17.06.2016 yildagi 299-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi plenumi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilganligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida” 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilari bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish haqida ariza bilan murojaat etilganda, arizani qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ariza boʻyicha ish yuritish XPK 86-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan soʻng shu mazmunda qaytadan ariza bilan murojaat etish arizani umumiy tartibda koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmasligiga qaratilsin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 7-band “bekor boʻlishi” va “bekor qilingan” degan soʻzlardan keyin tegishincha “yoki oʻzgartirishi” va “yoki oʻzgartirilgan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) oʻzbekcha matni 9-bandining ikkinchi xatboshisidagi “ariza” degan soʻz “shikoyat” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qarorining 15.2-bandi “daʼvo arizasini qaytarish,” degan soʻzlardan keyin “apellatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish,” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2016-yil 27-yanvardagi 142-sonli qarori quyidagi mazmundagi 13.3-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13.3. Bankrotlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchisi bankrotlik, bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlashga doir harakatlarni amalga oshirishi va chora-tadbirlar koʻrishi hamda ular haqida kreditorlar yigʻilishiga, xoʻjalik sudiga, bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat organiga, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 14-avgustdagi 224-sonli qarori bilan tasdiqlangan Soxta bankrotlik, bankrotlikni yashirish va qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash Qoidalarining (bundan buyon matnda Qoidalar deb yuritiladi) 9-bandiga binoan, qarzdorning arizasiga koʻra, bankrotlik toʻgʻrisida xoʻjalik sudi tomonidan ish qoʻzgʻatishning barcha holatlarida soxta bankrotlik alomatlarini aniqlash sud boshqaruvchisi tomonidan amalga oshiriladi hamda kuzatuv tartiboti jarayonida roʻyobga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan sudlar qarzdorning arizasi boʻyicha bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilganda va kuzatuv joriy etilganda, ajrim bilan muvaqqat boshqaruvchisiga qarzdorning soxta bankrotligi belgilari mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyatini yuklashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalarning 21-bandiga muvofiq bankrotlikni yashirish alomatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishdan oldingi davr mobaynida, shuningdek bankrotlikning soddalashtirilgan tartibotlari jarayonida davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankrotlik tartibotlari jarayonida sud boshqaruvchisi tomonidan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan sudlar kuzatuv joriy etish toʻgʻrisidagi ajrim (bankrotlik toʻgʻrisidagi ish qarzdorning arizasi boʻyicha qoʻzgʻatilgan holat bundan mustasno), tashqi boshqaruv yoki sanatsiya joriy etish haqidagi ajrim, shuningdek qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni ochish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori bilan sud boshqaruvchisiga bankrotlikni yashirish belgilari mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyatini yuklashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalarning 25-bandiga muvofiq qasddan bankrotlikka olib kelish alomatlarini aniqlash xoʻjalik sudi tomonidan qarzdorni bankrot deb eʼtirof etilgan hamda tugatishga doir ish yuritish boshlangandan keyin amalga oshirilishi bois, sudlar qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni ochish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorida sud boshqaruvchisiga bankrotlikka olib kelish alomatlari mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi xulosani taqdim etish majburiyati yuklanishi toʻgʻrisida koʻrsatishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori Qoidalarning 39-42-bandlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida tashkil etilgan xulosani hamda unga ilova qilingan materiallarni koʻrib chiqish va ular boʻyicha fikrni taqdim etish uchun doimiy ishlovchi Komissiya xulosani va unga ilova qilingan materiallarni xoʻjalik sudi tomonidan murojaat tushgan paytdan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqishi va oʻzining fikrini xoʻjalik sudiga taqdim etishi kerakligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan sudlar soxta bankrotlik (bankrotlikni yashirish yoki qasddan bankrotlikka olib kelish) belgilari mavjudligi toʻgʻrisidagi sud boshqaruvchisining xulosasini va unga ilova qilingan hujjatlarni darhol mazkur Komissiyaga koʻrib chiqish uchun yuborishi lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli qarori 11-bandining birinchi xatboshisidagi “mashinkada terilgan” degan soʻzlar “mashinkada, kompyuterda yoxud boshqa elektron uskunada terilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 12-banddagi oxirgi jumla quyidagi mazmunda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunday talab daʼvo predmeti boʻlmagan yangi talab hisoblanishi sababli, koʻrib chiqilmasligi va mazkur talab mustaqil ravishda bildirilishi mumkinligi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida koʻrsatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 16-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlar inobatga olishi lozimki, ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrim (qaror) yoki shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror, ular (ajrim, qaror) bilan aniqlangan holatlarga huquqiy baho berishda, xoʻjalik sudi tomonidan dalil sifatida qabul qilinishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 19-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Biroq, ishga jalb qilingan nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxsning yuridik shaxs maqomiga ega emasligini yoki fuqaro (jismoniy shaxs) ekanligini vaj qilib, ish yuritishni tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 26-bandning ikkinchi xatboshisidagi “va uning hududiy boshqarmalarining” degan soʻzlar “va uning hududiy boshqarmalarining palata aʼzosining manfaatlarini koʻzlab berilgan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 27-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Prokuror, shuningdek qonunlarda nazarda tutilgan hollarda davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan davlat organlari va boshqa organlar ham XPKda belgilangan tartibda sudga javobgarning manfaatida qarshi daʼvo berishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaring qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 4.3-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ish XPKning 33-moddasiga asosan boshqa xoʻjalik sudiga koʻrish uchun oʻtkazilganda, sud tomonidan avval toʻlangan davlat boji (pochta xarajatlari) inobatga olinishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 24-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlar shuni inobatga olishi lozimki, kelishuv bitimini tasdiqlashda davlat boji daʼvo arizasida koʻrsatilgan talablardan kelib chiqib hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quyidagi mazmundagi 26.5-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26.5. SK 330-moddasining 25-bandiga koʻra., yuridik va jismoniy shaxslar sud ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan bergan shikoyatlari boʻyicha davlat bojini toʻlashdan ozod qilingan. Sudlarga tushuntirilsinki, bunday talab qanoatlantirilganda davlat boji javobgardan undiriladi, talabni qanoatlantirish rad etilgan holda, esa davlat boji arizachidan undirilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xoʻjalik sudiga yuridik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslarning manfaatida prokuror, davlat va boshqa organ tomonidan berilgan daʼvoni qanoatlantirish rad etilganda (ish yuritish tugatilganda, daʼvo koʻrmasdan qoldirilganda), manfaatlari himoya qilinib daʼvo berilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi, XPK 86-moddasining 7-bandiga asosan kelishuv bitimi tasdiqlanishi munosabati bilan ish yuritish tugatilishi bundan mustasno. Mazkur qoida manfaatlari himoya qilinib daʼvo berilgan shaxsning oʻzi, yaʼni daʼvogar tomonidan XPKning 40-moddasi tartibida daʼvoning predmeti oʻzgartirilganda yoxud daʼvo talablarining miqdori koʻpaytirilganda, daʼvoning ushbu oʻzgartirilgan (koʻpaytirilgan) qismi boʻyicha qoʻllanilmaydi, SKning 330-moddasiga asosan davlat boji toʻlashdan ozod etilgan holatlar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat bojidan ozod qilingan daʼvogarning daʼvo talablarini qanoatlantirish toʻgʻrisidagi sudning hal qiluv qarori javobgarning (belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganda) apellatsiya yoki kassatsiya shikoyati boʻyicha bekor qilinib, daʼvo asossizligi sababli rad etilgan taqdirda, javobgar tomonidan toʻlangan sud xarajatlari daʼvogardan javobgar foydasiga undiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida” 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli qaroriga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 14.1-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14.1. FK 179-moddasining birinchi qismiga asosan davlat korxonasi oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkni mulkdorning roziligi bilangina boshqa shaxsga berishga yoki uni boshqacha usulda tasarruf etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasida davlatga toʻla yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash obyektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda baholash oʻtkazilishi majburiyligi nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudlar kelishuv bitimini tasdiqlash masalasini koʻrib chiqishda kelishuv bitimi obyekti davlat mulki boʻlsa tasarruf etish huquqiga ega boʻlgan vakolatli davlat organining roziligi olinganligiga va obyekt baholanganligiga eʼtibor qaratishi lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 19-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar sud tomonidan tasdiqlangan kelishuv bitimini taraflar oʻzaro bekor qilib yoki uni shartlarini oʻzgartirib, sudga yangi tahrirdagi kelishuv bitimini tasdiqlash uchun taqdim etsa, sud bunday arizani qanoatlantirishni rad etish haqida ajrim chiqaradi va bunday ajrim ustidan shikoyat qilinmaydi (protest keltirilmaydi)”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2010-yil iyundagi 210-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 20-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlar inobatga olishlari lozimki, ayblilik toʻgʻrisidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrim (qaror) yoki shaxsni maʼmuriy javobgarlikka tortish haqidagi qaror, ular (ajrim, qaror) bilan aniqlangan holatlarga huquqiy baho berishda, xoʻjalik sudi tomonidan dalil sifatida qabul qilinishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 35-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar davlat soliq xizmati organi tomonidan Soliq kodeksi 54-moddasining uchinchi qismiga asosan, moliyaviy jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan boʻlsa, soliq toʻlovchi boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan muddatga rioya qilmagan taqdirda, soliq inspeksiyasi moliyaviy jarimani sud tartibida qoʻllash haqida ariza bilan murojaat qilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quyidagi mazmundagi 35.2-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“35.2. Sudlarga tushuntirilsinki, Soliq kodeksi 108-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlari, 112-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar Soliq kodeksining 17-bobida nazarda tutilgan soliqqa oid huquqbuzarliklar va moliyaviy sanksiyalargagina qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-martdagi PQ-605-sonli Qarorining 3-bandida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 29-iyundagi 245-sonli qarorining 4-bandida, Soliq kodeksi 53-moddasining oltinchi qismida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda ushbu qoidalar tatbiq etilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) quyidagi mazmundagi 42.1,42.2-bandlar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“42.1. Muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni qisqartirish va budjetga toʻlovlar intizomini mustahkamlash boʻyicha Respublika komissiyasining xoʻjalik yurituvchi subyektlarning budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha penyalar va moliyaviy jarimalarni hisobdan chiqarish, qarzlarini (asosiy summani, penyalarni, jarima sanksiyalarini) toʻlash muddatini kechiktirish toʻgʻrisidagi qarorlari davlat soliq xizmati organining daʼvo arizasini (arizani) qanoatlantirishni rad qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarzlarni toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish toʻgʻrisidagi komissiya qarorida belgilangan muddatning tugaganligi davlat soliq xizmati organi tomonidan xoʻjalik sudiga yangi asoslar bilan umumiy tartibda daʼvo arizasi (ariza) taqdim etilishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42.2. Sud buyrugʻi berilganidan keyin davlat soliq xizmati organi tomonidan ayni bir predmet va ayni bir asoslar boʻyicha daʼvo taqdim etilsa, daʼvo arizasini qabul qilish XPK 117-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan rad etiladi, agar daʼvo arizasi ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa, ish yuritish XPK 86-moddasining 2-bandiga asosan tugatiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2010-yil noyabrdagi 220-sonli qaroriga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 11-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar ishni koʻrish jarayonida qurilmaning oʻzboshimchalik bilan qurilganligi aniqlansa, sud FKning 187-moddasiga asosan bunday qurilmaga mulk huquqini belgilamaydi, FK 212-moddasining toʻrtinchi va beshinchi qismlaridagi holatlar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 12.4-band quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalariga javob berishi, imoratning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarining buzilishiga sabab boʻlmasligi daʼvogar tomonidan isbotlab berilsa yoki bu holat sud tomonidan aniqlansa, nizoli imorat fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirmasligi masalasiga sudlar huquqiy baho berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning eʼtibori FKning 212-moddasida shaxs oʻziga qarashli boʻlgan yer uchastkasida oʻzboshimchalik bilan qurgan imoratga nisbatan mulk huquqi sud tomonidan eʼtirof etilishi mumkinligi nazarda tutilmaganligiga qaratilsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli qarorining 24-bandidagi “oʻn” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Mulk ijarasi shartnomasi toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2011-yil 1-dekabrdagi 234-sonli qarorining 13.4-bandidagi “shartnomani rad etishi” degan soʻzlar “prokat shartnomasini bajarishni rad etishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli qarorining 9-bandi “uning rahbari yoki xodimining muhr (shtamp)” degan soʻzlardan keyin “(muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2009-yil 24-apreldagi 197-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299-son