Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, davlat xizmatlarining elektron shaklga sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning amaldagi tartibini takomillashtirish, shu jumladan davlat organlari hujjatlarining birxillashtirilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartib-taomillari va mexanizmlarini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandining “i” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
15. Elektron davlat xizmati ko‘rsatilishini tekshirish va joriy modelini tuzish tugallangandan keyin ushbu Nizomning 14-bandida ko‘rsatilgan uni ko‘rsatish tartibining tahlili o‘tkaziladi, shuningdek elektron davlat xizmati ko‘rsatishning maqbullashtirilgan modelini tuzgan holda shunga o‘xshash elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning chet el tajribasi va ilg‘or amaliyoti o‘rganiladi.
18. Elektron davlat xizmati ko‘rsatishning maqbullashtirilgan modeli ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari keyinchalik amalga oshirilishini hisobga olib tuzilishi kerak.
20. Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq interaktiv shaklga o‘tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy qilinishi kerak bo‘lgan davlat xizmatlari ro‘yxatidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2019-y., 09/19/254/2839-son)
26. Chora-tadbirlar rejasi ushbu Nizomning 6-bandida ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni bajarishning izchilligini, aniq muddatlarini, davlat organlari mas’ul bajaruvchilarining nomlarini nazarda tutadi.

Bosqichlar

Ishlar

Subyektlar

Muddatlar

1-bosqich

2013 — 2020-yillarda O‘zbekiston Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish respublika komissiyasiga (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) Interaktiv shaklga o‘tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlarining portalida joriy qilinishi kerak bo‘lgan Davlat xizmatlari ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda Ro‘yxat deb ataladi) tasdiqlash uchun kiritish

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi)

Har yili
1-dekabrgacha

Ro‘yxatni tasdiqlash

Respublika
komissiyasi

Majlislarni o‘tkazish muddatlariga muvofiq

2-bosqich

Elektron davlat xizmati ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhni tasdiqlash

Vazirlik

Ro‘yxat tasdiqlangandan keyin



Ro‘yxatda nazarda tutilgan

muddatlarga muvofiq

Elektron davlat xizmati ko‘rsatilishini tekshirish, joriy va maqbullashtirilgan modellarini tuzish

Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari rejasini (keyingi o‘rinlarda chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) ishlab chiqish

Ishchi guruh

3-bosqich

Chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash

Respublika
komissiyasi

Majlislarni o‘tkazish muddatlariga muvofiq

4-bosqich

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha davlat buyurtmasiga kiritish uchun tegishli axborot tizimlari va axborot resurslarini yaratish takliflarini Vazirlikka kiritish

Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar

Har yili
1-sentabrgacha

5-bosqich

Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish

Elektron davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, Vazirlik, boshqa mas’ul bajaruvchilar

Chora-tadbirlar rejasida nazarda tutilgan muddatlarga muvofiq


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi