Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025 21.05.1999 yildagi 263-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.04.2025
Hujjat 02.10.2008 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-apreldagi 247-sonli “Boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, korporativ qimmatli qogʻozlarni saqlash, hisobga olish va ular harakatining yagona tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining oʻz faoliyatini tezkor boshqarish huquqida va xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan daromadlar hamda boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiradigan davlat unitar korxonasi shaklidagi Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi (keyingi oʻrinlarda Markaziy depozitariy deb ataladi)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, quyidagilar Markaziy depozitariyning mutlaq funksiyalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emissiyaviy qimmatli qogʻozlarni hisobga qoʻyish, davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emissiyaviy naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlarni saqlash, davlat emissiyaviy naqd boʻlmagan qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi sifatida aksiyalar egalarining reyestrlarini hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga saqlash uchun berilgan qimmatli qogʻozlarga nisbatan davlat huquqlarini, shuningdek davlat tomonidan qimmatli qogʻozlarni boshqarish vakolati berilgan shaxslarning qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitariylarning vakillik hisob raqamlarini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilarining unga saqlash uchun berilgan qimmatli qogʻozlari savdoga qoʻyilishidan oldin ularning mavjudligini va haqiqiy ekanligini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja va birjadan tashqari savdolarda tuzilgan bitishuvlarga muvofiq savdolar qatnashchilariga unga saqlash uchun berilgan qimmatli qogʻozlarning yetkazib berilishini taʼminlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash, davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga chiqarilgan qimmatli qogʻozlarni hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qogʻozlarga nisbatan huquqlarni hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitariylar deponentlarining yagona bazasini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitariylardagi depo hisobvaraqlari boʻyicha emissiyaviy qimmatli qogʻozlar (davlat emissiyaviy qimmatli qogʻozlari bundan mustasno) harakati toʻgʻrisidagi axborotlarni jamlash va turkumlashtirish.
(1 va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatli qogʻozlar nominal saqlovchilaridan aksiyalar egalarining reyestrlarini hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlarini shakllantirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni soʻrash va olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar egalari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining muayyan sanadagi holatiga koʻra shakllantirilgan reyestrlarini saqlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar egalarining reyestrlari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi maʼlumotlarni qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyalar egalarining reyestrlari hamda korporativ obligatsiyalar egalarining reyestrlaridagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy markaziy roʻyxatdan oʻtkazuvchi funksiyalarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin”;
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligiga hisobot beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariyning joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash uning Ustavga muvofiq koʻrsatiladigan depozitar va boshqa xizmatlari uchun olinadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy faoliyatiga rahbarlik qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Bosh direktor va uning oʻrinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markaziy depozitariyning xodimlar cheklangan soni 98 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 1-ilovaga muvofiq, “Vaqt” milliy depozitariysi xodimlari soni doirasida tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Vaqt” milliy depozitariysi aksiyadorlarining umumiy yigʻilishi tomonidan 1999-yil 1-yanvardagi qoldiq qiymati boʻyicha 138,0 mln soʻm miqdoridagi asosiy va aylanma mablagʻlar koʻrinishidagi aksiyadorlik jamiyati mol-mulkining bir qismi, keyinchalik Markaziy depozitariyning ustav fondiga ulush sifatida qoʻshish uchun, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan sotib olinishi haqidagi taklif qoʻllab-quvvatlanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Vaqt” milliy depozitariysi bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan bitishuvni bir hafta muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirsin va oʻzaro majburiyatlar bajarilishini nazarda tutgan holda bir oy muddatda uni tugallasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, mol-mulkning koʻrsatib oʻtilgan qismi, sarflangan summa Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan keyinchalik uch yildan oshmaydigan muddatda “Vaqt” milliy depozitariysining davlatga tegishli aksiyalarini sotish hisobiga respublika budjetiga qaytarilgan holda, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablagʻlar hisobiga sotib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligining Markaziy depozitariy ustav fondining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Vaqt” milliy depozitariysining Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan sotib olingan texnikaviy va aylanma mablagʻlar koʻrinishidagi mol-mulki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan institutsional qayta oʻzgartirishlar boʻyicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzi boʻyicha qolgan mablagʻlar hisobiga sotib olinadigan 97 ming AQSH dollari miqdoridagi dasturiy mablagʻlar hisobiga shakllantirilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariyga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiyadorlik jamiyatlariga ular tomonidan korporativ xatti-harakatlarni amalga oshirishda hamda qimmatli qogʻozlar emissiyasini tayyorlashda maslahat xizmatlari koʻrsatishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldindan haq undirmasdan amalda koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq olgan holda depozitar xizmatlar koʻrsatishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan uning ixtiyorida qoladigan mablagʻlarning bir qismini Markaziy depozitariyning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yoʻnaltirishga ruxsat berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 40-41-son, 412-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Moliya vazirligi Davlat markaziy depozitariysi Ustavini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markaziy depozitariy oʻz faoliyatini qonun hujjatlari bilan unga yuklangan vazifalarga muvofiq uch oy muddatda tashkil etsin. Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida shu yil avgust oyida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslarning “Depo” hisobvaraqlari xizmat koʻrsatish uchun boshqa depozitariylarga oʻtkazilgunga qadar boʻlgan davrda ushbu hisobvaraqlarni yuritish va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha “Vaqt” milliy depozitariysining huquq va majburiyatlarini Markaziy depozitariy oʻziga rasmiylashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Markaziy depozitariy bilan birgalikda uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
depozitar hisobga olish, saqlash va depozitariylarning hisobot berishi qoidalariga rioya qilgan holda texnologiyalar, dasturiy taʼminlashning zarur darajasiga ega boʻlgan ikkinchi bosqich depozitariylari shakllantirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilarining depozitar, kliring va savdo tizimlari oʻzaro munosabatlarining amaldagi texnologiyasi va sxemasi boʻyicha oʻzaro hamkorligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bir oy muddatda “Vaqt” milliy depozitariysida va uning filiallarida saqlanayotgan va hisobga olingan qimmatli qogʻozlarni xatlash boʻyicha komissiya tashkil etsin hamda ularni Markaziy depozitariyga oʻtkazish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Vaqt” milliy depozitariysi, uning texnologiyalari, dasturiy taʼminoti va iqtisodiy normativlari Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining normativ hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgan holda, ikkinchi bosqich depozitariyga aylantirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Markaziy depozitariy apparati Toshkent shahar, Buxoro koʻchasidagi 10-uyga joylashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Markaziy depozitariyni belgilangan tartibda zarur telefon va kommunikativ aloqa bilan, shu jumladan uchta Hukumat aloqasi telefoni bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin va ularga oʻzgartirishlar, toʻldirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 21-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-maydagi 263-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy depozitariy
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
21-maydagi 263-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining oʻz kuchini yoʻqotgan va oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritiladigan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va qiymatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori 4-bandining ikkinchi xatboshi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishga oid tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 15-iyundagi 221-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 6-son, 21-modda) 6-bandining birinchi xatboshi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qaroriga 2-ilova — “Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibi”da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. 4.1-bandning yettinchi xatboshidagi “Vaqt” milliy depozitariysi” soʻzlari “Markaziy depozitariy” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. 5.1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalar paketlari yuridik va jismoniy shaxslarga birjadan tashqari bozorda investitsiya, tender savdolari yoki qonun hujjatlariga muvofiq ochiq kimoshdi savdosi shartlarida qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari tomonidan shakllantiriladigan elektron savdolar tizimini tashkil etish yoʻli bilan sotiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. 5.5-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xususiylashtirilayotgan korxonalarning birjadan tashqari investitsiya, tender yoki qonun hujjatlariga muvofiq kimoshdi savdosi shartlarida qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari tomonidan tashkil etilgan elektron savdolariga qoʻyiladigan aksiyalari paketlari vakil qilingan agentning yozma topshirigʻi asosida Markaziy depozitariy tomonidan Davlat mulki qoʻmitasining “Depo” schyotida yoki uning hududiy boshqarmalari schyotida zaxiraga qoʻyiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. 5.6-banddagi “Milliy depozitariy yoki boshqa” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.5. 10.1-bandning ikkinchi xatboshidagi “depozitariy”ga soʻzidan oldin “Markaziy” soʻzi qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibi”ga 1-ilova – “Aksiyalarni sotishga qoʻyish huquqi uchun buyurtmanomalar tanlovini oʻtkazish qoidalari” 11-bandining ikkinchi xatboshidagi “Milliy” soʻzi “Markaziy” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Aksiyalar paketlarini joylashtirishni takomillashtirish hamda davlat mulki negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda aksiyadorlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 18-avgustdagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari bilan birja va birjadan tashqari bozorlarda bitishuvlarni amalga oshirish tartibi”ga 3-ilova – “Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalarini fond birjasi orqali joylashtirishda bozor qatnashchilari oʻzaro harakatlari sxemasi”da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemaning 9-bandidagi “depozitariy” soʻzidan oldin “Markaziy” soʻzi qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sxemaga tushuntirishlarning 8.8a-bandidagi “depozitariy” soʻzidan oldin “Markaziy” soʻzi qoʻshilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 6-maydagi 195-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston fond bozorini xalqaro sarmoya bozoriga integratsiyalash boʻyicha bosqichma-bosqich harakat qilish rejasi”da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bosqich uchinchi bandining uchinchi va toʻrtinchi ustunlaridagi, II bosqich toʻrtinchi bandining toʻrtinchi ustunidagi “Vaqt” milliy depozitariysiga koʻrsatmalar Markaziy depozitariyga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish kengashi tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 15-sentabrdagi 395-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorga 1-ilovadagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish kengashi tarkibiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Markaziy depozitariy bosh direktori — lavozim boʻyicha” oxirgi xatboshi qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarorga 2-ilova — “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining Apellyatsiyalarni koʻrib chiqish kengashi toʻgʻrisida nizom”ning 8-bandidagi “7” raqami “8” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qarori bilan tasdiqlangan 2-ilova “Investitsiya fondlari toʻgʻrisida nizom”ning 51-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Investitsiya fondi aksiyalarining har bir chiqarilishi hisobi depozitariyda yuritiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qaroriga 3-ilova bilan tasdiqlangan “Xususiylashtirish investitsiya fondlari toʻgʻrisida nizom”ning 27, 29, 36-bandlaridagi “Vaqt” milliy depozitariysiga koʻrsatmalar Markaziy depozitariyga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 29-yanvardagi 54-f-son farmoyishiga 3-ilova 9-bandining “b” kichik bandidagi “Vaqt” milliy depozitariysi va uning filiallariga” soʻzlari “Markaziy depozitariyga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat korxonalarini ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirishga oid tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1995-yil 15-iyundagi 221-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 6-son, 21-modda)ga 1-ilova 9 va 10-bandlaridagi Milliy depozitariyga koʻrsatmalar Markaziy depozitariyga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 5-son, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 40-41-son, 412-modda; 2009-y., 6-son, 51-modda; 2014-y., 31-son, 380-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda, 39-son, 507-modda; 2017-y., 25-son, 543-modda, 38-son, 1047-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)