Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimining
Qarori
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish maqsadida 2016-yil uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2021-yil 22-maydagi VI-23-2-4-0-K/21-sonli “Qashqadaryo viloyati mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y, 5-6-son, 97-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-son qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2008-y, 34-son, 333-modda)da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazining 2015-yil 15-sentabrdagi 516-sonli aloqa xatini inobatga olib, tumanda ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun 2016-yilda ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 104-moddasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y, 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
1. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynaladigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish xodimlarining roʻyxat boʻyicha oʻrtacha soni yigirma nafardan koʻpni tashkil etadigan korxona, tashkilot, muassasalar uchun xodimlarning roʻyxat boʻyicha oʻrtacha sonidan 198 kishini tashkil etadigan 7 foiz miqdorida shu jumladan:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona hamda koʻp bolali ota-onalar uchun 10,6 foiz (21 kishi);
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilari uchun 40,4 foiz (80 kishi);
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun 14,6 foiz (29 kishi);
nogironlar uchun 3 foiz (6 kishi);
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun 6,0 foiz (12 kishi);
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun 13,1 foiz (26 kishi);
odam savdosidan jabrlangan shaxslar uchun 4,0 foiz (8 kishi);
boshqa toifalar uchun 8,0 foiz (16 kishi), shu jumladan safarbarlik chaqiruvi zaxirasiga kiritilgan shaxslar olti kishi, kichik yoshli bolalari boʻlgan ishlamayotgan ayollar olti kishi, atrofdagilar uchun xavfli boʻlmagan ijtimoiy ahamiyatli kasalliklar bilan ogʻriyotgan shaxslar uchun toʻrt kishi miqdorida ish oʻrinlari zaxirasi belgilansin.
3. Ish beruvchilar ushbu toifa shaxslar uchun ish oʻrinlarini xodimlar tomonidan oʻzlarining mehnat majburiyatlarini toʻsiqlarsiz bajarishini taʼminlaydigan sanitariya-gigiyena normalari va mehnat sharoitlariga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.
Bunda:
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan bolalari va nogiron bolalari boʻlgan yolgʻiz ota, yolgʻiz ona va koʻp bolali ota-onalar uchun — bolalarni tarbiyalash va mehnat majburiyatlari boʻyicha vazifalarni uygʻunlashtirish imkonini beradigan, oʻzgaruvchan ish jadvaliga ega boʻlgan ish oʻrinlari;
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining davlat grantlari asosida taʼlim olgan bitiruvchilar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan boʻshatilganlar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligiga muvofiq boʻlgan ish oʻrinlari;
nogironlar uchun — mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiyadan oʻtkazilgan hamda xodimga ish jarayonlarini toʻsqinliksiz bajarish imkonini (sogʻligʻining ahvoli va mehnat faoliyatiga nisbatan belgilangan zid koʻrsatkichlar hisobga olingan holda) beradigan ish oʻrinlari;
bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman markazida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslar uchun — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari;
jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga koʻra tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslar uchun — ularning kasb boʻyicha tayyorgarligi hisobga olingan holdagi ish oʻrinlari, muayyan kasb-hunarga, malakaga ega boʻlmagan shaxslar uchun esa — maxsus malakani talab qilmaydigan ish oʻrinlari boʻlishi lozim.
4. Tumandagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlari 2016-yil boshlangungacha 10 kundan kechikmay ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun band qilib qoʻyilgan ish oʻrinlari umumiy sonining kamida 25 (yigirma besh) foizi hajmda ish oʻrinlari band qilib qoʻyilishini, tayyor boʻlishini hamda bu toʻgʻrida tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yil boshlangungacha yozma ravishda axborot berishni taʼminlasin.
5. Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish oʻrinlarining qolgan qismini band qilib quyish korxona, muassasa, tashkilotlar (ish beruvchi) tomonidan kalendar yilning birinchi choragi mobaynida amalga oshirib, bu toʻgʻrida tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yilning birinchi choragi tugagandan keyin 10 kundan kechikmay yozma ravishda axborot berish topshirilsin.
6. Ushbu qarorni bajarmagan tashkilotga “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 15-bandiga muvofiq jarima solinadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-avgustdagi 186-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish qidirishda qiynalayotgan band qilib qoʻyiladigan ish oʻrinlarini tuman hokimi tomonidan belgilangan miqdordan ortiqcha tashkil etgan korxona, tashkilot va muassasalar ushbu ish oʻrinlarini tashkil etishga sarflangan mablagʻlarining bir qismini tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplash huquqiga ega ekanliklari inobatga olinsin.
8. Tumandagi, korxona, muassasa va tashkilotlarga har chorakda tuman bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga 3-ilovaga* muvofiq axborot berib borish topshirilsin.
* 1 — 3-ilovalar berilmaydi.
9. Tuman Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi direktori A. Umarov bir hafta muddatda mazkur qarorni tegishli korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari eʼtiboriga yetkazsin hamda uning bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
Tuman hokimining 2014-yil 3-oktabrdagi “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish oʻrinlarini 2015-yil uchun band qilib qoʻyish toʻgʻrisida”gi X-1641/10-sonli qarori 2015-yil 31-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari A. Eshatov zimmasiga yuklatilsin.
12. Mazkur qaror rasman eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim B. ChORShANBIYEV
Koson t.,
2015-yil 29-sentabr,
X-1004/09-son