Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAMDA AYRIMLARINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻGʻRISIDA
“Xoʻjalik shirkatlari toʻgʻrisida” va “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Obyektlarning xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1994-yil 18-iyuldagi 366-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 7-son, 35-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-sentabr,
317-son
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat korxonalarini qayta oʻzgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish va muomalaga chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning I boʻlimida “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida” soʻzlari “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12-oktabrdagi 398-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 10-son 39-modda; 2000-y., 10-son 69-modda; 2001-y., 8-son 47-modda) bilan tasdiqlangan Xoldinglar toʻgʻrisidagi nizomning muqaddimasida va I boʻlimi 5-bandida “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida” va “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida” soʻzlari tegishli ravishda “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” va “Raqobat va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qarorida:
a) 2-ilovaning 2-bandidan (Investitsiya fondlari toʻgʻrisidagi nizom) “Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”, “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
b) 4-ilovaning 2-bandidan (Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi toʻgʻrisidagi nizom):
“Oʻzbekiston Respublikasidagi korxonalar toʻgʻrisida”, “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida” soʻzlaridan keyin “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida” soʻzlari qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-iyuldagi 145-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 30-son, 292-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 17-18-son, 135-modda; 2006-y., 30-son, 292-modda; 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 52-son, 568-modda)