Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2016-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y, 34-son, 333-modda)da belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2016-yilda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil 9-son 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga quyiladigan talablarni belgilash maqsadida ishchi guruhi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
2. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish (2-ilovaga* muvofiq) xodimlar soni 20 nafardan ortiq kishini tashkil etadigan korxonalar uchun 7 foiz (114 kishi), shundan nogironlar uchun ish oʻrinlarining eng kam soniga muvofiq 3 foiz (11 kishi) miqdorida va 4 foiz ( 103 kishi) uchun ish joylarini band qilib quyish yoki barpo etish belgilansin.
Jumladan, umumiy band qilib quyilgan yoki barpo etiladigan ish joylariga nisbatan:
a) yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 19 foiz (22 kishi);
b) taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 45 foiz (52 kishi);
v) muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 8 foiz (10 kishi);
g) Pensiya yoshga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 6 foiz (7 kishi);
d) jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar uchun 6 foiz ( 7 kishi);
e) ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynaladigan shaxslarning boshqa toifalari uchun 4 foiz ( 5 kishi);
yo) nogironlar uchun 3 foiz (11 kishi).
3. 2016-yilda band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash maqsadida maxsus ishchi guruhi 1-ilovaga, 2016-yil uchun band qilib qoʻyish lozim boʻlgan korxonalar roʻyxati 2-ilovaga, korxona, muassasa va tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga berib boradigan axboroti 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
4. Tumandagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar 2016-yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi xajmda ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini, tayyor boʻlishini hamda bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha yozma ravishda axborot berishni taʼminlasin.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirib, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yilning birinchi choragi tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish topshirilsin.
6. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom”ning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bidan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan korxona tashkilot va muassasalar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarining bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaz direktori A. Saparovga bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
9. Chiroqchi tuman hokimining 2014-yil 19-sentabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi X-652/09- sonli qarori 2015-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Sh. Xusainov zimmasiga yuklatilsin.
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim R. KOMILOV
Chiroqchi t.,
2015-yil 30-sentabr,
X-724/09-son