18.04.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2779
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining qarori, 18.04.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2779
Кучга кириш санаси
25.04.2016
Hujjat 28.07.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-son “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2016-yil 15-aprel,

38/qq-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat vaziri A. ABDUHAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6/qq-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 15-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 38/qq, 6/qq, 4-mh-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-son “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarini (bundan buyon matnda bitiruvchi deb yuritiladi) “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi toifadagi bitiruvchilar mazkur Nizomda belgilangan tartibda “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobiga toʻlanadigan eng kam oylik ish haqining yigirma baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa (bundan buyon matnda nafaqa deb yuritiladi) olish uchun murojaat qilish huquqiga ega:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetim bolalar — otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar — ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ularning ota-onalik huquqi cheklangan, ular muomalaga layoqatsiz deb topilgan, kasal boʻlgan, uzoq muddat boʻlmagan, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortgan, shuningdek boshqa sabablarga koʻra ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bitiruvchi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida oʻqish davrida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarga joylashtirilmagan va boshqa qonuniy vakillari — vasiysi, homiysi, tutingan ota-onasi (patronat) qaramogʻida turgan boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizom oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida oʻqish davrida toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nafaqa bitta bitiruvchiga faqat bir marta, yaʼni oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirib, ishga joylashganida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Mahalla” xayriya jamoat fondi 2015/2016 oʻquv yilidan boshlab muntazam ravishda bitiruvchilarga nafaqa toʻlash uchun mablagʻlar ajratishni rejalashtiradi. Nafaqa toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori “Mahalla” xayriya jamoat fondining Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Nafaqa olish haqidagi murojaatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bitiruvchi nafaqa olish uchun oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini bitirib, ishga joylashgandan keyin oʻzi tamomlagan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktoriga nafaqa berilishini soʻrab ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilganlik haqida guvohnoma (asli koʻrsatilgan holda nusxasi taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik pasporti (asli koʻrsatilgan holda nusxasi taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrta maxsus va kasb-hunar maʼlumoti toʻgʻrisida diplom (asli koʻrsatilgan holda nusxasi taqdim etiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vasiy yoki homiy tayinlash haqida tuman (shahar) hokimi qarorining yoki bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi kelishuvning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan bitiruvchining oilaviy va mulkiy ahvoli haqida maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat daftarchasining ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchi yoki uning ota-onasida mulk huquqi asosida koʻchmas mulk mavjudligi (mavjud emasligi) haqida tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk davlat korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining tibbiy-ijtimoiy ahvoli — nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki mehnatga vaqtincha layoqatsizligini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlgan taqdirda).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning toʻliqligini tekshirib qabul qiladi hamda bir ish kuni ichida kuzatuv xati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimiga (bundan buyon matnda “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi deb yuritiladi) taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Arizalarni koʻrib chiqish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi huzurida komissiya tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi boshqaruvi raisi — komissiya raisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi — komissiya aʼzosi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi mehnat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat bosh boshqarmasi boshligʻi — komissiya aʼzosi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi boshqaruvining ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassisi — komissiya masʼul kotibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishiga zaruratga qarab oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktorlari, vasiylik va homiylik organlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman (shahar) boʻlinmasi boshqaruvi raislari ham ovoz berish huquqisiz jalb etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Arizalar komissiyaning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi. Komissiya majlislari komissiya raisi tomonidan zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisida komissiya aʼzolarining barchasi ishtirok etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Arizalarni koʻrib chiqishda komissiya tomonidan quyidagi masalalar oʻrganiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchining ota-ona qarovisiz qolishiga asos boʻlgan holatlar (ota-onasi vafot etgan, bedarak yoʻqolgan, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, uzoq muddat ishlash, oʻqish yoki boshqa maqsadlarda ketgan, ozodlikdan mahrum etilgan va h. k.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hamda tuman (shahar) yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korxonasi tomonidan berilgan maʼlumotnomalarga koʻra bitiruvchining oilaviy va mulkiy ahvoli, turar joy bilan taʼminlanganlik darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchi taqdim etgan hujjatlarga koʻra uning tibbiy-ijtimoiy ahvoli (nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki mehnatga vaqtincha layoqatsizligi).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Komissiya mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan holatlarni oʻrganish natijalariga koʻra bitiruvchining nafaqa olishga muhtoj yoki muhtoj emasligi haqida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Komissiya qarorlari komissiya aʼzolaridan kamida uchtasining ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori komissiya majlisi bayoni shaklida rasmiylashtiriladi va uning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Komissiya qaroriga koʻra nafaqa olishga muhtoj deb topilgan bitiruvchilar roʻyxati uch ish kuni ichida tasdiqlash uchun bitiruvchining doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nafaqa olishga muhtoj deb topilgan bitiruvchilar roʻyxati besh ish kuni ichida vasiylik va homiylik organlari tomonidan koʻrib chiqilib, tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi va “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimiga taqdim etiladi. “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi ikki ish kuni ichida bitiruvchilarni roʻyxatga kiritilganligi haqida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Nafaqalarni toʻlash uchun pul mablagʻlarini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nafaqa bitiruvchiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankda ochilgan omonat (depozit) hisobvaragʻiga yoki bank plastik kartasiga “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi tomonidan oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Pul mablagʻlari bitiruvchi “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimiga oʻzining bank maʼlumotlarini taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Nafaqa summasi pul mablagʻi oʻtkazib berilayotgan kundagi eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitiruvchining soʻroviga koʻra “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi tomonidan tegishli toʻlov topshiriqnomasining nusxasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning haqiqiyligi uchun masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Komissiya raisi va aʼzolari hujjatlarni koʻrib chiqishning xolis boʻlishi uchun masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vasiylik va homiylik organlari hamda tuman (shahar) hokimi nafaqa tayinlanadigan bitiruvchining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida oʻqish davrida toʻliq davlat taʼminotida boʻlmaganligini, xususan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarga joylashtirilmaganligi va boshqa qonuniy vakillari — vasiysi, homiysi, tutingan ota-onasi (patronat) qaramogʻida turganligini tasdiqlash uchun masʼul hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi pul mablagʻlarining oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori, komissiya, vasiylik va homiylik organlari hamda tuman (shahar) hokimining xatti-harakatlaridan (qarorlaridan) norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi J. INOGʻOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2016-yil 15-aprel