Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2002 18.07.1994 yildagi 366-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.09.2002
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OBYEKTLARNING XOʻJALIK JAMIYATLARI VA ShIRKATLARI TARKIBIDAN ChIQIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasining koʻp ukladli iqtisodiyotini shakllantirish jarayonini samarali tashkil etishni taʼminlash, xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari asosida tadbirkorlikni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarning xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqishi tartibi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 18-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 18-iyuldagi 366-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarning xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqishi tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom bir yoki bir nechta tarkibiy boʻlinmalar (obyektlar)ning xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqishi tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Obyektlarning mavjud xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari tarkibidan chiqishi uchun quyidagilar asos boʻlib hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyat yoki shirkatdan chiqish toʻgʻrisida xohish bildirgan obyekt mehnat jamoasi aʼzolari umumiy yigʻilishining qarori. Agar qaror uchun obyekt mehnat jamoasi aʼzolarining kamida 2/3 qismi ovoz bergan boʻlsa u qabul qilingan hisoblanadi. Qarorga imzo chekilgan varaqa ilova qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik jamiyati yoki shirkati aksionerlari yoki paychilari umumiy yigʻilishi (konferensiyasi)ning qarori. Umumiy yigʻilish (konferensiya)da kamida 60 foiz ovozga ega boʻlgan aksionerlar yoki paychilar qatnashgan boʻlsa u qonuniy hisoblanadi. Obyektning chiqishi toʻgʻrisidagi, obyektni toʻgʻridan toʻgʻrioldi-sotdi yoʻli bilan yoki kimoshdi savdosi orqali sotish shakli haqidagi qaror, agar yigʻilish (konferensiya)da qatnashayotganlarning 3/4 qismi uni yoqlab ovoz bergan boʻlsa, qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik jamiyati yoki shirkati boshqaruviga jamiyat yoki shirkat tarkibidan chiqish xohishini bildirgan obyekt mehnat jamoasi umumiy yigʻilishining bayoni bilan birga ariza beriladi. Mana shu paytdan boshlab jamiyat yoki shirkat boshqaruviga, uning boshqaruvining boshqa organlariga qayta tashkil etish, tugatish, tuzilmani, shtat jadvalini oʻzgartirish, mol-mulkni balansdan balansga yoki mana shu obyektning tarkibiga berish, shuningdek, uning xodimlarini boʻshatish (oʻz arizasiga koʻra ishdan boʻshashdan tashqari) taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Obyektning xoʻjalik jamiyati yoki shirkati tarkibidan chiqishi “Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 38-moddasining 2 va 5-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ajralib chiqadigan obyektga ayirish dalolatnomasi (balansi) bilan berilgan mol-mul bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan jamiyat yoki shirkatning tegishli qismlardagi mulkiy huquq va majburiyatlari ham oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyektning chiqishi toʻgʻrisidagi zarur hujjatlar turkumini tayyorlash va toʻplashga oid ishlar bevosita ushbu xoʻjalik jamiyatida yoki shirkatida tashkil etiladi. Ushbu maqsadlarda xoʻjalik jamiyati yoki shirkati boshqaruvi umumiy yigʻilish (konferensiya) qaroriga muvofiq komissiya tashkil etishi shart. Komissiya barcha zarur ishlarni amalga oshirib, mulkning tarkibini va narxini, mazkur obyektning xoʻjalik jamiyati va shirkati mulkidagi haqiqiy ulushini belgilaydi, obyektning chiqishi bilan bogʻliq tadbirlar rejasini, ayirish balansini, oʻzaro hisob-kitoblar tartibini ishlab chiqadi va ularni tasdiqlash uchun boshqaruvga kiritadi. Komissiya tarkibiga jamiyat yoki shirkat tarkibidan chiqish xohishini bildirgan obyekt mehnat jamoasidan kamida ikkita vakil kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Obyektning yoki xoʻjalik jamiyati (shirkati)ning arizasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmasi maslahat ishlarini tashkil etadi, zaruriyat boʻlsa, komissiya ishida qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mulkni baholash inventarizatsiya qilish, asosiy fondlarning jamiyat tashkil etilgan va obyekt chiqayotgan paytdagi qiymatini aniqlash, asosiy fondlar qismidagi ular tomonidan qoʻshilgan mablagʻlar ulushini chegaralash, aylanma mablagʻlarni berish shartlarini belgilash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq yangidan tashkil etilayotgan obyektning xoʻjalik jamiyati yoki shirkati tarkibidan chiqish paytidagi ustav fondi aniqlanadi, ustav fondi xoʻjalik jamiyati yoki shirkatining ustav fondini kamaytirish hisobiga shakllanadi, ayirish balansi va jamoa tomonidan qoʻyilgan mablagʻlar hisobga olingan holda uning sotib olish bahosi tuziladi, xoʻjalik jamiyati yoki shirkati bilan yangi mulk egasi oʻrtasida oldi-sotdi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi, obyektni qayta tashkil etish boʻyicha reja-tadbir, uning tarmoq ixtisoslashuvini saqlab qolish toʻgʻrisida bitim tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda komissiya tomonidan Davlat mulki qoʻmitasi va yangi mulkdorlar tarkibidan chiqayotgan xoʻjalik jamiyatlari schyotiga toʻlanishi kerak boʻlgan mablagʻlar aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq ixtisoslashuvi boʻyicha bitim xoʻjalik jamiyati yoki shirkati, yangi xoʻjalik yurituvchi subyekt, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan taqdirda esa, shuningdek, Davlat mulki qoʻmitasining tegishli boʻlinmalari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik jamiyati va shirkati tarkibidan chiqayotgan obyektlarga tegishlicha foyda va zararlar, ishlarni moliyaviy taʼminlash manbalari, ushbu obyektlarga aloqador boʻlgan yoki umumiy faoliyatdan bevosita kelib chiquvchi fondlar yoki ularning bir qismi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Obyekt (tarkibiy boʻlinma) aksionerlik jamiyati tarkibidan chiqishida ajralib chiqayotgan tuzilmaning aksionerlari aksionerlik jamiyati boshqaruviga kirim orderi (dalolatnomasi) boʻyicha har bir aksionerlari ularning nominal qiymatini toʻlagan holda oʻz aksiyalarini topshirishga majburdirlar. Aksiyalar ajralib chiqqan obyekt mol-mulkining butun summasiga topshirilishi kerak. Qayd etib oʻtilgan aksiyalar majburiy tartibda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarkibiy boʻlinma ajralib chiqqan aksionerlik jamiyatining ustav fondi chiqib ketgan tarkibiy boʻlinmaga tegishli boʻlgan bekor qilingan aksiyalar qiymatiga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi subyekt aksionerlik jamiyati maqomiga ega boʻlar ekan yangidan tashkil etilgan jamiyatning aksiyalari muomalaga chiqarilishini taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Obyektlarni topshirishni rasmiylashtirish tegishli dalolatnoma tuzish yoʻli bilan amalga oshiriladi, Dalolatnomaga quyidagilar ilova qilingan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) topshirish balansi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) buxgalteriya hisoboti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tegishli ulushni sotib olganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Binolar va inshootlarni berishda ularga xizmat koʻrsatish uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilishi tugallanmagan binolar va inshootlar mukammal qurilish va mablagʻ bilan taʼminlash rejalari, materiallar va asbob-uskunalar hamda loyiha-smeta hujjatlari bilan birga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzaro hisob-kitoblar xoʻjalik jamiyati va shirkati hamda chiqayotgan obyektning budjet bilan oʻzaro munosabatlariga (soliqlar, poshlinalar boʻyicha) aniqliklar kiritilgandan soʻng tugallangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Obyektning chiqishiga oid barcha ishlar xoʻjalik jamiyati yoki shirkati boshqaruviga mehnat jamoasi umumiy yigʻilishining bayoni bilan birgalikda ariza berilgan vaqtdan boshlab bir oy davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Chiqqan obyekt oʻzi joylashgan joydagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtadi va yuridik shaxs huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Obyektni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Obyektlarning xoʻjalik jamiyati yoki shirkati .tarkibidan chiqishi ularning yuridik maqomining oʻzgarishiga olib kelmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Obyektlarning xoʻjalik jamiyati yoki shirkati tarkibidan chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan nizolar sud organlarida hal etiladi.