31.07.2009 yildagi 653-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hokimiyatning vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi rolini oshirish, shuningdek deputatlar korpusi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalari bilan yanada yaqindan hamkorlik qilishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi tavsiyalar maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tavsiyalar (1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashining va xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalarining qarorlari ijro etilishi ustidan nazorat olib borishga doir tavsiyalar (2-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati tomonidan deputat soʻrovini yuborishga doir tavsiyalar (3-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan aholi oʻrtasida tushuntirish mexanizmini takomillashtirishga doir tavsiyalar (4-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari rahbarlariga ushbu qaror bilan maʼqullangan tavsiyalarning qoidalarini hisobga oladigan huquqiy hujjatlarni ishlab chiqib, ularni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi majlisida, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalarida tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Senatning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi, ularning mintaqaviy rivojlanish muammolarini hal etishdagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlash masalalari boʻyicha guruh rahbari Gʻ. Aliyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 31-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
653-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2009-yil 31-iyuldagi 653-I-sonli qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari ish rejalarini tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari (bundan buyon matnda doimiy komissiyalar deb yuritiladi) har yilgi faoliyatining asoslari doimiy komissiyalarning xalq deputatlari mahalliy Kengashi (bundan buyon matnda mahalliy Kengash deb yuritiladi) sessiyasida tasdiqlanadigan yillik ish rejalarida belgilanadi. Doimiy komissiyalarning ish rejalariga kiritiladigan oʻzgartishlar yoki qoʻshimchalar mahalliy Kengashning sessiyasida koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari ish rejalarida, boshqa masalalardan tashqari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tegishli (sohaviy) doimiy komissiyalarining faoliyatini oʻrganishga, tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, shuningdek viloyat Kengashi va uning doimiy komissiyalari qarorlarining bajarilishiga doir tadbirlar aks ettirilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlarining ish rejalariga qabul qilinayotgan qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, shuningdek mahalliy Kengashlar qarorlarining mazmun-mohiyatini aholi eʼtiboriga yetkazishga doir tadbirlar kiritilishi lozim. Ish rejalariga kiritilgan tadbirlar bajarilishini taʼminlash uchun vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda jalb etilgan tashkilotlar deb yuritiladi) vakillari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Doimiy komissiyalarning ish rejalariga xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari sessiyalarining qarorlari, doimiy komissiyalarning qarorlari bajarilishini oʻrganish tadbirlari albatta kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reglament va deputatlik odobi masalalari doimiy komissiyalarining ish rejalariga mahalliy Kengashlar deputatlari tomonidan deputatlik vakolatlari bajarilishining samaradorligini oʻrganish tadbirlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Doimiy komissiyalarning ish rejalariga doimiy komissiyalarning, deputatlarning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish tadbirlari kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Doimiy komissiyalarning ish rejalariga kiritilgan huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirishga “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Fermer xoʻjaliklari assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston advokatlar palatasi va boshqa jamoat birlashmalarining vakillari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari va ularning maslahatchilari, mahalliy ommaviy axborot vositalarining vakillari va boshqalar jalb etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari deputatlarining huquqiy bilimi darajasini oshirish maqsadida xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining ish rejalariga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari doimiy komissiyalarining raislari uchun oʻquv seminarlarini oʻtkazish tadbirlari kiritilgan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Doimiy komissiyaning ish rejasini tuzganda: birinchidan – tadbirning tartib raqami, ikkinchidan – tadbirning nomi, uchinchidan – tadbirlarni bajarish muddatlari, toʻrtinchidan – jalb etilgan tashkilotlar va beshinchidan – masʼul ijrochilar koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirning nomi koʻrsatiladigan joyda mazkur tadbir doimiy komissiyaning ish rejasiga qaysi maqsadda kiritilganligi koʻrsatib oʻtiladi. Tadbirni maqsadini koʻrsatmay turib ish rejasiga kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy Kengashning qarori tadbirni ish rejasiga kiritish uchun asos boʻlgan boʻlsa, u holda qarorning toʻliq nomi, qaror qabul qilingan sana, uning tartib raqami va bandi albatta koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirlarni bajarish muddatlari koʻrsatiladigan joyda tadbir oʻtkaziladigan aniq sana (oy yoki yil choragi) koʻrsatib oʻtiladi. “Yil davomida” qabilidagi noaniq taʼriflardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jalb etilgan tashkilotlar koʻrsatiladigan joyda konkret korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning toʻliq nomi, ularning rahbarlari familiyalari va lavozimlari koʻrsatib oʻtiladi, ushbu Tavsiyalarning 5-bandida koʻrsatilgan hollar bundan mustasno. “Korxonalar”, “muassasalar”, “tashkilotlar” qabilidagi noaniq taʼriflardan, shuningdek tashkilotlarning toʻliq boʻlmagan nomlaridan va shu singarilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masʼul ijrochilar koʻrsatiladigan joyda deputatlarning aniq familiyalarini koʻrsatib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Doimiy komissiyalar majlislarining bayonnomalarini va qabul qilinayotgan qarorlarini rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Doimiy komissiyalarning majlislarida doimiy komissiyalarning ish rejalariga kiritilgan masalalar koʻriladi, mahalliy Kengashlar sessiyalari qarorlarining ijrosi muhokama qilinadi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlari tinglanadi, mahalliy Kengashlar sessiyalari qarorlarining loyihalari tayyorlanadi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari doimiy komissiyalarining majlislarida qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyalari va uning doimiy komissiyalari qarorlarining ijro etilishi ham muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya aʼzolari tomonidan qilingan ishlarning natijalari doimiy komissiyalarning majlislarida yil choragi boʻyicha yakunlanadi va doimiy komissiyaning faoliyati yuzasidan yil choragiga oid hisobot tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Doimiy komissiyaning majlisi jarayoni doimiy komissiya majlisining bayonnomasida qayd etiladi. Bayonnomani rasmiylashtirish tartibi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari devonlarida ish yuritish hamda hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil qilish boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan boʻlib, Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Doimiy komissiya majlisining yakunlari boʻyicha qaror qabul qilinadi. Doimiy komissiyaning qarori doimiy komissiya blankasida, qarorning tartib raqami, doimiy komissiya majlisi oʻtkazilgan sana va joy koʻrsatilgan holda rasmiylashtiriladi. Doimiy komissiyaning qarori doimiy komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Doimiy komissiyaning qarorida qarorning nomi koʻrsatilgan, uni qabul qilish sabablari va maqsadlari tushuntirilgan, shuningdek qabul qilingan qarorning mazmun-mohiyati aniq aks ettirilgan boʻlishi kerak. Qarorda uning ijro etilishi uchun masʼul deputatlarning hamda korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlarining familiyalari koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nazorat tadbirlarini amalga oshirish natijalari yuzasidan doimiy komissiyalar qabul qilgan qarorlarda korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga berilgan aniq tavsiyalar, qabul qilingan qarorlarni ijro etish muddatlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar doimiy komissiya qarorini koʻrib chiqqanligi toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi lozim boʻlgan muddatlar, shuningdek ayrim deputatlarga berilgan aniq topshiriqlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Rasmiyatchilik xususidagi, yuzaki qarorlar qabul qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Doimiy komissiyalarning qarorlari zaruratga qarab mahalliy gazetalarda eʼlon qilinadi va aniq ijrochilarga yetkaziladi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining doimiy komissiyalari qarorlari xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli (sohaviy) doimiy komissiyalariga axborot uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Doimiy komissiyalar majlislarining bayonnomalari, qabul qilingan qarorlar, majlis materiallari (nutqlar, maʼlumotnomalar, hisobotlar), qaror gazetada eʼlon qilinganligi, ijrochilarga yetkazilganligi haqidagi axborot, doimiy komissiya qarorining ijrosi haqidagi hisobot tegishli hokimlikning tashkiliy-nazorat guruhida saqlanishi kerak. Mazkur hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini hamda tashkiliy-nazorat guruhiga taqdim etilishini taʼminlash ustidan nazorat olib borish doimiy komissiya raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Doimiy komissiyalar majlislarini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2007-yil 9-martdagi 305-I-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Xalq deputatlari mahalliy Kengashining doimiy komissiyalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomda koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mahalliy Kengashlar va ularning doimiy komissiyalari qarorlarining ijro etilishi ustidan nazorat olib borish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mahalliy Kengash rahbari Kengash sessiyalarining qarorlari, mahalliy Kengash va uning doimiy komissiyalarining ish rejalari oʻz vaqtida sifatli ijro etilishi ustidan nazorat olib boradi. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining rahbari qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi va uning doimiy komissiyalarining qarorlari bajarilishini ham taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Doimiy komissiyalarning raislari deputatlar, doimiy komissiyalarning aʼzolari mahalliy Kengashning va tegishli doimiy komissiyalarning ish rejalarini oʻz vaqtida ijro etishlari ustidan nazorat olib boradilar. Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining raislari qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining qarorlari bajarilishini ham taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Deputatlar mahalliy Kengashlar hamda oʻzlari aʼzosi boʻlgan doimiy komissiyalar qarorlarining ijro etilishi ustidan nazorat olib boradilar. Masʼul deputat mahalliy Kengash va doimiy komissiya qarorini ijro etish yakunlari boʻyicha doimiy komissiya majlisida koʻrib chiqish uchun, zarur hollarda esa mahalliy Kengash sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun mahalliy Kengash va doimiy komissiya qarorini ijro etish natijalari toʻgʻrisida axborot tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xalq deputatlari viloyat Kengashining doimiy komissiyalari xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining tegishli (sohaviy) doimiy komissiyalari faoliyatini muhokama va tahlil qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi va ikkinchi yarim yillik yakunlari boʻyicha viloyat Kengashi doimiy komissiyalarining majlislarida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari doimiy komissiyalarining ishi toʻgʻrisidagi yakunlovchi axborot tinglanadi. Qabul qilingan qaror tegishli mahalliy Kengash muhokamasiga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Doimiy komissiyalarning raislari doimiy komissiya tomonidan qilingan ishlar toʻgʻrisida mahalliy Kengash sessiyasida hisobot beradilar. Hisobotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha mahalliy Kengash qaror qabul qilib, unda doimiy komissiya faoliyatiga baho beradi, rejalashtirilgan tadbirlar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlamagan deputatlarga nisbatan koʻriladigan choralarni belgilaydi. Mahalliy Kengash qarorida faoliyati doimiy komissiyalar tomonidan nazorat-tahlil ishi doirasida oʻrganilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlariga baho, xulosalar va aniq topshiriqlar berilishi ham kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyalarida viloyat Kengashi doimiy komissiyalari raislarining hisobotlari, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari rahbarlarining tegishli mahalliy Kengashlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobotlari tinglanadi. Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarorida viloyat Kengashi doimiy komissiyalari faoliyatiga, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari rahbarlari faoliyatiga baho berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Doimiy komissiyalarning raislari lozim darajada ishlamaganligi yoki deputatlar oʻzlarining deputatlik vazifalarini bajarmaganligi hollari aniqlangan taqdirda, bunday deputatlarga nisbatan mahalliy Kengash sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tegishli choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mahalliy Kengashlar va ularning doimiy komissiyalarining tadbirlari, ish rejalari oʻz vaqtida bajarilishi uchun masʼuliyat mahalliy Kengash rahbari va doimiy komissiyalar raislari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2009-yil 31-iyuldagi 653-I-sonli qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashining va xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalarining qarorlari ijro etilishi ustidan nazorat olib borishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashining va xalq deputatlari mahalliy Kengashi doimiy komissiyalarining qarorlari ijro etilishi ustidan nazorat olib borishga doir tavsiyalar “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari asosida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlash uning doimiy komissiyalari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorlarining ijro etilishini oʻrganish yakunlari mahalliy Kengash sessiyasida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya qarorining ijro etilishi yakunlari doimiy komissiya majlisida muhokama qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xalq deputatlari mahalliy Kengashining hamda mahalliy Kengash doimiy komissiyalarining qarorlari ijro etilishi ustidan nazorat zimmasiga mazkur qarorlarning ijrosi yuklatilgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rahbarlarining axborotini (bundan buyon matnda tashkilot rahbarining axboroti deb yuritiladi) tinglash yoki ijroni joylarga borib oʻrganish yoʻli bilan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyasida tashkilot rahbarining axborotini tinglash toʻgʻrisidagi masalani tayyorlash uchun tegishli doimiy komissiya xulosa va xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorining loyihasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorlarining ijro etilishi jarayonini joylarga borib oʻrganish uchun xalq deputatlari mahalliy Kengashi rahbari xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatlari va mutaxassislar orasidan ishchi guruh tuzishi yoki ijroni oʻrganishni tegishli doimiy komissiya zimmasiga yuklashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy komissiya qarorining ijro etilishi jarayonini oʻrganish uchun doimiy komissiya raisi doimiy komissiya aʼzolari va mutaxassislar orasidan ishchi guruh tuzadi, savolnoma tayyorlanishini va faoliyatini oʻrganish moʻljallanayotgan tashkilot rahbariga yuborilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq deputatlari mahalliy Kengashining va mahalliy Kengash doimiy komissiyalarining qarorlari ijro etilishini oʻrganish asnosida ishchi guruh aʼzolari tashkilotning mansabdor shaxslaridan zarur materiallar va hujjatlarni, shuningdek boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishlari mumkin. Qarorlarning ijrosini oʻrganish natijalari yuzasidan maʼlumotnoma tayyorlanib, ishchi guruh rahbari, tashkilot rahbari va ishchi guruh aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qarorlarning ijrosini oʻrganish natijalari, qoida tariqasida, doimiy komissiya majlisida tashkilot rahbarini taklif etgan holda koʻrib chiqiladi. Doimiy komissiya majlisiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, ilmiy muassasalar vakillari, mutaxassislar va olimlar, jamoatchilik va xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakillari, shuningdek matbuot organlari, televideniye va radio vakillari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Doimiy komissiyaning ijroni oʻrganish natijalari yuzasidan qabul qilgan qarori tashkilot rahbariga yuboriladi. Doimiy komissiya qarori ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Doimiy komissiya qarorida qarorni koʻrib chiqish natijalari haqida yoki koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tashkilot rahbari tomonidan axborot taqdim etish muddatlari koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tashkilot rahbarining doimiy komissiya qarorini koʻrib chiqish natijalari haqidagi va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi axboroti doimiy komissiya majlisida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Doimiy komissiya qarorining ijro etilishi toʻgʻrisida axborot boʻlmasa yoki toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa yoxud tashkilot rahbari doimiy komissiya qarorining ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf qilish choralarini koʻrmagan boʻlsa, doimiy komissiya ushbu masalani xalq deputatlari Kengashi muhokamasiga kiritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qarorlarning ijrosini oʻrganish natijalari, shuningdek tashkilot rahbarining axboroti xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasida koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi qarorlarining ijro etilishini oʻrganish natijalarini mahalliy Kengash sessiyasida muhokama qilish tartibi Xalq deputatlari mahalliy Kengashining reglamenti bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2009-yil 31-iyuldagi 653-I-sonli qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati tomonidan deputat soʻrovini yuborishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) tomonidan deputat soʻrovini yuborishga doir tavsiyalar “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari asosida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Deputat soʻrovi tegishli hududda joylashgan davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan yuboriladi. Bank yoki tijorat sirini tashkil etuvchi yoxud davlat sirlari jumlasiga kiruvchi maʼlumotlari boʻlgan hujjatlarni talab qilib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarning raislariga, prokurorlarga, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga yoʻllangan deputat soʻrovi ular yurituvidagi aniq ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Deputat soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi qaror deputat tomonidan mustaqil ravishda qabul qilinadi va biron bir tarzda kelishib olish talab qilinmaydi. Deputat soʻrovi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining bitta mansabdor shaxsi nomiga ham, bir necha mansabdor shaxsi nomiga ham yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovi deputat tomonidan faqat uning deputatlik faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan yuborilishi mumkin. Deputatlik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan shaxsiy manfaatlarni koʻzlab deputat soʻrovini yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Deputat soʻrovi rasmiy blankada rasmiylashtiriladi va soʻrov tashabbuskori tomonidan imzolanadi. Deputat soʻrovi qisqa va tushunarli tarzda bayon etilishi hamda unda quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovi yuborilishi sabablarining qisqacha asosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻrovi yuborilayotgan mansabdor shaxsning ismi va otasi ismining bosh harflari, familiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot (hujjatlar) taqdim etish toʻgʻrisidagi yoki tegishli maʼlumotlarni tekshirish haqidagi talablar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputat soʻroviga javob taqdim etish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot (hujjatlar) taqdim etilmagan taqdirda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralar koʻrilajagi haqidagi qayd.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat soʻrovining nusxasi deputat soʻrovini yuborgan deputat xalq deputatlari mahalliy Kengashining qaysi doimiy komissiyasiga aʼzo boʻlsa, shu komissiya raisiga maʼlumot uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Deputat soʻrovi yuborilgan mansabdor shaxs javobni deputat soʻrovi olingan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay yozma shaklda, soʻralgan barcha hujjatlarni ilova qilgan holda yuborishi shart. Deputat soʻroviga javob, u qaysi mansabdor shaxs nomiga yuborilgan boʻlsa, oʻsha mansabdor shaxs yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Deputat soʻroviga doir axborot xalq deputatlari mahalliy Kengashining doimiy komissiyasi majlisida yoki mahalliy Kengash sessiyasida muhokama qilinishi mumkin. Deputat soʻroviga doir axborot muhokamasi deputat soʻrovi yuborilgan mansabdor shaxs ishtirokida oʻtkaziladi. Deputat soʻroviga doir axborotni muhokama qilish tartibi Xalq deputatlari mahalliy Kengashining reglamenti bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputati tomonidan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining vakolatiga taalluqli deputat soʻrovini yuborish zarurati tugʻilgan taqdirda, ushbu deputat soʻrovi xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli mintaqadan saylangan deputati tashabbusi bilan yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati tomonidan umumdavlat ahamiyatiga molik deputat soʻrovini yuborish zarurati tugʻilgan taqdirda, u tegishli mintaqadan saylangan senatorlarga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga yordam soʻrab murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2009-yil 31-iyuldagi 653-I-sonli qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari tomonidan aholi oʻrtasida tushuntirish mexanizmini takomillashtirishga doir
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIYALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari (bundan buyon matnda deputat deb yuritiladi) oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri qabul qilinayotgan qonunlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida qabul qilingan qarorlarning, hokimlar qarorlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishdan (bundan buyon matnda tushuntirish ishi deb yuritiladi) iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tushuntirish ishi reja asosida olib borilishi kerak. Ana shu maqsadda deputat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlar deputat aʼzo boʻlgan doimiy komissiyaning ish rejasiga kiritiladi. Deputat mamlakatda sodir boʻlayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy voqea-hodisalardan xabardor boʻlib borishi, ularda faol ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputat doimiy komissiyaning aʼzosi sifatida oʻz tumani (shahri) va viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlari, muammolari hamda vazifalari haqida toʻliq axborotga ega boʻlishi, shu asosda bu koʻrsatkichlarni yaxshilash va muammolarni hal qilishga yordam berishga qaratilgan deputatlik faoliyatini tashkil etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tushuntirish ishlari rejalarida quyidagilar nazarda tutilmogʻi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylovchilar bilan, oʻzlari qaysi siyosiy partiyadan saylangan boʻlsalar, shu partiya vakillari bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazib turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli saylov okrugi hududida joylashgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislari va ularning maslahatchilari, fuqarolar bilan, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar xodimlari bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deputatning ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, gazetalar va jurnallarda) chiqib turishi hamda maqolalar berib borishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushuntirish ishiga vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar hududiy boʻlinmalarining vakillarini, shuningdek huquqni muhofaza qilish organlari, advokatura, adliya organlari va jamoat birlashmalari vakillarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarini oʻtkazish yakunlarini, oʻzi aʼzo boʻlgan doimiy komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlarni ommaviy axborot vositalarida (televideniye, radio, gazetalar va jurnallarda) yoritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini oʻtkazish uchun tegishli hokimliklar deputatning iltimosiga koʻra bino ajratadi, deputatning saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish, fuqarolarni qabul qilish vaqti va joyi haqida fuqarolarga xabar beradi, deputatning taklifiga muvofiq qabul va uchrashuvlarda qatnashish uchun oʻzining masʼul vakillarini yuboradi, shuningdek deputatning ishida unga yordam berish yuzasidan boshqa choralarni koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hokimlik tomonidan deputatlarga saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish uchun ajratilayotgan binolar tashkiliy texnika bilan jihozlangan va telefon aloqasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Bundan tashqari, deputatlar “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasida, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamida eʼlon qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matnlari bilan, xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyalarida va uning doimiy komissiyalari majlislarida qabul qilingan qarorlarning matnlari bilan taʼmin etilishi zarur. Shuningdek, deputatlarga “LEX.UZ” axborot-huquqiy tizimida joylashtirilgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning elektron ifodasidan foydalanish imkoniyati taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Deputat qabul qilinayotgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish bilan bogʻliq tadbirlar yakunlari boʻyicha maʼlumotnoma (bayonnoma) tayyorlashi shart. Ushbu hujjatda tadbir oʻtkazilgan joy va uning ishtirokchilari tarkibiga qarab deputatning imzosidan tashqari oʻtkazilgan tadbir tashkilotchilarining imzosi ham boʻlishi kerak. Tashkilotchilarning imzosi tegishli muhr bilan tasdiqlanadi. Maʼlumotnomaga video va fototasvir materiallari ilova qilinishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Deputat taqdim etadigan maʼlumotnomada (bayonnomada) tadbir oʻtkazilgan sana va joy, ishtirokchilar soni va tarkibi, tadbir mavzui, tadbirni oʻtkazish jarayonining qisqacha tavsifi, tadbir asnosida koʻtarilgan masalalar va muammolar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Deputatning ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari haqidagi maʼlumotnomaga gazeta yoki jurnalda bosilgan materialning nusxasi, televideniye va radioda chiqqanligi haqidagi maʼlumotnomaga esa tegishli teleradiokompaniyaning maʼlumotnomasi (koʻrsatuv yoki eshittirish efirga uzatilgan sanani koʻrsatgan holda) ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tayyorlangan maʼlumotnomani (bayonnomani) deputat xalq deputatlari mahalliy Kengashining oʻzi aʼzo boʻlgan doimiy komissiyasiga taqdim etadi. Maʼlumotnomaga tadbir chogʻida koʻtarilgan muammolarni hal qilish yuzasidan deputat tomonidan olib borilayotgan ishlar haqidagi axborot ham ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Deputat tomonidan olib borilgan ishlarning yakunlari haqidagi axborot deputat aʼzo boʻlgan doimiy komissiya majlisida koʻrib chiqiladi. Umumlashtirilgan yakuniy axborot xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyasida koʻrib chiqiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 7-son, 264-modda)