Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Ichki bozorda sotilayotgan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YoAJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 21-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2126-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 14-iyuldagi 59, 2010-29-son “Ichki bozorda sotilayotgan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YoAJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2126, 2010-yil 27-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 257-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 8-iyul,
49-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 8-iyul,
2016-26-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Ichki bozorda sotilayotgan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” YoAJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
a) nomi va 1-banddagi “YoAJ” qisqartmasi “AJ” qisqartmasi bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:”.
2. Nizomda:
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ichki bozorda sotilayotgan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz soligʻini hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.”;
“5. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq hisoblangan aksiz soligʻi summasi, avtomobillarni sotishdan olinadigan tushum bilan birgalikda, “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning aksiz soligʻi maxsus bank hisobvaragʻiga bir vaqtda oʻtkaziladi.”.
6. Xorijiy valyutadagi xalqaro plastik kartochkalardan foydalangan holda avtomobillar sotilganda, avtomobil uchun toʻlov summasi toʻlov oʻtkazilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha ichki bozorda amalda boʻlgan chakana narxiga ekvivalent miqdorda xaridorlar tomonidan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning tranzit valyuta hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.Bunda, “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ milliy valyutadagi oʻz pul mablagʻlari hisobidan:
aksiz soligʻi summasini — “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning aksiz soligʻi maxsus bank hisobvaragʻiga;
dilerning komission mukofot summasini — dilerning talab qilib olinguncha boʻlgan depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi.”;
“8. “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning aksiz soligʻi maxsus bank hisobvaragʻidan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay koʻchiriladi.
9. Aksiz soligʻining hisob-kitobi dilerlar tomonidan soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga, ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzavtosanoat” AK bilan kelishilgan.
“Oʻzavtosanoat” AK raisi U. ROZUKULOV
2016-yil 8-iyul
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 29-son, 358-modda)