Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi BOSh DIREKTORINING
buyrugʻi
“Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 2-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2000-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 16-iyuldagi 2009-40-sonli “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 36-son, 394-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Bosh direktor B. ATAXANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 26-iyul,
2016-09-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi bosh direktorining 2016-yil 26-iyuldagi 2016-09-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:”.
2. Qoidalarda:
a) 1-bandning yigirma uchinchi xatboshisidagi “nominal qiymatining oʻzgarishi” degan soʻzlar “nominal qiymatining kamaytirilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 12-banddan “aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
v) 13 va 93-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 14-bandda:
birinchi xatboshidan “qoʻshimcha aksiyalarni joylashtirish yoʻli bilan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Emitent ustav kapitalini oʻz kapitali hisobidan koʻpaytirishda qoʻshimcha aksiyalar barcha aksiyadorlar oʻrtasida taqsimlanadi. Bunda har bir aksiyadorga qaysi tipdagi aksiyalar tegishli boʻlsa, ayni oʻsha tipdagi aksiyalar unga tegishli aksiyalar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.”;
d) quyidagi mazmundagi 141-band bilan toʻldirilsin:
“141. Soliqqa oid yoki davlat oldidagi boshqa qarzdorlik hisobiga emitent ustav kapitalidagi davlat ulushini shakllantirish yoki oshirish toʻgʻrisidagi qaror aksiyadorlar umumiy yigʻilishi tomonidan emitentning joylashtirilgan ovoz beruvchi aksiyalarining kamida uchdan ikki qismi egalari boʻlgan aksiyadorlarning (davlatdan tashqari) roziligi mavjud boʻlgan taqdirda, aksiyadorlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.”;
e) 43-bandning “j” kichik bandidagi “tasdiqlanganligini” degan soʻz “qabul qilinganligini” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 74-bandning “v” kichik bandi uchinchi xatboshisidagi “aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoʻli bilan aksiyalarni yiriklashtirish yoki ustav kapital koʻpaytirilganda” degan soʻzlar “aksiyalarni yiriklashtirishda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
z) 6-ilovadan “Kuzatuv kengashining raisi ___________ (imzo) _____________ (F.I.Sh.)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimcha Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan.
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi D. XIDOYATOV
2016-yil 26-iyul
Markaziy bank raisi F. MULLAJANOV
2016-yil 26-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 31-son, 381-modda)