Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 12-aprelda 2418-3-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 4-maydagi 01-02/13-19-sonli ““Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2418-5, 04.05.2021-y.) asosan 2021-yil 5-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-9-son “Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2418, 2013-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 63-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2016-yil 21-apreldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-mart,
01-02/12-18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-18-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning muqaddimasidan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Nizomda:
a) muqaddimadan “(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 2-son, 36-modda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
b) 5-bandning ikkinchi xatboshisidagi “DBDning birinchi ustuni” degan soʻzlar “DBDning 1-grafasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 10 va 11-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. DBDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
DBD bekor qilinganidan soʻng, yangi BYuD Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida belgilangan 15 kalendar kundan kechiktirmay taqdim etilishi shart.
11. DBDning elektron nusxasiga bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona koʻrigi dalolatnomasi (44-grafa), yukni yetkazib berish nazorat kitobchasi (53-grafa) raqamlari, sanalari va tovarlar keltirilgan sana (S grafa) haqidagi maʼlumotlar kiritiladi va DBDning birinchi kichik boʻlimi 1-grafasidagi “PR” belgisi “IM” belgisi bilan almashtiriladi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 153-modda)