25.08.2011 yildagi 207-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga muvofiq hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunidan kelib chiqadigan talablarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining chora-tadbirlar dasturining 1.1 — 1.4-bandlarini ijro etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi parlament soʻrovlari qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi B.R. Parpiyevga “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Fargʻona viloyati soliq organlari tomonidan bajarilishi haqida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshevga fuqarolarning huquqiy ongini, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish, huquq ijodkorligi, huquqni qoʻllash amaliyoti sohasida yagona davlat siyosati olib borilishini taʼminlash borasida adliya organlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.Sh. Roʻziyevga “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan ijro etilishini taʼminlash haqida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror va qabul qilingan parlament soʻrovlari tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyevga, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshevga va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.Sh. Roʻziyevga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.R. Parpiyev, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N.T. Yoʻldoshev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z.Sh. Roʻziyev parlament soʻrovini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha 2011-yil 1-noyabrgacha axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A.A. Xaitov 2012-yil 1-yanvargacha 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalaridagi ijrosi toʻgʻrisida ushbu masalani parlament eshituvlariga kiritish uchun axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (A.C. Altiyev), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (S.B. Artikova), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi (X.R. Razzakov) parlament soʻrovlari boʻyicha axborot kelib tushgan paytdan eʼtiboran, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (M. Xoʻjamberdiyev) 2011-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalaridagi ijrosi haqida axborot kelib tushgan paytdan boshlab parlament soʻrovlariga javoblarni eshitishga, shuningdek parlament eshituvlariga tayyorgarlik boʻyicha ishlarni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari M.A. Radjabova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 25-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 8-son, 237-modda)