29.10.2010 yildagi 106-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga maʼqullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 42-II-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2010-yil 26-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining birinchi majlisidagi, 2010-yil 27-yanvardagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish — ustuvor maqsadimizdir” nomli maʼruzalarining asosiy qoida va xulosalarini roʻyobga chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Harakat dasturi 1.2-bandining 1.2.1-kichik bandini ijro etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga maʼqullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2006-yil 29-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 2005-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2006-yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevralda boʻlib oʻtgan yigʻilishidagi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2006-yil 24-fevralda oʻtkazilgan beshinchi yalpi majlisidagi “Mamlakatimiz taraqqiyotining qonuniy asoslarini mustahkamlash — faoliyatimiz mezoni boʻlishi darkor” maʼruzalarining asosiy qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni bajarishga oid Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Harakat dasturining 8.4, 9.1, 9.2, va 9.3-bandlarini amalga oshirish toʻgʻrisida”gi 199-I-sonli qarorining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 29-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-II-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2010-yil 29-oktabrdagi 106-II-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga maʼqullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qabul qilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga maʼqullash uchun kelib tushgan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamentiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) qoʻmitalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) qabul qilgan va Senatga koʻrib chiqish uchun kelib tushgan qonunlarni (bundan buyon matnda qonunlar deb yuritiladi) dastlabki tarzda koʻrib chiqish, qonunlarni koʻrib chiqish hamda maʼqullangan qonunlarni imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborish bilan bogʻliq Senat qarorlarini va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qonun Senat Devonida roʻyxatga olingan kundan boshlab Senatga kiritilgan hisoblanadi. Qonunni Senatga kiritishda unga quyidagi materiallar ilova qilinadi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Qonunchilik palatasining qonunni qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunning konsepsiyasi bayon qilingan tushuntirish xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qonun qabul qilinishi munosabati bilan qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek ular oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqidagi qonun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi kerak boʻlgan qonunosti hujjatlarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) moddiy xarajatlar talab qilinadigan qonunlar uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini koʻpaytirishni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti moddalari boʻyicha oʻzgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) xalqaro hujjatlar va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining prinsiplari, qoidalari hamda taʼriflarining tayyorlangan batafsil tahlilini oʻz ichiga olgan qiyosiy jadval;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qaroriga asosan “z” kichik band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) qonunchilik tashabbusi huquqiga ega boʻlgan subyekt tomonidan qonun loyihasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan materiallar.
(3-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kelib tushgan qonun unga ilova qilingan materiallar bilan birga Senat Raisiga beriladi. Senat Raisi qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqadigan masʼul Senat qoʻmitasini (bundan buyon matnda masʼul qoʻmita deb yuritiladi) belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Raisi qonunni Senatning bir nechta qoʻmitasiga topshirib, ulardan birini qonunni koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmitani belgilashga haqli.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qonun unga ilova qilingan materiallar bilan birga nusxa koʻchirish hamda Senat Raisining topshirigʻida koʻrsatilgan shaxslarga topshirish uchun Senat Devonining Umumiy boʻlimiga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonun unga ilova qilingan materiallar bilan birga Senat Devonining Rahbariga beriladi, ularning nusxalari esa Senat Raisiga, Senat Raisining oʻrinbosariga, masʼul qoʻmitaga, Senat Devonining Yuridik boʻlimiga, Nazorat-axborot boʻlimiga, Matbuot va tahririyat boʻlimiga, Senatning matbuot kotibiga berilishi shart. Agar qonun Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilishga oid boʻlsa, qonunning nusxasi Xalqaro aloqalar boʻlimiga ham beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqishda Senat Raisi, Senat Raisining oʻrinbosari, Senat Kengashi, Senat qoʻmitalari raislari va Senat qoʻmitalarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Senat Raisi Senat muhokamasiga kiritiladigan masalalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish yuzasidan Senat qoʻmitalarining faoliyatini muvofiqlashtiradi, Senat va uning Kengashi qarorlarini imzolaydi, Senat maʼqullagan qonunlarni imzolash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboradi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Senat Raisining oʻrinbosari Senat Raisining topshirigʻiga muvofiq Senat qoʻmitalari tomonidan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish muddatlariga rioya etilishini, qonunlarni Senat qoʻmitalari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqish natijalari haqidagi axborotning umumlashtirilishini nazorat qiladi, zarur boʻlganda qonunlarni koʻrib chiqish boʻyicha qoʻmitalar ishchi guruhlari majlislarida raislik qiladi, qonunlar yuzasidan Senat qarorlarining loyihalariga viza qoʻyadi, Senat qoʻmitalari va Senat Devonining faoliyatini muvofiqlashtiradi, qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Senat Kengashi Senat qoʻmitalarining ishini, Senat yalpi majlislarining kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlashni muvofiqlashtiradi, qonunlar Senat qoʻmitalari tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilishini tashkil etadi va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Masʼul qoʻmita raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq zarur materiallarni tayyorlashni tashkil etadi, qoʻmita majlislarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qoʻmita aʼzolariga topshiriqlar beradi, ularga qonunlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq materiallar va hujjatlarni yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar ishida qatnashish uchun qoʻmita aʼzolarini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qoʻmita ishida qatnashish uchun davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni, jamoatchilik hamda xoʻjalik yurituvchi subyektlar vakillarini, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillarini taklif etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonunlarni qoʻmitada koʻrib chiqish bilan bogʻliq boʻlgan axborotni umumlashtiradi, tegishli hujjatlar (qonunlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruhlar yigʻilishlarining bayonnomalari va boshqalar) rasmiylashtirilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Senat yalpi majlislari, Senat Kengashi majlislarida, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan munosabatlarda qoʻmitaning nomidan ish koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Senat, Senat Kengashi, Senat Raisi va Senat Raisining oʻrinbosariga qonunlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq topshiriqlarning bajarilishi haqida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qoʻmita aʼzolariga ularning tavsiyalarini koʻrib chiqish haqida axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Senat qoʻmitalari Senat, Senat Kengashi, Senat Raisining va Senat Raisi oʻrinbosarining topshiriqlari hamda tavsiyalariga muvofiq qonunlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi. Qonunlarni koʻrib chiqish jarayonida Senat qoʻmitalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonunlar yuzasidan xulosalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Senat qarorlarining loyihalarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunni Senat yalpi majlisi kun tartibiga kiritish haqida yoki uning ustidagi ishlarni davom ettirish haqida yoxud qonunni rad etish haqida Senat Kengashiga asoslantirilgan takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni talab qilib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonunlarni koʻrib chiqish uchun ishchi guruhlar tuzadi, ular tarkibiga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarini jalb etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) rad etish uchun Senat yalpi majlisiga kiritilayotgan qonunlarning matnlari yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
(11-bandning “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) umumdavlat va mintaqalar manfaatlarining mutanosibligini taʼminlash, shuningdek qonun yuzasidan hududiy manfaatlarni hisobga olgan holda oʻrganishlar tashkil etish va takliflar olish maqsadida qonunlarning joylarda ishlayotgan masʼul qoʻmita aʼzolariga va muayyan hududdagi boshqa senatorlarga yuborilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) qonunlarning bir-biriga zid kelmasligini va tizimliligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) qonunlarni ularda amalga oshirish mexanizmlari mavjudligi nuqtai nazaridan koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) qonunlarni chet el huquqiy amaliyoti bilan har tomonlama, chuqur qiyosiy tahlil qilish maqsadida rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasini oʻrganib chiqadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qaroriga asosan “j” — “k” kichik bandlar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. Senat qoʻmitalari qonunlarni koʻrib chiqish jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etish maqsadida Senat qoʻmitalari huzurida yetakchi mutaxassislar, olimlar, amaliyotchilar, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillaridan iborat tarkibda ekspert guruhlari tuzishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
112. Senat qoʻmitalari huzuridagi ekspert guruhlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masʼul qoʻmita raisining topshirigʻiga koʻra qonunlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan taklif va fikr-mulohazalar bildiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat qoʻmitalari tomonidan qonunni koʻrib chiqish uchun tuziladigan ishchi guruhlar faoliyatida ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar yuzasidan qoʻmitaga kelib tushgan takliflar va fikr-mulohazalarni umumlashtirishda Senat qoʻmitalari ishiga yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat qoʻmitalarining qonunlarni chet el huquqiy amaliyoti bilan har tomonlama, chuqur qiyosiy tahlil qilish maqsadida rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasini oʻrganish bilan bogʻliq faoliyatiga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113. Senat qoʻmitalari koʻrib chiqilayotgan qonunlar yuzasidan jamoatchilikni xabardor qilish hamda ularning fikrini tizimli va doimiy ravishda oʻrganib borish maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qiladi.
(111 — 113-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish tartib-taomili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha umumiy masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qonunni masʼul qoʻmita tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqish muddati, qoida tariqasida, qonun qoʻmitaga kelib tushgan sanadan boshlab oʻn besh kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda Senat Raisi masʼul qoʻmita raisining bildirgisi asosida qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish muddatini uzaytirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Masʼul qoʻmita qonun kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki kun ichida qonun nusxalarini manfaatdor davlat organlariga, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar va ilmiy muassasalarga fikrnomalar tayyorlash uchun yuboradi. Qonun nusxalari yuboriladigan tashkilotlar roʻyxati masʼul qoʻmita raisi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Masʼul qoʻmita Senat Devonining Nazorat-axborot boʻlimi bilan birgalikda qonun qoʻmitaga kelib tushgan kundan eʼtiboran ikki kun ichida qonun nusxalarini ular yuzasidan umumdavlat va mintaqalar manfaatlarining mutanosibligini taʼminlash maqsadida, shuningdek hududiy manfaatlarni hisobga olgan holda oʻrganishlar tashkil etish va takliflar olish uchun joylarda ishlayotgan masʼul qoʻmita aʼzolariga va muayyan hududdagi boshqa senatorlarga yuboradi. Qonun va unga tegishli boshqa materiallar pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda yuborilishi mumkin.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141. Masʼul qoʻmita aʼzosi yoki muayyan hududdagi senatorlar qonunni olgandan soʻng ushbu qonunning mazmun-mohiyatidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va mutaxassislarning xabardorligini taʼminlash hamda uning hududiy manfaatlarga mosligini oʻrganib chiqish maqsadida uch kunlik muddat ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining hamda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining masalaga daxldor qoʻmitasi yoki doimiy komissiyasi bilan birgalikda muhokamalar tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142. Qoʻmita aʼzosi yoki muayyan hududdagi senatorlar qonunlarning, ayniqsa, aholining hayotiy muhim manfaatlariga, sotsial huquqlariga bevosita taalluqli boʻlgan qonunlarning muhokamasiga xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarini, fuqarolik jamiyati institutlari, xususan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillarini keng jalb etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143. Masʼul qoʻmita, uning joylardagi aʼzolari va muayyan hududdagi senatorlar Senatning Matbuot kotibi bilan birgalikda qonunlar yuzasidan tashkil etilgan muhokamalarni respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritish choralarini koʻradi.
(141 — 143-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoʻmita aʼzosi yoki muayyan hududdagi boshqa senator qonun yuzasidan hududiy manfaatlardan kelib chiqqan taklif va fikr-mulohazalar mavjud boʻlgan taqdirda ularni asoslantirgan holda ikki kun ichida umumlashtirilgan maʼlumot tayyorlaydi va uni masʼul qoʻmitaga yuboradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151. Qoʻmita aʼzosi qonun yuzasidan tayyorlangan taklif va fikr-mulohazalarni qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish maqsadida qoʻmita tomonidan tashkil etiladigan ishchi guruhi yigʻilishida ham bildirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152. Masʼul qoʻmita barcha qoʻmita aʼzolaridan yoki boshqa senatorlardan toʻplangan taklif va fikr-mulohazalarni umumlashtiradi va ularni qonun yuzasidantashkil etiladigan ishchi guruhi yigʻilishi muhokamasiga kiritadi.
(151-152-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoʻmita aʼzolari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalaridan, korxona, muassasa, tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan qonun boʻyicha takliflar tayyorlash uchun zarur hujjatlar, ekspert xulosalari va boshqa xulosalarni, statistik va boshqa maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Qonunning masʼul qoʻmita tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Fikr bildirish uchun yuborilgan qonun yuzasidan taklif va mulohazalar kelganidan keyin masʼul qoʻmita raisi qonunni koʻrib chiqish uchun ishchi guruh tashkil etish zarurligini belgilaydi. Qonun yuzasidan masalalar yuzaga kelmagan taqdirda, ishchi guruh tuzilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishchi guruh vujudga kelgan masalalarni hal qilish hamda qonun yuzasidan tushgan taklif va mulohazalarni muhokama etish uchun tuziladi. Ishchi guruh tarkibiga senatorlar, davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning rahbarlari kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Basharti, qonun bir nechta qoʻmitada koʻrib chiqilayotgan boʻlsa, ular tomonidan qoʻshma ishchi guruh tuzilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mintaqalarni rivojlantirishning hal qilinishi koʻrib chiqilayotgan qonun bilan bogʻliq masalalarini yechish uchun ishchi guruhlar tarkibiga senatorlar — masʼul qoʻmitaning joylarda ishlayotgan aʼzolari jalb etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ishchi guruh majlislariga Qonunchilik palatasi deputatlari va qonunni Qonunchilik palatasiga qonunchilik tashabbusi tartibida kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti vakillari taklif qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Zarur hollarda masʼul qoʻmita qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqishda yuzaga keladigan savollar boʻyicha fikr-mulohazalarini olish uchun ekspertlar, mutaxassislar, olimlarni jalb etishi mumkin.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Masʼul qoʻmita qonun yuzasidan tushgan mulohaza va takliflarning hisobini yuritadi, umumlashtiradi, oʻrganadi va tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ishchi guruhning majlislari oʻtkaziladigan sanani va majlislar sonini masʼul qoʻmita raisi qonunning murakkabligiga hamda qonun yuzasidan tushgan taklif va mulohazalar soniga qarab belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ishchi guruh aʼzolariga ishchi guruh majlisi oʻtkaziladigan sana haqida oldindan xabar beriladi. Ishchi guruh aʼzolariga yoki ular ishlaydigan tashkilotga yuboriladigan xat yoki telefonogramma masʼul qoʻmita raisi tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ishchi guruhning majlisiga masʼul qoʻmita raisi yoki uning topshirigʻiga muvofiq uning oʻrinbosari yoxud Senatda doimiy asosda ishlaydigan qoʻmita aʼzosi rahbarlik qiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ishchi guruhning majlislari hozir boʻlganlarning familiyasini, ismi, otasining ismini, ish joyini va lavozimini aniqlashdan boshlanadi. Masʼul qoʻmitaning raisi, u boʻlmaganda esa — uning oʻrinbosari yoki qoʻmitaning boshqa aʼzosi majlisning umumiy borishiga rahbarlik qiladi, ishchi guruh aʼzolariga soʻz beradi, muhokama qilinayotgan masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar kiritadi va mulohazalar bildiradi, qonun yuzasidan bildirilgan fikrlarni hisobga olib boradi. Ishchi guruh majlislarida masʼul qoʻmita aʼzolarining taklif va mulohazalari, tegishli tashkilotlarning fikrnomalari, ekspertlar, mutaxassislar va olimlarning fikrlari muhokama qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlis davomida ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan yoki konferensiyalar, davra suhbatlari, seminarlar oʻtkazishda bildirilgan takliflar ham muhokama qilinishi mumkin.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Ishchi guruh majlislarida bayonnoma yuritilib, raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish jarayonida masʼul qoʻmita qoʻmita xulosasining tarkibiy qismi hisoblanadigan qonunning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga, xalqaro prinsiplar va normalarga muvofiqligini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish natijalari boʻyicha masʼul qoʻmita raisi tomonidan qoʻmita xulosasining loyihasi tayyorlanadi. Masʼul qoʻmitaning xulosasida ushbu Nizomning 29-bandida nazarda tutilgandan tashqari, qoida tariqasida, quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan Qonunchilik palatasiga kiritilgan sana, Qonunchilik palatasi qonunni qabul qilgan sana va qonun Senatga kelib tushgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunning maqsadi yoki asosiy vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan qonunni qoʻllash amaliyotini oʻrganish va hisobga olish masalalari, huquqiy tartibga solishga boʻlgan ijtimoiy ehtiyojni aniqlash, qonunchilikning samaradorligiga taʼsir koʻrsatadigan sabablar va sharoitlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qonunning tuzilishi (moddalar, boblar, boʻlimlar soni va ularning asosiy mazmuni);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonunning ilgari amal qilgan yoki hozirgi kunda amal qilib turgan, shu xildagi munosabatlarni tartibga soladigan qonun hujjatlaridan farqi (yangi normalar va qoidalar kiritilganligi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarning, shuningdek fuqarolarning takliflarini, ommaviy axborot vositalarining materiallarini, ilmiy muassasalar, olimlar va mutaxassislarning tavsiyalarini, jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa vositalaridan olingan maʼlumotlarni umumlashtirish hamda ulardan foydalanish masalalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) boshqa davlatlarning qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish tajribasini hisobga olish masalalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) Senat Kengashiga tavsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Qonunni dastlabki tarzda muhokama qilish boʻyicha masʼul qoʻmita majlisini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Masʼul qoʻmita xulosasining loyihasi masʼul qoʻmita majlisida muhokama qilinadi va masʼul qoʻmita raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Masʼul qoʻmita majlislari, agar ularda qoʻmita tarkibining kamida yarmi hozir boʻlsa, vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Masʼul qoʻmita majlislari ochiq oʻtkaziladi. Zarurat boʻlganda qoʻmita yopiq majlis oʻtkazish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Masʼul qoʻmita majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning vakillari, shuningdek ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Masʼul qoʻmita koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qoʻmita aʼzolari umumiy tarkibining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Masʼul qoʻmitaning qonun yuzasidan qarorida quyidagilar toʻgʻrisida axborot beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun yuzasidan qoʻmita xulosasining loyihasini koʻrib chiqish natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonun yuzasidan masʼul qoʻmita xulosasini oʻqib eshittiradigan senator;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonun yuzasidan uni muhokama qilish tartibida soʻzga chiqadigan senatorlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Masʼul qoʻmitaning xulosasida qonunni maʼqullash yoki rad etish haqida tavsiya bilan qonun baholangan boʻlishi kerak. Qonunni rad etish zarurligi haqidagi xulosada masʼul qoʻmita qonunni rad etish zarur deb hisoblashining vajlari bayon etilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Qonunni rad etish uchun uning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va boshqa qonun hujjatlariga mos emasligi, qonun normalari oʻrtasida nomuvofiqliklar va qarama-qarshiliklar borligi, qonunni qabul qilishga zarurat yoʻqligi, qonunning qonunchilik texnikasi qoidalariga, xalqaro prinsiplar va normalarga muvofiq emasligi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida Senat qarori loyihasini tayyorlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Qonunni dastlabki tarzda koʻrib chiqish natijalariga qarab, masʼul qoʻmita qonunni maʼqullash yoki uni rad etish toʻgʻrisida Senat qarorining loyihasini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Qonunni rad etish haqidagi Senat qarorining loyihasi qonunni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni yoki qonunni rad etish, ayni vaqtda kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi taklifni oʻz ichiga olgan boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Kelishuv komissiyasi tuzish haqidagi taklif qonunning ayrim normalari yuzasidan kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun matnida atamashunoslik va stilistik yoʻnalishdagi noaniqliklar boʻlganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qonunni texnik jihatdan rasmiylashtirish bilan bogʻliq masalalar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunchilik texnikasi qoidalari buzilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qonun normalari oʻrtasida qarama-qarshiliklar kelib chiqqanda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qonun normalari bilan amaldagi qonun hujjatlari oʻrtasida qarama-qarshiliklar boʻlganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) qonunning bitta yoki bir nechta normasi rad etilganida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) boshqa asoslar mavjud boʻlganida kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agar qoʻmitaning fikricha, vujudga kelgan kelishmovchiliklar boʻyicha bir fikrga kelish mumkin boʻlmasa yoki qonunni konseptual darajada toʻla qayta ishlab chiqish talab qilinsa, kelishuv komissiyasini tuzmasdan qonunni rad etish haqida taklif kiritiladi. Kelishuv komissiyasining ish tartibi Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish tartibiga muvofiq belgilanadi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Senat Kengashi tomonidan masʼul qoʻmita xulosasining koʻrib chiqilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Masʼul qoʻmitaning qonunni Senat yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish mumkinligi haqida yoki qonun ustida ishni davom ettirish zarurligi haqida taklif bildirilgan xulosasi Senat Kengashining muhokamasiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Senat Kengashi masʼul qoʻmita xulosasini muhokama qilish natijalari boʻyicha qonunni muhokama qilish uchun Senatning navbatdagi yalpi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritish yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Qonunni Senatning yalpi majlisida koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti bilan belgilanadi.
(45-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish boʻyicha masʼul qoʻmitalarning faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Masʼul qoʻmitalar qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish borasidagi oʻz faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilib boradilar. Masʼul qoʻmitalar va ishchi guruhlar majlislariga ommaviy axborot vositalari vakillari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Masʼul qoʻmitalarning qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish borasidagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot va ular tomonidan qabul qilingan qarorlar Senatning Internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida joylashtirilishi, “Xalq soʻzi”, “Narodnoye slovo” gazetalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Qonunlarga ilova qilinadigan hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Masʼul qoʻmita raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik boʻlim mudiri, Matbuot va tahririyat boʻlimi mudiri, agar qonun Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilishga oid boʻlsa, Xalqaro aloqalar boʻlimi mudirining vizasi qoʻyilgan qonun yuzasidan Senat qarorining loyihasi Senat Raisining oʻrinbosariga topshiriladi.
(48-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat Raisining oʻrinbosari tomonidan viza qoʻyilgan Senat qarorining loyihasi masʼul qoʻmitaga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Qonun yuzasidan belgilangan tartibda viza qoʻyilgan Senat qarorining loyihasi va masʼul qoʻmita xulosasi qoʻmita raisi tomonidan Senat Devonining Rahbariga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Qonun yuzasidan Senat qarori loyihasining, masʼul qoʻmita xulosasining, qonun matnining nusxalari va Qonunchilik palatasidan qonun bilan birga kelib tushgan boshqa hujjatlar Umumiy boʻlim xodimlari tomonidan koʻpaytiriladi hamda Nazorat-axborot boʻlimiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Masʼul qoʻmita tomonidan qonun yuzasidan Senat qarorining loyihasi bilan bir vaqtda ushbu qarorni tarqatish varagʻi tayyorlanib, u Senat Devonining Rahbari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Senatning har bir aʼzosiga Senatning yalpi majlisi muhokamasida ishtirok etish uchun qonun yuzasidan Senat qarorining loyihasi, masʼul qoʻmita xulosasi, qonun matni va Qonunchilik palatasidan qonun bilan birga kelib tushgan boshqa hujjatlar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Qonun yuzasidan Senat qarorining davlat va rus tilidagi elektron nusxalari Matbuot va tahririyat boʻlimida saqlanib, ushbu boʻlim Senatning yalpi majlisida qabul qilingan Senat qarori tegishli blankada chiqarilishini taʼminlaydi.
(53-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Senat Raisining oʻrinbosari, masʼul qoʻmita raisi, Senat Devonining Rahbari, Yuridik boʻlim mudiri, Matbuot va tahririyat boʻlimining mudiri shuningdek, agar qonun Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilishga oid boʻlsa, Xalqaro aloqalar boʻlimining mudiri viza qoʻygan qonun yuzasidan Senat qarori masʼul qoʻmita raisi tomonidan Senat Raisiga imzolash uchun topshiriladi.
(54-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Senat tomonidan maʼqullangan va belgilangan tartibda vizalar qoʻyilgan qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga yuboriladi. Bunda qonunga qonunning toʻrtta nusxasi va Senat qarorining Umumiy boʻlim muhri bilan tasdiqlangan nusxasi, qonunning elektron nusxasi, masʼul qoʻmita xulosasining nusxasi ilova qilinadi. Ayni vaqtda yuborilgan hujjatlarning nusxalari Senat Raisiga, Senat Raisining oʻrinbosariga, Senat Devonining Rahbariga, masʼul qoʻmita raisiga, Yuridik boʻlimga, Matbuot va tahririyat boʻlimiga beriladi. Agar qonun Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini ratifikatsiya yoki denonsatsiya qilishga oid boʻlsa, mazkur hujjatlarning nusxalari Xalqaro aloqalar boʻlimiga ham topshiriladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Qonun va unga ilova qilinadigan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga hujjat olinganligini tasdiqlovchi imzo bilan topshiriladi. Hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga topshirishni Senat Devonining Rahbari tashkil etadi. Bunda ilova xatning bir nusxasi Umumiy boʻlimga beriladi, ikkinchi nusxasi esa, hujjatlar olinganligini tasdiqlovchi imzo bilan masʼul qoʻmitaga topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Qonunni maʼqullash toʻgʻrisidagi Senat qarorining Umumiy boʻlim muhri bilan tasdiqlangan nusxasi qaror qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanganidan keyin qonunni koʻrib chiqish bilan bogʻliq hujjatlar (Senat qarori, tarqatish varagʻi, masʼul qoʻmita xulosasi, Qonunchilik palatasidan kelgan hujjatlar) masʼul qoʻmita tomonidan besh kun ichida Umumiy boʻlimning bayonlar va maxfiy hujjatlarni yuritish sektoriga topshiriladi. Bunda ishchi guruhlar va masʼul qoʻmita majlislarining ish materiallari yigʻmajildga joylanib, bu yigʻmajild Senat arxiviga topshiriladi.
(58-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. Qonunni rad etish toʻgʻrisidagi Senat qarori qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun matni hamda masʼul qoʻmita xulosasining nusxasi bilan birga Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Hujjatlarni Qonunchilik palatasiga topshirishni Senat Devonining Rahbari tashkil etadi. Bunda ilova xatning bir nusxasi Umumiy boʻlimga topshiriladi, ikkinchi nusxasi esa, hujjatlar olinganligini tasdiqlovchi imzo bilan ishga oid materiallarga tikib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. Masʼul qoʻmitalarning qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatini tashkiliy jihatdan, axborot bilan, moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Senat Devoni tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. Masʼul qoʻmitalarning qonunlarni dastlabki tarzda koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyatini taʼminlash deganda yuridik va lingvistik ekspertizani amalga oshirish, qonunlarning nusxalarini koʻpaytirishni tashkil etish hamda manfaatdor vazirliklarga, davlat qoʻmitalari, idoralar, ilmiy muassasalarga, shuningdek boshqa tashkilotlarga yuborish, ishchi guruh majlisiga taklif etilgan shaxslar roʻyxatini tayyorlash va ularni tegishli militsiya postlariga topshirish, telefonogrammalar va tegishli xatlar joʻnatilishini tashkil etish, ishchi guruhlar majlislarining bayonnomalarini tayyorlash tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Senat Devoni boʻlimlarining faoliyatini amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devonining boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar bilan belgilanadi.
(62-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2015-yil 22-iyundagi KQ-27-III-sonli qarori tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 6-son, 261-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 10-son, 401-modda; 2015-y., 6-son, 261-modda)