27.02.2009 yildagi 602-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda boʻlib oʻtgan, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida qilgan maʼruzasidagi asosiy qoidalarni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda boʻlib oʻtgan, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida qilgan maʼruzasidagi asosiy qoidalarni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
602-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2009-yil 27-fevraldagi 602-I-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda boʻlib oʻtgan, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida qilgan maʼruzasidagi asosiy qoidalarni amalga oshirishga doir tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Bajarish muddati

Ijro shakli va natijalari

Masʼul ijrochilar

Kutilayotgan natijalar

I. Nazorat-tahlil faoliyati

1.

Texnikaviy va hunar taʼlimi toʻgʻrisidagi konvensiyaning Sirdaryo viloyati qishloq tumanlarida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish

Birinchi yarim yillik

Senat qoʻmitalari hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashining qoʻshma qarorini qabul qilish

Senatning Tashqi siyosat masalalari hamda Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitalari (Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi bilan birgalikda)

Qishloq aholisining taʼlim darajasini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish

2.

“Isteʼmol krediti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyati qishloq tumanlarida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish

Ikkinchi yarim yillik

Senat qoʻmitalari hamda xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashining qoʻshma qarorini qabul qilish

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari (xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashi bilan birgalikda)

Qishloq aholisining daromadlari darajasini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqi�

3.

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy Dasturining Jizzax viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish

Ikkinchi yarim yillik

Senat qoʻmitasi hamda xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining qoʻshma qarorini qabul qilish

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi bilan birgalikda)

Qishloq aholisining huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish

4.

“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Navoiy viloyatida ijro etilishini oʻrganish hamda muhokama qilish

Ikkinchi yarim yillik

Senat qoʻmitasi hamda xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashining qoʻshma qarorini qabul qilish

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi (xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi bilan birgalikda)

Sanoat ishlab chiqarishi oʻsib borishiga hamohang ekologik xavfsizlikni taʼminlash qoidalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining normalarini har taraflama amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish

II. Tadbirlar*

1.

“Qishloqda infratuzilmani rivojlantirish hamda daromad manbalarini koʻpaytirishning oʻrta va uzoq muddatga moʻljallangan strategiyasi” mavzuida seminar (xalq deputatlari Kengashlarining tegishli doimiy komissiyalari ishtirokida)

Yilning ikkinchi choragi

Tavsiyalar qabul qilish

Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻ�itasi

Qishloq aholisi daromadlari darajasini oshirishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish

2.

“Odam savdosi — zamonamizning global muammosi” mavzuida seminar

Yilning ikkinchi choragi

Tavsiyalar qabul qilish

Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi

Odam savdosiga qarshi kurash borasida davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish

3.

“BMTning “Inson taraqqiyoti” konsepsiyasi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini amalga oshirishdagi roli” mavzuida mintaqaviy seminar

Yilning ikkinchi choragi

Tavsiyalar qabul qilish

Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi (BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi bilan birgalikda)

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturining qonunchilik taʼminoti hamda mazkur Dasturni amalga oshirish borasidagi faoliyatidan qishloq joylar aholisini keng koʻlamda xabardor etib borish va bu faoliyat keng yoritilishini taʼminlash

4.

“Qishloq aholisi tibbiy madaniyatini oshirishning dolzarb muammolari” mavzuida davra suhbati

Yilning ikkinchi choragi

Tavsiyalar qabul qilish

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi

Qishloq aholisining tibbiy madaniyatini oshirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish

5.

“Qishloqda tadbirkorlikni rivojlantirish hamda chet el investitsiyalarini jalb etish masalalari” mavzuida seminar (Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda)

Yilning uchinchi choragi

Tavsiyalar qabul qilish

Senatning Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi

Qishloq aholisi daromadlari darajasini oshirishga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish

6.

“Qishloq yoshlarini harbiy xizmatga tayyorlashda mahalliy davlat hokimiyati organlarining, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlarning vazifalari” mavzuida seminar

Yilning toʻrtinchi choragi

Tavsiyalar qabul qilish

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi

Qishloq yoshlarida vatanparvarlik ruhini mustahkamlash

7.

Markaziy Osiyoning transchegaraviy daryolari resurslaridan oqilona foydalanish masalalari yuzasidan senatorlar, olimlar va mutaxassislarning ommaviy axborot vositalarida chiqishlarini tashkil etish

Yil davomida

Ommaviy axborot vositalarida chiqish

Senatning Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Matbuot xizmati

Transchegaraviy oqar suv resurslaridan foydalanish muammolaridan jamoatchilikning xabardorlik darajasini oshirish

8.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-fevralda boʻlib oʻtgan, 2008-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009-yilga moʻljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida qilgan maʼruzasida bayon etilgan asosiy qoidalarni, shuningdek “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini amalga oshirishga oid tadbirlarni roʻyobga chiqarishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining oʻrni va ahamiyati toʻgʻrisida mintaqaviy seminarlar oʻtkazish.

Yil davomida

Tavsiyalar qabul qilish

Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh Senatning Tashqi siyosat masalalari hamda Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari bilan birgalikda

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari, shuningdek jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini mamlakatimizda bartaraf etish yuzasidan 2009 — 2012-yillarga moʻljallangan tadbirlar dasturi mohiyati hamda ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan faoliyati samaradorligini oshirish.

“Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturini hamda tegishli mintaqaviy dasturlarni amalga oshirishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ularning doimiy komissiyalari faolligini yanada kuchaytirish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Izoh: Tadbirlar oʻtkaziladigan sana va ularning ishtirokchilari tarkibi materiallar tayyor boʻlishiga qarab aniqlashtiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 2-son, 48-modda)