Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimining
Qarori
Tumandagi dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami. 2010-y, 52-son, 508-modda) 15-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 101-sonli “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y, 14-son 138-modda) asosan tumandagi dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y, 9-son, 320-modda) 6-moddasiga asosan qaror qilaman:
2. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi (R. Eshimov) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda tumandagi qabristonlarni saqlash va obodonlashtirish ishlari hamda umumxalq hashari, xotirlash kunlari va boshqa tadbirlar tashkil etib borilsin.
3. Tumandagi qabristonlarning maʼmuriyati va tuman obodonlashtirish boshqarmasi (R. Eshimov)ga:
xizmatlar uchun qatʼiyan belgilangan tariflar boʻyicha hisob-kitob qilgan holda fuqarolarning qabristonda koʻrsatiladigan xizmatlarga doir buyurtmalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
tumandagi qabristonlarning hududida “Tumandagi dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirish qoidalari” talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash va amalga oshirilgan ishlar hamda qoidalar talablari buzilishi holatlari boʻyicha har oyda tuman hokimligiga axborot taqdim etib borish vazifasi yuklatilsin.
4. Tuman arxitektura va qurilish boʻlimi (A. Ahmedov) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi (Z. Ibragimov) va tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi (A. Kudratov)ga:
qabristonlar tashkil etish uchun yer uchastkasi tanlashni shaharsozlik hujjatlari, gidrogeologik tavsiflar, joy relyefining xususiyatlari, tuproq tarkibi, atrof tabiiy muhitga eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan ekologik yuklamalarni hisobga olgan holda aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalariga, shuningdek sanitariya meʼyorlari va qoidalariga muvofiq amalga oshirish;
qabristonlarning xizmat koʻrsatish davri muddatlariga rioya etilishini taʼminlash hamda ishlab turgan va loyihalashtirilayotgan qabristonlarning sanitariya-himoyalash zonasi hududida biror-bir turar joy va jamoat binolarini qurish yoki dafn etish uchun ajratilgan yer uchastkalaridan nooʻrin foydalanilishining oldini olish hamda ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirilsin.
5. Ushbu qaror “Arnasoy tongi” gazetasida eʼlon qilinsin hamda tegishli tartibda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Mazkur qaror bajarilishining nazorati tuman hokimining birinchi oʻrinbosari v.b. N. Omanov zimmasiga yuklatilsin.
7. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hokim S. ANKAYEV
Arnasoy t,
2016-yil 12-yanvar,
12-son
Tuman hokimining 2016-yil 12-yanvardagi 12-sonli qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Tumandagi dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirish
qoidalari
1. Mazkur qoidalar tuman hududidagi dafn etish joylari (keyingi oʻrinlarda — qabristonlar deb ataladi) va qabr usti yodgorliklari inshooatlarini saqlash hamda mahalliy aholi, shuningdek boshqa millatlar va xalqlarning mavjud anʼanalari, urf-odatlari va udumlariga muvofiq ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi va qabristonlarning maʼmuriyati mazkur qoida va boshqa qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan quyidagilarni taʼminlaydi:
qabristonlarni har kuni ziyoratlar va dafnlar uchun ochiq boʻlishi jumladan, diniy konfessiya va mahalliy anʼanalarga mansubligiga bogʻliq holda ochish va yopish vaqtlari (qabristonning ish jadvali, ziyorat qilish qoidalari) va boshqa yoʻl-yoʻriq hujjatlarini belgilash;
qabristonga asosiy kirish joyida maʼmuriy va boshqa binolar, yoʻllar, xiyobonlar, tarixiy va memorial qabrlar, jamoat hojatxonalari va boshqa obyektlarning joylashishini belgilagan holda qabristonning sxematik tarxi, tuman obodonlashtirish boshqarmasi, qabriston maʼmuriyati toʻgʻrisidagi (manzil va aloqa bogʻlash telefonlari) va boshqa maʼlumotlarni taxtada koʻrsatgan holda oʻrnatish;
qabristonlar hududida jamoat tartibi va sokinlikni buzish, mast-alast, giyohvandlik hamda boshqa aql-iroda faoliyatiga taʼsir etuvchi moddalar taʼsiri ostida boʻlish, qabr usti yodgorliklariga va yashil oʻsimliklarga shikast yetkazish, shuningdek quruq oʻt, barg, shox-shabba va daraxtlarning shoxchalarini yoqish, mol va boshqa uy hayvonlarini boqish, mevali koʻchatlar oʻtqazish hamda qishloq xoʻjaligi ekinlari oʻstirishni oldini olish;
yodgorliklardagi yozuvlarning mazmunini nazorat qilish, ularda oʻlim toʻgʻrisidagi hujjatlardagi maʼlumotlarga nomuvofiqliklar boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, qabrlarni va qabr usti yodgorliklarini roʻyxatdan oʻtkazish daftarlari hamda dafn etishni amalga oshirish huquqini beradigan barcha hujjatlarni raqamlangan va ip bilan tikilgan holda hujjatlar yigʻma jildlarini yuritish va belgilangan tartibda saqlash;
bosh xiyobon, asosiy va ikkinchi darajali yoʻllarda toʻsiqsiz yurish va oʻtish imkoniyatini (qordan tozalash, muzni parchalash, qum sepish va shu kabilarni) taʼminlash;
eskirgan (qurigan) daraxtlarning agʻdarilishi va qabr usti yodgorliklarini shikastlashiga yoʻl qoʻymaslik uchun ularning oʻz vaqtida kesilishini taʼminlash;
umumiy foydalanish joylarini toza saqlash, xiyobonlar boʻylab maishiy chiqindilar uchun maxsus yashik va qutilar oʻrnatish, maishiy chiqindilarning qabriston hududidan oʻz vaqtida olib chiqilishini taʼminlash;
qabristonning butun hududini har yili kamida ikki marta har tomonlama supurib-sidirishni amalga oshirish;
muhandislik inshooatlarining zarur darajada ishlashini taʼminlash tashqi toʻsiq, bino va inshooatlar, yoʻllar, muhandislik tarmoqlari va inshooatlarining joriy va mukammal taʼmirlanishini amalga oshirish hamda koʻkalamzorlashtirish;
barcha turdagi yashil oʻsimliklarni sugʻorish va parvarishlashni taʼminlash, ularni yangilash, zararkunandalar, kasalliklar va begona oʻtlarga qarshi kurashish;
tuman FHDE boʻlimi tomonidan berilgan oʻlim toʻgʻrisida belgilangan shakldagi tegishli hujjatlar va sud-tibbiy xulosa berish bilan bogʻliq oʻlimlarga oid hujjatlar taqdim etilganidan keyin dafn etish uchun joy (uchastka) ishlab turgan qabristonlarda bepul va qatʼiyan sanitariyaga doir va boshqa qoidalar hamda meʼyorlarga muvofiq fuqarolarga, tashkilotlarga ularning buyurtmanomalariga koʻra ajratish;
marhumlarni goʻr qazish meʼyorlari va qoidalariga rioya etgan holda dafn etishni taʼminlash;
qabrning roʻyxat raqamini koʻrsatilgan beton ustunga oʻrnatish:
anjomlarning (belkurak, panshaxa, paqir, xokandoz, supurgi, zambil, va hokazolarning) yetarli miqdorda boʻlishini va ularning fuqarolarga qabrlarga qarash uchun bepul (tilxat bilan) berilishini taʼminlash;
qabristonda zarur darajadagi tartibni taʼminlash boʻyicha, shu jumladan umumxalq hashari, xotirlash kunlari va boshqa tadbirlarni tashkil etishda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan yaqin aloqada boʻlish;
xizmatlar uchun qatʼiyan belgilangan tariflar boʻyicha hisob-kitob qilgan holda fuqarolarning qabristonda koʻrsatiladigan xizmatlarga doir buyurtmalarini oʻz vaqtida va sifatli bajarish;
qabr usti yodgorliklarini oʻrnatish tartibiga, hududni koʻkalamzorlashtirish uchun daraxt va butalarning turlarini toʻgʻri tanlashga rioya etilishini nazorat qilish;
qabr atrofida metalldan yasalgan va boshqa toʻsiqlarni oʻrnatish (oʻsimliklardan iborat yashil toʻsiqlardan tashqari), qoʻshni qabrlarning hududlarini va boʻsh yer uchastkalarini egallab oladigan qabr usti yodgorliklarini barpo etishni taqiqlash;
dafn etilganning qarindoshlariga eskirib ketgan qabr usti yodgorligi toʻgʻrisida yozma xabar qilish va uni tuzatishni talab qilish;
yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini taʼminlash, yongʻinga qarshi shitlarni zarur miqdorda yongʻinga qarshi anjomlar bilan butlash;
qabr usti yodgorliklarining saqlanishini taʼminlash, ular oʻgʻirlangan, buzilgan, vayron qilingan taqdirda huquqni muhofaza qilish organlarini va yodgorliklarning egalarini xabardor qilish;
goʻr qazuvchi ishchilar hamda marhumlarni yuvuvchi va kiyintiruvchi ishchilarga sanitariya qoidalarini hamda diniy va mahalliy anʼanalarni hisobga olib, meʼyorlarni qatʼiyan bajargan holda ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini oʻrgatishni tashkil qiladi.
3. Qabriston xizmatlaridan foydalanuvchi fuqarolar (tashkilotlar)ning huquqlari va majburiyatlari:
tegishli diniy konfessiya qabristonida vafot etgan yaqinlari va qarindoshlarini dafn etish uchun bepul uchastka olish hamda qabrga va qabr usti yodgorliklariga qarash uchun qabriston anjomlaridan bepul foydalanish;
sanitariya qoidalari hamda boshqa qoidalar va meʼyorlarga zid boʻlmagan diniy marosimlar va mahalliy anʼanalarga rioya etgan holda dafn etish udumini bajarish;
dafn etishni amalga oshirgan fuqarolar va tashkilotlar qabrlar hamda qabr usti yodgorliklarini zarur holatda saqlash;
marosim xizmatlaridan foydalanish va ularga belgilangan tariflar boʻyicha haq toʻlash;
buyurtirilgan xizmatlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini qabriston maʼmuriyatidan talab qilish;
tuman obodonlashtirish boshqarmasi bilan kelishgan holda yaqinlari va qarindoshlarining qabrlariga qabr usti yodgorliklari oʻrnatish;
qabr usti yodgorliklarining oʻlchamlari va joylashtirilishi, shuningdek daraxt va butalar oʻtqazish oldindan qabriston maʼmuriyati bilan kelishadi.
4. Mahalliy davlat hokimiyati organi mazkur qoida va boshqa qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan quyidagilarni taʼminlashi shart:
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va diniy tashkilotlarning takliflarini hisobga olgan holda ekologik ekspertiza va sanitariya-gigiyena xulosasi mavjud yangi qabristonlarni barpo etish va ishlab turganlarini qayta qurish hamda koʻchirish (yopish) ishlarini yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, belgilangan tartibda qarorlar bilan rasmiylashtirish;
yopilgan qabristonlarga dafn etish, shu jumladan eski qabrga dafn etishni taqiqlash;
taniqli davlat arboblari va rahbarlarning qabrlari, qabr usti yodgorliklarini, tarixiy obidalar roʻyxatini tasdiqlash. Mahalliy budjet mablagʻlaridan ularni namunali tartibda saqlashni amalga oshirish;
qabristonlarni koʻkalamzorlashtirish — qabriston hududi atrofida yashil zona barpo etish, xiyobonlar, yoʻllar, maydonchalar boʻylab daraxtlar, butalar va yashil ihota oʻsimliklari ekishni mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
aholi punkti uchun qabristonga yer uchastkalari uning hududidan tashqarida, yaʼni qoʻshni tuman (shahar) hududida berilgan hollarda loyihalash, qurish, saqlash va foydalanish boʻyicha barcha xarajatlar qabriston joylashgan joy tumanning mahalliy budjeti hisobiga, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirish;
xayr-ehsonlarni amalga oshirish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni hal etish uchun boshqarma vakili (buxgalter), qabriston nazoratchisi, hududida qabriston joylashgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi (mahalla qoʻmitasi) vakilidan iborat tarkibdagi komissiyani tegishli tartibda qarorlar bilan tashkil etadi.
5. Tuman arxitektura va qurilish boʻlimi, tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi hamda tuman tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi mazkur qoida va boshqa qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan quyidagilarni taʼminlaydi:
ilgari qabristonlar joylashgan hududlardan, ular koʻchirilgan paytdan boshlab yigirma yil oʻtgandan keyin foydalanishga ruxsat berilgandan soʻng mazkur hududlardan faqat manzarali yashil oʻsimliklar oʻtqazish uchun foydalanishni hamda ushbu hududlarda bino va inshoatlar qurish oldini olish va ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qabristonlar tashkil etish uchun yer uchastkasini tanlash shaharsozlik hujjatlari, gidrogeologik tavsiflar, joy relyefining xususiyatlari, tuproq tarkibi, atrof tabiiy muhitga eng koʻp yoʻl qoʻyiladigan ekologik yuklamalarni hisobga olgan holda aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalariga, shuningdek sanitariya meʼyorlari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilishini hamda dafn joyining belgilanmagan uzoq muddat mavjud boʻlishini taʼminlash;
qabristonlarda yashil oʻsimliklarni muhofaza qilish boʻyicha zarur hollarda biologik va kimyoviy tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlaydi.
6. Tuman obodonlashtirish boshqarmasi dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirishga yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlarini yigʻish, hisobga olish va ulardan maqsadli foydalanishni tashkil etish boʻyicha mazkur qoida va boshqa qonun hujjatlari ijrosi yuzasidan quyidagilarni taʼminlaydi:
yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlaridan (pul mablagʻlari, tovar-moddiy boyliklar berish, shuningdek ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) qabriston hududini saqlash va obodonlashtirish joriy va mukammal taʼmirlash maqsadlarida foydalanish;
xayr-ehsonlarni yigʻish uchun qabriston hududida maxsus ajratilgan joylarda plombalangan turgʻun metall yashiklar (qutilar)ni qoʻriqlash, qabristonning xizmat koʻrsatuvchi xodimi zimmasiga yuklash;
jismoniy shaxs tomonidan naqd pul mablagʻlari tarzidagi xayr-ehsonlar ismini oshkor etmasdan yoki (jismoniy shaxsning hohishiga koʻra) ushbu jismoniy shaxs bilan boshqarma oʻrtasida tuziladigan ixtiyoriy xayr-ehson qilish toʻgʻrisidagi shartnomaga asosan beradi.
7. Tuman hokimligi moliya boʻlimi va tuman gʻaznachilik boʻlimi xayr-ehsonlarni jamgʻarish ijrosi boʻyicha nazoratni mazkur qoida va boshqa qonun hujjatlariga asosan olib boradi.
8. Qabristonlarni yopish toʻgʻrisidagi qarorlar majburiy tartibda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinib hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Ushbu turdagi qarorlar ijrosi boʻyicha va tashkiliy ishlar rejasini tegishli ijrochilarga hamda aholi punktlariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari orqali ham yetkaziladi.
Tuman hokimining 2016-yil 12-yanvardagi 12-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Dafn etish joylarini saqlash va obodonlashtirish boʻyicha tuman ishchi guruhi
TARKIBI
|
T/r |
F.I.Sh. |
|
Ish joyi va lavozimi |
|
1. |
N. Omanov |
— |
tuman hokimi birinchi oʻrinbosari v.b. ishchi guruhi raxbari |
|
2. |
R. Eshimov |
— |
tuman obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi, ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari |
|
Aʼzolari | |||
|
3. |
I. Avalboyev |
— |
tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi |
|
4. |
A. Axrorov |
— |
tuman bosh imom xatibi |
|
5. |
B. Eshpoʻlatov |
— |
“Nuroniy” jamgʻarmasi raisi |
|
6. |
A. Ahmedov |
— |
tuman arxitektura va qurilish boʻlimi boshligʻi |
|
7. |
Z. Ibragimov |
— |
davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi |
|
8. |
A. Qudratov |
— |
tabiatni muhofaza qilish inspeksiyasi boshligʻi |
|
9. |
Roʻyxat boʻyicha |
— |
QFY va MFYlar raislari |