18.06.2016 yildagi 100 Q--son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohasini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohasini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2545-son qarori ijrosini hamda viloyatda 2016/2017-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga asosan qaror qilaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 10-iyundagi “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohasini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2545-son qarori rahbarlik ijro uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp xonadonli uylarni, asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda mukammal va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2-4-ilovalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016/2017-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz tayyorlash, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish topshiriqlari 5-ilovaga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat komissiyasining yangilangan tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat komissiyasi (K. Rasulov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda kommunal soha tashkilotlari, qozonxonalar, koʻp xonadonli turar joy binolari, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari hamda boshqa ijtimoiy soha obyektlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha joylardagi ishlarning ahvolini tanqidiy oʻrganib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrganib chiqish natijalari boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni, shuningdek viloyat iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash va taʼminlash boʻyicha topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarish borasidagi tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat hokimining oʻrinbosarlari (F. Umarov, K. Rasulov, U. Razzoqov, S. Hamroyev) shahar va tuman hokimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari 2016/2017-yillar kuz-qish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat yuritishini taʼminlashga yoʻnaltirilgan tasdiqlangan tadbirlar va ishlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati (A. Niyozov)ga ushbu qarorning bajarilishini har chorak yakuni bilan viloyat hokimligi yigʻilishlarida tanqidiy muhokamaga kiritib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat hokimining 2015-yil 13-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-iyuldagi “Respublika iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohalarni 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2367-sonli qarori ijrosini taʼminlash haqida”gi Q-114-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat hokimligining axborot xizmati (Aslonov), viloyat hokimligi Kompyuterlashtirish markazi davlat unitar korxonasi (Farmonov) ushbu qarorni “Doʻstlik bayrogʻi” va “Znamya drujbi” gazetalarida rasman eʼlon qilinishini va viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini taʼminlash topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim E. TURDIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 18-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Q-100-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2016-yil 18-iyundagi Q-100-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Bajarish muddati

Masʼullar

I. 2016/2017-yillar kuz-qish mavsumida viloyatning iqtisodiyot tarmoqlarini barqaror ishlashga tayyorlash

1.

Quyidagilar boʻyicha (masʼullar va bajarilish vaqtini koʻrsatgan holda) chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash:

shaharlar, tumanlar, aholi yashash punktlari, kommunal xizmat koʻrsatish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish tashkilotlarini, ijtimoiy soha obyektlarini, qozonxonalar va muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash bilan birga 2016/2017-yillar kuz-qish davrida uzluksiz ishlashini taʼminlash;

uzoq choʻl hududida joylashgan va tabiiy gaz bilan taʼminlanmagan aholi punktlaridagi aholini (ovqat tayyorlash uchun) suyultirilgan gaz, (5-ilovaga asosan) koʻmir va koʻmir briket yoqilgʻilari hamda muqobil manbaalardan ichimlik suvi bilan uzluksiz taʼminlash.

2016-yil
20-iyunga qadar

Shahar va tuman hokimliklari,
tegishli
korxona va tashkilotlar

2.

Oʻtgan isitish mavsumida kelib chiqqan muammolarni inobatga olgan holda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi, suyultirilgan gaz, elektr energiyasi, tabiiy gaz, koʻmir va boshqa manbaalar bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2016-yil
20-iyunga qadar

“Gʻarbgaztaʼminot” UK viloyat boshqarmasi,
Shahar va tuman hokimliklari,
tegishli korxona va tashkilotlar

3.

2016/2017-yillar iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish doirasida neft, gaz kondensati, neft mahsulotlari, suyultirilgan gaz, koʻmir va koʻmir briketi, texnik tuz va boshqalarni oʻz vaqtida tashib berish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

2016-yil
20-iyunga qadar

“Gʻarbgaztaʼminot” UK viloyat boshqarmasi, “Navoiy HETK” AJ, “Navoiy nefti baza” UK,
“Navoiy koʻmir yetkazuvchi” UK,
Shahar va tuman hokimliklari,
tegishli korxona va tashkilotlar

4.

Joriy kuz-qish mavsumida tabiiy gaz yetishmasligi kutilayotgan olis aholi punktlarini aniqlash va shu asosida shakllantirilgan koʻmir resurs balansi va taʼminoti doirasida aholi va ijtimoiy soha obyektlariga koʻmir yoqilgʻisi va koʻmir briketini yetkazib berish boʻyicha reja jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlash (5-ilovaga muvofiq)

2016-yil
20-iyunga qadar

“Gʻarbgaztaʼminot” UK viloyat boshqarmasi, “Navoiy koʻmir
yetkazuvchi” UK,Shahar va tuman hokimliklari, tegishli korxona va tashkilotlar

5.

Aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish oylik jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil
20-iyunga qadar

“Gʻarbgaztaʼminot” UK viloyat boshqarmasi,
shahar va tuman hokimliklari

6.

Joriy yilning 1-oktabriga qadar iqtisodiyot tarmoqlariga texnik tuz yetkazib berish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016 �il
20-iyunga qadar

NKMK DK, Navoiy va Zarafshon shaharlari hamda Uchquduq tumani hokimliklari

7.

Suyultirilgan gaz taʼminotiga moslashtirilgan hududlardagi gaz tarmoqlari va gaz tarqatish qurilma (GTP)larni demontaj qilish hamda ushbu quvurlardan tabiiy gaz taʼminoti kafolatlangan hududlarning gaz taʼminotini yanada yaxshilash maqsadida manzilli foydalanish boʻyicha tegishli qarorlarini tayyorlash.

2016-yil
10-iyulga qadar

“Gʻarbgaztaʼminot” UK viloyat boshqarmasi,
shahar va tuman hokimliklari

8.

Maishiy gazdan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan favqulodda hodisalar boʻyicha ogohlantirishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va oʻtkazish.

2016-yil
10-iyulga qadar

“Gʻarbgaztaʼminot” UK viloyat boshqarmasi,
shahar va tuman hokimliklari

9.

Kichik irrigatsiya tarmoqlarini tiklash yuzasidan taʼmirlashni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish. Xususan:

xonadonlar ichki qismida (koʻp qavatli uylarda);

shox koʻcha va koʻchalarda.

2016-yil
10-iyulga
qadar

Shahar va tuman hokimliklari

10.

2016/2017-yillar kuz-qish mavsumi davrida ob-havo harorati keskin pasaygan kunlarida yetkazib berilayotgan gaz hajmini qisqartirish imkoniyati mavjud boʻlgan ulgurji isteʼmolchilar roʻyxatini tuzish va tasdiqlash.

2016-yil
1-avgustga
qadar

“Gʻarbgaztaʼminot” UK viloyat boshqarmasi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI viloyat boʻlimi,
shahar va tuman hokimliklari

11.

2016/2017-yillar kuz-qish davrida energiya tizimlari maksimal yuklangan soatlarda elektr energiyasi isteʼmolini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish.

2016-yil
30-avgustga qadar

“Navoiy HETK” OAJ,
shahar va tuman hokimliklari

12.

2016/2017-yil kuz-qish mavsumi davrida elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminotida uzilishlarga yoʻl qoʻyilmaydigan toifalangan va oʻta muhim obyektlar roʻyxatini shakllantirish.

2016-yil 30-avgustga qadar

“Navoiy HETK” AJ, “Gʻarbgaztaʼminot” UK viloyat boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

II. Yoqilgʻi–energetika komplekslarini 2016/2017-yillar kuz-qish mavsumida uzluksiz ishlashga tayyorlash.

1.

“Oʻztransgaz” AK bilan kelishilgan holda aholi va ulgurji isteʼmolchilariga 2016-yil oktyabr oyidan 2017-yil aprel oyiga qadar tabiiy gazni oyma-oy yetkazib berish jadvalini ishlab chiqish.

2016-yil 16-avgustga qadar

“Gʻarbgaztaʼminot” UK viloyat boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

2.

“Navoiy HETK” AJning hududiy elektr tarmoqlarini mukammal taʼmirlash boʻyicha ishlarining bajarilishini taʼminlash.

2016-yil
1-oktabrga qadar

“Navoiy HETK” AJ, “Oʻzdavenergonazorat” DI viloyat boʻlimi, shahar va tuman hokimliklari

3.

Aholini (5-ilovaga muvofiq) koʻmir briketi bilan taʼminlash.

2016-yil
31-dekabrga qadar

“Navoiy koʻmir yetkazuvchi” UK,
shahar va tuman hokimliklari

4.

Viloyat hokimligi �omonidan tasdiqlangan kuz-qish mavsumida tabiiy gaz tanqisligi kutilayotgan aholi xonadonlarining manzilli roʻyxati, suyultirilgan gazni yetkazib berish va oylik jadvaliga asosan suyultirilgan gaz yoqilgʻisini belgilangan hajmlarda ajratish.

2016-yil
1 oktyabrdan 2017-yil
1-martga qadar

“Gʻarbgaztaʼminot” UK viloyat boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

6.

Kuz-qish mavsumida qozonlarni uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida tegishli tashkilotlar tomonidan qattiq va suyuq yoqilgʻi mahsulotlarini (5-ilovaga muvofiq) jamgʻarilishini taʼminlash.

2016-yil
1-noyabrga qadar

Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi,
viloyat Sogʻliqni saqlash boshqaramasi,
viloyat Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi, “Navoiy koʻmir yetkazuvchi” UK, “Gʻarbgaztaʼminot” UK viloyat boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

7.

Isitish qozonlarining manzilli dasturiga asosan belgilangan muddatlarda amaldagi isitish qozonlarini koʻmir bilan ishlashga moslashtirish.

2016-yil
1-noyabrga qadar

Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi,
viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi,
viloyat Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

8.

Hududlardagi aholini suyultirilgan gaz va koʻmir yoqilgʻilari bilan taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlarni ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritib borish.

Har oyning 10 sanasiga qadar

Viloyat teleradiokompaniyasi,
shahar va tuman hokimliklari

III. Koʻp xonadonli uy-joy fondini 2016/2017-yillar kuz-qish mavsumida uzluksiz va bir meʼyorda ishlashga tayyorlash.

1.

Soliq inspektori, tijorat banklari rahbarlari, DSENM bosh vrachi, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga biriktirilgan masʼullar bilan birgalikda har bir XUJMSh kesimida va mahallalar hududlarini obodonlashtirish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida:

koʻp xonadonli uylar, uy-joy fondini texnik ekspluatatsiya qoidalari va normalariga muvofiq texnik soz holda saqlanishini;

qoʻp xonadonli uy-joylar qurilmalarni ishchi holatda hamda sanitar-texnik va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda bir maromda ishlashini;

koʻp xonadonli uylarni doimiy koʻrikdan oʻtkazish, joriy taʼmirlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va avariya holatlarinining oldini olish hamda uy ichi uskunalari boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlari ishlab chiqilishini;

jamoatchilik bilan birgalikda XUJMSh faoliyatini tasdiqlangan meʼzonlar asosida baholash, XUJMSh aʼzolarining yigʻilishlarida XUJMSh raislarining ishga loyiqligini belgilangan tartibda koʻrib borish bilan birga XUJMShlarning faoliyatini optimallashtirilishini;

XUJMSh raisi vazifasida ishlayotgan va yangidan saylangan shaxslarni kasb-hunar kollejlari hamda oli� oʻquv yurtlarida oʻqitish va malakasini oshirishni;

kelgusida doimiy ravishda XUJMSh raislarining aholi oldida hisobot berish tizimini joriy etishni tashkil etish.

Tasdiqlangan grafiklarga asosan

shahar va tuman hokimliklari, XUJMShlarga biriktirilgan
korxona va tashkilot rahbarlari

2.

Qish mavsumida muz sirpanchiqlarni oldini olish maqsadida koʻchalarni taʼmirlash uchun obodonlashtirish boshqarmalarini zarur material va texnikalar bilan taʼminlash boʻyicha hududiy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2016-yil
10-iyulga
qadar

Shahar va tuman hokimliklari

3.

Kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari va XUJMShlarda avariyalarni qayta tiklash va dispetcherlik xizmatlarining moddiy-texnika bazasini yanada yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqish.

2016-yil
10-iyulga
qadar

Shahar va tuman hokimliklari

4.

Issiqlik energiyasi bilan taʼminlanmagan koʻp qavatli uy-joylarni aniqlash.

Issiqlik energiyasi bilan taʼminlanmaganligi aniqlangan koʻp qavatli uy-joylarni issiqlik energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻrish.

2016-yil
10-iyulgacha

1-noyabrgacha

Shahar va tuman hokimliklari

5.

Navoiy va Zarafshon shaharlaridagi koʻp qavatli uylarni taʼmirlash uchun belgilangan tartibda imtiyozli kreditlar ajratish choralarini koʻrish.

Boshqaruv kompaniyalari va XUJMShlarning joriy yildagi extiyojlaridan kelib chiqqan holda tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar ajratishga koʻmaklashish.

2016-yil
1-oktabrga qadar

Viloyat Markaziy banki bosh boshqarmsi, Tijorat banklari,
shahar va tuman hokimliklari

6.

Koʻp qavatli uylar tom qismini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2016-yil
1-oktabrgacha

NKMK DK,
shahar va tuman hokimliklari

7.

Navoiy va Zarafshon shaharlaridagi koʻp qavatli uylarning kirish yoʻlaklari, piyodalar yoʻlakchalarini tijorat banklarining XUJMShlarga ajratayotgan imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan markazlashgan holda imtiyozli narxlarda materiallar (sement, metall) xarid qilgan holda beton qoplamalari yotqizish ishlarini amalga oshirish.

2016-yil
1-oktabrga qadar

Viloyat Markaziy banki bosh boshqarmasi, Tijorat banklari,

“Qizilqumsement” AJ,
shahar va tuman hokimliklar

8.

Koʻp xonadonli uy-joy fondini qish oylarida foydalanishga tayyorlab qoʻyishni tugallash, issiqlik tarmoqlarini izolatsiyalash boʻyicha moʻljallangan ish hajmlarini bajarish, uy-joylarni issiqlik bilan taʼminlash sifatini oshirish tadbirlarini amalga oshirish, muhandislik kommunikatsiyalari, issiqlik punktlari joylashgan yertoʻlalar va tomlarni tekshirishni tashkil etish, tomlar, yertoʻlalar va uy yoʻlaklariga kirish eshiklarini zarur darajada yopilishini taʼminlash.

2016-yil 30-sentabriga

qadar

Shahar va tuman hokimliklari,
korxona va tashkilotlar

IV. Aholi va issiqlik taʼminoti isteʼmolchilarini uzluksiz va bir meʼyorda issiqlik energiyasi bilan taʼminlash choralarini koʻri

1.

2 va 3-ilovalarga muvofiq mukammal va joriy taʼmirlanayotgan qozonlar, issiqlik tarmoqlari hamda izolatsiya qilinadigan issiqlik trassalarining manziliy roʻyxatini “Sanoatgeokontexnazorat” DI “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI, “Oʻzdavenergonazorat” DI viloyat boʻlimlariga taqdim etish.

2016-yil
10-iyulga
qadar

Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi,
viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi,
viloyat Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

2.

Qozonxonalarni mukammal va joriy taʼmirlash, tayyorgarlik dalolatnomalarini tuzishda qozonlarning sertifikatlanganligiga alohida eʼtibor qaratish (2 va 3-ilovalarga muvofiq)

2016-yil
30-sentabriga qadar

“Sanoatgeokontexnazorat” DI, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI viloyat boʻlimlari, shahar va tuman hokimliklari

3.

Korxona va tashkilotlardagi qozonxonalarda mavjud qozonlarni texnik talablarga muvofiqligini tekshiruvdan oʻtkazish. Texnik talablarga javob bermaydigan qozonxonalarni uzish.

2016-yil
30-sentabriga qadar

“Sanoatgeokontexnazorat” DI, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI viloyat boʻlimlari, shahar va tuman hokimliklari

V. Ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash

1.

Ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan muhandislik kommunikatsiyalari xususan, qishloq joylarida joylashgan umumiy ijtimoiy sohalardagi hojatxonalarni amaldagi sanitariya va gigiyena normalariga rioya etilgan holda taʼminlash uchun kerakli qurilish materiallarini muassasaning smeta xarajatlarida inobatga olingan mablagʻlar hisobidan xarid qilish va taʼmirlash choralarini koʻrish.

2016-yil
10-iyulga
qadar

Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi,
viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi,
viloyat Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi, shahar va tuman hokimliklari

2.

Tabiiy gaz tanqisligi kutilayotgan hududlardagi ijtimoiy soha obyektlarining amaldagi isitish tizimi qozonlarini koʻmir yoqilgʻisi bilan ishlashga moslashtirish yoki qozonlarni almashtirish boʻyicha idoralararo manzilli roʻyxatni ishlab chiqish.

2016-yil
10-iyulga
qadar

Viloyat Moliya boshqarmasi, viloyat
Xalq taʼlimi boshqarmasi,
viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi,
viloyat Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi, viloyat Standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi, “Sanoatgeokontexnazorat” DI, “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI viloyat boʻlimlari, shahar va tuman hokimliklari

3.

“Muruvvat” va “Saxovat” uylari, internatlar, reabilitatsiya markazlari, sanatoriyalar va pansionatlarda 2016/2017-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini yakunlash.

2016-yil
1-sentabrga
qadar

Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi,
shahar va tuman hokimliklari

4.

“Muruvvat” va “Saxovat” uylari, internatlar, reabilitatsiya markazlari, sanatoriyalar va pansionatlarda isitish tizimi va qozonxonalarni mavsumda ishlashga tayyor holga keltirish.

2016-yil
1-sentabrga
qadar

Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi,
shahar va tuman hokimliklari

VI. Tadbirlarning bajarilishi yuzasidan monitoring

1.

Obyektlarni 2016/2017-yillar kuz-qish davriga tayyorlashning borishi yuzasidan maʼlumotlarni viloyat komissiyasiga taqdim etib borish.

Har haftada

Shahar va tuman hokimliklari,
korxona va tashkilotlar,
viloyat komissiyasi aʼzolari

2.

Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash ishlarining borishini viloyat komissiyasi yigʻilishida koʻrib chiqish.

Har 10 kunda

Viloyat komissiyasi

3.

2016/2017-yillar kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha viloyatda olib borilayotgan ishlar yuzasidan ommaviy axborot vositalarida koʻrsatuvlar hamda maqolalar tayyo�lash.

Doimiy

Viloyat teleradiokompaniyasi,
shahar va tuman hokimliklari

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2016-yil 18-iyundagi Q-100-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp xonadonli uylarni asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha hududlar kesimida mukammal taʼmirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Shahar va tumanlar nomi

Mukammal taʼmirlash

Koʻp qavatli uylar

(dona)

Qozonxonalar (dona)

Qozonlar (dona)

Issiqlik

tarmoqlari

(km)

Suv

tarmoqlari

(km)

Gaz

tarmoqlari

(km)

Elektr

tarmoqlari

(km)

Transformator podstansiyalari

(dona)

1.

Navoiy shahri

9

2,2

0,6

26,7

7

2.

Zarafshon shahri

2

2

2,1

9,1

3

3.

Uchquduq tumani

1,1

18,0

6

4.

Karmana tumani

0,5

0,3

185,2

37

5.

Qiziltepa tumani

0,6

190,8

63

6.

Konimex tumani

0,3

186,4

30

7.

Navbahor tumani

0,5

186

34

8.

Nurota tumani

0,6

310,1

61

9.

Tomdi tumani

0,2

74,7

8

10.

Xatirchi tumani

0,5

2,0

87,2

65

Viloyat boʻyicha

11

2

5,4

3,8

2,3

1274,2

314

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2016-yil 18-iyundagi Q-100-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp xonadonli uylarni asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha hududlar kesimida mukammal taʼmirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Shahar va tumanlar nomi

Joriy taʼmirlash

Koʻp

qavatli

uylar

(dona)

Qozonxonalar

(dona)

Qozonlar (dona)

Issiqlik

tarmoqlari

(km)

Issiqlik tarmoqlarini izolatsiyalash (km)

Suv

tarmoqlari (km)

GTP larni

tekshirish

(dona)

Elektr

tarmoqlari

(km)

Transformator podstaniyalari

(dona)

1.

Navoiy shahri

213

1

2

117,1

1,0

0,7

163

70. 8

19

2.

Zarafshon shahri

54

6

37

126,4

0,3

72

10. 7

5

3.

Uchquduq tumani

35

4

13

49,2

1,2

117. 4

14

4.

Karmana tumani

0,7

995

314. 5

88

5.

Qiziltepa tumani

0,6

518

485. 8

153

6.

Konimex tumani

0,5

105

342. 9

77

7.

Navbahor tumani

0,8

484

585. 9

112

8.

Nurota tumani

0,7

238

577. 2

128

9.

Tomdi tumani

0,2

126. 5

14

10.

Xatirchi tumani

0,6

724

692. 9

196

Viloyat boʻyicha

302

11

52

292,7

2,5

4,8

3299

3325. 3

806

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2016-yil 18-iyundagi Q-100-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soha obyektlarini 2016/2017-yil kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha hududlar kesimida mukammal va joriy taʼmirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Shahar va tumanlar nomi

Mukammal taʼmirlash

Joriy taʼmirlash

Maktablar

(dona)

Mehribonlik uylari, maxsus maktab-internatlarini

(dona)

Bogʻchalar (dona)

Kasalxonalar, muruvvat va saxovat uylari

(dona)

Maktablar

(dona)

Maktablardagi

oynalarni

almashtirish, (m2)

Mehribonlik

uylari

(dona)

Bogʻchalar (dona)

Kasalxonalar

(dona)

1.

Navoiy shahri

2

6

448

2

2.

Zarafshon shahri

1

3

343

1

3.

Uchquduq tumani

1

4

170

1

4.

Karmana tumani

1

1

8

465

6

1

5.

Qiziltepa tumani

1

2

8

555

2

1

6.

Konimex tumani

1

421

7.

Navbahor tumani

1

7

502

1

8.

Nurota tumani

2

15

349

1

2

9.

Tomdi tumani

187

1

10.

Xatirchi tumani

1

9

978

2

Viloyat boʻyicha

1

1

10

2

60

4417

12

9

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2016-yil 18-iyundagi Q-100-sonli qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016/2017-yillar kuz-qish davri uchun koʻmir, mazut va texnik tuz tayyorlash, shuningdek suyultirilgan gazni hududlar boʻyicha yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshiriqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r‎‏

Xudud nomi‎‏

Koʻmir (tonna)‎‎

Aholi uchun suyultirilgan gaz‎‏

Pech yoqilgʻisi‎‏

Texnik tuz (tonna)

Suyultirilgan gaz balonlari (dona)‎

Jami

Budjet boʻyicha‎‏

Shundan‎‎

Aholi uchun koʻmir‎

Shu jumladan

Birja orqali‎‏
‎‏
‎

IK
‎ “Kishlokqurilishinvest”‎‏
‎‏
‎

Xalq taʼlimi boshqarmasi‎‎

Sogʻliqni saqlash boshqarmasi ‎‎

‎‎Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi

Koʻmir‎‏

Briket‎‏

Koʻmir‎

Briket‎

Koʻmir‎

Briket‎

Koʻmir‎ ‎

Briket‎ ‎

Viloyat boʻyicha‎‎

26108‎

11574,4‎

6328,8‎

2842,6‎

1279,0‎

602,0‎

339,0‎

183,0‎

13034‎

10034‎

3000‎

600,0‎

900,0‎

3343‎

1328,9‎

4543,0‎

25822‎

1.‎

Navoiy shahri‎

1500‎

‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ ‎ 600,0‎‏

900.0‎‏

‎ ‎

200,0‎

2077‎

2.‎

Zarafshon shahri‎

677‎

‎360

291‎

‎

69‎

‎ ‎ ‎

317‎

236‎

81‎

79,8‎

‎

2148,0‎

1835‎

3.‎

Karmana tumani‎

1085‎

278‎

109,0‎

129,0‎

‎

20,0‎

10‎

10,0‎

807‎

621‎

186‎

30,72‎

‎

‎

3750‎

4.‎

Qiziltepa tumani‎

5026‎

1268‎

978,5‎

‎

130‎

62,0‎

50‎

47,0‎

3758‎

2898‎

860‎

521,22‎

10,0‎

‎

4650‎

5.‎

Konimex tumani ‎

1046‎

598‎

184,2‎

218,8‎

130‎

65,0‎

0‎

0‎

448‎

345‎

103‎

152,65‎

31,9‎

‎

1400‎

6.‎

Nurota tumani‎

4396‎

3679‎

1480,5‎

1758,0‎

270‎

130,0‎

20‎

20‎

717‎

552‎

165‎

549,9‎

22‎

‎

1810‎

7.‎

Navbahor tumani‎

5748‎

1990‎

620,5‎

736,8‎

306‎

147,0‎

139‎

41‎

3758‎

2898‎

860‎

795,73‎

98‎

‎

4320‎

8.‎

Xatirchi tumani‎

5634‎

2405‎

2012,9‎

‎

140‎

67,0‎

120‎

65‎

3229‎

2484‎

745‎

1057,5‎

0‎

‎

5173‎

9.‎

Tomdi tumani‎

764‎

764‎

537,0‎

‎

154‎

73,0‎

‎ ‎

0‎

‎ ‎

87,4‎

1064‎

‎

407‎

10.‎

Uchquduq tumani‎

233‎

233‎

114,8‎

‎

80‎

38,0‎

‎

‎

0‎

‎ ‎

68,1‎

103‎

2195‎

400‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat hokimining 2016-yil 18-iyundagi Q-100-sonli qaroriga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyat iqtisodiyoti tarmoqlarini 2016/2017-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha viloyat komissiyasining yangilangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

E. Turdimov

—

Viloyat hokimi, komissiya raisi

K. Rasulov

—

Viloyat hokimining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

U. Razzoqov

—

Viloyat hokimining oʻrinbosari, komissiya raisi oʻrinbosari

A. Niyozov

—

Viloyat hokimligi Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati mudiri

K. Xasanov

—

Viloyat hokimligi Yigʻma boshqarma boshligʻi

H. Tilavov

—

Viloyat Moliya boshqarmasi boshligʻi

E. Musayev

—

Viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

A. Roʻziqulov

—

Viloyat Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi

F. Usmonov

—

Viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi

A. Tursunov

—

Viloyat Davlat Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi

I. Rajabov

—

NKMK DK bosh direktor oʻrinbosari

O. Sharopov

—

“Navoiyneftbazasi” unitar korxonasi boshligʻi

Sh. Qurbonov

—

“Gʻarbgaztaʼminot” UK Navoiy viloyat boshqarmasi boshligʻi

S. Xojiyev

—

“Navoiy HETK” AJ raisi

Sh. Shaymatov

—

Viloyat “Suvoqova” DUK direktori

Z. Fardayev

—

Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi

N. Joʻrayev

—

“Navoiyazot” AJ raisi

Q. Gʻaniyev

—

“Navoiy IES” AJ raisi

U. Xamroyev

—

“Navoiy koʻmir yetkazuvchi” UK direktori

Sh. Qurbonov

—

“Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI viloyat boʻlimi boshligʻi

S. Joʻrayev

—

“Oʻzdavenergonazorat” DI viloyat boʻlimi boshligʻi

Sh. Abduvaxobov

—

“Sanoatgeokontexnazorat” DI viloyat boʻlimi boshligʻi

M. Safarov

—

Viloyat hokimligi Uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarni amalga oshirish Departamenti boʻlim boshligʻi, komissiya kotibi