TASDIQLANGAN
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Ijro etish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasini tuzish. |
2011-yilning |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi |
|
2. |
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2011-yilning |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi |
|
3. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalar va Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar aʼzolari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbatlari oʻtkazish. |
2011-yilning |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi |
|
4. |
Fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridan kelib chiqib, qonun osti hujjatlarini inventarizatsiyadan oʻtkazish va ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
2011-yilning |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda |
|
5. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ular maslahatchilarining faoliyatini samarali tashkil etish hamda ularning sotsial-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish boʻyicha seminarlar oʻtkazish (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 3-dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Harakat dasturi 5.1.1-bandining ikkinchi xatboshisini hisobga olgan holda). |
2011-yilning |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman va shahar hokimliklari, Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi bilan birgalikda |
|
6. |
Mahalla instituti haqida turkum telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar hamda davriy nashrlarda chiqishlar, shuningdek aholining huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan boshqa tadbirlar tashkil etish. |
2011-yilning |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi, Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi, Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti bilan birgalikda |