20.07.2015 yildagi KQ-35-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan Harakat dasturida belgilangan tadbirlarning 2015-yil birinchi yarmidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2015-yil 22-yanvarda Oliy Majlis Senatining birinchi majlisida soʻzlagan nutqida hamda 2015-yil 23-yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi, shuningdek 2015-yil 16-yanvarda Vazirlar Mahkamasining 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bagʻishlangan majlisidagi maʼruzalarida belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2015-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan Harakat dasturi (bundan buyon matnda Harakat dasturi deb yuritiladi) tegishli bandlarining ijrosini taʼminlash uchun Senat Kengashi, qoʻmitalari, Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi hamda Senat Devoni tomonidan muayyan ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Harakat dasturining bajarilish muddatlari 2015-yil deb belgilangan 1.1, 2.1, 3.1, 3.3, 3.4, 4.1-bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga maʼqullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Bunda qabul qilingan qonunlar mintaqalardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlarga qanday taʼsir koʻrsatayotganligi haqidagi axborotni joylardan olinishini taʼminlaydigan oʻzaro aloqaning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan yaqin hamkorlikda yaratilishiga erishildi. Shuningdek, Nizomga qonunlar umumdavlat va mintaqalar manfaatlarining mutanosibligini, bir-biriga zid kelmasligini va tizimliligini taʼminlash, qonunlarni ularda amalga oshirish mexanizmlari mavjudligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqilishi majburiyligini belgilovchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Qonunlarni koʻrib chiqish jarayoniga yetakchi mutaxassislar, olimlar, amaliyotchilar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini keng jalb etish mexanizmlari joriy qilindi. Xususan, Harakat dasturining 3.3-bandiga muvofiq qonunlarning tizimli, doimiy asosda muhokama etilishini tashkil qilish, ularni roʻyobga chiqarish yuzasidan nazorat-tahlil ishlarini tayyorlash va oʻtkazish maqsadida Senat qoʻmitalari huzurida yetakchi mutaxassislar, olimlar, amaliyotchilar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillaridan iborat tarkibdagi ekspert guruhlari tuzildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun ijodkorligida qiyosiy tahlil uslublaridan foydalanish borasidagi demokratik davlatlar parlamentlarining qonun ijodkorligi faoliyati tajribasini oʻrganish Senatning asosiy ustuvor vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda. Ushbu vazifani toʻliq roʻyobga chiqarish maqsadida Harakat dasturining 4.2-bandiga muvofiq bu boradagi ishlarning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar dasturi ishlab chiqildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakat dasturining 6.2-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2015-yil 26-maydagi Qoʻshma Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlandi. Oliy Majlis palatalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik samaradorligini yanada oshirish uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining oʻzaro hamkorligini tashkil etish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash toʻgʻrisida”gi nizom qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat qoʻmitalarining xalq deputatlari mahalliy Kengashlari doimiy komissiyalari bilan oʻzaro hamkorligining aniq mexanizmlarini, yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitlarda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida Harakat dasturining 7.1-bandiga muvofiq Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamentiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz xavfsizligini taʼminlash, tashqi siyosatini shakllantirish va roʻyobga chiqarish sohasida Senat oʻz konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirishga eʼtiborni kuchaytirib, Harakat dasturining 8.1-bandini bajarish maqsadida alohida chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqdi va tasdiqladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umuman olganda, Harakat dasturining 2015-yilning birinchi yarmiga moʻljallangan bandlari Senat Kengashi, Senat qoʻmitalari va komissiyasi hamda Senat Devoni tomonidan samarali va sifatli amalga oshirib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakat dasturida bajarilish muddatlari 2015-yil deb belgilangan tadbirlar ijrosi tizimli va izchil kechayotganini eʼtiborga olgan holda Senat qoʻmitalari va komissiyasi hamda Senat Devonining bu boradagi saʼy-harakatlarini yanada kuchaytirish, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S. Artikovaning Harakat dasturida belgilangan tadbirlarning 2015-yil birinchi yarmidagi ijrosi toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.Senat qoʻmitalari va komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harakat dasturining ijrosi keyingi davrga moʻljallangan bandlari hamda Harakat dasturiga muvofiq qabul qilingan qarorlar va boshqa chora-tadbirlar samarali, sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat qoʻmitalari huzurida tashkil etilgan ekspert guruhlari aʼzolarini jalb etgan holda Senatda koʻrib chiqilayotgan qonunlar yuzasidan joylarda faoliyat koʻrsatuvchi senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqishga doir ishlarini, shuningdek nazorat-tahlil faoliyatini kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Harakat dasturi 6.5-bandining ijrosi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari axborot xizmatlarining 2015-yilga moʻljallangan hamkorlikdagi ish rejasi ishlab chiqilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin. Senat Matbuot xizmati ushbu rejani amalga oshirish asnosida keng jamoatchilikni qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati, nazorat-tahlil ishlari va boshqa faoliyat natijalaridan muntazam xabardor qilib borsin, bunda qonun hujjatlarining meʼyorlari notoʻgʻri talqin qilinishi kabi holatlarga yoʻl qoʻymaslikka alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining navbatdagi yalpi majlisi tasdigʻiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S. Artikova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 20-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KQ-35-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 7-son, 308-modda)