1-ILOVA
|
Komissiya raisi | |||
|
1. |
Rajabova Mavjuda Abdullayevna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi |
|
Komissiya raisining oʻrinbosarlari | |||
|
2. |
Qosimov Rustam Sobirovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari |
|
3. |
Inomova Svetlana Tursunovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi |
|
Komissiya aʼzolari | |||
|
4. |
Boqiboyev Erkin Joʻrayevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, Oʻzbekiston faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi |
|
5. |
Ubaydullayev Botir Husanboyevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati raisi |
|
6. |
Saidov Akmal Xolmatovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi (kelishuvga muvofiq) |
|
7. |
Abdullayev Ixtiyor Baxtiyorovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
8. |
Aʼzamov Quddus Aʼzamovich |
— |
Respublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” jamoatchilik markazi rahbari |
|
9. |
Gadayboyev Aʼzamjon Gadayboyevich |
— |
Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi raisi |
|
10. |
Jabborov Shuhrat Jabborovich |
— |
“Xalq soʻzi” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari |
|
11. |
Saidov Azat Radjabovich |
— |
“Narodnoye slovo” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari |
|
12. |
Boboyev Abdurahmon Boboyevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni Nazorat-axborot boʻlimi mudiri |
2-ILOVA
|
T/r |
Tadbirning nomi |
Bajarish muddati |
Masʼullar |
|
1 |
2 |
3 |
4 |
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qarorini matbuotda eʼlon qilish |
2006-yil 5-aprelgacha |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Devoni |
|
2. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarni tuzish |
2006-yil 10-aprelgacha |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, tumanlar va shaharlar Kengashlari |
|
3. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarni tuzish |
2006-yil 15-aprelgacha |
Shaharcha, qishloq va ovul hamda shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi va ovuldagi mahalla fuqarolar yigʻinlari |
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari matnini broshyura shaklida oʻn ikki ming nusxada nashr etib, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarga va ishchi guruhlariga joʻnatish |
2006-yil 20-aprelgacha |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi |
|
5. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha ommaviy-axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani oʻtkazish |
2006-yil 25-aprelgacha |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi |
|
6. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar va ishchi guruhlar aʼzolari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida saylovni tashkil qilish masalalari boʻyicha amaliy seminarlar oʻtkazish |
2006-yil 30-aprelgacha |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi |
|
7. |
Saylovning borishini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni normalarini tushuntirish boʻyicha “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida maxsus ruknlar tashkil etish |
2006-yil may-iyun |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari |
|
8. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlariga hovlilar, uylar, koʻchalar, mahallalar, mavzelar va dahalardan fuqarolar vakillarining yigʻilishlarini oʻtkazishga koʻmaklashish |
2006-yil 15-maygacha |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman va shahar komissiyalari |
|
9. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovining borishi toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlash va uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga taqdim etish |
2006-yil 30-may, 15 va 30-iyun |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari |
|
10. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga yakun yasash hamda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga maʼlumot taqdim etish |
2006-yil 10-iyulgacha |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, tuman va shahar komissiyalari |
|
11. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini umumlashtirish va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etish |
2006-yil 15-iyulgacha |
Oliy Majlis Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi |
|
12. |
Saylov yakuni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish |
2006-yil 25-iyulgacha |
Oliy Majlis Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi |