25.09.2015 yildagi KQ-45-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yil 18-martdagi KQ-8-III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2015-yil 22-yanvarda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida soʻzlagan nutqida hamda 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalarida belgilab berilgan vazifalarning bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan harakat dasturining 1.5-bandi ijrosini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 29-iyundagi 199-I-sonli qarorining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S.B. Artikova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 25-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-45-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 25-sentabrdagi KQ-45-III-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan (bundan buyon matnda Senat qoʻmitalari (komissiyalari) deb yuritiladi) ish rejasini tayyorlash, konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlarni tayyorlash va oʻtkazish, shuningdek oʻtkazilgan konferensiyalar va davra suhbatlarining yakunlari boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Senat qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan oʻtkaziladigan tadbirlar qoʻyilgan maqsad yoki vazifalarga qarab, quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konferensiya — eng muhim muammolar boʻyicha, ularni hal etish yuzasidan kelishilgan tarzda xulosalar qabul qilish va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining, tadqiqot markazlari va boshqa tashkilotlarning, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini, shuningdek olimlar, ekspertlarni jalb etgan holda oʻtkaziladi (qoida tariqasida konferensiyada ishtirok etish uchun kamida ellik kishi taklif etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro konferensiya — eng muhim muammolar boʻyicha bir necha davlat manfaatlariga daxldor mavzularni muhokama etish maqsadida xorijiy davlatlarning va xalqaro tashkilotlarning vakillarini hamda ekspertlarini jalb etgan holda oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy konferensiya — nazariy xususiyatga ega boʻlgan masalalarni muhokama etish uchun ilmiy-nazariy muammoni hal etishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-amaliy konferensiya — mavzu amaliy xususiyatga ega boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi. Bunda asosiy maqsad amaliy muammolarni ilmiy asoslangan tarzda hal etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davra suhbati — muayyan muammoni (mavzuni) muhokama etish (ayrim muammo yoki masala boʻyicha) va uni hal etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish uchun torroq doiradagi ishtirokchilar bilan oʻtkaziladi (qoida tariqasida davra suhbatida ishtirok etish uchun kamida oʻttiz kishi taklif etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seminar — nazariy bilimlarni va amaliy koʻnikmalarni oshirish maqsadida oʻtkaziladi. Seminarlar mavzu doirasiga qarab oʻquv seminarlariga (treninglar), ilmiy (ilmiy-nazariy) va ilmiy-amaliy seminarlarga boʻlinadi (qoida tariqasida seminarda ishtirok etish uchun kamida ellik kishi taklif etiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlardan koʻzlangan asosiy maqsad quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) yagona huquqni qoʻllash amaliyotini taʼminlash maqsadida normalari amaliyotda qoʻllanilmayotgan qonunlarni, shuningdek qonun hujjatlaridagi nuqsonlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) qonun ustuvorligini taʼminlash uchun qabul qilingan qonun osti hujjatlarining qonun normalariga muvofiqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) qonunning ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan sabablar va sharoitlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, shu jumladan tadbirlar jarayonida muhokama qilinayotgan masalalarga oid muammolarni hal qilish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqish (tadbir ishtirokchilarining takliflari asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) qonun hujjatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan mutaxassislar, olimlar, amaliyotchilar, ekspertlarning, tadqiqot markazlari, fuqarolik jamiyati instituti vakillarining fikr-mulohazalarini umumlashtirish, shuningdek boshqa davlatlardagi qonun bilan tartibga solish tajribasini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) mintaqalarni rivojlantirish masalalarini koʻrib chiqish hamda muhokama qilish, eng muhim mintaqaviy muammolarni aniqlash va ularni hal etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Senat (Senat Kengashi) va Senat qoʻmitalari (komissiyalari) qarorlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ijro etilishini nazorat qilish bilan bogʻliq tadbirlar davomida Senat qoʻmitalari (komissiyalari) aniqlagan muammolarni muhokama qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq tadbirlarni oʻtkazish davomida olingan axborotni amalda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) Senat qoʻmitalari (komissiyalari) faoliyatini keng yoritish va jamoatchilik fikrini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) senatorlarning, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining nazariy bilimini va amaliy koʻnikmalarini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning turli sohalaridagi eng dolzarb muammolarni aniqlash, shuningdek ularni hal etish yuzasidan ilmiy asoslar va amaliy koʻnikmalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) tadbir ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini oshirish va jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) Senat faoliyati bilan bogʻliq boshqa masalalarni koʻrib chiqish va muhokama qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Senat qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan tadbirlar oʻtkazish boʻyicha yillik ish rejalarni tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Senat qoʻmitalari (komissiyalari) ishni oʻzlarining tadbirlar oʻtkazish boʻyicha yillik ish rejalariga (bundan buyon matnda yillik ish rejalar deb yuritiladi), shuningdek Senat, Senat Kengashi va Senat Raisining topshiriqlari va tavsiyalariga muvofiq tashkil etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) yillik ish rejalarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish Senat Raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra Senat Raisining oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) kelasi yilga moʻljallangan yillik ish rejalari joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmasdan Senat Kengashiga koʻrib chiqish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) yillik ish rejalari Senat Kengashining majlislarida koʻrib chiqiladi. Ish rejalarini koʻrib chiqish natijalari asosida Senat Kengashi qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) yillik ish rejalari davlat dasturlarini, Senatning Harakat dasturini amalga oshirish, Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat faoliyati natijalarini koʻrib chiqish va muhokama qilish zaruratini hisobga olgan holda, shuningdek Senat Raisi va Senat Kengashining topshiriqlari asosida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Konferensiya, davra suhbati va seminar oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Konferensiya, davra suhbati va seminar oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish tartibini Senat qoʻmitasining (komissiyasining) raisi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Senat qoʻmitasining (komissiyasining) raisi konferensiya, davra suhbati yoki seminar oʻtkaziladigan sana va joyni, shuningdek qatnashchilar sonini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Konferensiya, davra suhbati va seminar oʻtkaziladigan sana Senat qoʻmitasining (komissiyasining) ish rejasiga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Rejalashtirilgan konferensiya, davra suhbati va seminar uchun zarur boʻlgan hujjatlarning loyihalari Senat qoʻmitasi (komissiyasi) tomonidan tadbir oʻtkaziladigan sanadan oʻn kun oldin Senat Devonining Nazorat-axborot boʻlimiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Rejalashtirilgan konferensiya, davra suhbati va seminar uchun zarur boʻlgan hujjatlarning loyihalari Senat qoʻmitasi (komissiyasi) tomonidan tadbirlar oʻtkaziladigan sanadan yetti kun oldin tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida yoritishga doir ishlarni (press-reliz, senatorlarning intervyularini va boshqalarni tayyorlash) amalga oshirish uchun Senatning Axborot xizmatiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar Senat binosida va undan tashqarida (sayyor konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar) oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Konferensiya, davra suhbati va seminar oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrilayotganda Senat qoʻmitasi (komissiyasi) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlar, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin. Olingan axborot asosida boʻlajak tadbir ishtirokchilarining doirasi, tadbir dasturi va maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruzachilar) belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Konferensiya, seminar yoki davra suhbatida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining, ilmiy muassasalar va tadqiqot markazlarining vakillari, shuningdek mutaxassislar, olimlar va ekspertlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tadbir ishtirokchilarining miqdor tarkibi konferensiya, davra suhbati yoki seminardan koʻzlangan maqsadga qarab belgilanadi. Ishtirokchilarning uzil-kesil roʻyxati Senat qoʻmitasining (komissiyasining) raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Maʼruzachilar (qoʻshimcha maʼruzachilar) sifatida konferensiya, davra suhbati yoki seminar mavzui boʻyicha nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlgan shaxslar (olimlar, mutaxassislar, ekspertlar) taklif qilinadi. Zarurat boʻlganda maʼruzachilardan (qoʻshimcha maʼruzachilardan) maʼruzalarning (nutqlarning) matnlari (tezislari) oldindan soʻrab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Konferensiya, davra suhbati yoki seminarning dasturi asosiy maʼruzalar (eng muhim masalalar boʻyicha rasmiy shaxslarning nutqlari), qoʻshimcha maʼruzalar roʻyxati hamda nutq uchun qancha vaqt ajratilganligiga oid maʼlumotdan iborat boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Rejalashtirilgan konferensiya, davra suhbati va seminar uchun zarur boʻlgan hujjatlarning loyihalari (tadbir dasturi, ishtirokchilar roʻyxati, press-reliz, tavsiyalar, mavjud boʻlsa – qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar) Senat qoʻmitasi (komissiyasi) tomonidan tadbirlar oʻtkaziladigan sanadan besh kun oldin kelishib olish uchun Senat Raisiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xatlar (dastur-taklifnomalar) konferensiya, davra suhbati yoki seminar ishtirokchilariga barvaqt yuboriladi. Ularda konferensiya, davra suhbati yoki seminar mavzui, uni oʻtkazish muddati va joyi koʻrsatiladi. Xatlarga (dastur-taklifnomalarga) soʻzga chiquvchi ishtirokchilarning umumlashma tezislari, shuningdek boshqa materiallar oldindan tanishib chiqish uchun ilova qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Konferensiya, davra suhbati yoki seminarni oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tadbir boshlanishidan oldin majlislar zaliga kiraverishda tadbir ishtirokchilari hamda ommaviy axborot vositalarining taklif qilingan vakillari roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Konferensiya, davra suhbati yoki seminar oʻtkazish vaqtida umumiy rahbarlik Senat qoʻmitasining raisi yoki uning topshirigʻiga muvofiq qoʻmita aʼzosi (bundan buyon matnda raislik qiluvchi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Boshqa organlar va tashkilotlar bilan birgalikda qoʻshma konferensiyalar, davra suhbatlari yoki seminarlar oʻtkazilganida raislik qiluvchi tadbir tashkilotchilari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Konferensiya, davra suhbati yoki seminar qoida tariqasida, raislik qiluvchining kirish soʻzi bilan boshlanadi, soʻngra maʼruzachilarga, qoʻshimcha maʼruzachilarga soʻz beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Muhokamada qatnashish istagida boʻlganlar raislik qiluvchiga murojaat etadilar. Raislik qiluvchi murojaat etish navbati tartibida ularga soʻz beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ishtirokchilarning chiqishlari natijalari asosida asosiy xulosa va tavsiyalar tayyorlanadi. Seminarlar oʻtkazilganida tavsiyalar ishlab chiqilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bildirilgan fikr va takliflarni hisobga olib borish, qoida tariqasida, Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar va Senat Devoni Nazorat-axborot boʻlimining tegishli Senat qoʻmitasiga biriktirilgan masʼul xodimi tomonidan amalga oshiriladi. Agar ishtirokchilar oʻz nutqlarida xulosalar va tavsiyalarga taʼsir koʻrsatadigan takliflarni bildirsalar, raislik qiluvchi hozir boʻlganlarga tadbirning yakuniy xulosalari va tavsiyalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish zarurligini muhokama etishni taklif qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Senat qoʻmitasi (komissiyasi) konferensiya, davra suhbati yoki seminar oʻtkazish davomida tushgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradi. Konferensiya yoki davra suhbatining natijalari, qoida tariqasida, bayonnoma shaklida, seminar natijalari esa axborot maʼlumotnomasi shaklida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Konferensiyalar va davra suhbatlarining natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni rasmiylashtirish va tegishli organlarga yuborish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Konferensiyalar va davra suhbatlari jarayonida bildirilgan tavsiyalarning asosiy maqsadi amaldagi qonun hujjatlarini va Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat-tahlil faoliyatini takomillashtirish, shuningdek eng dolzarb muammolarni, jumladan mintaqalarni rivojlantirish masalalarini va mintaqaviy muammolarni hal qilish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish haqida tavsiyalar tayyorlash vaqtida oʻzgartishlar kiritilishi yoki ishlab chiqilishi zarur boʻlgan aniq normativ-huquqiy hujjatlar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) nazorat-tahlil faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar tayyorlash vaqtida Senat qoʻmitalari (komissiyalari) oʻrganishi yoki ularning nazorat-tahlil faoliyati rejasiga kiritilishi zarur boʻlgan aniq masalalar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Eng dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan tavsiyalarni tayyorlashda ularni hal etishning aniq chora-tadbirlari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Tavsiyalar matnini maromiga yetkazish uchun Senat qoʻmitalari (komissiyalari) tomonidan ishchi guruhlar tuzilishi mumkin. Ishchi guruh tarkibiga senatorlar, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, ekspertlar, jamoatchilik vakillari, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining deputatlari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ishchi guruhning majlislari oʻtkaziladigan sana va majlislar soni Senat tegishli qoʻmitasining (komissiyasining) raisi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ishchi guruh aʼzolariga ishchi guruhning majlisi oʻtkaziladigan sana barvaqt xabardor qilinadi. Ishchi guruh aʼzolariga yoki ular ishlaydigan tashkilotga yuboriladigan xat yoki telefonogrammani Senat qoʻmitasining (komissiyasining) raisi imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ishchi guruhning majlisiga masʼul qoʻmita (komissiya) raisi yoki uning topshirigʻiga muvofiq Senatda doimiy asosda ishlaydigan Senat qoʻmitasining (komissiyasining) aʼzosi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ishchi guruhning majlislari hozir boʻlganlarning familiyasini, ismini, otasining ismini, ish joyini va lavozimini aniqlashdan boshlanadi. Majlisda raislik qilayotgan masʼul qoʻmita (komissiya) raisi majlisning umumiy borishiga rahbarlik qiladi, ishchi guruh aʼzolariga soʻz beradi, muhokama qilinayotgan masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritadi va mulohazalar bildiradi, bildirilgan fikrlarni hisobga olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) konferensiyalar va davra suhbatlari yakunida ishlab chiqilgan tavsiyalari oʻn kunlik muddat ichida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga hamda boshqa manfaatdor tashkilotlarga ijro etish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Zarurat boʻlganda, Senat qoʻmitalari (komissiyalari) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan hamda boshqa manfaatdor tashkilotlardan Senat qoʻmitalari (komissiyalari) tavsiyalarining ijro etilishi yuzasidan axborot talab qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Senat qoʻmitalarining (komissiyalarining) konferensiyalar, davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish bilan bogʻliq faoliyatini tashkiliy, axborot jihatidan, moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Senat Devonining tegishli boʻlimlari va Senatning Axborot xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 9-son, 358-modda)