Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021 28.10.2015 yildagi X-723/10-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.05.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2016-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida” Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y, 34-son, 333-modda)da belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2015-yil 23-sentabrdagi 245-sonli aloqa xati va tuman hududidagi korxona, tashkilot va muassasalarda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-son, 97-modda)ning 17-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Band qilinishi kerak boʻlgan ish oʻrinlari sonini va ularga qoʻyiladigan talablarni belgilash maqsadida ishchi guruhi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish (2-ilovaga* muvofiq) xodimlar soni 20 nafardan ortiq kishini tashkil etadigan korxonalar uchun jami 7 foiz (127 kishi), shundan nogironlar uchun ish oʻrinlarining eng kam soniga muvofiq 3 foiz (9 kishi) miqdorida va 4 foiz (118 kishi) uchun ish joylarini band qilib qoʻyish yoki barpo etish belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, umumiy band qilib qoʻyilgan yoki barpo etiladigan ish joylariga nisbatan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nogironlar uchun 7,1 foiz (9 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda 14 yoshgacha va nogiron bolalari bor koʻp bolali ota-onalar uchun 25,2 foiz (32 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) taʼlim muassasalarini tugatgan yoshlar uchun 36,2 foiz (46 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilgan shaxslar uchun 10,2 foiz (13 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 6,3 foiz (8 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) jazoni oʻtash muassasalaridan boʻshatilgan shaxslar uchun 3,9 foiz (5 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo) Odam savdosidan jabrlanganlar uchun 2,4 foiz (3 kishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ijtimoiy muhofazaga muhtoj ish topishda qiynaladigan shaxslarning boshqa toifalari uchun 8,7 foiz (11 kishi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlari xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalariga va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironlar uchun salomatligi va mehnat faoliyatiga nisbatan qoʻyiladigan belgilangan talablar hisobga olingan holda mehnat vazifasini toʻsiqsiz bajarish imkonini beruvchi ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoshlar uchun, ular umumtaʼlim muassasalarini tamomlaganlaridan keyin ularning kasb-hunar tayyorgarligiga muvofiq keluvchi ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14 yoshga toʻlmagan bolalari bor yolgʻiz ota, yolgʻiz onalarga hamda koʻp bolali ota-onalarga bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari bajarishni birga qoʻshib olib borish imkonini beruvchi, oʻzgaruvchan jadvalli ish joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qarori bilan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun ularning kasb tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmda ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini va tayyor boʻlishini taʼminlab, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha yozma ravishda axborot berishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib qoʻyish korxona, muassasa, tashkilot (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida taʼminlab, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga birinchi chorak tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qarorda belgilangan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish sonidan ortiqcha ish oʻrinlari tashkil etilganda korxona, muassasa va tashkilotlar uchun qoʻyidagi imtiyozlar belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini Tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdorda ortiqcha tashkil etgan tashkilotlar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarning bir qismini tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan qoplash huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Korxona, muassasa va tashkilotlar har chorakda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga 3-ilovaga* muvofiq axborot berib borish yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaz direktori A. Sariqovga bir hafta muddatda mazkur qarorni ilovalarda koʻrsatilgan korxona, muassasa va tashkilot rahbarlari eʼtiboriga quyidagilar yetkazilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona, muassasa va tashkilotlar tomonidan ish oʻrinlarining band qilib qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu ish oʻrinlariga qarorning 2-bandida koʻrsatilgan shaxslarning ishga joylashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlarining ish oʻrinlarni band qilib qoʻyish boʻyicha qarorini bajarmagan korxona, muassasa va tashkilotlarga jarimalar solish toʻgʻrisida yozma axborotni berib borish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tuman hokimining 2014-yil 13-oktabrdagi X-960/10-sonli qarori 2015-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Meylimurodov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokim X. OMONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirishkor t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X-723/10-son