07.11.2014 yildagi 1015-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2010 — 2014-yillardagi faoliyati toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2008-yil 3-iyuldagi “Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 842-I/513-I-sonli Qoʻshma Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining (bundan buyon matnda Parlament komissiyasi deb yuritiladi) 2010 — 2014-yillarda bajarilgan ishlari toʻgʻrisidagi axborotini eshitdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda davlat va jamiyat rivojlanishining muhim prinsipini — “Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari” strategiyasini roʻyobga chiqarish borasida oʻz koʻlamiga koʻra ulkan ishlar amalga oshirildi. Eng avvalo, eng yuksak demokratik talablarga javob beradigan, bugungi kunda oʻzida 250 dan ortiq qonun hujjatlarini mujassam etgan, fuqarolik jamiyati turli institutlarining erkin rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan ilgʻor qonunchilik bazasi yaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Oliy Majlis palatalari qoʻshma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” nomli maʼruzasidagi qoidalar nodavlat notijorat tashkilotlarini, mustaqil ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini izchil rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu maʼruzada bayon etilgan qonun ijodkorligi tashabbuslarini roʻyobga chiqarish doirasida soʻnggi 5 yilda Oʻzbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi, “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi (yangi tahriri), “Ekologik nazorat toʻgʻrisida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi eng muhim qonunlari qabul qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish jarayonlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yuksak demokratik standartlariga mos keladigan noyob tizim yuzaga keldi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida tashkil etilgan Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi (bundan buyon matnda Jamoat fondi deb yuritiladi), shuningdek ushbu fondning Vasiylik kengashi vakolatlarini bajaruvchi Parlament komissiyasi mazkur tizimining markaziy tashkiliy institutlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan nodavlat notijorat tashkilotlarining, fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun ajratilayotgan mablagʻlar hajmlarini belgilash, ushbu mablagʻlarni taqsimlash, ulardan foydalanilishini monitoring qilish bilan bogʻliq masalalar ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufidan Parlament komissiyasi orqali mamlakatimizning qonun chiqaruvchi oliy organi tasarrufiga oʻtkazildi. Jamoat fondining moliyaviy mablagʻlarini taqsimlash mexanizmlarining demokratiyaviyligi va mustaqilligini taʼminlash maqsadida Parlament komissiyasi tarkibiga Oliy Majlis deputatlari va senatorlari bilan bir qatorda adliya va moliya vazirliklarining masʼul xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatli vakillari kiritildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida Parlament komissiyasining 53 ta yigʻilishi oʻtkazildi, ularda nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini rivojlantirishga doir 200 dan ortiq dolzarb masala koʻrib chiqilib, koʻrib chiqish natijalariga koʻra 274 ta qaror qabul qilindi. Parlament komissiyasining ishi fuqarolik jamiyatini qoʻllab-quvvatlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan moliyaviy mablagʻlarning yanada aniq yoʻnaltirilgan boʻlishini va teng taqsimlanishini taʼminlash imkoniyatini beribgina qolmay, balki fuqarolik jamiyati institutlarining son va sifat jihatidan oʻsishini sezilarli darajada yuksaltirgan holda uning faoliyatining tashkiliy-texnik va iqtisodiy bazasi takomillashtirilishiga samarali taʼsir koʻrsatdi. Mamlakatimizda faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining soni 8,2 mingtadan, ommaviy axborot vositalarining soni 1,4 mingtadan oshib ketdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasi tomonidan 2010 — 2014-yillar davomida oshkoralik, ochiqlik, qulaylik va xolislik prinsiplariga rioya qilish, aniq belgilangan tanlov tartib-taomillari asosida 30,7 mlrd soʻm miqdorida moliyaviy mablagʻlar ajratilib, ular davlat ijtimoiy buyurtmalari, grantlari va subsidiyalari shaklida 1100 dan ortiq loyihani, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari devonlarining, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining ustav faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda taʼminoti uchun taqsimlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning umumiy hajmida tanlovlar asosida ajratiladigan davlat grantlari mablagʻlarining ulushi davlat subsidiyalarining umumiy hajmiga nisbatan ortdi, bu esa davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tuzilmasidagi sifat oʻzgarishi boʻldi. Agar 2009-yilda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning asosiy qismi davlat subsidiyasi shaklida yoʻnaltirilgan boʻlsa, 2014-yilda mablagʻlarning 65 foizi yoki 5300,0 mln soʻm grant tanlovlarini oʻtkazishga va ijtimoiy buyurtmalarni joylashtirishga ajratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida 3121 ta nodavlat notijorat tashkiloti, ommaviy axborot vositasi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokida 29 ta grant tanlovi oʻtkazildi. Ular tomonidan 3762 ta sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar taqdim etildi. Parlament komissiyasining qaroriga muvofiq umumiy summasi 12 mlrd 935,8 mln soʻmlik 1018 ta grant loyihasi qoʻllab-quvvatlandi. 2010 — 2014-yillarda grant mablagʻlarining hajmi 2010-yilga nisbatan 3,5 baravar, qoʻllab-quvvatlangan loyihalar soni 2,3 baravar ortdi. Taqsimlangan mablagʻlarning umumiy hajmida davlat grantlarining ulushi 42,1 foizni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida umumiy summasi 5 mlrd 549,1 million soʻmlik 79 ta loyiha moliyalashtirildi, bu esa 2010 — 2014-yillarda ajratilgan mablagʻlar umumiy hajmining 18 foizini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat subsidiyalari shaklida taqsimlangan mablagʻlar hajmi hisobot davrida 12 mlrd 215,1 mln soʻmni tashkil etdi, bunda oʻsish 1,1 baravarni tashkil etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobot davrida 520 dan ortiq turli tadbirlar — xalqaro va respublika anjumanlari, seminarlar va davra suhbatlari, master-klasslar, matbuot anjumanlari hamda on-layn anjumanlar, uchrashuvlar, koʻrgazmalar, milliy forumlar oʻtkazildi. Ushbu tadbirlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 17 mingdan ziyod vakili ishtirok etdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010 — 2014-yillar davomida Parlament komissiyasi oldiga qoʻyilgan vazifalarni roʻyobga chiqarish maqsadida xalqaro va chet el moliyaviy tashkilotlari hamda institutlari bilan aloqalar oʻrnatish yuzasidan doimiy asosda aniq maqsadga qaratilgan faoliyat amalga oshirildi. 2012-yildan buyon 20 ga yaqin turli uchrashuv hamda qoʻshma tadbirlar — konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari va koʻrgazmalar tashkil etildi va oʻtkazildi. Parlament komissiyasi tomonidan xorijiy, xalqaro tashkilotlarning umumiy summasi 18 ming AQSh dollari va 25 ming yevroga teng 70 mln soʻmlik, shuningdek milliy donorlarning 140 mln soʻmlik mablagʻlari jalb etildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament komissiyasining majlislarida mablagʻlar taqsimlanishiga doir masalalarni va tanlovlar yakunlarini koʻrib chiqish bilan bir qatorda subsidiyalar, ijtimoiy buyurtmalar hamda grantlar shaklida davlatdan koʻmak oluvchilarning hisobotlari va faoliyati natijalari, shuningdek oʻtkazilgan monitoringlar yakunlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ommaviy axborot vositalarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining murojaatlari, ishchi guruh hamda Jamoat fondi aʼzolarining, davlat hokimiyati va boshqaruvi tegishli organlarining hisobotlari muntazam ravishda eshitib borildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining moliyaviy mustaqilligini, barqarorligini mustahkamlash, ularning mablagʻlardan maqsadli va erkin foydalanishini taʼminlash, dasturlar va loyihalarning ijtimoiy ahamiyatini hamda samaradorligini oshirish maqsadida Parlament komissiyasi va Jamoat fondi amalga oshirilayotgan loyihalarni monitoring qilish, ajratilgan mablagʻlardan foydalanish samaradorligini baholashning tegishli tizimini yoʻlga qoʻydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan loyihalar monitoringi natijalarining, Parlament komissiyasi va Jamoat fondi amaliy faoliyatining tahlili nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining budjet tashkilotlari boʻlmagan hamda budjet tomonidan moliyalashtirilmaydigan mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektlar sifatidagi faoliyatini tartibga solishning normativ-huquqiy bazasi toʻliq emasligini koʻrsatdi. Xususan, nodavlat notijorat tashkilotlarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini va nazorat qiluvchi davlat organlari tomonidan ularning faoliyatini tekshirishni amalga oshirish mexanizmlarini normativ-huquqiy jihatdan tartibga solish masalalarini yanada takomillashtirish talab etiladi. Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2015-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kirishi ham tegishlicha normativ-huquqiy jihatdan taʼminlanishni talab qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishga va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga koʻmaklashish, “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirishining qonunchilik bazasini va tashkiliy shart-sharoitlarini yaratish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini moliyalashtirishning barqaror va mustaqil manbalarini shakllantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2010 — 2014-yillardagi faoliyati toʻgʻrisidagi axborot maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi faoliyatining tartibini maqbullashtirish hamda takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyatlar Kengashlari huzurida jamoat fondlarini tuzish hamda ularning samarali faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar qabul qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondidan nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan olinadigan mablagʻlardan foydalanish tartibining huquqiy tartibga solinishini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik jamiyatining shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining huquqiy madaniyati, huquqiy bilimlarini hamda huquqiy ongini oshirish yuzasidan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qarorning ijro etilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari S. Tursunov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2014-yil 7-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1015-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-y., 11-son, 303-modda)