Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Bolalar musiqa va sanʼat maktablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolalar musiqa va sanʼat maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha 2016 — 2020-yillarga moʻljallangan Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 20-noyabrdagi PQ-2435-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bolalar musiqa va sanʼat maktablari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda:
bolalar musiqa va sanʼat maktablarini musiqa asboblari, maxsus mebellar, asbob-uskunalar va boshqa anjomlar bilan jihozlash normativlari;
musiqa va sanʼat yoʻnalishlarida taʼlim berishning ilgʻor xorijiy tajribasini hisobga olgan holda takomillashtirilgan oʻquv rejasi tasdiqlanishini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi uch oy muddatda bolalar musiqa va sanʼat maktablarining namunaviy ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi 59-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Maktabdan tashqari muassasa toʻgʻrisidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Bolalar musiqa va sanʼat maktablari hamda “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatining xususiyatlari Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlarida belgilanadi”.
5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Yu. Xodiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2016-yil 5-may,
144-son
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-maydagi 144-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bolalar musiqa va sanʼat maktablari toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, uzluksiz taʼlim tizimining majburiy boʻlmagan turi hisoblangan, maktabdan tashqari taʼlim berishga moʻljallangan davlat bolalar musiqa va sanʼat maktabining (keyingi oʻrinlarda bolalar musiqa va sanʼat maktabi deb ataladi) faoliyat koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, ushbu Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.
3. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga va blankalarga ega boʻladi.
4. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bolalar musiqa va sanʼat maktabining namunaviy ustavi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida taʼlim olish toʻlov asosida amalga oshiriladi. Toʻlovni toʻlash va undan ozod etish masalalari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining maqsadi va vazifalari
6. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining asosiy maqsadi yosh avlodning musiqa va sanʼat turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz anʼanalariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy va maʼrifiy saviyasini har tomonlama oshirishdan iborat.
7. Quyidagilar bolalar musiqa va sanʼat maktabining asosiy vazifalari hisoblanadi:
oʻquvchilarning maʼnaviy va estetik rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish;
oʻquvchilarning isteʼdodini har tomonlama kamol toptirish, madaniy saviyasini yuksaltirish;
oʻquvchilarni milliy va jahon musiqasi, tasviriy sanʼatning yuksak namunalaridan va oʻzbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan bahramand boʻlishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida oʻquvchilarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish;
oʻquvchilarga umumiy musiqa, xoreografiya, teatr sanʼati, tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha bilimlarning boshlangʻich asoslarini oʻrgatish orqali ularni musiqa va sanʼat olamiga jalb etish;
iqtidorli oʻquvchilarni musiqa va sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqishini davom ettirish uchun tayyorlash.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi faoliyatini tashkil etish
8. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining qarori bilan tashkil etiladi.
9. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilarning qiziqishlari va ehtiyojlariga koʻra, ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan musiqa (fortepiano, torli cholgʻular, estrada cholgʻu ijrochiligi, xalq cholgʻulari, damli va zarbli cholgʻular, anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi, anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) va sanʼat (xoreografiya, teatr sanʼati, tasviriy va amaliy sanʼat) yoʻnalishlarida (keyingi oʻrinlarda taʼlim yoʻnalishlari deb ataladi) faoliyatini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻquvchilarga taʼlim berish yakka tartibda yoki bir xil yoshdagi va turli yoshdagi bolalar guruhlarida ularning qiziqishlariga koʻra bir yoxud bir necha taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻquv-tarbiyaviy ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv rejalari va oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun muassasa direktorining buyrugʻi asosida taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha boʻlinmalar tashkil etilishi mumkin.
IV. Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga oʻqishga qabul qilish, oʻqishni koʻchirish
13. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi rahbariyati har yili iyun — avgust oylarida oʻqishga qabul qilish ishlarini tashkil etadi.
Oʻquvchilar bolalar musiqa va sanʼat maktabiga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan qabul kvotalari doirasida oʻqishga qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qabul kvotalari bolalar musiqa va sanʼat maktabining quvvati, moddiy-texnika bazasi, kadrlar bilan taʼminlanganlik darajasi, taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha talab va ehtiyojlarni inobatga olgan holda shakllantiriladi.
14. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida qabul sinovlari oʻtkazish uchun muassasa direktorining buyrugʻi bilan 5 kishidan iborat tarkibda qabul komissiyasi tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Qabul komissiyasi tarkibiga muassasa direktori, direktorning oʻquv-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va pedagog xodimlar kiritiladi. Muassasa direktori qabul komissiyasi raisi hisoblanadi.
16. Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga oʻqishga kirish uchun oʻquvchining ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb ataladi) har yili 1-avgust — 25-avgust mobaynida qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) taʼlim yoʻnalishi (yoʻnalishlari) koʻrsatilgan ariza;
Keyingi tahrirga qarang.
b) oʻquvchining tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
v) oʻquvchiga belgilangan shaklda berilgan tibbiy maʼlumotnoma;
g) 3 x 4 oʻlchamli 2 ta fotosurat.
17. Qabul sinovlari har yili 31-avgustgacha oʻquvchining ijodiy qobiliyatini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.
Qabul sinovlari qabul komissiyasi huzurida oʻtkaziladi. Qabul sinovlari bir marta topshiriladi, qayta topshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Qabul komissiyasi ota-onaning arizasida koʻrsatilgan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻquvchining quyidagi ijodiy qobiliyatini qabul sinovlarida aniqlaydi:
musiqa (fortepiano, torli cholgʻular, estrada cholgʻu ijrochiligi, xalq cholgʻulari, damli va zarbli cholgʻular, anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi, anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) yoʻnalishi boʻyicha musiqa ritmiga moslashishi, qoʻshiq aytishi, musiqani eshitishi va eslab qolishi;
Keyingi tahrirga qarang.
sanʼat yoʻnalishlari:
xoreografiya boʻyicha jismonan maʼqulligi (tana va oyoqlarning egiluvchanligi), ritmga moslashishi, musiqani eshitishi;
Keyingi tahrirga qarang.
tasviriy va amaliy sanʼat mutaxassisliklari boʻyicha tasavvuridagi narsa-buyum yoki manzarani chiza olishi;
Keyingi tahrirga qarang.
teatr sanʼati mutaxassisliklari boʻyicha sheʼr yoki monologni yoddan ifodali oʻqishi va ovoz yoki harakatga nisbatan taqlid qila olishi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining ikkinchi va undan yuqori sinflariga qabul qilish uchun oʻquvchilar mazkur Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan qabul sinovlaridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlangan oʻquv dasturlari boʻyicha tegishli sinfdagi bilim darajasiga qoʻyiladigan talablar asosida quyidagi maxsus fanlar boʻyicha ham qabul sinovlarini topshiradilar:
Keyingi tahrirga qarang.
a) musiqa (fortepiano, torli cholgʻular, estrada cholgʻu ijrochiligi, xalq cholgʻulari, damli va zarbli cholgʻular, anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi, anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) yoʻnalishi boʻyicha — mutaxassislik va solfedjio fani;
Keyingi tahrirga qarang.
b) sanʼat yoʻnalishlari boʻyicha:
xoreografiya — mumtoz raqs, parter fani;
tasviriy va amaliy sanʼat — chizma tasvir, rang tasvir, kompozitsiya fani;
Keyingi tahrirga qarang.
teatr sanʼati — aktyorlik mahorati, sahna nutqi, sahna harakati fani.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Oʻquvchining sinovdan oʻtgan yoki oʻtmaganligi qabul komissiyasi aʼzolarining ochiq ovoz berishi yoʻli bilan aniqlanadi. Qabul komissiyasi aʼzolarining koʻpchiligi ijobiy ovoz bergan taqdirda oʻquvchi qabul sinovidan oʻtgan hisoblanadi.
Qabul komissiyasining raisi barcha aʼzolardan soʻng ovoz beradi. Ovozlar soni teng boʻlib qolganda qabul komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Qabul komissiyasi oʻquvchini oʻqishga qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Qabul komissiyasining ijobiy qaroriga asosan muassasa direktori oʻquvchini oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
Oʻquvchilarni oʻquv yili davomida oʻqishga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, boshqa bolalar musiqa va sanʼat maktabidan oʻqishi koʻchirilgan oʻquvchilar bundan mustasno.
22. Oʻquvchining ota-onasi oʻz xohishiga koʻra oʻquv yili davomida yoki u tugagandan soʻng farzandini oʻqiyotgan bolalar musiqa va sanʼat maktabidan boshqasiga oʻtkazish huquqiga ega.
Oʻquvchilar ota-onalarining arizasi asosida oʻqiyotgan bolalar musiqa va sanʼat maktabidan boshqasiga taʼlim olayotgan taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻtkaziladi.
23. Oʻqiyotgan bolalar musiqa va sanʼat maktabidan boshqasiga oʻtkazilgan oʻquvchilar tomonidan oʻqishni davom ettirish uchun tanlangan maktabga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
oʻqigan joyidan maʼlumotnoma;
oʻquvchining baholar (oʻzlashtirish) tabeli;
yakka tartibdagi ish rejasi (musiqa yoʻnalishlari uchun).
24. Oʻquvchini bir taʼlim yoʻnalishidan boshqa taʼlim yoʻnalishiga oʻtkazish bolalar musiqa va sanʼat maktabidagi taʼlimning birinchi va ikkinchi yilida amalga oshiriladi.
Yuqori sinflarda bir taʼlim yoʻnalishidan boshqa taʼlim yoʻnalishiga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
25. Bir taʼlim yoʻnalishidan boshqasiga oʻtkazish muassasa direktorining buyrugʻiga asosan 5 kishidan iborat tarkibda tuziladigan oʻquvchilarning oʻqishini bir taʼlim yoʻnalishidan boshqasiga koʻchirish komissiyasining (keyingi oʻrinlarda koʻchirish komissiyasi deb ataladi) qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Koʻchirish komissiyasi tarkibiga muassasa direktori, direktorning oʻquv-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari va pedagog xodimlar kiritiladi. Muassasa direktori koʻchirish komissiyasi raisi hisoblanadi.
Koʻchirish komissiyasi oʻquv yili davomida faoliyat yuritadi.
26. Koʻchirish komissiyasi tomonidan bir taʼlim yoʻnalishidan boshqasiga oʻtkazishda oʻquvchining maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan mazkur yoʻnalish boʻyicha davlat talablarining minimal darajasini bilishi hisobga olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Koʻchirish komissiyasining qarori oʻquvchiga darhol eʼlon qilinadi. Koʻchirish komissiyasining qarori ijobiy boʻlgan taqdirda, unga asosan muassasa direktori oʻquvchini tanlagan taʼlim yoʻnalishiga oʻtkazish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi.
28. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻquvchilar kontingenti bir yilda bir marta — sentabr oyida tasdiqlanadi.
29. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori bilan oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilarning ota-onalari oʻrtasida oʻqish muddatiga shartnoma tuziladi.
V. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish
30. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida musiqa (fortepiano, torli cholgʻular, estrada cholgʻu ijrochiligi, xalq cholgʻulari, damli va zarbli cholgʻular, anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi, anʼanaviy xonandalik, akademik xonandalik, estrada xonandaligi) va sanʼat (xoreografiya, tasviriy sanʼat, amaliy sanʼat, teatr sanʼati) taʼlim yoʻnalishlari mavjud boʻlib, bolalarni 1-sinfga qabul qilish yoshi va oʻqish muddatlari quyidagicha belgilanadi:
|
T/r |
Taʼlim yoʻnalishlari |
Qabul yoshi |
Oʻqish muddati |
|
Musiqa yoʻnalishi | |||
|
1. |
Fortepiano |
6 — 9 |
7 yil |
|
2. |
Torli cholgʻular |
6 — 9 |
7 yil |
|
3. |
Estrada cholgʻu ijrochiligi: fortepiano, torli cholgʻular; damli va zarbli cholgʻular |
6 — 9; 6 — 11 |
7 yil; 5 yil |
|
4. |
Xalq cholgʻulari |
6 — 11 |
5 yil |
|
5. |
Damli va zarbli cholgʻular |
6 — 11 |
5 yil |
|
6. |
Anʼanaviy cholgʻu ijrochiligi |
6 — 11 |
5 yil |
|
7. |
Anʼanaviy xonandalik |
6 — 11 |
5 yil |
|
8. |
Akademik xonandalik |
6 — 11 |
5 yil |
|
9. |
Estrada xonandaligi |
6 — 11 |
5 yil |
|
Sanʼat yoʻnalishi | |||
|
10. |
Xoreografiya |
6 — 11 |
5 yil |
|
11. |
Tasviriy sanʼat |
6 — 11 |
5 yil |
|
12. |
Amaliy sanʼat |
6 — 11 |
5 yil |
|
13. |
Teatr sanʼati |
6 — 11 |
5 yil |
Keyingi tahrirga qarang.
31. Oʻquv yili bolalar musiqa va sanʼat maktabida 2-sentabrdan kelgusi yilning 31-mayiga qadar davom etadi va toʻrtta chorakka boʻlinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi muddatlarga amal qilinadi:
oʻquv yilining davomiyligi — 34 hafta;
oʻquv haftasining davomiyligi — 6 kun;
dars mashgʻulotining davomiyligi — 45 daqiqa;
dars mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffusning davomiyligi — 5 daqiqa.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida bayram (ishlanmaydigan) kuni deb belgilangan kunlarda dars mashgʻulotlari oʻtkazilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bayram (ishlanmaydigan) kunlariga toʻgʻri kelib qolgan dars mashgʻulotlarining mavzulari oʻquv dasturlarini ixchamlashtirgan holda keyingi dars mashgʻulotlarida oʻtkaziladi.
33. Oʻquv yili davomidagi taʼtillarning muddatlari quyidagicha belgilanadi:
kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
yozgi taʼtil — 1-iyundan (sanʼat yoʻnalishlari oʻquvchilari uchun 16-iyundan) boshlab 2-sentabrgacha.
Taʼtilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kunga toʻgʻri kelib qolgan taqdirda dars mashgʻulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
Choraklar oraligʻidagi taʼtillar davrida bolalar musiqa va sanʼat maktabining pedagog xodimlari tomonidan mashgʻulotlarning oʻziga xos ijodiy dasturlarini ishlab chiqish, oʻzlashtirishi past boʻlgan oʻquvchilarning bilim saviyasini tahlil qilish va ular bilan qoʻshimcha ishlash, ularga maslahatlar berish, ota-onalar va oʻquvchilar oʻrtasida musiqa va sanʼatning inson maʼnaviy va madaniy saviyasini oshirishdagi oʻrnini targʻib-tashviq qilish maqsadida tadbirlar tashkil etish, oʻquvchilar uchun shaxsiy va taqvimiy ish rejalari tuzish kabi ishlar amalga oshiriladi.
34. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
Oʻquvchilar bilan guruh boʻyicha va yakka tartibda mashgʻulotlar olib borish;
oʻquvchilarning mustaqil ishi;
nazorat darslari;
akademik konsertlar, texnik sinovlar;
mustaqil ravishda ishlangan ijodiy mahsulotlar koʻrgazmasi;
koʻrik-tanlov, festival, ustoz saboqlari;
sinfdan sinfga oʻtkazish va bitiruv imtihonlari.
35. Oʻquvchilarning bilimi va ijodiy mahorati quyidagi tartibda baholanadi: 5 (aʼlo), 4 (yaxshi), 3 (qoniqarli), 2 (qoniqarsiz).
36. Yakka tartibda oʻquv mashgʻulotlarini olib boradigan oʻqituvchilar har bir oʻquvchiga oʻquv yili uchun shaxsiy ish rejasi, guruhli tartibda oʻquv mashgʻulotlarini olib boradigan oʻqituvchilar taqvimiy ish rejasi tuzadilar.
37. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida sinfdan sinfga oʻtkazish va bitiruv imtihonlari har yili 10-may — 31-may mobaynida oʻtkaziladi.
38. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi bitiruvchilariga iyun oyida oʻqishni tugatganligi toʻgʻrisida mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shakldagi guvohnoma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Bolalar musiqa va sanʼat maktabini tugatishiga bir yil qolgan oʻquvchilarga ota-onalari arizasiga va mutaxassislik oʻqituvchisining tavsiya xatiga asosan pedagogik kengash qarori bilan iqtidorli bolalarning yoshini, umumiy oʻrta taʼlim maktabida tahsil olayotgan sinfini, oʻquv rejasining bajarilishini inobatga olgan holda oʻqish muddati bir yilga qisqartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Oʻquvchilar bolalar musiqa va sanʼat maktabidan quyidagi holatlarda chetlashtirilishi mumkin:
oʻz xohishiga binoan;
oʻqishning boshqa bolalar musiqa va sanʼat maktabiga koʻchirilishi munosabati bilan;
salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida);
akademik oʻzlashtira olmaganligi (qarzdorligi) uchun;
oʻquv intizomini va muassasaning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun;
oʻqish uchun belgilangan toʻlovning oʻz vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli (toʻlovdan ozod etilgan oʻquvchilar bundan mustasno);
oʻquvchining sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;
vafot etganligi sababli.
Direktorning oʻquvchini bolalar musiqa va sanʼat maktabidan chetlashtirish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga quyidagilardan biri asos boʻladi: ota-onaning arizasi, pedagogik kengash qarori, oʻqituvchining bildirishnomasi.
41. Ota-onalarning arizasi asosida oʻquvchiga bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktorining buyrugʻiga muvofiq bir yil muddatga akademik taʼtil berilishi mumkin.
42. Bitiruv imtihonlarini topshira olmagan oʻquvchilarga muassasada oʻqiganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
VI. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining huquq va majburiyatlari
43. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi quyidagi huquqlarga ega:
bolalar musiqa va sanʼat maktabi xodimlari va oʻquvchilardan muassasaning ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
oʻquv jarayonini takomillashtirish va taʼlim jarayonini metodik taʼminlash boʻyicha takliflar kiritish;
moliyalashtirishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan turli manbalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
hududiy xalq taʼlimi boshqarmalarining hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, buyruqlari va boshqa meʼyoriy hujjatlari ijrosini taʼminlash, topshiriq va koʻrsatmalarini bajarish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz ustavida belgilangan vazifalarni bajarish;
maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari, belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejasi va oʻquv dasturlari asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquvchilarni maktabdan tashqari taʼlimga jalb etish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
taʼlim-tarbiya jarayonini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalariga muvofiq tashkil etish;
bolalar musiqa va sanʼat maktabi xodimlarini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
muassasaning moddiy-texnika taʼminotini va kadrlar salohiyatini rivojlantirish.
VII. Taʼlim jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari
45. Oʻquvchilar, ota-onalar va pedagog xodimlar (oʻqituvchi, konsertmeyster) bolalar musiqa va sanʼat maktabidagi taʼlim jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi.
46. Oʻquvchilar quyidagi huquqlarga ega:
maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari asosida ixtiyoriy ravishda taʼlim olish;
Keyingi tahrirga qarang.
qiziqishiga koʻra taʼlim yoʻnalishini tanlash;
bir necha taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bilim olish;
Keyingi tahrirga qarang.
insoniy qadr-qimmatining hurmat qilinishini talab qilish, vijdon erkinligi, axborot erkinligi, oʻz qarashlari va eʼtiqodini ifodalash;
bolalar musiqa va sanʼat maktabining oʻquv va ish faoliyatini takomillashtirishga oid takliflar berish;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlar.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Oʻquvchilarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
bolalar musiqa va sanʼat maktabining ichki tartib-qoidalariga rioya qilish;
bolalar musiqa va sanʼat maktabining moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish va uni asrab-avaylash;
jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etish;
oʻz ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, bilimlarni mustaqil egallash koʻnikmasini hosil qilish va uni amalda qoʻllash;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:
bolalar musiqa va sanʼat maktabi rahbariyatidan farzandi uchun mazkur maktabning ustaviga muvofiq zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda boʻlishni talab qilish;
jamoatchilik asosida bolalar musiqa va sanʼat maktabining ish faoliyatida ishtirok etish;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlar.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Ota-onalarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
farzandining jismoniy va ruhiy sogʻlom boʻlishi uchun gʻamxoʻrlik qilish;
bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan qarash, uni mehnatsevarlik, ezgulik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
farzandida qonunlarga itoatkorlik, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat tuygʻusini tarbiyalash;
farzandiga oʻquv mashgʻulotlarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
farzandining taʼlim olishiga koʻmaklashish va uzrli sabablarsiz oʻquv mashgʻulotlariga muntazam qatnashishini taʼminlash;
oʻqish uchun toʻlovni oʻz vaqtida amalga oshirish;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Pedagog xodimlar quyidagi huquqlarga ega:
bolalar musiqa va sanʼat maktab faoliyatining muhim masalalari muhokamasida va qarorlar qabul qilinishida qatnashish;
oʻz kasbiy shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish;
bolalar musiqa va sanʼat maktabini boshqarishda ishtirok etish;
muassasa rahbariyatiga oʻquv jarayonini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish;
mashgʻulotlarning oʻziga xos ijodiy dasturlarini ishlab chiqish;
kasb faoliyati uchun sharoitlar bilan taʼminlanish, malakasini oshirish, qayta tayyorgarlikdan oʻtish;
oʻquv mashgʻulotining shakli, uslubi va vositalarini mustaqil tanlash;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlar.
Keyingi tahrirga qarang.
51. Pedagog xodimlarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyilgan davlat talablari hamda belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlari asosida taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
pedagog axloq-odobiga qatʼiy rioya qilish;
oʻquv-tarbiyaviy ishlarni yuqori saviyada olib borish, taʼlim mazmunini takomillashtirish, oʻqitish vositalarini yaratishda faol qatnashish;
oʻquvchining qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda boʻlish, ularda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat kabi fazilatlarni shakllantirish, oʻquvchilarni ona Vatanga sadoqat, davlat tiliga, milliy va umuminsoniy, tarixiy va madaniy qadriyatlarga, ota-onaga va oʻzidan katta yoshdagilarga hurmat, atrof muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;
oʻzining nazariy bilim darajasini, pedagogik mahorati va kasb malakasini uzluksiz ravishda oshirib borish va oʻz ustida muntazam ishlash;
oʻquv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oʻquvchilarning ota-onalari bilan muntazam hamkorlikni yoʻlga qoʻyish;
qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar.
Keyingi tahrirga qarang.
VIII. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish
52. Tegishli maʼlumotga hamda kasbiy tayyorgarlikka, yuksak fazilatlarga ega shaxslar bolalar musiqa va sanʼat maktabida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga haqli.
Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishi sud hukmiga asosan man etilgan shaxslarning bolalar musiqa va sanʼat maktabida ushbu faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
53. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi pedagog xodimlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
milliy va jahon madaniyatining durdona namunalariga tayanib, yoshlarning estetik didini oʻstirish, ularni yuksak maʼnaviy ruhda tarbiyalash;
pedagogik kengash, oʻquv-tarbiya ishlariga bagʻishlangan konferensiyalar, seminarlar, majlislar, shuningdek yoʻnalishlar boʻyicha uslubiy birlashmalar hamda muassasa rahbariyatining yigʻilishlarida qatnashish;
yuqori organlar tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asosida ish yuritish, oʻquvchilar bilan sinfdan tashqari oʻtkaziladigan mashgʻulotlar toʻgʻrisida muassasa rahbariyatiga hisobot berish;
oʻquvchilarning oʻquv mashgʻulotlarini qay darajada oʻzlashtirishlarini, bilim saviyasi va tarbiyasini kuzatish, tahlil qilish va choralar koʻrish;
yakka tartibda oʻquv mashgʻulotlari olib boriladigan oʻquvchilar uchun shaxsiy ish rejasi, oʻquv yili boshida nazariy fanlar boʻyicha taqvimiy ish rejasi tuzish.
54. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb mahoratining yuqori darajada saqlab turilishi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Pedagog xodimlar faoliyati bolalar musiqa va sanʼat maktabi rahbariyati tomonidan nazorat qilinadi.
Bolalar musiqa va sanʼat maktabining rahbariyati pedagog xodimlarning obroʻ-eʼtibori va ijtimoiy maqomini, ularning masʼuliyati va kasb mahoratini oshirish boʻyicha aniq yoʻnalishli ishlarni amalga oshiradi, ularning tizimli ravishda malaka oshirishi va oʻz ustida ishlashi, taʼlim jarayoniga ilgʻor pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek yangi oʻquv dasturlari joriy etilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi.
56. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida pedagog xodimlardan tashqari maʼmuriy-xoʻjalik xodimlari faoliyat koʻrsatadi.
Ularning lavozimi boʻyicha huquq va majburiyatlari, ularni ishga qabul qilish tartibi, shtatdagi tegishli lavozimlarga qoʻyiladigan talablar, lavozimga tayinlash va boʻshatish tartibi bolalar musiqa va sanʼat maktabi ustavida belgilanadi.
57. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktoriga, direktorning oʻquv-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosariga, pedagog xodimlariga 48 ish kunidan iborat mehnat taʼtili beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pedagog xodimlar tomonidan mehnat taʼtilidan soʻng oʻquv yili boshlangunga qadar muassasani yangi oʻquv yiliga tayyorlash, dars taqsimotini shakllantirish va ish rejalarini tuzish, qabul sinovlarini oʻtkazishda qabul komissiyasi faoliyatida ishtirok etish vazifalari amalga oshiriladi.
IX. Bolalar musiqa va sanʼat maktabini boshqarish
58. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bolalar musiqa va sanʼat maktabining muassislari hisoblanadi.
59. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining umumiy faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
60. Bolalar musiqa va sanʼat maktabiga bevosita rahbarlikni tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari boshliqlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi bilan kelishgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori muassasaning tashkiliy-huquqiy, oʻquv-tarbiyaviy, maʼnaviy-maʼrifiy va moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining tashkil etilishi uchun bevosita masʼul hisoblanadi.
Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori lavozimiga qoʻyiladigan malaka talablari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Direktorning vazifalari quyidagilardan iborat:
bolalar musiqa va sanʼat maktabiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish;
kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish va ularning zaxirasini shakllantirish;
pedagoglar va boshqa xodimlarga oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun zarur sharoit yaratish;
oʻquvchilarning intizomi, bilim saviyasi hamda maktab va sinfdan tashqari olib boriladigan ishlarning tashkil etilishi va mazmuni yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish uchun zarur ishlarni tashkil qilish;
maktabning xarajatlar smetasiga rioya etilishini nazorat qilish;
mehnat intizomi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, mehnatni muhofaza qilish, yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
bolalarga yil mobaynida maslahat darslari oʻtilishini va ularni maktabga kirish imtihonlariga tayyorlashni nazorat qilish;
umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim muassasalari, madaniyat uylari, klublar oʻrtasida oʻzaro aloqalar oʻrnatish;
Keyingi tahrirga qarang.
ota-onalar va jamoatchilik bilan ish olib borishni tashkil qilish;
boʻysunuviga koʻra yuqori organlarga hisobot berish;
oʻz vakolati doirasida mehnat vazifalarini buzgan xodimlarga nisbatan mehnat qonunchiligi doirasida intizomiy jazo choralari qoʻllash;
maktabning pedagog va boshqa xodimlarini ragʻbatlantirish va mukofotlashga taqdim etish;
pedagog hamda maʼmuriy-xoʻjalik xodimlari bilan mehnat shartnomasini tuzish va bekor qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Direktorning oʻquv-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining vazifalari quyidagilardan iborat:
oʻquv-tarbiyaviy ishlar va ish hujjatlarining mazmunini nazorat qilish;
pedagog xodimlarga metodik yordam koʻrsatish;
oʻquv-uslubiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil qilish;
oʻqitish uslubini tahlil qilish maqsadida oʻquv mashgʻulotlariga kirish;
pedagog xodimlarning bolalar musiqa va sanʼat maktabi ichki tartib-qoidalariga rioya etishini nazorat qilish;
oʻquv-tarbiyaviy, uslubiy ish rejalari, dars jadvali, ochiq darslar rejasi, sinov imtihonlari, pedagoglar haqida maʼlumotlar, oʻquv mashgʻulotlari tarifikatsiyasini tuzish va tasdiqlash uchun bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktoriga taqdim etish;
direktor boʻlmagan vaqtda uning vazifasini bajarib turish;
pedagog xodimlar tomonidan dars jadvali, oʻquv-uslubiy, tarbiyaviy hamda sinfdan tashqari ishlarning bajarilishini nazorat qilish.
Bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori va uning oʻquv-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari oʻz ixtisosliklari boʻyicha mehnat qonunchiligiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin.
63. Direktorning xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosarining vazifalari quyidagilardan iborat:
xoʻjalik faoliyatini boshqarish, bolalar musiqa va sanʼat maktabining oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazish uchun tayyor holda saqlanishini taʼminlash;
bolalar musiqa va sanʼat maktabi mablagʻlaridan maqsadli foydalanish tadbirlarini oʻz vakolati doirasida ishlab chiqish hamda ulardan toʻgʻri foydalanilishini taʼminlash;
moliyaviy faoliyat natijalarini tahlil qilish, shartnoma majburiyatlarining belgilangan muddatida toʻliq bajarilishini taʼminlash, moliyalashtirishning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan turli manbalari hisobiga budjetdan tashqari mablagʻlarni shakllantirish va ulardan samarali foydalanilishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar tushumini toʻliq hisobga olish;
qoʻshimcha moliyaviy manbalar va moddiy mablagʻlarni jalb etish hamda xodimlar va oʻquvchilar uchun zarur ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish;
oʻquv jihozlari, asbob-uskunalari va boshqa taʼlim vositalarining saqlanishini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash;
moddiy-texnika bazasini rivojlantirish ishlarini tashkillashtirish, bino va qoʻshimcha obyektlarning texnik holati va jihozlanganligini muntazam ravishda oʻrganib borish;
bolalar musiqa va sanʼat maktabiga yetkazib berilayotgan jihozlarni belgilangan tartibda qabul qilish, jihozlarning sinf xonalari va boshqa xonalar boʻyicha toʻgʻri taqsimlanishini amalga oshirish;
kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida tegishli ravishda koʻmir, suyuq yoqilgʻi, tabiiy gaz va elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojlarni aniqlash va maʼlumotlarni bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktoriga taqdim etish hamda qabul qilingan yoqilgʻilarning sifati va saqlanishini taʼminlash;
bolalar musiqa va sanʼat maktabiga biriktirilgan hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va tozalash ishlariga rahbarlik qilish, oʻziga boʻysunuvchi tegishli boʻlinma hamda texnik xizmat koʻrsatuvchi xodimlar ishlarini muvofiqlashtirish;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya etish.
64. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi faoliyati bilan bogʻliq eng muhim masalalarni muhokama qilish, muammolarni bartaraf etish va istiqboldagi rejalarni shakllantirish maqsadida pedagogik kengash tashkil qilinadi. Pedagogik kengash muassasaning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Pedagogik kengash tarkibiga bolalar musiqa va sanʼat maktabining direktori va pedagog xodimlari kiritiladi.
65. Pedagogik kengashning yigʻilishlari bir oʻquv yili mobaynida kamida besh marta oʻtkaziladi. Unga bolalar musiqa va sanʼat maktabi direktori raislik qiladi. Direktor boʻlmagan vaqtda raislikni direktorning oʻquv-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari amalga oshiradi.
66. Pedagogik kengashning vazifalari bolalar musiqa va sanʼat maktabining ustavida belgilanadi.
67. Pedagogik kengashning raisi kengash qabul qilgan qarorlarning bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib boradi.
X. Bolalar musiqa va sanʼat maktabini moliyalashtirish va uning moddiy-texnika taʼminoti
68. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda tasdiqlangan va roʻyxatdan oʻtkazilgan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻziga biriktirilgan mol-mulkni va xarajatlar smetasi boʻyicha ajratilgan mablagʻlarni qonun hujjatlariga muvofiq tasarruf etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobiga amalga oshiriladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
ota-onalar toʻlovi mablagʻlari;
oʻquvchilar va pedagog xodimlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar va buyumlarni sotishdan tushgan mablagʻlar;
asosiy mashgʻulotlardan tashqari paytda boʻsh binolar, inshootlar, asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar;
xoʻjalik faoliyatidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat koʻrsatishdan olingan daromadlar;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻquvchilar va pedagog xodimlar tomonidan oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼsir etmagan holda badiiy kechalar, konsert va teatr tomoshalari tashkil etishdan olingan mablagʻlar;
Keyingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy va xalqaro tashkilotlarning grantlari;
Keyingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Keyingi tahrirga qarang.
70. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk muassasaning mol-mulki tarkibiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
71. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining mol-mulki va pul mablagʻlari sarflanishi uchun bevosita uning direktori javobgar hisoblanadi.
72. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va statistik hisobot yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
73. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi xodimlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish hamda ish haqiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
74. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi shtatidagi xodimlar soni muassasaning namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi.
Bolalar musiqa va sanʼat maktabining namunaviy shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
75. Bolalar musiqa va sanʼat maktabining moddiy-texnika taʼminoti va kadrlar bilan taʼminlanishi belgilangan normativlarga muvofiq ehtiyojlar asosida amalga oshiriladi.
76. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda oʻzining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
XI. Yakunlovchi qoidalar
77. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi qonunchilikda belgilangan tartibda maktabdan tashqari taʼlim boʻyicha xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ularning xalqaro hamkorligi shartnomalar asosida xorijiy tashkilotlar bilan pedagogik axborot va tajriba almashish, pedagog xodimlarning malaka oshirishi hamda stajirovka oʻtashi shaklida amalga oshirilishi mumkin.
78. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchilarning ota-onalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, boshqa taʼlim muassasalari va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan uzviy aloqada faoliyat koʻrsatadi.
79. Bolalar musiqa va sanʼat maktabida uning ish faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tashkilotlar, jumladan, siyosiy partiyalar va harakatlar tashkil etilishiga va faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
80. Bolalar musiqa va sanʼat maktabini qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq oʻquv yili yakunida muassis tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tugatilgan bolalar musiqa va sanʼat maktabining muassisi oʻquvchilarni ota-onalarning roziligi bilan boshqa bolalar musiqa va sanʼat maktabiga oʻtkazish masʼuliyatini oladi.
81. Bolalar musiqa va sanʼat maktabi tugatilgan taqdirda uning pul mablagʻlari va mol-mulkidan, uning majburiyatlarini qoplash boʻyicha toʻlovlar chegirilgan holda, qonun hujjatlariga hamda bolalar musiqa va sanʼat maktabi ustaviga muvofiq foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 18-son, 204-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 22.06.2021-y., 09/21/385/0583-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.06.2025-y., 09/25/362/0507-son; 11.12.2025-y., 09/25/776/1149-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son; 17.04.2026-y., 09/26/175/0373-son)