OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGINING OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MARKAZI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
Qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi PQ-2487-son “Sogʻlom ona va bola yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U. SALIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-aprel,
38/qq-son
Mehnat vaziri A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-aprel,
6/qq-son
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
Toshkent sh.,
2016-yil 15-aprel,
4-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Mehnat vazirligi va Xalq taʼlimi vazirligining 2016-yil 15-apreldagi 38/qq, 6/qq, 4-mh-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari bitiruvchilarini “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan, toʻliq davlat taʼminotida boʻlmagan oʻrta maxsus va professional taʼlim muassasalari (bundan buyon matnda taʼlim muassasasi deb yuritiladi) bitiruvchilarini (bundan buyon matnda bitiruvchi deb yuritiladi) “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tanlab olish hamda ularga nafaqa toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Quyidagi toifadagi bitiruvchilar mazkur Nizomda belgilangan tartibda “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari hisobiga toʻlanadigan bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida bir yoʻla nafaqa (bundan buyon matnda nafaqa deb yuritiladi) olish uchun murojaat qilish huquqiga ega:
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
yetim bolalar — otasi ham, onasi ham vafot etgan yoki ular sud qaroriga binoan vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar;
ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar — ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ularning ota-onalik huquqi cheklangan, ular muomalaga layoqatsiz deb topilgan, kasal boʻlgan, uzoq muddat boʻlmagan, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortgan, shuningdek boshqa sabablarga koʻra ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda bitiruvchi taʼlim muassasasida oʻqish davrida yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarga joylashtirilmagan va boshqa qonuniy vakillari — vasiysi, homiysi, tutingan ota-onasi (patronat) qaramogʻida turgan boʻlishi lozim.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom taʼlim muassasasida oʻqish davrida toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Nafaqa bitta bitiruvchiga faqat bir marta, yaʼni taʼlim muassasasini bitirib, ishga joylashganida beriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Mahalla” xayriya jamoat fondi 2015/2016 oʻquv yilidan boshlab muntazam ravishda bitiruvchilarga nafaqa toʻlash uchun mablagʻlar ajratishni rejalashtiradi. Nafaqa toʻlash uchun ajratiladigan mablagʻlar miqdori “Mahalla” xayriya jamoat fondining Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
2-bob. Nafaqa olish haqidagi murojaatlarni koʻrib chiqish
Oldingi tahrirga qarang.
5. Bitiruvchi nafaqa olish uchun taʼlim muassasasini bitirib, ishga joylashgandan keyin oʻzi tamomlagan taʼlim muassasasi direktoriga nafaqa berilishini soʻrab ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
vasiy yoki homiy tayinlash haqida tuman (shahar) hokimi qarorining yoki bolani oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi kelishuvning nusxasi;
doimiy yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan berilgan bitiruvchining oilaviy va mulkiy ahvoli haqida maʼlumotnoma.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunda, bitiruvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi nusxasi, biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi maʼlumotlari, mehnat daftarchasi nusxasi (mavjud boʻlsa), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), bitiruvchi yoki uning ota-onasida mulk huquqi asosida koʻchmas mulk mavjudligi (mavjud emasligi) haqidagi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) filiallarining maʼlumotnomalari, bitiruvchining tibbiy-ijtimoiy ahvoli — nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki mehnatga vaqtincha layoqatsizligini tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud boʻlgan taqdirda) taʼlim muassasasi tomonidan masʼul davlat organlari va tashkilotlaridan “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali soʻrab olinadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Taʼlim muassasasi direktori ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek taʼlim muassasasi tomonidan soʻrab olingan mazkur Nizomning 5-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlarni bir ish kuni ichida kuzatuv xati bilan “Mahalla” xayriya jamoat fondining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimiga (bundan buyon matnda “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi deb yuritiladi) taqdim etadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Arizalarni koʻrib chiqish uchun “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi huzurida komissiya tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
“Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi boshqaruvi raisi — komissiya raisi;
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi — komissiya aʼzosi;
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻi — komissiya aʼzosi;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 9-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3788, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son)
“Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi boshqaruvining ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha yetakchi mutaxassisi — komissiya masʼul kotibi.
Oldingi tahrirga qarang.
Komissiya ishiga zaruratga qarab taʼlim muassasasi direktorlari, vasiylik va homiylik organlari, “Mahalla” xayriya jamoat fondining tuman (shahar) boʻlinmasi boshqaruvi raislari ham ovoz berish huquqisiz jalb etilishi mumkin.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
8. Arizalar komissiyaning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi. Komissiya majlislari komissiya raisi tomonidan zaruratga qarab, lekin har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
Komissiya majlisida komissiya aʼzolarining barchasi ishtirok etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Arizalarni koʻrib chiqishda komissiya taʼlim muassasasi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida quyidagi masalalarni oʻrganadi:
Keyingi tahrirga qarang.
bitiruvchining ota-ona qarovisiz qolishiga asos boʻlgan holatlar (ota-onasi vafot etgan, bedarak yoʻqolgan, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, uzoq muddat ishlash, oʻqish yoki boshqa maqsadlarda ketgan, ozodlikdan mahrum etilgan va h. k.);
bitiruvchining oilaviy va mulkiy ahvoli, turar joy bilan taʼminlanganlik darajasi;
bitiruvchining tibbiy-ijtimoiy ahvoli (nogironligi, uzoq muddat davolanishga muhtojligi yoki vaqtincha mehnatga layoqatsizligi).
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
10. Komissiya mazkur Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan holatlarni oʻrganish natijalariga koʻra bitiruvchining nafaqa olishga muhtoj yoki muhtoj emasligi haqida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Komissiya qarorlari komissiya aʼzolaridan kamida uchtasining ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya qarori komissiya majlisi bayoni shaklida rasmiylashtiriladi va uning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi.
12. Komissiya qaroriga koʻra nafaqa olishga muhtoj deb topilgan bitiruvchilar roʻyxati uch ish kuni ichida tasdiqlash uchun bitiruvchining doimiy yashash joyidagi tuman (shahar) hokimligiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Nafaqa olishga muhtoj deb topilgan bitiruvchilar roʻyxati besh ish kuni ichida vasiylik va homiylik organlari tomonidan koʻrib chiqilib, tuman (shahar) hokimining qarori bilan tasdiqlanadi va “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimiga taqdim etiladi. “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi ikki ish kuni ichida bitiruvchilarni roʻyxatga kiritilganligi haqida xabardor qiladi.
3-bob. Nafaqalarni toʻlash uchun pul mablagʻlarini oʻtkazish
14. Nafaqa bitiruvchiga xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankda ochilgan omonat (depozit) hisobvaragʻiga yoki bank plastik kartasiga “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi tomonidan oʻtkazib beriladi.
15. Pul mablagʻlari bitiruvchi “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimiga oʻzining bank maʼlumotlarini taqdim etgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida oʻtkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Nafaqa summasi pul mablagʻi oʻtkazib berilayotgan kundagi bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Bitiruvchining soʻroviga koʻra “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi tomonidan tegishli toʻlov topshiriqnomasining nusxasi taqdim etiladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Taʼlim muassasasi direktori Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlarning haqiqiyligi uchun masʼul hisoblanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Komissiya raisi va aʼzolari hujjatlarni koʻrib chiqishning xolis boʻlishi uchun masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Vasiylik va homiylik organlari hamda tuman (shahar) hokimi nafaqa tayinlanadigan bitiruvchining taʼlim muassasasida oʻqish davrida toʻliq davlat taʼminotida boʻlmaganligini, xususan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan muassasalarga joylashtirilmaganligi va boshqa qonuniy vakillari — vasiysi, homiysi, tutingan ota-onasi (patronat) qaramogʻida turganligini tasdiqlash uchun masʼul hisoblanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
21. “Mahalla” xayriya jamoat fondining hududiy boʻlimi pul mablagʻlarining oʻz vaqtida va toʻliq oʻtkazilishi uchun masʼul hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Taʼlim muassasasi direktori, komissiya, vasiylik va homiylik organlari hamda tuman (shahar) hokimining xatti-harakatlaridan (qarorlaridan) norozi boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga) yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 15-2022-son, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022-yil 7-iyuldagi 17-2022Q/Q-son hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022-yil 6-iyuldagi 4-mh-sonli qarori (roʻyxat raqami 2779-1, 09.08.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.08.2022-y., 10/22/2779-1/0730-son)
Keyingi tahrirga qarang.
23. Mazkur Nizom “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan kelishilgan.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi J. INOGʻOMOV
2016-yil 15-aprel