Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 21.04.2004 yildagi 190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-2005 YILLARDA MAHALLIY XOM AShYo NEGIZIDA TAYYOR MAHSULOTLAR, BUTLOVChI BUYuMLAR VA MATERIALLAR IShLAB ChIQARIShNI MAHALLIYLAShTIRISh DASTURI LOYIHALARINI AMALGA OShIRAYOTGAN KORXONALARNING RAHBARLARINI VA MUHANDIS-TEXNIK XODIMLARINI RAG‘BATLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalarning rahbarlarini va muhandis-texnik xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda qatnashganligi uchun korxonalar boshqaruv xodimlarini va muhandis-texnik xodimlarni moddiy rag‘batlantirish bir marta to‘lanadigan mukofotlar tarzida amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir marta to‘lanadigan mukofotlar har bir yil yakunlariga ko‘ra Mahalliylashtirish dasturining mahalliylashtirish darajasi, ishga tushirilayotgan quvvatlar va ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha korxona uchun belgilangan parametrlar bajarilgan taqdirda to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qarorining 5-bandiga muvofiq soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish hisobiga korxonalar ixtiyorida qoladigan pul mablag‘larining bir qismi bir marta to‘lanadigan mukofotlarni to‘lash manbai hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir marta to‘lanadigan mukofotni to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar (shu jumladan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov) soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar summasining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2004-2005-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalarning rahbarlarini va muhandis-texnik xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-y. 21-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 21-apreldagi 190-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-2005-yillarda mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi loyihalarini amalga oshirayotgan korxonalarning rahbarlarini va muhandis-texnik xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom 2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan korxonalarning rahbarlarini va muhandis-texnik xodimlarini rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2004-2005-yillar davrida mahalliy xomashyo negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qaroriga 1—4-ilovalarga kiritilgan korxonalarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bir marta to‘lanadigan mukofotlar tarzidagi moddiy rag‘batlantirish korxonalarning boshqaruv xodimlariga (rahbarlar va boshqaruv xodimlari mutaxassislariga) va muhandis-texnik xodimlariga nisbatan amalga oshiriladi. Moddiy rag‘batlantirish qo‘llanadigan lavozimlar ro‘yxati korxonaning yuqori boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bir marta to‘lanadigan mukofotlar har bir yil yakunlariga ko‘ra Mahalliylashtirish dasturining mahalliylashtirish darajasi, ishga tushirilayotgan quvvatlar va ishlab chiqarish hajmlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qaroriga 1—4-ilovalarda nazarda tutilgan parametrlari bajarilgan taqdirda to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ko‘rsatib o‘tilgan qarorning 5-bandiga muvofiq soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish hisobiga korxonalar ixtiyorida qoladigan pul mablag‘larining bir qismi bir marta to‘lanadigan mukofotlarni to‘lash manbai hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir marta to‘lanadigan mukofotni to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘lar (shu jumladan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov) soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar summasining 15 foizidan oshmasligi kerak. Bunda 1 nafar xodim hisobiga bir marta to‘lanadigan mukofotlar summasi oylik lavozim maoshi miqdorining 6 baravaridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yil yakuniga ko‘ra bir marta to‘lanadigan mukofotni xodimlar o‘rtasida taqsimlash korxona rahbari taqdimiga ko‘ra, har bir xodimning Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishdagi shaxsiy hissasini va mehnatdagi ishtirokini hisobga olgan holda korxonaning yuqori boshqaruv organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-yanvardagi 18-son qarorining 5-bandiga muvofiq soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod qilish hisobiga korxona tomonidan olingan mablag‘larning qolgan summasidan tasdiqlangan Mahalliylashtirish dasturini amalga oshirishda belgilangan tartibda maqsadli foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Nizomga muvofiq bir marta to‘lanadigan mukofotlar (shu jumladan hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov) summasi daromad (foyda) solig‘ini hisoblashda soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Soliqlar to‘lashdan ozod qilinadigan mablag‘lar hisobiga boshqaruv xodimlariga va muhandis-texnik xodimlarga bir marta to‘lanadigan mukofotlarni to‘lashga yo‘naltiriladigan mablag‘larning to‘g‘ri hisoblanishini nazorat qilish davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 16-son, 186-modda)