Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON DAVLAT TRANSPORT QURILIShI KORXONALARI UYuShMASI (“OʻZBEKTRANSQURILISh”)NI TUGATISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2003-yil 22-dekabrdagi PF–3366-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston davlat transport qurilishi korxonalari uyushmasi (“Oʻzbektransqurilish”) qatnashchilari umumiy yigʻilishi tomonidan uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasini tugatish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish uchun 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi komissiya tashkil etilsin.
3. Ishchi komissiya:
“Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
tugatilayotgan “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasi tarkibiga kirgan korxonalarda boshqaruv xodimlari sonini Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi respublika organlarining boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga muvofiq qisqartirsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ishchi komissiya bilan birgalikda “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasi tugatilishi munosabati bilan ishdan boʻshab qolayotgan xodimlarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.F. Fayzullayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 28-aprel,
202-son
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-apreldagi 202-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasini tugatish boʻyicha ishchi komissiya
TARKIBI
| Fayzullayev R.F. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, ishchi komissiya rahbari |
| Abdullayev F.Y. | — | “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasi raisi |
| Oxunov S.T. | — | Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari apparatining bosh mutaxassisi, komissiya kotibi |
| Yakovlev I.G. | — | Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Gadoyev E.F. | — | Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari |
| Hasanov S.S. | — | Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari |
| Abdurahmonov M.S. | — | Moliya vazirining oʻrinbosari |
| Alimuhamedov B.B. | — | Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining oʻrinbosari |
| Samatov P.A. | — | Adliya vazirining oʻrinbosari |
| Sobirov K.S. | — | Temir yoʻlchilar va transport quruvchilari kasaba uyushmasi markaziy qoʻmitasi raisi |
| Bolusov R.D. | — | “Transsanoatqurilish” trestining boshqaruvchisi |
| Zubairova R.L. | — | “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasining bosh buxgalteri |
| Mahamataliyev E.M. | — | “Oʻzbektransqurilish” davlat uyushmasining ishlar boshqaruvchisi |
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 28-apreldagi 202-son qaroriga
2-ILOVA
2004-yil 28-apreldagi 202-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston davlat transport qurilishi korxonalari uyushmasi (“Oʻzbektransqurilish”) faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1993-yil 8-fevraldagi 65-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Kapital qurilishni boshqarish tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qaroriga 3 va 4-ilovalar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 17-son, 198-modda)