25.12.2006 yildagi 284-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir 2007-2008-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir 2007-2008-yillarga moʻljallangan Harakat dasturi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F.F. Muhitdinova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil 25-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 25-dekabrdagi 284-I-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini takomillashtirishga doir 2007-2008-yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HARAKAT DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddati

Masʼul ijrochilar

I. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirishga
qaratilgan chora-tardbirlar

1.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga doir qonun hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish

Tahliliy maʼlumotnoma

2007-yil yanvar

Adliya vazirligi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, “Mahalla” jamgʻarmasi

2.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha respublika kengashini hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashlarini tuzishga doir takliflarga tayyorlash

Tashkiliy yigʻilishlar oʻtkazish

2007-yil yanvar

Oliy Majlis palatalari (kelishuvga muvofiq), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar hokimliklari, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Kamolot” ijtimoiy harakati

3.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizomning hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning loyihalarini tayyorlash

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha respublika kengashining qarori

2007-yilning birinchi choragi

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha respublika kengashi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Adliya vazirligi

4.

Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni Fuqarolar yigʻinining taftish komissiyasi hamda maʼmuriy komissiyasi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqish

Vazirlar Mahkamasining qarori

2007-yilning birinchi choragi

Vazirlar Mahkamasi (kelishuvga muvofiq), Adliya vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha respublika kengashi, “Mahalla” jamgʻarmasi

5.

Fuqarolar yigʻinlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqish

Namunaviy nizomlar

loyihalari

2007-yilning birinchi choragi

Adliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi

6.

Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi davomida bildirilgan takliflar va mulohazalarni inobatga olgan holda “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi hamda “Fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash

Qonun loyihasi

2007-yilning ikkinchi choragi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (kelishuvga muvofiq), Adliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi

II. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining tashkiliy hamda ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatini
yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar

1.

Fuqarolar yigʻinlari raislarining (oqsoqollarining) ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida amaliy mashgʻulotlar hamda seminarlar oʻtkazish

Mashgʻulotlar va seminarlar oʻtkazishning Bosh vazir tomonidan tasdiqlangan jadvali

2007-yil yanvar

Vazirlar Mahkamasi (kelishuvga muvofiq), “Mahalla” jamgʻarmasi, Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi (kelishuvga muvofiq), Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, oliy oʻquv yurtlari, hokimliklar, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha respublika kengashi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Kamolot” ijtimoiy harakati, “Mahalla ziyosi” oʻquv markazi

2.

Fuqarolar yigʻinlarida viloyat, tuman va shahar hokimiyatlari rahbarlarini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organ�ari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini vaqti-vaqti bilan eshitib borish

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarori

Yilning har choragida

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, viloyat, tuman va shahar hokimliklari

3.

Fuqarolar yigʻinlarida, ularning oʻz vakolatlari doirasida, tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining atrof muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarori

Har

yili

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda tegishli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar

4.

Majburiy toʻlovlarning undirilishini taʼminlashga, issiqlik va elektr energiyasi, issiq va sovuq suvdan tejamkorlik bilan foydalanishga, tegishli hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, turar joylar va hovlilarni namunali, batartib tutish ishlarini ixtiyoriylik asosida tashkil etishga doir tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlari bilan xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlarining oʻzaro hamkorligi masalalarini oʻrganish

Tahliliy maʼlumotnoma va tavsiyalar

2007-yilning birinchi choragi

Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning amalga oshirilishi ustidan monitoring qilish markazi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, “Ijtimoiy fikr” markazi

5.

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining faoliyatini kuchaytirish yuzasidan zarur sharoitlar yaratish. Fuqarolar yigʻinlari Kengashlarining devonlarini binolar, texnik va aloqa vositalari bilan taʼminlash

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qarori hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlarining qarorlari

2007-yilning birinchi choragi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari, “Mahalla” jamgʻarmasi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

6.

Fuqarolar yigʻinlarining kam taʼminlangan, koʻp bolali oilalarga, shuningdek ikki yoshga toʻlmagan bolalari bor, ishlamayotgan onalarga moddiy yordam koʻrsatishga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlarni qoʻllanish amaliyotini oʻrganish. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirishga doir takliflar kiritish

Tahliliy maʼlumotnoma va takliflar

2007-yilning birinchi choragi

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi

7.

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi va “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari�a sharhlar tayyorlash

Sharhlarni nashr etish

2007-yilning ikkinchi choragi

Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik instituti, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha respublika kengashi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti, “Mahalla” jamgʻarmasi

8.

“Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining shaharcha, qishloq va ovullar fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) tomonidan ayrim fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish hamda notarial harakatlarni amalga oshirishga doir qismi ijro etilishi amaliyotini oʻrganish

Oliy Majlis Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasining qarori

2007-yilning uchinchi choragi

Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Adliya vazirligi, “Mahalla” jamgʻarmasi

9.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga doir normativ-huquqiy hujjatlar toʻplamini tayyorlash

Toʻplamni nashr qilish

2007-yilning uchinchi choragi

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, “Mahalla” jamgʻarmasi

10.

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining hududlar boʻyicha monitoringini yuritish, ular tomonidan erishilgan ijobiy tajribalarni umumlashtirish, targʻib qilish

Tavsiyalar ishlab chiqish

Doimiy ravishda

“Mahalla” jamgʻarmasi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha respublika kengashi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston “Ijtimoiy fikr” markazi

III. Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining maʼnaviyat va maʼrifat sohasidagi faoliyatini
yanada kuchaytirish chora-tadbirlari

1.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari mazmun-mohiyatini va ahamiyatini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida tushuntirishga qaratilgan tadbirlar oʻtkazish

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy ravishda

Oliy Majlis palatalari (kelishuvga muvofiq), Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” ijtimoiy harakati

2.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mustaqillik, millatlararo va dinlararo totuvlik, tinchlik va barqarorlik gʻoyalarini, millat taraqqiyotining madaniy, maʼrifiy va maʼnaviy ildizlari mushtarakligini targʻib qilish

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Kamolot” ijtimoiy harakati, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Baynalminal madaniyat markazi

3.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borish

Tashkiliy tadbirlar

Doimiy ravishda

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, davriy bosma nashrlar, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Kamolot” ijtimoiy harakati

4.

Fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilarining bilim darajasini oshirish

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlik-larining qarorlari (mashgʻulotlar va seminarlar oʻtkazish jadvalini ham tasdiqlagan holda)

Doimiy ravishda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Kamolot” ijtimoiy harakati, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti, Oliy Majlis Senatining aʼzolari va Qonunchilik palatasining deputatlari

5.

Fuqarolar yigʻinlarining “Maʼnaviyat va maʼrifat” xonalarini aholini ijtimoiy-siyosiy va maʼnaviy-axloqiy tarbiyalash uchun kitoblar hamda oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar bilan jihozlash

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlari

2007-

2008-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Matbuot va axborot agentligi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi, “Mahalla” jamgʻarmasi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Nuroniy” jamgʻarmasi, “Kamolot” ijtimoiy harakati

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy Majlis Senatining joylarda ishlovchi aʼzolari harakat dasturi ijrosi uchun masʼuldir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokidagi tadbirlarni oʻtkazish Oliy Majlis Qonunchilik palatasining rahbariyati bilan kelishilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ishlari boʻyicha respublika kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar muvofiqlashtirish kengashlari tashkil topganidan keyin harakat dasturining tegishli bandlari ijro etilishida bevosita ishtirok etadilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-y., 12-son, 730-modda)