Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlari mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2785]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlari mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 9-sentabrdagi 2024/4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-3, 07.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2024-y., 10/24/2785-3/0798-son)
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. ALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 27-aprel,
50-son
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 27-apreldagi 50-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlari mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish
QOIDALARI
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 9-sentabrdagi 2024/4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-3, 07.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2024-y., 10/24/2785-3/0798-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor boʻlgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi boʻlgan bolalar hamda 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarni (bundan buyon matnda vasiylikka olinuvchilar deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi “Muruvvat” internat uylariga (bundan buyon matnda tibbiy-ijtimoiy muassasa deb yuritiladi) rasmiylashtirish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek bittasidan ikkinchisiga oʻtkazish (koʻchirish) masalasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek bittasidan ikkinchisiga oʻtkazish (koʻchirish) boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiya (bundan buyon matnda Maxsus komissiya deb yuritiladi) tuziladi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
Maxsus komissiya tarkibi kamida 5 nafar aʼzodan, shu jumladan Maxsus komissiya raisi va kotibidan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi (bundan buyon matnda hududiy boshqarma deb yuritiladi) boshliqlarining buyruqlari bilan tegishlicha ularning huzurida tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirish uchun vasiylikka olinuvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) tashkil etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 9-sentabrdagi 2024/4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-3, 07.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2024-y., 10/24/2785-3/0798-son)
3. Maxsus komissiya hududiy boshqarmalarning vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirish masalalari boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirib boradi.
2-bob. Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga rasmiylashtirish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vasiylikka olinuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 575-son qarori bilan tasdiqlangan “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizom hamda “Muruvvat” nogironligi boʻlgan bolalar uchun internat uylari toʻgʻrisidagi nizomda nazarda tutilgan tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlarni tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga topshiradi. Bunda, sogʻliqning holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar mazkur Qoidalarning ilovasida koʻrsatilgan roʻyxatga muvofiq taqdim etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari vasiylikka olinuvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning toʻliqligini tekshirib, ularni har bir vasiylikka olinuvchi boʻyicha alohida jildlarga joylashtirgan holda hujjatlar qabul qilib olingan kundan boshlab 10 kun ichida hududiy boshqarmalarga yuboradi.
Hujjatlarning oʻz vaqtida hududiy boshqarmalarga yuborilishi uchun tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari direktorlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Hududiy boshqarmalar huzuridagi ishchi guruhlar tomonidan tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlaridan kelib tushgan vasiylikka olinuvchilarning hujjatlari 10 ish kuni ichida atroflicha oʻrganib chiqilib, tegishli qaror chiqarish uchun Maxsus komissiyaga taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
7. Maxsus komissiya taqdim etilgan hujjatlarni vasiylikka olinuvchilarning istagi, shuningdek tibbiy-ijtimoiy muassasalardagi boʻsh oʻrinlar mavjudligini inobatga olgan holda oʻrganib chiqadi va ularni mazkur muassasalarga yuborish (qabul qilish) yoki yuborishda (qabul qilishda) rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
8. Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborishni (qabul qilishni) asossiz rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Maxsus komissiya qarori u qabul qilingan kundan boshlab 3 kun ichida tegishlicha hududiy boshqarmalarga vasiylikka olinuvchilarning hujjatlari bilan birga yuboriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Hududiy boshqarma boshligʻi tomonidan Maxsus komissiya qarori kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida uning asosida vasiylikka olinuvchini “Muruvvat” internat uyiga yuborish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi va vasiylikka olinuvchining hujjatlari bilan birga tibbiy-ijtimoiy muassasaga yuboriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Maxsus komissiya qarorida vasiylikka olinuvchini tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasaga yuborishda (qabul qilishda) rad etilgan boʻlsa, hududiy boshqarma qaror kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida bu haqda vasiylikka olinuvchini uning hujjatlarini ilova qilgan holda xat orqali xabardor qiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Vasiylikka olinuvchi (uning qonuniy vakili) hududiy boshqarma boshligʻining tibbiy-ijtimoiy muassasaga yuborish toʻgʻrisidagi buyrugʻini olgandan soʻng, tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasaga murojaat qiladi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
3-bob. Vasiylikka olinganlarni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish (koʻchirish)
14. Vasiylikka olingan bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasada boʻsh oʻrinlar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkazilishi (koʻchirilishi) mumkin.
15. Vasiylikka olinganni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish (koʻchirish):
u istiqomat qilayotgan tibbiy-ijtimoiy muassasa joylashgan hududning ob-havosi sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatganda (tibbiy xulosa bilan asoslanganda);
uning qonuniy vakili bir hududdan boshqa hududga koʻchib oʻtganda (qonuniy vakilining doimiy yashash joyidan maʼlumotnoma bilan asoslanganda) amalga oshiriladi.
16. Vasiylikka olingan bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtish (koʻchish) uchun u yoki uning qonuniy vakili tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasasi joylashgan hududdagi hududiy boshqarmaga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga mazkur Qoidalarning 15-bandida koʻrsatilgan vasiylikka olinganni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish (koʻchirish) uchun asos boʻlib hisoblanuvchi hujjatlar ilova qilinishi lozim.
17. Hududiy boshqarma huzuridagi ishchi guruhi tomonidan vasiylikka olinganning bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish (koʻchirish) haqidagi arizasi 10 ish kuni ichida atroflicha oʻrganib chiqiladi va tegishli qaror chiqarish uchun Maxsus komissiyaga taqdim etiladi.
Zarur hollarda ishchi guruhi tomonidan tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasadan vasiylikka olinganning sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlari ishchi tartibda soʻrab olinishi mumkin.
18. Maxsus komissiya hududiy boshqarmalar tomonidan kiritilgan hujjatlarni tibbiy-ijtimoiy muassasalardagi boʻsh oʻrinlar mavjudligini inobatga olgan holda oʻrganib chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylikka olinganni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazish (koʻchirish) toʻgʻrisida Maxsus komissiya qarori qabul qilinadi va u Maxsus komissiya tomonidan 3 kun ichida tegishlicha hududiy boshqarma(lar)ga yuboriladi.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Hududiy boshqarma(lar) boshligʻi tomonidan Maxsus komissiya qarori kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida vasiylikka olinuvchini tibbiy-ijtimoiy muassasadan chiqarish yoki qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi va ushbu buyruq tibbiy-ijtimoiy muassasaga yuboriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
21. “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyi tomonidan yilning har choragi yakunida 18 yoshga toʻlgan vasiylikka olinganlar roʻyxati tuzilib, tegishlicha hududiy boshqarmaga taqdim etiladi.
22. Hududiy boshqarma huzuridagi ishchi guruhi taqdim etilgan 18 yoshga toʻlgan vasiylikka olinganlar roʻyxatini 10 ish kuni ichida oʻrganib chiqib, ularni “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylariga oʻtkazish masalasini hal qilish uchun Maxsus komissiyaga taklif kiritadi.
23. Maxsus komissiya hududiy boshqarmalar tomonidan kiritilgan takliflarni “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylaridagi mavjud boʻsh oʻrinlarni inobatga olgan holda oʻrganib chiqadi.
18 yoshga toʻlgan vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” nogironlar uchun internat uylariga joylashtirish boʻyicha Maxsus komissiya qarori qabul qilinadi va u Maxsus komissiya tomonidan ijro uchun tegishlicha hududiy boshqarmalarga yuboriladi.
24. Hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan Maxsus komissiya qarori kelib tushgan kundan boshlab 3 kun ichida uning asosida tegishlicha 18 yoshga toʻlgan vasiylikka olinganlarni “Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uyidan chiqarish yoki ularni “Muruvvat” nogironlar uchun internat uyiga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq qabul qilinadi.
25. Vasiylikka olinganni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazishda (koʻchirishda) u tark etayotgan tibbiy-ijtimoiy muassasa zarur transport vositasini hamda kuzatib borish uchun tibbiyot xodimini ajratgan holda uning oʻtkazilayotgan (koʻchirilayotgan) tegishli tibbiy-ijtimoiy muassasaga yetkazilishini taʼminlaydi.
26. Vasiylikka olinganni bir tibbiy-ijtimoiy muassasadan boshqasiga oʻtkazishda (koʻchirishda) u tibbiy-ijtimoiy muassasaga rasmiylashtirilishi bilan bogʻliq boʻlgan barcha hujjatlari hamda shaxsiy kiyim-kechagi va buyumlari bilan birga oʻtkaziladi (koʻchiriladi).
4-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
27. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlari mavjud nogironligi boʻlgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish qoidalariga
ILOVA
ILOVA
(ilova belgisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 9-sentabrdagi 2024/4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-3, 07.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2024-y., 10/24/2785-3/0798-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vasiylikka olinuvchilarni “Muruvvat” internat uylariga rasmiylashtirish uchun talab etiladigan sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi tibbiy hujjatlar
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
1. Ambulator kartadan yoki kasallik tarixidan koʻchirma (qon va siydik tahlili, qonning Vasserman reaksiyasi va Avstraliya antigeniga tahlili, koʻkrak qafasi flyurografiyasi boʻlishi lozim).
Oldingi tahrirga qarang.
2. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining psixiatriya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar filiallari Tibbiy-maslahat komissiyasi xulosasi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 9-sentabrdagi 2024/4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-3, 07.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2024-y., 10/24/2785-3/0798-son)
3. Silga qarshi kurashish dispanseri xulosasi.
4. Onkologik dispanser xulosasi.
5. Teri-tanosil kasalliklari dispanseri xulosasi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining 2016-yil 27-oktabrdagi 69-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2785-1, 02.10.2016-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan —OʻR QHT, 2016-y., 44-son, 515-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. OITSga qarshi kurash markazining xulosasi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 10-iyuldagi 2024/1-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2785-2, 14.08.2024-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Izoh: mazkur roʻyxatda koʻrsatilgan hujjatlarning amal qilish muddati 3 oyni tashkil etadi.
(izoh Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 23-dekabrdagi 2024/5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-4, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.01.2025-y., 10/25/2785-4/0004-son)
(buyruqning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 2024-yil 9-sentabrdagi 2024/4-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2785-3, 07.10.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2024-y., 10/24/2785-3/0798-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 19-son, 217-modda, 44-son, 515-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/2785-2/0628-son; 09.10.2024-y., 10/24/2785-3/0798-son; 03.01.2025-y., 10/25/2785-4/0004-son)