritishni nazarda tutuvchi qoʻshimcha chora-tadbirlar kompleksi va yangi tarmoq jadvallari ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, xoʻjalik boshqaruvi organlari va aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga* muvofiq 26 ta aksiyadorlik jamiyatiga xorijiy investorlarni jalb etishning uzil-kesil muddatini 2016-yil 1-noyabrgacha etib belgilash toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaga* muvofiq 61 ta aksiyadorlik jamiyatiga 2016-yil 31-dekabrgacha xorijiy investorlarni jalb etish toʻgʻrisidagi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investorlarning 3-ilovaga* muvofiq aksiyadorlik jamiyatlarining ishlab chiqarish quvvatlari negizida 15 ta qoʻshma korxona tashkil qilishda ishtirok etishi toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-ilovaga* muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalari paketlarini va davlat aktivlarini tanlov asosida “nol” sotish qiymati boʻyicha, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda xususiy mulk etib sotish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarga* kiritilgan aksiyadorlik jamiyatlariga 2-bandda koʻrsatilgan muddatlarda xorijiy investorlar jalb etilmagan taqdirda ular boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda qayta tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan muddatlarda xorijiy investorlar jalb etilishini taʼminlamagan ushbu qarorga 1 va 2-ilovalarda* koʻrsatilgan aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan qatʼiy intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 31-martdagi PQ-2327-son qarori bilan tashkil etilgan Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga 4-ilovaga* kiritilgan obyektlarni “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish yuzasidan tanlovlar oʻtkazish jadvallarini bir oy muddatda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha aksiyadorlik jamiyatlarining belgilangan tartibda yuridik shaxslarning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarida qayta tashkil etishni 2017-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 5-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarining ushbu qarorga muvofiq aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitalidagi davlat aktivlari va ulushlarini xorijiy investorlarga sotish toʻgʻrisidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorga 1 — 4-ilovalarda koʻrsatilgan idoraviy mansub aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarning oʻz vaqtida jalb etilishi yuzasidan tizimli ishlarni taʼminlasinlar va qatʼiy nazorat oʻrnatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik boshqaruvi organlari va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlarining ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar va koʻrilgan chora-tadbirlarning samaradorligi toʻgʻrisidagi hisobotlarini oʻn kun muddatda eshitsinlar, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishning belgilangan muddatlari soʻzsiz bajarilishi boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlarni qoʻllasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 5-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-avgustdagi 252-son qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatidagi qurilishi tugallanmagan obyekt negizida zamonaviy toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 18-noyabrdagi 252-son qarorining 2-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2011-2012-yillar mobaynida birinchi bosqichda 50,0 mln AQSh dollari miqdoriga teng summani, ikkinchi bosqichda 2013 — 2017-yillar mobaynida loyihaning tasdiqlangan TIA natijalari boʻyicha aniqlangan summa miqdorida investitsiyalash”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“har yili 6,0 ming tonna ip-gazlama kalavasi, 7,5 mln kv. metr trikotaj gazlamalar va 5,0 mln dona tayyor tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish quvvatlari foydalanishga topshirilishini taʼminlash”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 21-dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2016-yil 10-fevraldagi 33-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ustav kapitalidagi davlat ulushining kamida 15 foizi xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxatidan (1-ilova) “Oʻzmaxsusmontajqurilish” AK, “Oʻzagromashservis” uyushmasi”, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ” satrlari hamda 1 — 4, 6, 10, 11, 14, 15, 17, 18, 20, 21 va 24-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Ustav kapitalidagi kamida 15 foiz ulushi, shu jumladan qoʻshimcha aksiyalarni chiqarish yoʻli bilan, xorijiy investorlarga sotiladigan aksiyadorlik jamiyatlarining roʻyxatidan (2-ilova) 19-pozitsiya, “Oʻzkimyosanoat” AJ” satri hamda 29 — 37-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Ishlab chiqarish va strategik xomashyoni dastlabki qayta ishlash sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi aksiyadorlik jamiyatlarining, shuningdek tabiiy monopoliyalar subyektlarining hamda ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar va xizmatlarni tartibga solib boriladigan narxlar boʻyicha yetkazib beruvchilarning roʻyxatida (3-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) “Xalq banki” ATB” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK

1671

“Oʻzbekoziqovqatxolding” XK

Toshkent shahri

1672

“Oʻzagroeksport” AJ

Toshkent shahri

Banklar

168

“Xalq banki” ATB”

Toshkent shahri

1681

“Qishloqqurilishbank” ATB

Toshkent shahri

1682

“Agrobank” ATB

Toshkent shahri

1683

“Mikrokreditbank” ATB

Toshkent shahri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) “Sogʻliqni saqlash vazirligi” boʻlimidan keyin quyidagi mazmundagi boʻlim qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

2031

“Oʻzbektelekom” AJ

Toshkent shahri

2032

“Oʻzbekiston pochtasi” AJ

Toshkent shahri

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quyidagi mazmundagi 2621 — pozitsiya qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2621

“Markaziy ippodrom” AJ

Toshkent shahri

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 32-son, 388-modda; 2017-y., 4-son, 51-modda, 6-son, 78-modda, 29-son, 693-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 09/20/666/1433-son)