25.07.2003 yildagi 111-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda iqtisodiy protsessual qonun hujjatlarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudlarning qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishda yagona sud amaliyotini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 47-moddasiga asoslanib, quyidagi tushuntirishlarni berishga qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksi (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 328-moddasining birinchi qismiga muvofiq, sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risida ariza faqat ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan berilishi mumkin. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy vorislari (IPK 46-moddasi), shuningdek, sud jarimasi solingan shaxslar (IPK 58, 69 va 98-moddalari) ham shunday huquqqa egadir. Ishda ishtirok etuvchi prokuror ishda ishtirok etuvchi shaxs hisoblanganligi bois, u ham o‘zi ishtirok etgan ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslar, ularning qonuniy huquq va majburiyatlariga daxldor sud hujjatlari qabul qilingan taqdirda, shu asosda qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza berishga haqli emas, bunday holatda ular faqat sud hujjatlari ustidan apellyatsiya yoki kassatsiya yoxud taftish tartibida shikoyat berishi mumkin. Bunday shaxslar qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat etganida arizani qabul qilish IPK 268-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoki 291-moddasi birinchi qismining 1-bandi yoxud 316-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ariza bo‘yicha ish yuritish IPK 273-moddasi birinchi qismining 3-bandi yoki 296-moddasi birinchi qismining 3-bandi yoxud 3242-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy sudlar o‘zlari qabul qilgan sud hujjatlarini o‘z tashabbusi bilan yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rishi mumkin emas.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. IPKning 324-moddasida ko‘rsatilganidek, sudning hujjati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha faqat u qonuniy kuchga kirganidan keyingina qayta ko‘rilishi mumkin. Bu qoida darhol ijro etiladigan sud hujjatlariga ham taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy kuchga kirmagan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqida ariza bilan murojaat etilganda, arizani qabul qilish IPK 154-moddasi birinchi qismining 1-bandiga mos holda rad etiladi, agar ariza ish yuritishga qabul qilingan bo‘lsa, ariza bo‘yicha ish yuritish IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan so‘ng shunday ariza bilan qaytadan murojaat etish, arizani umumiy tartibda ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yangi ochilgan holatlar bo‘yicha sud hujjatlarini qayta ko‘rish masalasini hal etishda iqtisodiy sudlarining birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari IPKning 327-moddasida ko‘rsatilgan bunday qayta ko‘rish asoslarining ro‘yxati qat’iy ekanligidan kelib chiqishlari lozim.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yangi ochilgan holatlar deganda, ochilgan faktik holatlar aslida mavjud bo‘lib, biroq sudning ishni ko‘rish vaqtida hisobga olishi mumkin bo‘lmagan, arizachiga va sudga noma’lum bo‘lgan yoki ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan, sud hujjatlari qabul qilingandan keyingina ma’lum bo‘lgan holatlarni tushunish lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar faktik holatlar sud hujjati qabul qilingandan so‘ng vujudga kelgan bo‘lsa, bu holat sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘la olmaydi, chunki bu IPK 327-moddasining 1-bandi mazmuniga zid bo‘ladi.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holatlar mavjud bo‘lmasdan, sud hujjatini apellyatsiya yoki kassatsiya va taftish tartibida ko‘rib chiqish asoslari mavjud bo‘lgan taqdirda sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqida berilgan arizani qanoatlantirish mumkin emas. Bunda iqtisodiy sud ko‘rsatib o‘tilgan holatlar mavjud emasligiga asoslanib, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etishi lozim.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud hujjati qabul qilingandan keyin vujudga kelgan yangi holatlar ishni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish uchun emas, balki yangi da’vo bilan murojaat etish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiy sudlari shuni e’tiborga olishlari lozimki, sud hujjatini qayta ko‘rib chiqish uchun asos bo‘layotgan holatlar jiddiy bo‘lishi, ya’ni sud hujjatini qabul qilishda iqtisodiy sud xulosasiga ta’sir ko‘rsatadigan darajada bo‘lishi lozim. Bu holat iqtisodiy sudi tomonidan avvalda tekshirish predmeti bo‘lgan faktga nisbatan yangi dalillar emas, balki aynan yuridik faktlarning o‘zi bo‘lishi lozim.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan ishni ko‘rib chiqishda tekshirish predmeti bo‘lmagan hamda mavjudligi arizachiga ma’lum bo‘lmagan va ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lmagan yuridik faktni belgilovchi yangi dalillar yangi ochilgan holatlar deb e’tirof etilishi mumkin. Agar ishni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish davomida sud keltirilgan dalillar arizachiga ma’lum bo‘lgan yoki ma’lum bo‘lishi lozim bo‘lganligini aniqlasa, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha keltirilgan arizani qanoatlantirish rad etilishi lozim, chunki IPKning 68-moddasiga muvofiq, ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs o‘z talab va e’tirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak (tortishuv prinsipi).
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. IPK 327-moddasining 2 va 3-bandlariga binoan ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoxud uning vakilining yoki sudyaning jinoiy harakatlari, shuningdek guvohning bila turib yolg‘on guvohlik berganligi, ekspertning bila turib yolg‘on xulosa berganligi va tarjimonning bila turib noto‘g‘ri tarjima qilganligi, ular ishtirokida ko‘rilgan boshqa ishlarda emas, balki aynan ushbu ishni ko‘rishda sodir etilgan bo‘lsa, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha ishni qayta ko‘rish uchun asos bo‘lishi mumkin. Ushbu bandlarda ko‘rsatilgan holatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 84-moddasida belgilangan asoslar bo‘yicha shaxsning jinoyat sodir etilishida ayblilik to‘g‘risidagi masalani hal qilmay turib jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan taqdirda, iqtisodiy sudning hujjati IPK 327-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan asos bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boshqa ish bo‘yicha iqtisodiy sudning, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning, jinoyat ishlari bo‘yicha sudning yoki ma’muriy sudning yoxud boshqa organning hujjati bekor qilinganligi iqtisodiy sud hujjatini yangi ochilgan holat bo‘yicha qayta ko‘rish uchun asos bo‘lishi mumkin (IPK 327-moddasining 4-bandi), basharti, agar bekor qilingan hujjat iqtisodiy sudning qayta ko‘rib chiqilayotgan hujjatiga haqiqatan ham asos qilib olingan bo‘lsa.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda boshqa organ qarori bekor qilingan deganda ushbu hujjatning haqiqiy emas deb topilganligini tushunish lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi ariza ushbu sud hujjatini qabul qilgan iqtisodiy sudga, agar sud hujjati apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi tomonidan o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan hamda yangi sud hujjati qabul qilingan bo‘lsa, ariza iqtisodiy sudning sud hujjati o‘zgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan tegishli instansiyasiga beriladi. Ushbu tartib buzilgan holda berilgan ariza IPK 331-moddasi birinchi qismining 1-bandiga asosan qaytariladi. Agar ko‘rsatilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan so‘ng aniqlansa, ariza ish hujjatlari bilan birga tegishli instansiya sudiga yuboriladi
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 328-moddasining birinchi — uchinchi qismlari, shuningdek 329-moddasi talablariga rioya etilgan holda berilgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi ariza ishni ko‘rish joyi va vaqti ko‘rsatilgan ajrim chiqarish yo‘li bilan ish yuritishga qabul qilinadi. IPK 328-moddasining birinchi qismida belgilangan ariza berishning bir oylik muddati protsessual muddat bo‘lib, agar ariza qayta ko‘rish uchun asos bo‘ladigan holatlar ochilgan kundan e’tiboran olti oydan kechiktirmay berilgan bo‘lsa va sud muddatni o‘tkazib yuborish sabablarini uzrli deb topsa, ushbu muddat tiklanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish haqida arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatilishi lozim. Iltimosnoma qanoatlantirilgan va o‘tkazib yuborilgan muddat tiklanganda bu haqida qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IPK 328-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq, sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran uch yil o‘tgach berilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi, bundan IPK 327-moddasining 2 — 4-bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha berilgan arizalar mustasno. IPK 327-moddasining 1-bandida nazarda tutilgan asos bo‘yicha sud hujjati qonuniy kuchga kirgan paytdan e’tiboran uch yil o‘tgandan keyin berilgan ariza IPK 331-moddasi birinchi qismining 2-bandiga asosan qaytariladi. Agar ko‘rsatilgan holat ariza ish yuritishga qabul qilinganidan keyin aniqlansa, IPK 110-moddasining 1-bandiga mos holda ariza bo‘yicha ish yuritish tugatiladi.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani qabul qilishda shuni nazarda tutish kerakki, arizada yangi ochilgan holatlarning mavjudligini tasdiqlovchi asoslar mavjud bo‘lishi lozim. Arizaga zaruriy bo‘lgan dalillar, xususan, ko‘rsatilgan holatlar sanasini aniqlash imkonini beruvchi hujjatlar ilova qilinishi kerak. Bunday holatlarning aniqlanganlik kuni bo‘lib, shu holatlarning arizachiga ma’lum bo‘lgan yoki ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan kun hisoblanadi. Agar yangi ochilgan holatlar hukm, sudning hal qiluv qarori, boshqa organning qarori bilan bog‘liq bo‘lsa, unda yangi ochilgan holat sud hujjatlarini qabul qilish uchun asos bo‘lgan holatga mazmunan qarama-qarshi hujjatlarning qonuniy kuchga kirgan kuni yoki hukm, hal qiluv qarori va qarorning qonuniy kuchga kirganligi arizachiga ma’lum bo‘lgan yoki ma’lum bo‘lishi mumkin bo‘lgan kun shu holat aniqlangan kun hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sudlar shuni alohida e’tiborga olishi lozimki, IPK 326-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, sud hujjati yangi ochilgan holat bo‘yicha shu hujjatni qabul qilgan iqtisodiy sud tomonidan qayta ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining sud hujjatini, agar u apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyalarida o‘zgartirilmagan yoki yangi qaror qabul qilinmagan bo‘lsa, faqat shu sud instansiyasi qayta ko‘rib chiqishga haqli. Basharti birinchi instansiya sudining sud hujjati o‘zgartirilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa, yangi ochilgan holatlar bo‘yicha apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyalarining sud hujjati IPK 326-moddasining ikkinchi qismiga binoan o‘zgartirgan yoki bekor qilgan instansiya tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sud hujjati bekor qilinib, ish yangidan ko‘rilayotganda sud tarkibi to‘g‘risidagi masalani hal qilish zaruriyati tug‘ilsa, sudlar IPK 19-moddasi qoidalaridan kelib chiqishlari lozim.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. IPK 332-moddasiga muvofiq, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani iqtisodiy sud u kelib tushgan kundan boshlab bir oylik muddatda sud majlisida ko‘rib chiqadi. Bunda sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza yuzasidan birinchi sud majlisi arizani ish yuritishga qabul qilish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi lozim. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida IPK 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilinadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning e’tibori sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi ariza bilan murojaat etgan shaxs arizasidan voz kechishi mumkinligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizadan voz kechish qabul qilingan taqdirda sud IPK 110-moddasining 6-bandiga mos holda ariza bo‘yicha ish yuritishni tugatadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizadan voz kechgan shaxs ayni shu asos bilan murojaat qilishga haqli emas.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. IPKning 333-moddasiga binoan iqtisodiy sud sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani ko‘rib chiqib, uni qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi yoki arizani qanoatlantirishni rad etadi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish haqidagi arizani IPK 107-moddasining 3 va 8-bandlariga mos holda ko‘rmasdan qoldirish yoki ariza bo‘yicha ish yuritishni IPK 110-moddasining 4 — 6-bandlariga mos holda tugatish mumkin.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan ajrim ustidan umumiy tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha chiqarilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari taftish instansiyasining ajrimi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat (protest) berilishi mumkin.
(14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Shuni nazarda tutish lozimki, IPK 333-moddasining to‘rtinchi qismiga muvofiq sud hujjati yangi ochilgan holatlar bo‘yicha bekor qilingan taqdirda, ilgari o‘zi qabul qilgan sud hujjatini bekor qilgan sudning o‘zi ishni IPKda belgilangan umumiy tartibda ko‘radi. Bunday holatda ishni ko‘rishda IPKning tegishlicha birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalari sudida ish yuritishni tartibga soladigan qoidalari qo‘llaniladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi ochilgan holat bo‘yicha sud hujjati bekor qilingan taqdirda, iqtisodiy sud, imkoniyat mavjud bo‘lganda hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlarini qat’iy ta’minlagan, ya’ni ularni sud majlisi vaqti va joyi haqida tegishli tartibda xabardor qilgan holda, dastlabki sud qarorini bekor qilish haqida ajrim chiqarilgandan so‘ng bevosita shu sud majlisida ishni mazmunan ko‘rib chiqishga haqlidir.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudining ish yurituvida bo‘lgan vaqtda yangi ochilgan holat bo‘yicha ishni qayta ko‘rib chiqish haqida ariza kelib tushsa, bu sud shikoyatni ko‘rib chiqishni yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish natijalari olingunga qadar to‘xtatib turadi va ishni sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish haqidagi ariza kelib tushgan tegishli instansiya sudiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud hujjati yangi ochilgan holat bo‘yicha bekor qilinsa, yuqori instansiya sudi shikoyat bo‘yicha ish yuritishni IPK 273-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 296-moddasi birinchi qismining 1-bandi, 3242-moddasi birinchi qismining 2-bandiga mos holda tugatadi.
(16-bandning O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161. Sud hujjatining yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, yuqori turuvchi sud bir vaqtning o‘zida arizada yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish so‘ralgan qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini ham bekor qiladi va ishni sud hujjati bekor qilingan tegishli sudga mazmunan ko‘rish uchun yuboradi.
(161-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162. Agar yuqori instansiya sudi sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest)ni ko‘rishda ushbu ajrimni asossiz ekanligi haqida xulosaga kelsa, uni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va shu bilan birga sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirishni rad etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi arizani qanoatlantirish haqidagi ajrim ustidan berilgan shikoyat (protest) ko‘rilgunga qadar ish bo‘yicha yangi sud hujjati qabul qilingan bo‘lsa, yangi sud hujjatiga nisbatan shikoyat (protest) berilgan yoki berilmaganligidan qat’iy nazar ushbu sud hujjati bekor qilingan ajrim asosida qabul qilinganligi sababli u ham bekor qilinadi.
(162-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Amaldagi qonunchilikka binoan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rib chiqish haqidagi ariza, shuningdek arizani qaytarish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimlar ustidan beriladigan shikoyatlarga davlat boji to‘lanmaydi, pochta xarajatlari hamda sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlari bundan mustasno.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining 2016-yil 23-dekabrdagi 307-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 25-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111-son