Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.05.2004 19.03.1994 yildagi 147-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.05.2004
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

OʻZBEKISTON MAShINASOZLIK KORXONALARI UYuShMASI (“OʻZMAShSANOAT”)NI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-maydagi 208-sonli “Mashinasozlik tarmogʻini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat mashinasozlik konserni (Oʻzdavkonsern)ni va Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash sanoatini ilmiy-texnikaviy taʼminlash davlat konsernini tugatish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-ilovaga muvofiq birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston mashinasozlik korxonalari uyushmasi (“Oʻzmashsanoat”)ni taʼsis etish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzmashsanoat” uyushmasi tomonidan Oʻzbekiston davlat mashinasozlik konserni va Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash sanoatini ilmiy-texnikaviy taʼminlash davlat konserni qabul qilgach majburiyatlar, tuzgan shartnomalar, kontraktlar va ularga tegishli mol-mulklar boʻyicha huquqiy vorislik funksiyalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzmashsanoat” uyushmasi ijro etuvchi apparatining 2-ilovaga muvofiq tuzilmasi va xodimlari soni (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) 67 nafar, shu jumladan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan uyushma raisi hamda uning 3 nafar oʻrinbosari boʻlishiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, ijro etuvchi apparatni mablagʻ bilan taʼminlash uyushma qatnashchilari — birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzmashsanoat” uyushmasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushma taʼsischilarini huquqiy himoya qilish hamda davlat va mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini ifodalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozor konyunkturasi va mahsulot marketingidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasini belgilash, uyushma aʼzolarining — mulkchilikning barcha shakllaridagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini oʻzaro muvofiqlashtirish, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uyushma doirasida raqobatbardoshli mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishni taʼminlaydigan yagona ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini oʻtkazish, mavjud asosiy fondlardan samarali foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzmashsanoat” uyushmasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga 1994-1995-yillarda uyushma tarkibiga kiruvchi davlat korxonalarini, ularni asosan ochiq turdagi aksionerlik uyushmalariga qayta oʻzgartirishni nazarda tutgan holda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻyicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Oʻzmashsansoat” uyushmasiga uyushma aʼzolari — davlat birlashmalari, korxonalari, tashkilotlarini, davlat tasarrufidan chiqarilgandan keyin esa — davlat korxonalari negizida tashkil etilgan, uyushma tarkibiga kiruvchi aksionerlik jamiyatlarini, shirkatlarni davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar)ga muvofiq boshqarish huquqini bersin.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 17-dekabr 525-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzmashsanoat” uyushmasi ikki hafta muddatda Ustav ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda uni qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tugatilayotgan Oʻzbekiston davlat mashinasozlik konserni va Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash sanoatini ilmiy-texnikaviy taʼminlash davlat konsernidagi oʻrnatilgan barcha telefonlarni va aloqa turlarini “Oʻzmashsanoat” uyushmasida saqlab qolsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzmashsanoat” uyushmasi Toshkent shahar, Mustaqillik maydoni, 2-uyda joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston davlat mashinasozlik konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1990-yil 26-oktabrdagi 346-son, “Oʻzbekiston davlat qishloq xoʻjaligi va avtomobil mashinasozligi konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1990-yil 26-oktabrdagi 348-son, “Oʻzbekiston paxtani qayta ishlash sanoatini ilmiy-texnikaviy taʼminlash davlat konsernini tashkil etish toʻgʻrisida” 1990-yil 31-oktabrdagi 353-son, “Oʻzbekiston davlat qishloq xoʻjaligi va avtomobil mashinasozligi paxtani qayta ishlash sanoatini ilmiy-texnikaviy taʼminlash konsernlarining ustavlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1990-yil 26-noyabrdagi 368-son qarorlari va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 17-oktabrdagi 222-f farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari A.N. Voznenko zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1994-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147-son

Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-martdagi 147-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mashinasozlik korxonalari uyushmasi (“Oʻzmashsanoat”)ga kiruvchi ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar, tashkilotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. “Toshkent ekskavator zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Andijongidromash” ishlab chiqarish birlashmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Andijonirmash” zavodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Podyemnik” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Kompressor” zavodi, Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Elbor” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Toshavtomatika” aksionerlik korxonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Samarqand “Sino” sovutgichlar zavodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Kinap” ishlab chiqarish birlashmasi, Samarqand shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent raqamli programmali boshqariladigan metallga ishlov berish uskunalariga texnik xizmat koʻrsatish markazi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Toshkent qadoqlash va joylash tajriba konstruktorlik byurosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Zenit” firma texnik-savdo markazi, Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Toshkent asbobsozlik zavodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Toshkent abraziv zavodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Namangan mashinasozlik zavodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Namangan avtomatlashtirish va mexanizatsiyalashtirish vositalari zavodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. “Oʻzbekkimyomash” zavodi, Chirchiq shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Toshkent asbobsozlik texnologiyasi byurosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Toshkent traktor zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Toshqishloqxoʻjalikmash” ishlab chiqarish birlashmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Texnolog” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Paxtachilik mashinalari davlat maxsus-konstruktorlik byurosi, Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. “Oʻzbekqishloqmash” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Toshkent agregat zavodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “Oʻzitalmotor” Oʻzbekiston—Italiya qoʻshma aksionerlik jamiyati, Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. “Toshkimyoqishloqmash” zavodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. “Chirchiqqishloqxoʻjalikmash” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent viloyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Yangiyoʻl “Normal” qishloq xoʻjaligi texnikasi detallari tajriba-ixtisoslashtirilgan zavodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Urganch “Ozuqamash” ozuqa yigʻuvchi mashinalar zavodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Buxoroixtisoslashtirilgan tajriba zavodi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. “Oʻzbektoʻqimash” ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. “Oʻzbekpaxtamash” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. “4-davlat loyiha instituti” jamoa korxonasi (4-DLI), Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. 4-qurilish-montaj boshqarmasi (4-QMB), Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Toshkent kimyo texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent viloyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. “Vostok” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent shahri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma. Taʼsischilari uyushma aʼzolari boʻlgan ilmiy-ishlab chiqarish va ishlab chiqarish birlashmalari, qoʻshma korxonalar (shu jumladan, xorijiy sarmoyalar ishtirokida) tarkibiga kiruvchi korxonalar uyushma aʼzolari hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1994-yil 19-martdagi 147-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mashinasozlik korxonalari uyushmasi (“Oʻzmashsanoat”) ijro etuvchi apparatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Rahbariyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Marketing, birja faoliyati, kooperatsiya moddiy-texnika resurslari boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarishni rivojlantirish strategiyasi, investitsiyalar va texnik qayta jihozlash boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya, hisob va hisobot, narx belgilash boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar, firmalar va qoʻshma korxonalar ishini muvofiqlashtirish boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-texnik markazli fan va texnika boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy tahlil va ijtimoiy himoya qilish boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarishni rivojlantirish boʻlimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarmoq auditi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlar boshqarmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi boʻlim