Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2023 24.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2791
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining qarori, 24.05.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2791
Кучга кириш санаси
30.05.2016
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2023
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 24-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2791]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2022-yil 30-noyabrdagi 13-2022-sonli ““Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2791-3, 21.12.2022-y.) asosan 2023-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais S. ARABOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2016-yil 27-apreldagi 34-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PF-6061-son “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi 389-son “Davlat kadastrlarini yuritish sohasini tartibga soluvchi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishonchli vakil — yuridik va jismoniy shaxs tomonidan belgilangan tartibda va shaklda berilgan ishonchnomaga muvofiq ishonchnoma beruvchi tomonidan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradigan fuqaro;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er kadastriga doir axborot — yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, erni hisobga olish va yer bahosiga oid axborotlar majmui;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy tartibga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega boʻlgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer fondi — xoʻjalik boshqaruvi va huquqiy munosabatlar obyekti boʻlgan, maʼmuriy-hududiy birliklarning (mamlakat, respublika, viloyat, tuman, shahar) chegaralari doirasida yerlarning turlari va toifalari boʻyicha maydonlari aks ettirilgan jami yerlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr yigʻmajildi — obyektning koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan oʻtkazish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatdan baholashning hujjatlari, materiallari va maʼlumotlari jamlamasi;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri — koʻchmas mulk obyektlari va ularga boʻlgan huquqlar toʻgʻrisida, shuningdek, huquq egalari haqidagi maʼlumotlardan iborat yagona axborot maʼlumotlar bazasi;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) yer kadastri daftari — yerlarni hisobga olish va ularni baholash boʻyicha asosiy hujjat, yer uchastkasining joylashgan oʻrni, qaysi maqsadda foydalanishga moʻljallanganligini, unga egalik qilish, undan foydalanish, uni ijaraga olish huquqlarini va unga boʻlgan mulk huquqini aniqlash uchun zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan, yer uchastkasining miqdor va sifat holati hamda bahosi toʻgʻrisidagi axborot manbai.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yer kadastriga doir axborot Oʻzbekiston Respublikasining davlat axborot resursidir va u yer uchastkasiga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga olish va uning bahosiga oid axborotlar majmuini tashkil etadi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishi uchun moʻljallanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yer kadastriga doir axborot Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi (bundan buyon matnda Davlat kadastrlari palatasi deb yuritiladi) uning hududiy boshqarmalari maʼlumotlar bazasida shakllantiriladi va ular tomonidan manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga ularning murojaatlariga muvofiq beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maqsad va foydalanish xususiyatiga qarab yer kadastriga doir axborot ochiq va foydalanilishi cheklangan axborot turlariga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kadastriga doir ochiq axborotga yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi axborot (huquq egasining nomi, huquq turi, yer uchastkasining umumiy maydoni) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tumanlar (shaharlar) kesimidagi yer fondi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kadastriga doir foydalanilishi cheklangan axborotga ushbu bandning ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan maʼlumotlardan tashqari koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestridagi, tuman (shahar) yer kadastri daftaridagi va kadastr yigʻmajildidagi boshqa barcha axborotlar kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat siri hisoblangan yer kadastriga doir axborotni berish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlarini saqlash toʻgʻrisida”gi Qonunida va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yer kadastriga doir axborotni tayyorlashda quyidagi talablar bajarilishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot maxfiylik darajasi boʻyicha shakllantirilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er kadastriga doir ochiq axborotdan foydalanish maksimal darajada yengillashtirilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot toʻliq va ishonchli boʻlishi, yer uchastkasining hozirgi holatini aks ettirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning ehtiyojlariga mos boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Yer kadastriga doir axborotning turlari, shakllari va shakllantirish manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer kadastriga doir axborot aerokosmik suratga olish, topografik-geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik va boshqa tadqiqotlar va izlanishlar, yerlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olinishi va baholanishi, yerlarni inventarizatsiya qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish natijasida olingan maʼlumotlarga asosan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yer kadastriga doir axborot yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga, yer uchastkalarini hisobga olishga va qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati va normativ qiymatiga oid axborot majmuini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkasiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida axborot yer uchastkasiga boʻlgan huquq egalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, yer uchastkasi toʻgʻrisidagi (erlarning turi, foydalanish maqsadi, sifati, qiymati, chegaralari, maydoni, kadastr raqami va boshqa tavsiflari), yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi, huquqlarning cheklanishi va servitutlar toʻgʻrisidagi, shuningdek koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar va u haqda tuzilgan bitimlarning davlat reyestriga kiritiladigan boshqa maʼlumotlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer uchastkalarini hisobga olish toʻgʻrisidagi axborot yerlarning oʻlchamlari, miqdor va sifat holati, oʻrnashgan joyi, ularning haqiqiy holati va foydalanishi boʻyicha yer uchastkalari, aholi punktlari, tumanlar, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha tuzilgan maʼlumotlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati toʻgʻrisidagi axborot tuproqlarning bonitirovkasi va ularning qiymat bahosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlardan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yer kadastriga doir axborot quyidagi maʼlumotlar va hujjatlar turlari boʻyicha shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) yer kadastri daftari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr yigʻmajildi tarkibidagi yer uchastkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yer kadastriga doir axborotni uning shakllantirilishiga, saqlanishiga, yangilab borilishiga va turiga qarab foydalanuvchilarga quyidagi tashkilotlar taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat kadastrlari palatasi tomonidan respublika boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida beriladigan axborot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er turlari boʻyicha yerlarning toifalari kesimida yer fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlarining bonitet ballari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tegishli hududlari boʻyicha tumanlar (shaharlar) kesimida beriladigan axborot:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er turlari boʻyicha yerlarning toifalari kesimida yer fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasiga boʻlgan huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestridagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer uchastkasining yer turlari boʻyicha maydoni, qishloq xoʻjaligi yerlarining sifati va normativ qiymati toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq tuman (shahar) yer kadastri daftaridagi axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadastr yigʻmajildidagi yer uchastkasining tavsifi va boshqa xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yer kadastriga doir axborotni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yer kadastriga doir axborot manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga ularning murojaatnomalariga asosan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatnoma ogʻzaki yoki yozma ravishda, shu jumladan bevosita, pochta orqali yoxud elektron hujjat shaklida taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar yer kadastriga doir axborot berish haqidagi murojaatnoma bilan, qoida tariqasida, tegishli yer uchastkasining oʻrnashgan joyi boʻyicha Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalariga murojaat qilishga haqli.
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar soʻralayotgan yer kadastriga doir axborot Davlat kadastrlari palatasi yoki uning boshqa hududiy boshqarmasida mavjud boʻlsa, murojaatnomani qabul qilgan tashkilot uni tegishli tashkilotdan soʻrab oladi hamda manfaatdor yuridik va jismoniy shaxsga taqdim etadi.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Murojaat etuvchi yuridik shaxsning murojaatnomasida uning toʻliq nomi va joylashgan manzili (pochta adresi), jismoniy shaxsning murojaatnomasida uning familiyasi, ismi va otasining ismi, yashash joyi hamda soʻralayotgan axborotning aniq turi (turlari) koʻrsatilishi kerak. Murojaatnoma yuridik va jismoniy shaxslarning ishonchli vakili tomonidan berilgan boʻlsa, ishonchli vakil ekanligini tasdiqlovchi hujjat murojaatnomaga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Murojaatnomalarning va berilayotgan yer kadastriga doir axborotlarning hisobi yer kadastriga doir axborotni berayotgan tashkilot tomonidan mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq jurnalda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kadastriga doir axborot berilganligi haqidagi maʼlumotlar jurnalga uni yurituvchi masʼul shaxs tomonidan axborot berilgan kundan boshlab bir ish kuni ichida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yuridik va jismoniy shaxslarga ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborotdan tashqari yer kadastriga doir boshqa axborotlarni berish Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasiga muvofiq haq evaziga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Axborot haqiga uni qidirish, umumlashtirish, berishga tayyorlash va axborotni berish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar kiritiladi. Axborot haqi murojaatnomani qabul qilib olgan xodim tomonidan berilgan toʻlov xabarnomasiga muvofiq tijorat banki orqali toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yer kadastriga doir ochiq axborot barcha manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga hech qanday cheklovlarsiz beriladi. Yer kadastriga doir foydalanilishi cheklangan axborot faqat yer uchastkasining egasiga, foydalanuvchisiga, ijarachisiga va mulkdoriga yoki ularning ishonchli vakiliga hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq yer uchastkasiga boʻlgan huquq oʻtgan boshqa shaxslarga beriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik va jismoniy shaxslar boshqa shaxslarga tegishli boʻlgan yer uchastkalari toʻgʻrisida yer kadastriga doir foydalanilishi cheklangan axborotni yer uchastkasiga boʻlgan huquq egasi orqali olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yer kadastriga doir axborot manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga ularning murojaatnomasiga muvofiq qogʻoz yoki elektron hujjat shaklida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yuridik va jismoniy shaxslarga yer kadastriga doir axborot murojaatnoma kelib tushgan kundan boshlab 5 kun ichida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻralgan yer kadastriga doir axborotni tayyorlash ishlarining hajmi koʻp boʻlgan yoki uni boshqa tashkilotdan soʻrab olish lozim boʻlgan taqdirda axborot berish muddati 15 kungacha uzaytirilishi mumkin. Bunda axborot berish muddati uzaytirilganligi haqida murojaat etuvchiga yozma ravishda yoki elektron pochta orqali xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Murojaat etuvchiga yer kadastriga doir axborot berish quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq egasi boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan boshqa shaxsga tegishli boʻlgan yer uchastkasi toʻgʻrisida yer kadastriga doir foydalanilishi cheklangan axborot soʻralganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatnomaning mazmunini aniqlash imkoniyati boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat anonim deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat qiluvchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborotdan tashqari yer kadastriga doir boshqa axborotlarni berish uchun haq toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er kadastriga doir axborot maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yer kadastriga doir axborotni berishni rad etish toʻgʻrisidagi xat manfaatdor yuridik va jismoniy shaxsga yozma ravishda taqdim etilishi, unda rad etish sababi koʻrsatilgan boʻlishi va u tashkilot rahbari tomonidan imzolangan boʻlishi lozim. Rad etish toʻgʻrisidagi xatda axborotni berishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkinligi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kadastriga doir axborotni berishni rad etish holatlari yer kadastriga doir axborotni olish uchun tushgan murojaatnomalarni hisobga olish jurnalining 6-ustunida qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestrida, tuman (shahar) yer kadastri daftarida, kadastr yigʻmajildlarida yoki boshqa manbalarda soʻralayotgan yer kadastriga doir axborot mavjud boʻlmasa, murojaat etuvchiga u soʻrayotgan axborot yoʻqligi toʻgʻrisida yozma ravishda maʼlum qilinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining 2021-yil 28-sentabrdagi 10-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2791-2, 21.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yuridik va jismoniy shaxslar berilgan yer kadastriga doir axborotda xatolar, noaniqliklar mavjudligini aniqlagan yoki unda berilgan maʼlumotlar tarkibiga rozi boʻlmagan holatlarda ushbu axborot maʼlumotlari qayta koʻrib chiqilishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan yer kadastriga doir axborotda aniqlangan xato va noaniqliklarni toʻgʻrilash, maʼlumot bergan tashkilot hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kadastriga doir axborotlarni manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer kadastriga doir axborotni olish uchun tushgan murojaatnomalarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JURNALI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Murojaatnoma bergan yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi

Murojaatnoma qabul qilingan sana

Murojaatnoma mazmuni

Axborot uchun toʻlangan haq summasi, soʻm

Axborot berilgan yoki rad etilgan sana

Murojaatnomani qabul qilib olgan xodimning familiyasi va imzosi

1

2

3

4

5

6

7

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 21-son, 245-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/2791-1/0443-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 21.10.2021-y., 10/21/2791-2/0984-son)