Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2026 26.08.2008 yildagi 854-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.03.2026
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARLAMENT SOʻROVINI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2026-yil 30-martdagi 1885-V-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi qaror qiladi :
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Parlament soʻrovini amalga oshirish tartibi tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 26-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
854-I-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2008-yil 26-avgustdagi 854–I-sonli Qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻrovini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Tartib parlament soʻrovini amalga oshirishda amal qilish uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi), shuningdek Qonunchilik palatasi deputati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki oʻz nuqtai nazarini bayon etish talabi bilan parlament soʻrovi yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, Oliy xoʻjalik sudining raisi, Bosh prokurori, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlari nomiga yoʻllangan parlament soʻrovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va materiallarga taalluqli boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Parlament soʻrovi loyihasida adresat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, adresatning qisqacha nomi, parlament soʻrovining mohiyati va unga asos boʻlgan sabablar koʻrsatilishi kerak (1-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Parlament soʻrovi loyihasiga Qonunchilik palatasining tegishli qarori loyihasi ilova qilinadi (2-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi va tegishli qarori loyihalari palataning ularni tayyorlagan deputati, deputatlar birlashmasi yoki qoʻmitasi tomonidan Qonunchilik palatasi Devoniga kiritiladi, kelib tushgan parlament soʻrovi va palata qarori loyihalari bu yerda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi va tegishli qarori loyihalari oʻrganish hamda xulosa berish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan Qonunchilik palatasining masʼul (soha boʻyicha) qoʻmitasiga ularni koʻrib chiqish muddati koʻrsatilgan holda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasi Qonunchilik palatasining Spikeri tomonidan belgilangan muddat ichida Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi va qarori loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga qay darajada mosligini hamda bu loyihalarni kiritishning qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Reglamenti va ushbu Tartibda belgilangan tartib-taomillariga qay darajada rioya etilganligini aniqlab, bu haqda yozma xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi va qarori loyihalari yuzasidan yozma xulosa berishdan oldin Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga doir qarori loyihasini Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boʻlimida huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qonunchilik palatasi Devonining Yuridik boʻlimi Qonunchilik palatasining masʼul qoʻmitasidan olingan Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga doir qarori loyihasi yuzasidan huquqiy ekspertiza oʻtkazadi va uch ish kunigacha boʻlgan muddatda yozma xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qonunchilik palatasi masʼul qoʻmitasining parlament soʻrovi loyihasini Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish uchun qabul qilish mumkinligi yoki uni tashabbuskorga (Qonunchilik palatasining deputatiga, deputatlar birlashmasiga yoki qoʻmitasiga) qaytarish zarurligi toʻgʻrisidagi xulosasi Qonunchilik palatasi Spikeri tomonidan belgilangan muddat tugaguniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qonunchilik palatasining Kengashi Qonunchilik palatasi masʼul qoʻmitasining xulosasi asosida parlament soʻrovi loyihasini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida yoki uni tashabbuskorga qaytarish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qonunchilik palatasining majlisida parlament soʻrovi loyihasi boʻyicha muhokama, qoida tariqasida, parlament soʻrovi tashabbuskorining maʼruzasidan boshlanadi, zarur boʻlgan hollarda esa, masʼul qoʻmitaning fikri eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashabbuskorning maʼruzasi tugaganidan soʻng deputatlar birlashmalarining vakillari parlament soʻrovi loyihasining mohiyati boʻyicha soʻzga chiqishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qonunchilik palatasi muhokama natijalari boʻyicha deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qonunchilik palatasi parlament soʻrovi yuzasidan qaror qabul qilgan taqdirda, ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay parlament soʻrovining matni bilan birgalikda davlat hokimiyati boshqaruvi organlarining tegishli mansabdor shaxsiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Parlament soʻrovi boʻyicha Qonunchilik palatasi qarorini parlament soʻrovining matni bilan birga joʻnatish Qonunchilik palatasi Devonining Umumiy boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari parlament soʻroviga javobni parlament soʻrovi olingan kundan eʼtiboran oʻn kundan kechiktirmay Qonunchilik palatasining majlisida ogʻzaki yoki yozma shaklda beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 32-moddasiga muvofiq parlament soʻrovi boʻyicha axborot Qonunchilik palatasining majlisida Qonunchilik palatasi deputatlari va deputatlar birlashmalari tomonidan muhokama qilinishi mumkin. Qonunchilik palatasi muhokama yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining axboroti davlat sirlarini oʻz ichiga olishi mumkin boʻlsa, muhokama yopiq majlisda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻrovini amalga oshirish tartibiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎_________________________________________________

‎‎‎‎(parlament soʻrovi yuborilayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organining mansabdor shaxsi koʻrsatiladi)


‎‎PARLAMENT SOʻROVI


‎‎‎_____________________________________________

‎‎(parlament soʻrovining nomi koʻrsatiladi)

‎‎
‎Hurmatli _________________________!


‎‎‎__________________________________________________________________

‎‎(parlament soʻrovining mazmuni, uni yuborishga sabab boʻlgan asoslar bayon etiladi va

‎‎__________________________________________________________________

‎‎soʻrov yuzasidan axborot taqdim etishning aniq muddati koʻrsatiladi)

‎‎__________________________________________________________________
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻrovini amalga oshirish tartibiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

‎‎Qonunchilik palatasining

‎‎QARORI


‎‎‎Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining

‎‎________________________________________________________________ga

‎‎(parlament soʻrovi yuborilayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organining mansabdor shaxsi koʻrsatiladi)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(parlament soʻrovining nomi koʻrsatiladi)

‎‎haqidagi parlament soʻrovi toʻgʻrisida

‎‎
‎“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi QAROR QILADI:


‎‎‎1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining

‎‎________________________________________________________________ga

‎‎(parlament soʻrovi yuborilayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organining mansabdor shaxsi koʻrsatiladi)

‎‎__________________________________________________________________

‎‎(parlament soʻrovining nomi koʻrsatiladi)

‎‎toʻgʻrisidagi parlament soʻrovi qabul qilinsin.
‎‎
‎2. Ushbu Qaror va koʻrsatilgan parlament soʻrovi ________________________
‎‎________________________________________________________________ga

‎‎(parlament soʻrovi yuborilayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organining mansabdor shaxsi koʻrsatiladi)

‎‎yuborilsin.
‎‎
‎3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
‎‎
‎Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri


‎‎‎_______________

(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 2-son, 44-modda)