Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Parlament nazorati toʻgʻrisida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 10-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2016-yil 31-martda maʼqullangan
Senat tomonidan 2016-yil 31-martda maʼqullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi parlament nazoratini tashkil etish va amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Parlament nazorati subyektlari
Parlament nazorati subyektlari quyidagilardan iborat:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi);
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi);
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari, komissiyalari;
Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari, deputatlar guruhlari (bundan buyon matnda fraksiyalar, deputatlar guruhlari deb yuritiladi);
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputatlari;
Senat aʼzolari;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman).
4-modda. Parlament nazorati obyekti
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining hamda ular mansabdor shaxslarining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining (bundan buyon matnda Oliy Majlis palatalari deb yuritiladi) va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini ijro etish, shuningdek oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni amalga oshirish boʻyicha faoliyati parlament nazorati obyektidir.
(4-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning, surishtiruv va tergov organlarining, sudlarning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarni, shuningdek ijro ishi yuritish hamda notarial ish yuritishning muayyan materiallarini koʻrib chiqish bilan bogʻliq faoliyat parlament nazoratining obyekti boʻlishi mumkin emas.
5-modda. Parlament nazorati shakllari
Parlament nazorati shakllari quyidagilardan iborat:
navbatdagi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini, davlat maqsadli jamgʻarmalarining budjetlarini hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini (bundan buyon matnda Davlat budjeti deb yuritiladi) qabul qilish, shuningdek Davlat budjeti ijrosining borishini koʻrib chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish;
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-martdagi OʻRQ-527-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi) mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish;
Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish;
Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining (bundan buyon matnda Hisob palatasi deb yuritiladi) hisobotini eshitish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish;
parlament soʻrovi;
Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻrovi;
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi, Senat qoʻmitalari tomonidan davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish;
(5-moddaning birinchi qismi oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari tomonidan oʻrganish va qonunosti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish;
parlament tekshiruvi.
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament nazorati qonunga muvofiq boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
6-modda. Davlat budjetini qabul qilish
Davlat budjeti loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Oliy Majlis palatalariga kiritiladi.
Davlat budjeti loyihasi fraksiyalarda, deputatlar guruhlarida, Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi, ular Davlat budjeti loyihasi boʻyicha fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish chogʻida fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Davlat budjeti loyihasi parametrlari bilan bogʻliq qoʻshimcha axborotni tegishli organlardan talab qilib olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi fraksiyalardan, deputatlar guruhlaridan, Qonunchilik palatasi qoʻmitalaridan kelib tushgan fikrlar va takliflarni umumlashtiradi hamda Davlat budjeti loyihasini Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqish masalasi boʻyicha xulosa tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Davlat budjeti loyihasini, qoida tariqasida, uch oʻqishda koʻrib chiqadi.
Fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining Davlat budjeti loyihasi boʻyicha fikrlari va takliflari Qonunchilik palatasining majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan koʻrib chiqilayotganda u fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining, Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining kelib tushgan mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda maromiga yetkazish uchun Vazirlar Mahkamasiga yuborilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjeti loyihasini maromiga yetkazadi va uni Qonunchilik palatasi qayta koʻrib chiqishi uchun kiritadi.
Davlat budjetining loyihasi boʻyicha qaror Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15-noyabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Davlat budjeti koʻrib chiqish uchun Senatga yuboriladi.
Senatga kelib tushgan Davlat budjeti Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan dastlabki tarzda koʻrib chiqiladi.
Davlat budjeti yuzasidan qaror Senat tomonidan joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay qabul qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
7-modda. Davlat budjeti ijrosining borishini koʻrib chiqish
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining ijrosi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yilning har choragida Qonunchilik palatasiga Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi axborotni va zarur materiallarni yuboradi.
Qonunchilik palatasi Davlat budjetining yilning har choragidagi ijrosining borishini koʻrib chiqadi. Uni koʻrib chiqish chogʻida Vazirlar Mahkamasining hisoboti, fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining fikrlari va takliflari, masʼul qoʻmitaning xulosasi eshitiladi, muhokama oʻtkaziladi va tegishli qaror qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi bilan birga Qonunchilik palatasiga taqdim etadi.
Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida dastlabki tarzda muhokama qilish asosida koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjeti ijrosining borishi toʻgʻrisidagi masalani dastlabki tarzda muhokama qilish davomida fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Davlat budjetining daromad qismi ijrosi xususida, ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilish holati toʻgʻrisida tegishli organlardan qoʻshimcha axborotni, shuningdek ularning maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi haqidagi maʼlumotlarni talab qilib olishi mumkin. Bunda fraksiyalar, deputatlar guruhlari joylarda budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi va ulardan samarali foydalanilishi masalalarini Qonunchilik palatasining tegishli qoʻmitalari tomonidan oʻrganish tashabbusi bilan chiqishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobot fraksiyalar, deputatlar guruhlari va Qonunchilik palatasining qoʻmitalarida muhokama etilganidan keyin Qonunchilik palatasi majlisida koʻrib chiqiladi hamda Qonunchilik palatasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8-modda. Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish
Vazirlar Mahkamasining oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va navbatdagi yil uchun nazarda tutilgan asosiy ustuvorliklar toʻgʻrisidagi har yilgi maʼruzasi Bosh vazir tomonidan Oliy Majlis palatalariga taqdim etiladi.
Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim masalalarini hal etishga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʼruzasini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. Vazirlar Mahkamasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish
Bosh vazir hukumat aʼzolari bilan birgalikda har chorakda Oliy Majlis palatalariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.
Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Vazirlar Mahkamasining hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida majburiy ravishda va har tomonlama muhokama qilinishi lozim boʻlgan fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi, Senat Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan, tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturini bajarish boʻyicha hukumat faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasi, Senat qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
(81-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-martdagi OʻRQ-527-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son — 2019-yil 1-apreldan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9-modda. Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitish
Qonunchilik palatasi, Senat zarur boʻlgan hollarda oʻz majlislarida Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisobotini eshitishi mumkin.
Bosh vazirning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti qonunga muvofiq parlament soʻrovi tartibida eshitiladi.
Fraksiyalar, deputatlar guruhlari, Oliy Majlis palatalarining qoʻmitalari Bosh vazirning hisobotini dastlabki tarzda koʻrib chiqadi hamda fikrlar va takliflarni ishlab chiqadi, fikrlar va takliflar Qonunchilik palatasi, Senat majlisida majburiy ravishda hamda har tomonlama muhokama qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Bosh vazirning hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumatning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining ayrim dolzarb masalalariga doir faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi mumkin.
Bosh vazirning hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. Qonunchilik palatasi, Senat majlislarida hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish
Qonunchilik palatasi, Senat zarur boʻlgan hollarda oʻz majlislarida hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitishi mumkin.
Hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish masalasi Qonunchilik palatasi tomonidan fraksiyalar, deputatlar guruhlarining tashabbusiga koʻra, Senat tomonidan esa, qoʻmitalarning tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotini Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
(10-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Senat Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axborotini Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻz faoliyati haqidagi axborotini Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda yiliga ikki marta eshitadi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Senat har yili Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati va huquqni qoʻllash amaliyotining holati toʻgʻrisidagi axborotini Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasida dastlabki tarzda koʻrib chiqqan holda eshitadi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi OʻRQ-512-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hukumat aʼzolarining oʻz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini eshitish toʻgʻrisida Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, qaror Vazirlar Mahkamasiga oldindan yuboriladi.
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi, Senat qaror qabul qiladi, unda hukumat aʼzolarining faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflar boʻlishi, shuningdek ularning ishiga baho berilishi mumkin.
Hukumat aʼzolarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha qabul qilingan Qonunchilik palatasining, Senatning qarori Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
101-modda. Qonunchilik palatasi majlislarida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitish
Qonunchilik palatasi, qoida tariqasida, bir oyda bir marta oʻz majlisida hukumat aʼzolarining Qonunchilik palatasi deputatlari savollariga javoblarini eshitadi (bundan buyon matnda “hukumat soati” deb yuritiladi).
“Hukumat soati”ni oʻtkazish jadvali Bosh vazir bilan kelishilgan holda Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan belgilanadi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining hukumat aʼzolariga savollari Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan “hukumat soati”ni oʻtkazishdan kamida oʻn kun oldin Vazirlar Mahkamasiga yuboriladi.
Vazirlar Mahkamasi savollar roʻyxatidan kelib chiqqan holda “hukumat soati”da Qonunchilik palatasi deputatlarining savollariga javob beradigan hukumat aʼzolarini belgilaydi.
“Hukumat soati” yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining qarori qabul qilinishi mumkin.
102-modda. Senat majlislarida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish
Senat oʻz majlisida viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitishi mumkin.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi masala Senat tomonidan uning qoʻmitalari tashabbusiga koʻra koʻrib chiqiladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish toʻgʻrisida Senat qaror qabul qiladi, qaror tegishli hokimlarga oldindan yuboriladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining tegishli hududni rivojlantirish masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi.
(101-102-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. Hisob palatasining hisobotini eshitish
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay oʻz majlisida Hisob palatasining hisobotini eshitadi.
Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda fraksiyalar, deputatlar guruhlari, shuningdek Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Hisob palatasiga va Senatga yuboriladi.
Senat har yili oʻz majlisida Hisob palatasining hisobotini mazkur masala yuzasidan Qonunchilik palatasining qarori Senatga kelib tushganidan keyin eshitadi.
Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Hisob palatasining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida Hisob palatasiga va Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuboriladi.
14-modda. Parlament soʻrovi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi, Senat davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga qonunlarning, turli sohalardagi davlat dasturlarining ijrosi masalalari hamda ularning vakolatlariga kiradigan boshqa muhim masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament soʻrovini yuborish toʻgʻrisidagi taklif Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qoʻmitalar, fraksiyalar, deputatlar guruhlari tomonidan, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan, Senat koʻrib chiqishi uchun esa, qoʻmitalar tomonidan, shuningdek Senat aʼzolari umumiy sonining kamida beshdan bir qismi tomonidan kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga ogʻzaki javobni tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida palatalar belgilagan muddatda beradi.
(14-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga yozma javobni, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yuborishi lozim.
(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament soʻroviga yozma javob Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi. Yozma javobning nusxalari tegishli palataning majlisida oʻqib eshittirilguniga qadar oldindan Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat aʼzolariga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament soʻroviga javob tegishincha Qonunchilik palatasining, Senatning majlisida muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi, Senat parlament soʻrovi muhokamasi yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.
15-modda. Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻrovi
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputati davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga, qoida tariqasida, tegishli saylov okrugi saylovchilarining yoki Oʻzbekiston ekologik harakatining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar yuzasidan, Senat aʼzosi esa, tegishli hududlarning manfaatlari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan soʻrov yuborishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari Qonunchilik palatasi deputatining, Senat aʼzosining soʻroviga, agar boshqa muddat belgilangan boʻlmasa, soʻrov olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay yozma javob yuboradi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Qonunchilik palatasi, Senat qoʻmitalari tomonidan davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari ish rejalariga, Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular kengashlarining qarorlariga muvofiq oʻz majlislarida davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga rioya etilishi, Qonunchilik palatasi, Senat, ularning kengashlari va qoʻmitalari qarorlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotini eshitishi mumkin.
Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari qarorlar qabul qiladi, qarorlar tegishli davlat organi, xoʻjalik boshqaruvi organiga yuboriladi.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari tomonidan oʻrganish va qonun osti hujjatlarining qabul qilinishi yuzasidan ular tomonidan monitoringni amalga oshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari oʻz ish rejalariga muvofiq vaqti-vaqti bilan davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlarning, Qonunchilik palatasi va Senat qarorlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini joylarga chiqib oʻrganadi. Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat aʼzolari oʻrganish davomida davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan hujjatlarni, ekspert xulosalarini, statistika maʼlumotlarini va boshqa maʼlumotlarni soʻrab olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish yakunlari boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari oʻz majlislarida davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining axborotini eshitishi, shuningdek oʻrganish natijalarini Qonunchilik palatasi, Senat koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Qonun hujjatlarining ijrosi holatini, huquqni qoʻllash amaliyotini oʻrganish Oliy Majlis palatalari kengashlarining qaroriga muvofiq Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari yangi qabul qilingan qonunlar ijrosini taʼminlash uchun qonun osti hujjatlarining oʻz vaqtida qabul qilinishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi. Monitoringni amalga oshirish yakunlari Qonunchilik palatasining, Senatning qoʻmitalari majlislarida koʻrib chiqilishi mumkin.
(17-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
18-modda. Parlament tekshiruvi
Jamiyat va davlatning eng muhim manfaatlariga daxl qiluvchi, mamlakat xavfsizligi asoslariga, uning barqaror rivojlanishiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan muayyan faktlarni yoki voqealarni oʻrganish maqsadida Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan parlament tekshiruvlari oʻtkazilishi mumkin.
Qonunchilik palatasi va Senat parlament tekshiruvini oʻtkazish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari orasidan komissiya tuzadi.
Komissiya parlament tekshiruvini oʻtkazishda quyidagilarga haqli:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining vakillarini, mutaxassislar, ekspertlar va olimlarni komissiya ishiga jalb etish;
davlat organlaridan, xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, boshqa tashkilotlardan, shuningdek fuqarolardan zarur maʼlumotlarni soʻrab olish;
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning mansabdor shaxslarini, shuningdek fuqarolarni tushuntirishlar berish uchun taklif qilish.
(18-moddaning uchinchi qismi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Komissiya Oliy Majlis palatalarining qaroriga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Komissiya bajarilgan ish toʻgʻrisida Oliy Majlis palatalari tomonidan belgilangan muddatda ularni xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19-modda. Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish
Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish, mamlakatda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash boʻyicha ular ishining samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis palatalari tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuziladi.
Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasining faoliyatini tashkil etish tartibi Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarori bilan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori har yili Senatga hisobot taqdim etadi, hisobot Senatning navbatdagi majlisida koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisoboti dastlabki tarzda Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tomonidan Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi bilan birgalikda koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining hisobotini eshitish yakunlari boʻyicha Senat qaror qabul qiladi, qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan parlament nazoratini amalga oshirish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) parlament nazoratini “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiradi.
21-modda. Parlament nazorati natijalari
Parlament nazorati subyektlari oʻz vakolatlari doirasida parlament nazorati natijalari boʻyicha:
hukumat aʼzosini isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taklif kiritishi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davlat organlariga, xoʻjalik boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarining, davlat dasturlarining ijrosi, oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarning amalga oshirilishi samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrish yuzasidan takliflar va tavsiyalar kiritishi;
(21-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan kiritilgan maʼruzalarni, hisobotlarni, axborotni hamda boshqa materiallarni ular yuzasidan mulohazalar va takliflarni koʻrsatgan holda ushbu organlarga maromiga yetkazish uchun belgilangan tartibda qaytarib yuborishi;
Keyingi tahrirga qarang.
parlament nazorati materiallarini vakolatli davlat organlariga oʻz vakolatlariga muvofiq koʻrib chiqish uchun yuborishi;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari maʼlum boʻlib qolgan taqdirda ularga darhol chek qoʻyish choralarini koʻrish talabi bilan tegishli davlat organlariga, xoʻjalik boshqaruvi organlariga hamda mansabdor shaxslarga murojaat qilishi;
(21-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish, ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida tegishli davlat organlariga, xoʻjalik boshqaruvi organlariga takliflar va tavsiyalar kiritishi;
(21-moddaning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
yangi qonun hujjati loyihasini ishlab chiqish yoki amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tashabbusi bilan chiqishi;
Keyingi tahrirga qarang.
parlament nazorati natijalarini eʼlon qilishi mumkin.
22-modda. Parlament nazorati natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarni koʻrib chiqish va ijro etish
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari oʻz vakolatlari doirasida:
(22-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
parlament nazorati subyektlari tomonidan qabul qilingan qarorlarning koʻrib chiqilishi va ijro etilishini taʼminlaydi;
parlament nazorati natijalari boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalarni amalga oshirishga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi;
takliflar va tavsiyalarni koʻrib chiqish natijalari hamda ular boʻyicha koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida parlament nazorati subyektlariga xabar qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻygan davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini koʻradi.
(22-moddaning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. Parlament nazorati subyektlarining majburiyatlari
Parlament nazoratini amalga oshirishda parlament nazorati subyektlari:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlarini, xoʻjalik boshqaruvi organlarini hamda ularning mansabdor shaxslarini parlament nazoratini oʻtkazish bilan bogʻliq zarur hujjatlar bilan tanishtirishi;
(23-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining oʻz vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan faoliyatiga aralashmasligi;
(23-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning faoliyat koʻrsatishi uchun toʻsiqlarni yuzaga keltirmasligi;
(23-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Parlament nazorati subyektlarining zimmasida qonunga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
24-modda. Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining majburiyatlari
(24-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament nazorati subyektlari parlament nazoratini amalga oshirayotganda davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari:
(24-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
parlament nazorati amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
parlament nazorati subyektlarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek ularning faoliyatiga toʻsqinlik qilmasligi;
parlament nazorati subyektlariga parlament nazoratini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi, shuningdek ularning ishonchliligi va xolisligini taʼminlashi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament nazorati subyektlarining parlament nazorati natijalari boʻyicha qabul qilingan qarorlarini koʻrib chiqishi va koʻrib chiqish natijalari hamda koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida ularni belgilangan muddatda xabardor qilishi shart.
(24-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining zimmasida qonunga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(24-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25-modda. Parlament nazorati natijalarini koʻrib chiqishning ochiqligi va oshkoraligi
Oldingi tahrirga qarang.
Parlament nazorati natijalarini koʻrib chiqish boʻyicha Qonunchilik palatasining, Senatning hamda ular organlarining majlislari ochiq va oshkora oʻtkaziladi. Majlislarga davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining, ilmiy muassasalarning vakillari, mutaxassislar va olimlar, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif etilishi mumkin.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Zarurat boʻlganda, Qonunchilik palatasi, Senat va ularning organlari yopiq majlis oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Parlament nazorati natijalari ommaviy axborot vositalarida va Qonunchilik palatasining, Senatning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinishi mumkin.
26-modda. Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Parlament nazorati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
28-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 11-aprel,
OʻRQ-403-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 141-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son, 06.03.2019-y., 03/19/527/2706-son, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 23.05.2019-y., 03/19/540/3167-son, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son, 10.12.2019-y., 03/19/590/4129-son; 10.08.2020-y., 03/20/631/1153-son; 15.01.2021-y., 03/21/666/0032-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 19.11.2021-y., 03/21/729/1064-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son; 26.12.2025-y., 03/25/1107/1216-son)