12.04.2016 yildagi PQ-2520-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bilan muntazam ta’minlash, ichki iste’mol bozorini yil davomida sabzavotlar, kartoshka, meva va poliz mahsulotlari bilan barqaror to‘ldirish, shuningdek, tashqi bozorlarda xaridorgir va raqobatbardosh bo‘lgan ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini ko‘paytirish va turlarini kengaytirish uchun ularni yetishtirish, ishlab chiqarish va xarid qilish bo‘yicha yagona tizimni shakllantirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasining 2016-yilgi hosildan boshlab ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kiradigan xususiy mulk shaklidagi qayta ishlash korxonalarini xom ashyo bilan barqaror ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki iste’mol bozorini qish-bahor mavsumida barqaror ta’minlash maqsadida zaxiraga g‘amlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan ho‘l meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish ushbu mahsulotlarga nisbatan talabdan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyat va tuman hokimliklarining hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha hududiy boshqarma va bo‘limlari zimmasiga — fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirish hajmi bo‘yicha hisob-kitoblarning haqqoniyligini ta’minlash va ular tomonidan tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari bajarilishini monitoring qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi zimmasiga — qish-bahor mavsumi uchun ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni g‘amlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi zimmasiga — ho‘l meva-sabzavotlarni eksport qilish vazifalari va mas’uliyati yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq davlat buyurtmasi doirasida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni sanoat asosida qayta ishlash uchun xarid qilish, mahsulot yetkazib beruvchilar — fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda iste’molchilar — tarkibiga kirgan xususiy mulk shaklidagi qayta ishlash korxonalari o‘rtasida tuziladigan kontraktatsiya shartnomalari asosida shartnoma qiymatining 40 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘nak berish orqali amalga oshiriladi;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum fermer va dehqon xo‘jaliklaridan kelishilgan, bozor narxlarida xarid qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari “O‘zagroeksport” ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi tomonidan xorijiy sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan eksport shartnomalari, shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaliklari, agrofirmalar va qayta ishlash korxonalari o‘rtasida tuziladigan komissiya (vositachilik) shartnomalari bo‘yicha eksport qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini komissiya shartnomalari asosida eksport qilishda komissiya (vositachilik) xizmati uchun to‘lov miqdori 1 foizdan oshmasligi lozim;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning oltinchi — o‘ninchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi to‘g‘risidagi nizomni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin, unda eksportdan valyuta tushumining kafolati va uning belgilangan miqdorda majburiy sotilishini ta’minlaydigan normalar ko‘zda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil uchun ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil uchun davlat buyurtmasi asosida meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum xarid qilish va foydalanish balansi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-martdagi PQ-2505-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan Respublika komissiyasiga (Sh.M. Mirziyoyev) zarur hollarda jahon bozoridagi konyunktura o‘zgarishini inobatga olgan holda meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzum yetishtirishning amaldagi hajmidan kelib chiqib, balans parametrlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Davlat statistika qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda har chorakda Vazirlar Mahkamasiga balans ijrosi haqida ma’lumot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maxsus tashkil etilgan ishchi guruhlari joylarga chiqib, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazgani, ularning barchasi xususiy mulk shaklidagi korxonalar ekanligi va ularning aksariyati zamonaviy texnologiya uskunalari bilan jihozlangani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi o‘tkazilgan inventarizatsiya asosida uch oy muddatda meva-sabzavotlarni chuqur qayta ishlash va tashqi bozorda raqobatbardosh sifatli mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan qayta ishlash korxonalarini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, zamonaviy taraqadoqlash buyumlari ishlab chiqarishni kengaytirishga doir aniq takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi va boshqa tuzilmalarni jalb qilgan holda, shu yilning may oyida yetakchi xorijiy ishlab chiqarish kompaniyalari va ularning dilerlari ishtirokida ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni qayta ishlash bo‘yicha zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar hamda texnologiyalarning ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2019-yilning 1-yanvarigacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni qayta ishlaydigan xususiy mulk shaklidagi korxonalar, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, zamonaviy uskuna va texnologiyalar olib kirishda bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tarkibiga kiradigan qayta ishlash korxonalari Yagona ijtimoiy to‘lovdan tashqari daromad solig‘i, yuridik shaxslar mulk solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalar yagona soliq, davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qo‘yilsinki, ushbu bandga muvofiq soliq va bojxona imtiyozlari berilishi hisobidan bo‘shaydigan mablag‘lardan ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish uchun maqsadli foydalanilishi lozim. Bo‘shagan mablag‘lardan maqsadsiz foydalanilgan taqdirda ular qaytarib olinib, budjet va tegishli davlat maqsadli jamg‘armalariga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, “O‘zagroeksport” kompaniyasi va boshqa manfaatdor tuzilmalarning:
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy yilning iyun oyida Toshkent shahrida 2016-yilgi ho‘l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish uchun Xalqaro meva-sabzavot mahsulotlari yarmarkasini o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro meva-sabzavot mahsulotlari yarmarkalarini o‘tkazish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maydonni tashkil etish va uning bazasida har yili oktabr oyida kelgusi yil uchun eksport shartnomalari tuzishni tashkil qilish maqsadida xorijiy kompaniyalarning faol ishtirokida yarmarka tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi o‘n kun muddatda Xalqaro meva-sabzavot mahsulotlari yarmarkasini har yili o‘tkazishni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, O‘zbekiston Fermerlari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar toifasiga qarab meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni yetishtirish hamda kontraktatsiya shartnomalari asosida xarid qilish hajmi bo‘yicha statistik hisobotlarni tanqidiy ko‘rib chiqsin va bu borada xalqaro tajriba hisobga olingan holda yangi statistik hisobotlar shakllarini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, shuningdek, tegishli statistika organlariga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi “O‘zstandart” agentligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda 2016-yilning 1-mayiga qadar ho‘l meva-sabzavot, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni saqlash, transportda tashish va sotishda tabiiy yo‘qotish normativlarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi, “O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni bir oylik muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 12-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-2520-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil uchun ho‘l meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAVLAT BUYURTMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ming tonna

Hududlar

Davlat buyurtmasining umumiy hajmi

shu jumladan:

fermer xo‘jaliklari

dehqon xo‘jaliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

84,9

57,1

27,9

Andijon viloyati

549,8

368,0

181,8

Buxoro viloyati

287,2

192,5

94,7

Jizzax viloyati

169,2

107,6

61,7

Qashqadaryo viloyati

218,5

138,6

79,9

Navoiy viloyati

122,5

78,8

43,7

Namangan viloyati

275,2

190,1

85,1

Samarqand viloyati

718,4

371,1

347,4

Surxondaryo viloyati

321,4

237,1

84,3

Sirdaryo viloyati

126,4

101,6

24,9

Toshkent viloyati

622,8

364,7

258,1

Farg‘ona viloyati

362,8

206,0

156,8

Xorazm viloyati

217,6

132,0

85,6

Jami:

4 077,0

2 545,0

1 532,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha davlat buyurtmalari hajmlarini fermer xo‘jaliklari kesimida joylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 12-apreldagi PQ-2520-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil uchun davlat buyurtmasi asosida ho‘l meva-sabzavot mahsulotlarini xarid qilish va foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BALANSI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

ming tonna

T/r

Balans moddalarining nomlanishi

Meva-sabzavot mahsulotlari hajmi, jami

Shu jumladan:

sabzavot

meva

uzum

poliz

kartoshka

I.

Resurslar, jami

4 532,8

2 504,0

954,3

555,0

317,5

202,0

shu jumladan:

1.1.

Yil boshidagi qoldiq

455,8

187,0

124,3

10,0

34,5

100,0

1.2.

Xaridlar, jami

4 077,0

2 317,0

830,0

545,0

283,0

102,0

shu jumladan:

fermer xo‘jaliklari

2 545,0

1 441,0

432,0

305,0

265,0

102,0

dehqon xo‘jaliklari

1 532,0

876,0

398,0

240,0

18,0

0,0

II.

Foydalanish, jami

4 532,8

2 504,0

954,3

555,0

317,5

202,0

shu jumladan:

2.1.

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK korxonalari tomonidan sanoat usulida qayta ishlash

2 217,3

1 408,7

482,5

324,0

2,0

-

2.2.

“O‘zbekoziqovqatzaxira” uyushmasi tomonidan kuz-qish mavsumiga zaxiralash

360,0

127,0

99,0

-

34,0

100,0

2.3.

O‘zagroeksport ITSK AJga eksport qilish uchun yetkazib berish

1 477,6

770,1

243,8

218,9

244,8

-

2.4.

Yil oxiridagi qoldiq

477,9

198,1

129,0

12,1

36,7

102,0

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 15-son, 145-modda, 38-son, 447-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son, 01.08.2018-y., 06/18/5496/1603-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son; 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)