30.12.2010 yildagi 152-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalarini saylash yoki ularni lavozimidan ozod qilish masalalarini koʻrib chiqish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi 1.1-bandining 1.1.5-kichik bandini ijro etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalarini saylash yoki ularni lavozimidan ozod qilish masalalarini koʻrib chiqish tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I.SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 30-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 30-dekabrdagi 152-II-sonli Qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalarini saylash yoki ularni lavozimidan ozod qilish masalalarini koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish, shuningdek ularni saylash yoki lavozimidan ozod qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunning 9-moddasiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari, rais oʻrinbosarlari va sudyalari (bundan buyon matnda sudyalar deb yuritiladi) lavozimlariga saylash uchun nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sudyalar lavozimlariga saylash uchun nomzodlar boʻyicha yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi Senat Devonida roʻyxatga olingan kundan boshlab Senatga kiritilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga sudyalar lavozimlariga saylash uchun nomzodlar toʻgʻrisidagi axborotni oʻz ichiga olgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kelib tushgan taqdimnoma ilova qilingan hujjatlar bilan birga Senat Raisiga topshiriladi. Senat Raisi Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasiga (bundan buyon matnda Senat qoʻmitasi deb yuritiladi) nomzodlarni sudyalar lavozimiga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalalarni dastlabki tarzda koʻrib chiqishni topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Taqdimnoma tegishli hujjatlar bilan birga Umumiy boʻlimga nusxa koʻchirish va Senat qoʻmitasiga hamda Senat Raisining topshirigʻida koʻrsatilgan boshqa shaxslarga berish uchun topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taqdimnoma tegishli hujjatlar bilan birga Senat Devonining Rahbariga, uning nusxalari esa Senat Raisining oʻrinbosariga, Senat qoʻmitasiga, Yuridik boʻlimga, Nazorat-axborot boʻlimiga, Matbuot va tarjima boʻlimiga, Senatning matbuot kotibiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalalarning Senat qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Senat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq zarur materiallar tayyorlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tegishli hujjatlar (Senat qoʻmitasining qarorlari, Senat qoʻmitasi majlisining bayonnomalari va h.k.) rasmiylashtirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalani Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish yuzasidan Senat Kengashiga taklif kiritish toʻgʻrisida Senat qoʻmitasining qarorini qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ushbu masalalar boʻyicha Senatning tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Senatning yalpi majlisida sudyalar lavozimlariga nomzodlarni tanishtiradigan mansabdor shaxsni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalalarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni rasmiylashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalalarni Senat qoʻmitasi majlisida koʻrib chiqish Senatning navbatdagi yalpi majlisiga qadar oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Senat qoʻmitasi sudyalar lavozimlariga nomzodlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislarini va (yoki) rais oʻrinbosarlarini Senat qoʻmitasining majlisi oʻtkaziladigan sana haqida oldindan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Senat qoʻmitasining majlisi, agar unda Senat qoʻmitasi aʼzolarining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Senat qoʻmitasining majlislari ochiq oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Senat qoʻmitasining majlislariga sudyalar lavozimlariga nomzodlar va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi va Oliy xoʻjalik sudi raislari yoki rais oʻrinbosarlari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli sud raisi yoki rais oʻrinbosari sudyalar lavozimlariga saylash uchun nomzodlar boʻyicha yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasini oʻqib eshittiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash haqidagi masalani koʻrib chiqish davomida Senat qoʻmitasi aʼzolari tomonidan nomzodlarning kasb malakalari va tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida ularga savollar berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Senat qoʻmitasining nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalani Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish boʻyicha Senat Kengashiga taklif kiritish toʻgʻrisidagi qarori qoʻmita aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat qoʻmitasining qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Senat qoʻmitasining nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish haqidagi masalani Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibining loyihasiga kiritish toʻgʻrisida taklif qilingan qarori Senat Kengashining muhokamasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Senat qoʻmitasining majlislari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Senat Kengashi nomzodlarni sudyalar lavozimlariga saylash yoki sudyalarni lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilish uchun Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muhokama natijalari boʻyicha Senat qoʻmitasi sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senatning tegishli qarorlari loyihalarini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Senat qoʻmitasining raisi Umumiy boʻlim bilan birgalikda sudyalar lavozimlariga nomzodlarga Senatning navbatdagi yalpi majlisida qatnashish uchun tegishli ruxsatnoma berilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Senatning yalpi majlisida sudyalarni saylash yoki ozod qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 6-maydagi 29-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasiga doir hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorining loyihasiga Senat qoʻmitasi raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik boʻlim mudiri, Matbuot va tarjima boʻlimi mudiri tomonidan viza qoʻyilib, Senat Raisining oʻrinbosariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Raisining oʻrinbosari tomonidan viza qoʻyilgan Senat qarorining loyihasi Senat qoʻmitasiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorining belgilangan tartibda viza qoʻyilgan loyihasi Senat qoʻmitasining raisi tomonidan Senat Devoni Rahbariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarori loyihasining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasining va boshqa hujjatlarning nusxalari Umumiy boʻlim xodimlari tomonidan koʻpaytiriladi va Nazorat-axborot boʻlimiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorining loyihasi bilan bir vaqtda Senat qoʻmitasi tomonidan Senat Devoni Rahbari bilan kelishilgan holda ushbu qarorni tarqatish varagʻi tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Senatorlarga Senatning yalpi majlisida muhokamada qatnashish uchun sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarori loyihasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimnomasi va boshqa hujjatlar topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Senatning yalpi majlisida sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan qabul qilingan Senat qarorini tegishli blankada chiqarilishi taʼminlanib, Senat qarorlarining rus tilidagi elektron nusxasi Umumiy boʻlimda, davlat tilidagi nusxasi esa Matbuot va tarjima boʻlimida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat Raisining oʻrinbosari, Senat qoʻmitasining raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik boʻlim mudiri, Matbuot va tarjima boʻlimi mudiri tomonidan viza qoʻyilgan Senat qarori Senat qoʻmitasining raisi tomonidan imzolash uchun Senat Raisiga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorlari “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida eʼlon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorlari qabul qilingan kundan boshlab uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Sudyalarni saylash yoki ozod qilish masalasi yuzasidan Senat qarorining Umumiy boʻlim muhri bilan tasdiqlangan nusxasi qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida ushbu qarorni tarqatish varagʻida koʻrsatilgan tegishli tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Senatning sudyalar lavozimlariga nomzodlarni va sudyalarni lavozimidan ozod qilish masalalarini muhokama etish bilan bogʻliq faoliyatini tashkiliy, axborot, moddiy-texnikaviy jihatdan taʼminlash Senat Devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Devoni boʻlimlarining Senatning yuqorida koʻrsatilgan vakolatini taʼminlash bilan bogʻliq faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining 2010-yil 22-iyuldagi 85-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 12-son, 548-modda)