Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
MAShINASOZLIK TARMOGʻINI ISLOH QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF–3366-son Farmoniga muvofiq hamda mashinasozlik tarmogʻida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va raqobatni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Oʻzmashsanoat” uyushmasi qatnashchilari umumiy yigʻilishi tomonidan uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzmashsanoat” uyushmasini tugatish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi komissiya tashkil etilsin.
Ishchi komissiya ikki oy muddatda “Oʻzmashsanoat” uyushmasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish chora-tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ishchi komissiya bilan birgalikda “Oʻzmashsanoat” uyushmasi tugatilishi munosabati bilan boʻshab qolayotgan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
4. Tugatilayotgan “Oʻzmashsanoat” uyushmasi tarkibiga kirgan korxonalarning aksiyalarining davlat paketlari ular professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgungacha 2-ilovaga muvofiq kompaniyalar va uyushmalarga berilsin.
5. “Vostok” davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi hamda “Toshkent asbobsozlik texnologiya byurosi” davlat unitar korxonasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadigan “Vostok” davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etilsin.
“Vostok” davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda birlashmaning yangi Ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, boshqa vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda idoraviy normativ hujjatlarga hamda 2004-yil uchun moʻljallangan moddiy-qiymat balanslariga mazkur qarordan kelib chiquvchi tegishli oʻzgartirishlar kiritsinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston mashinasozlik korxonalari (“Oʻzmashsanoat”) uyushmasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari toʻgʻrisida” 1994-yil 19-martdagi 147-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-may,
208-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 208-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Oʻzmashsanoat” uyushmasini tugatish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI
| 1. | Sultonov Oʻ.T. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, komissiya raisi |
| 2. | Asqarov M.A. | — | Davlat mulki qoʻmitasining raisi, komissiya raisining oʻrinbosari |
| 3. | Obidov O.O. | — | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri |
| 4. | Hasanov S.S. | — | Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| 5. | Guskova T.N. | — | Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
| 6. | Gadoyev E.F. | — | Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| 7. | Abdurashidov A.A. | — | Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| 8. | Sodiqov X.M. | — | Adliya vazirining oʻrinbosari |
| 9. | Xan A.M. | — | “Oʻzmashsanoat” uyushmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari |
| 10. | Bahromov A.U. | — | “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi |
| 11. | Matchonov R.D. | — | “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi boshqaruvining raisi |
| 12. | Umarov Sh.H. | — | “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi boshqaruvining raisi |
| 13. | Shoismatov E.R. | — | “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi |
| 14. | Voznenko A.N. | — | “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari |
| 15. | Rahimov A.M. | — | Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, komissiya kotibi |
Aksiyalarining davlat paketlari professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqaruvga berilgungacha kompaniyalar va uyushmalarga beriladigan “Oʻzmashsanoat” uyushmasining korxonalari
|
Tugatiladigan “Oʻzmashsanoat” |
Aksiyalarning davlat ulushi, % |
Tarkibiga korxonalar oʻtadigan |
| “Kinap” ishlab chiqarish birlashmasi |
100 |
“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi |
| “Sino” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
25 |
|
| “Oʻzpaxtamash” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
25 |
|
| “Kompressor” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
25 |
“Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi |
| “Toj metall” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
25 |
|
| “Oʻzbektoʻqimachimash” ishlab chiqarish birlashmasi |
100 |
“Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
| “Toshkent kimyo texnologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti” davlat unitar korxonasi |
100 |
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
| “Andijonmash” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
25 |
“Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi |
| “Upakmashavtomat” ochiq aksiyadorlik jamiyati |
25 |
Yogʻ-moy va oziq-ovqat sanoati uyushmasi |
| “Toshkent asbobsozlik texnologik byurosi” davlat unitar korxonasi |
100 |
“Vostok” davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi |
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 18-son, 205-modda; 2004-y., 45-46-son, 471-modda)