Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2021 30.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2418
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2418]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 4-maydagi 01-02/13-19-sonli ““Tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2418-5, 04.05.2021-y.) asosan 2021-yil 5-avgustdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 31-maydagi 01-02/12-42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-4, 18.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Z. DUSANOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 28-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/12-9-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-9-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda olib kelinishi paytigacha bojxona organlariga dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartibotlarni liberallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq dastlabki bojxona deklaratsiyasini taqdim etgan holda “erkin muomalaga chiqarish” (keyingi o‘rinlarda — import deb yuritiladi) bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalash tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 31-maydagi 01-02/12-42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-4, 18.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dastlabki bojxona deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — DBD deb yuritiladi) tovarlarni bojxona hududiga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalash bo‘lib, u deklarantning xohishiga ko‘ra qo‘llanilishi mumkin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 22-iyundagi 01-02/12-11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-1, 27.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 347-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xavfni aniqlashda foydalaniladigan dasturiy ta’minot tomonidan xavf aniqlanmaganda, tovarlarni bevosita chegara o‘tkazish punktlarida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga ushbu tovarlarni erkin muomalaga chiqarish orqali dastlabki deklaratsiyalash huquqi beriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 31-maydagi 01-02/12-42-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2418-4, 18.06.2018-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida DBDning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilinishi taqiqlangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) litsenziyalar bo‘yicha import qilinadigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vakolatli organlarning ruxsatnomasi talab qilinadigan (muvofiqlik, gigiyena, veterinariya sertifikatlari va karantin ruxsatnomasi bundan mustasno).
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 14-noyabrdagi 01-02/12-24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-2, 24.11.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 48-son, 573-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tovarlarning dastlabki bojxona rasmiylashtiruvi bojxona postida ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda DBD bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi o‘rinlarda — BYuD deb yuritiladi) blanklarida yoki elektron BYuD shaklida rasmiylashtiriladi hamda bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan “BOJXONA NAZORATIDAGI YUK” to‘rtburchak shtampi qo‘yilib, nazoratga olinadi. Bunda DBDda ko‘rsatilgan tovarlarning to‘liq miqdori uchun bojxona to‘lovlari to‘lanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda tovarlar import bojxona rejimi asosida tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxsning to‘la ixtiyoriga beriladi. Bunda bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan DBDga “YUK CNIQARISNGA RUXSAT BERILDI” to‘rtburchak shtampi qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. DBDni rasmiylashtirishning birinchi bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovarlarni dastlabki bojxona deklaratsiyalashda bojxona organlariga tovarlarni rasmiylashtiruvi davomida taqdim qilinadigan hujjatlar ro‘yxatiga asosan (muvofiqlik, gigiyena, veterinariya sertifikati va karantin ruxsatnomasi bundan mustasno) bojxona postiga hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan nusxalari hamda ushbu hujjatlardagi ma’lumotlarning elektron ko‘rinishi taqdim etiladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2014-yil 14-noyabrdagi 01-02/12-24-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-2, 24.11.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 48-son, 573-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar bojxona postiga “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar va bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron ko‘rinishda ham taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. DBDda tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilishidan va (yoki) bojxona postiga taqdim etilishidan oldin deklarantga ma’lum bo‘lmagan ma’lumotlar aks ettirilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DBD Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 5-bobi Tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda BYuDni to‘ldirish talablariga muvofiq to‘ldiriladi. Bunda DBDning 1-grafasi 1-bo‘lmasida “PR” harfli belgi ko‘rsatiladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 31-maydagi 01-02/12-42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-4, 18.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agarda DBDda ko‘rsatilgan tovarlar deklaratsiyani qabul qilgan bojxona postiga deklaratsiya qabul qilingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kuni ichida taqdim etilmasa, u topshirilmagan deb hisoblanadi. Bunday hollarda DBD bekor qilinadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2013-yil 22-iyundagi 01-02/12-11-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-1, 27.06.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 26-son, 347-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. DBDni rasmiylashtirishning ikkinchi bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tovarlar import bojxona rejimi asosida tovarga nisbatan vakolatga ega bo‘lgan shaxsning to‘la ixtiyoriga berilishidan avval bojxona postiga qonun hujjatlariga muvofiq gigiyena, muvofiqlik, veterinariya sertifikatlari va karantin ruxsatnomasi taqdim qilinadi va belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 31-maydagi 01-02/12-42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-4, 18.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazilishidan oldin bojxona posti mansabdor shaxsi hujjatlar nusxalarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarni asl hamda elektron hujjatlardagi ma’lumotlar bilan solishtiradi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 31-maydagi 01-02/12-42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-4, 18.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agarda taqdim qilingan hujjatlar (shu jumladan elektron ko‘rinishdagi) bilan asl hujjatlardagi ma’lumotlarda nomuvofiqliklar mavjud bo‘lsa yoki DBDda kerakli ma’lumotlar yetishmasa, deklarant tomonidan DBDga tegishli o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DBDga tuzatish kiritish (qayta rasmiylashtirish) tovarlar bojxona nazoratidan o‘tkazilgunga qadar bojxona posti tomonidan bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 31-maydagi 01-02/12-42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-4, 18.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. DBDni o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish Bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2784, 2016-yil 10-may) talablariga muvofiq amalga oshiriladi;
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 31-maydagi 01-02/12-42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-4, 18.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DBD bekor qilinganidan so‘ng, yangi BYuD O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida belgilangan 15 kalendar kundan kechiktirmay taqdim etilishi shart.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 30-martdagi 01-02/12-18-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-3, 12.04.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 15-son, 153-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Taqdim etilgan DBDda ko‘rsatilgan tovarlar yetib kelgandan so‘ng, to‘liq BYuD taqdim etiladi. To‘liq BYuDni taqdim etish muddati DBD taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kundan oshib ketmasligi lozim.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 31-maydagi 01-02/12-42-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2418-4, 18.06.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111. To‘liq BYuD Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami № 2773, 2016-yil 6-aprel) talablariga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda to‘ldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-grafasi birinchi bo‘lmasida “IM” belgisi ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1-grafasi uchinchi bo‘lmasida “PPR” harfli belgisi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) BYuDga aynan DBDga berilgan tartib raqam qo‘yiladi va ular bir-biridan ajralmas qismlar hisoblanadi.
(111-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2018-yil 31-maydagi 01-02/12-42-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 2418-4, 18.06.2018-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun deklarant javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 5-son, 63-modda, 26-son, 347-modda; 2014-y., 48-son, 573-modda; 2016-y., 15-son, 153-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.06.2018-y., 10/18/2418-4/1365-son)