OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
IChKI BOZORDA SOTILAYOTGAN “JENERAL MOTORS OʻZBEKISTON” AJ TOMONIDAN IShLAB ChIQARILGAN AVTOMOBILLARGA AKSIZ SOLIGʻINI HISOBLASh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 27-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2126]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
1. Ichki bozorda sotilayotgan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-iyul,
59-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2010-yil 14-iyul,
2010-29-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 14-iyuldagi 59, 2010-29-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ichki bozorda sotilayotgan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 22-dekabrdagi PQ-2455-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ichki bozorda sotilayotgan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz soligʻini hisoblash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
I. Aksiz soligʻini toʻlovchilar
1. Aksiz soligʻini toʻlovchilar “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarni “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ bilan tuzilgan savdo-dilerlik kelishuvlari (matnda — “dilerlar”) asosida sotuvchi yuridik shaxslardir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
II. Soliq solish obyekti va soliq solinadigan baza
2. Aksiz soligʻi boʻyicha soliqqa tortish obyekti boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq soliqqa tortiladigan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni sotish hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
3. Aksiz soligʻini hisoblashda soliq solinadigan baza boʻlib, “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarni dilerlar tomonidan respublika ichida sotiladigan, dilerning komission mukofotini chegirib tashlagan holdagi qiymati hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
III. Aksiz soligʻi mablagʻlarini hisoblash va jamlash tartibi
4. Sotilgan avtomobilga aksiz soligʻi summasi quyidagi formula orqali hisoblanadi:
S — aksiz soligʻi summasi;
N — soliq solish bazasi;
A — aksiz soligʻi stavkasi.
Misol: Diler tomonidan “MX B0” modifikatsiyali “Matiz BEST” rusumli avtomobil 11 363,38 ming soʻm chakana narxga sotilgan boʻlib, ushbu summa 222,81 ming soʻmga teng boʻlgan dilerning komission mukofot pulini ham oʻz ichiga olgan. Aksiz soligʻining stavkasi 29% ga teng. Soliq solish bazasi 11 140,57 ming soʻmni (11 363,38 - 222,81) tashkil etadi. Shunda aksiz soligʻi summasi 2 504,47 ming soʻmni (11 140,57*29/129) tashkil etadi.
5. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq hisoblangan aksiz soligʻi summasi, avtomobillarni sotishdan olinadigan tushum bilan birgalikda, “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning aksiz soligʻi maxsus bank hisobvaragʻiga bir vaqtda oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
6. Xorijiy valyutadagi xalqaro plastik kartochkalardan foydalangan holda avtomobillar sotilganda, avtomobil uchun toʻlov summasi toʻlov oʻtkazilgan kundagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi boʻyicha ichki bozorda amalda boʻlgan chakana narxiga ekvivalent miqdorda xaridorlar tomonidan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning tranzit valyuta hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Bunda, “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ milliy valyutadagi oʻz pul mablagʻlari hisobidan:
aksiz soligʻi summasini — “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning aksiz soligʻi maxsus bank hisobvaragʻiga;
dilerning komission mukofot summasini — dilerning talab qilib olinguncha boʻlgan depozit hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
7. “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ bilan dilerlar orasidagi oʻzaro hisob-kitoblarning holati savdo-dilerlik kelishuvlari shartlariga muvofiq har oylik solishtirma dalolatnomalar tuzish orqali nazorat qilib boriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
8. “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJning aksiz soligʻi maxsus bank hisobvaragʻidan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda hisob-kitoblarni topshirish muddatlaridan kechiktirmay koʻchiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
IV. Hisob-kitobni taqdim etish tartibi
9. Aksiz soligʻining hisob-kitobi dilerlar tomonidan soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga, ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda har oyda, soliq davridan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
V. Yakuniy qoidalar
10. Aksiz soligʻini toʻgʻri hisoblash va toʻlash hamda davlat soliq xizmati organlariga oʻz vaqtida hisob-kitoblarni taqdim etish boʻyicha masʼuliyat qonunchilikka muvofiq, dilerlar zimmasidadir.
11. Aksiz soligʻi mablagʻlarini toʻgʻri hisoblanishi va toʻlanishi boʻyicha nazorat davlat soliq xizmati organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, ushbu Nizom va qonunchilikning boshqa hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
12. Ushbu Nizom “Oʻzavtosanoat” AK bilan kelishilgan.
“Oʻzavtosanoat” AK Boshqaruv raisi U. ROZUQULOV
2010-yil 14-iyul
Ichki bozorda sotilayotgan “Jeneral Motors Oʻzbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarga aksiz soligʻini hisoblash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
| Yuridik shaxsning tamgʻasi | | | | | | | | | | |||||
| Davlat soliq inspeksiyasiga _____________________tuman (shahar) | ||||||||||||||
| Soliq toʻlovchi ___________________________________________ | ||||||||||||||
| | | |
(tashkilot nomi) | |||||||||||
| | | | | | | | | | | | | | ||
| STIR | | | | | | | | | | | | | | |
| | | | | | | | | | | | | | | |
| Telefon ___________________________________________________ | ||||||||||||||
| Toʻlovchining manzili________________________________________ | ||||||||||||||
| Hisob raqami № ____________________________________________ | ||||||||||||||
| | | |
(bank nomi, kod) | |||||||||||
|
20__ yil uchun ichki bozorda sotilayotgan | |||||||
| | | | | | |
(soʻm) | |
|
Avtomobil modellari |
Bitta avtomobilning chakana narxi |
Bitta avtomobilga nisbatan soliq bazasi (dilerning komission mukofot summasini chegirgan holdagi avtomobilning chakana narxi) |
Aksiz soligʻi stavkasi, % |
Bitta avtomobilga aksiz soligʻi |
Shu modeldagi va modifikatsiyadagi sotilgan avtomobillar soni, dona |
Aksiz soligʻi summasi (gr. 6 X gr. 7) | |
|
Model nomi |
Opsiyasi | ||||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 |
| | | | | | | | |
| | | | | | | | |
| | | | | | | | |
| | | | | | | | |
| | | | | | | | |
| | | | | | | | |
Hammasi boʻlib hisoblandi |
| | | | | ||
| Rahbar | |
_________________________ |
| | | ||
|
F.I.Sh |
| | | ||||
| Bosh buxgalter |
_________________________ |
| | | |||
| | |
F.I.Sh |
| | | ||
| 20___ yil “___”__________ |
M.Oʻ. |
| | | | ||
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2016-yil 8-iyuldagi 49, 2016-26-sonli (roʻyxat raqami 2126-1, 21.07.2016-y.) qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 29-son, 358-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 30-son, 257-modda; 2016-y., 29-son, 358-modda)