Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.11.2022 03.07.1992 yildagi 661-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.11.2022
Hujjat 13.06.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GUVOHLAR, JABRLANUVChILAR, EKSPERTLAR, MUTAXASSISLAR, TARJIMONLAR VA XOLISLARNING QILGAN XARAJATLARINI TOʻLASh TARTIBI VA MIQDORLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2022-yil 5-noyabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga chaqiriladigan guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga oʻz turar joyidan shu chaqirilgan erga kelish va bu erdan qaytib ketish xarajatlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlariga xizmat safariga borish va qaytish xarajatlarini qoplash uchun belgilangan tartibda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislar oʻzlarining doimiy yashash joylaridan tashqaridagi surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga chaqirilganda va ular shu chaqirilgan joyda bir sutkadan ortiq turishlari lozim boʻlganda, ularga turar joy binosini ijaraga olganlik uchun qilingan xarajatlar va sutkalik xarajatlar, shuningdek xizmat safari bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlarining xizmat safari bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni qoplash uchun belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ekspertlar, mutaxassislar bajargan ish uchun eng kam ish haqiga nisbatan — ishning bir soatiga 0,015-0,020 koeffitsiyenti boʻyicha haq toʻlanadi.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tarjimonlar yozma tarjimaga — har 1000 bosma (qoʻlyozma) belgi uchun eng kam ish haqiga nisbatan — 0,010-0,015 koeffitsiyenti boʻyicha haq oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud majlislarida yoki surishtiruv organlari va dastlabki tergov organlari oʻtkazadigan soʻroqlarda tarjimon sifatida qatnashganlik uchun tarjimonlar eng kam ish haqiga nisbatan — ishning bir soatiga 0,015-0,020 koeffitsiyenti boʻyicha haq oladilar.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrdagi 2022-XII-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1994-y., 11-12-son, 285-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar bajargan ishlari uchun surishtiruv yoki dastlabki tergov organlarining qaroriga yoxud sudning ajrimiga binoan haq oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu haqning miqdori ekspert, mutaxassis yoki tarjimonni chaqirgan idora tomonidan ularning malakasi va ishning murakkabligi, shuningdek bajarilgan ish uchun sarflangan vaqtni hisobga olib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qonunda koʻrsatilgan barcha pullar chaqiruvchi organ tomonidan: jinoiy ishlar boʻyicha — smeta boʻyicha maxsus ajratiladigan mablagʻlar hisobidan, fuqarolik ishlari boʻyicha esa — taraflar beradigan pullar hisobidan toʻlanadi, taraflar ish yuzasidan qilinadigan xarajatlarni toʻlashdan ozod etilgan hollar bundan mustasnodir. Bunday hollarda pullar smeta boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar hisobidan toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 318-moddasiga muvofiq guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga toʻlanadigan mablagʻlar jinoiy ishlar boʻyicha protsessual chiqimlarga qoʻshiladi va Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 320-moddasida belgilangan tartibda undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud tomonidan undirib olingan protsessual chiqimlar respublika budjetiga tushadi.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarga haq ularni chaqirgan organ tomonidan bu shaxslar oʻz vazifalarini bajarib boʻlganlaridan keyin, tegishli pullar ish yuzasidan qilingan xarajatlar tarzida yoki hukm etilganlardan protsessual chiqimlar tarzida tashqaridan olingan va undirib olingan yoki olinmaganligidan qatʼi nazar darhol toʻlanishi kerak.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 6-maydagi 70-I-son Qonuni tahririda — Oliy Kengash Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Surishtiruv organiga, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislar sifatida chaqiriladigan harbiy xizmatchilarning xarajatlarini (yoʻlkira haqi, sutkalik haq va kvartira haqi) sud harbiy qismlarning talabiga binoan va harbiy xizmatchilarning pul taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan normalar boʻyicha toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Qonun xizmat topshirigʻi sifatida oʻz vazifalarini bajaradigan ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarga taalluqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I.KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
661-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 359-modda; 1994-y., 11-12-son, 285-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)