Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.1993 27.02.1992 yildagi 544-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.09.1993
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VILOYaTLAR, NOHIYALAR VA ShAHARLARNING HOKIMLARI HAMDA ULARNING HOKIMIYAT VAKILLIK IDORALARI — XALQ DEPUTATLARI KENGAShLARI BILAN OʻZARO MUNOSABATLARI ASOSLARI TOʻGʻRISIDA”GI MUVAQQAT NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrdagi 914-XII-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Viloyatlar, nohiyalar va shaharlarning hokimlari hamda ularning hokimiyat vakillik idoralari—xalq deputatlari Kengashlari bilan oʻzaro munosabatlari asoslari toʻgʻrisida”gi Muvaqqat nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi hamda uning davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari toʻgʻrisidagi”gi Muvaqqat nizomning 9-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1989-yil 29-dekabrdagi 3761—XI sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputatlari oblast, rayon, shahar, shahardagi rayon Sovetlarining Prezidiumlari, shahar (rayonga boʻysunuvchi shahar) posyolka va qishloq Sovetlarining raislari toʻgʻrisidagi Nizom” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, № 1, 1990-yil 10-yanvar, 7-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 27-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
544-XII-son

VILOYaTLAR, NOHIYALAR VA ShAHARLARNING HOKIMLARI HAMDA ULARNING HOKIMIYAT VAKILLIK IDORALARI –XALQ DEPUTATLARI KENGAShLARI BILAN OʻZARO MUNOSABATLARI ASOSLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUVAQQAT NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Nizom viloyatlar, nohiyalar va shaharlar hokimlarining maqomini va ular faoliyatining huquqiy asoslarini, ularning xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan oʻzaro munosabatlari tartibini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Viloyat, nohiya va shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi tegishli maʼmuriy-hududiy birligining oliy mansabdor shaxsi boʻlib, vakillik va ijroiya-boshqaruv hokimiyatiga boshchilik qiladi hamda oʻz qaramogʻidagi hududda davlat, xoʻjalik va ijtimoiy-madaniy qurilishga tezkor rahbarlikni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy vakili boʻlib, uni Prezident tayinlaydi va ozod etadi, uni xalq deputatlari viloyat Kengashi shu Kengash barcha deputatlarining koʻpchilik ovozi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nohiyalar va shaharlarning, Toshkent shahridagi nohiyalarning hokimlarini tegishli viloyat va Toshkent shahar hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishib tayinlaydi va ozod qiladi hamda uni xalq deputatlari tegishli nohiya, shahar Kengashi shu Kengash barcha deputatlarining koʻpchilik ovozi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaharlardagi nohiyalarning hokimlarini tegishli shahar hokimi tayinlaydi va uni xalq deputatlari tegishli shaharlardagi nohiya Kengashi shu Kengash deputatlarining koʻpchilik ovozi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat, nohiya, shahar hokimligiga va uning oʻrinbosarligiga tegishli Kengashning deputati ham, bu Kengash deputati boʻlmagan boshqa shaxs ham tayinlanishi va tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyat hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va xalq deputatlari tegishli viloyat Kengashiga hisob berib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Nohiya va shahar hokimi oʻzidan yuqori pogʻonada turuvchi hokimga va xalq deputatlari tegishli Kengashiga hisob berib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Viloyat, nohiya va shahar hokimi oʻz vakolatlarini yakkaboshchilik qoidalari asosida amalga oshiradi, ijroiya-boshqaruv idoralarining qarorlari va xatti-harakatlari uchun shaxsan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.1. Hokim Kengash rayosati va ijroiya komitetining, Kengash raisining huquqiy vorisidir, ularning vakolatlari hokim vazifasiga kirishgach toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7.2. Hokim vakillik va ijroiya-boshqaruv hokimiyati idoralariga rahbarlikni taʼmin eta borib:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlari va respublika Prezidentining farmonlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining yuqori turuvchi va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlarini ijro etish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tegishli maʼmuriy-hududiy birlik budjetining, ana shu birlikni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarining loyihalarini, budjetdan tashqari jamgʻarmalar va valyuta jamgʻarmalari smetalarini, viloyat, shahar, nohiyani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni taʼminlash, tabiiy boyliklar va kommunal mulkdan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bilan bogʻliq qarorlarni tasdiqlash uchun xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublikada va chet ellarda viloyat, nohiya, shaharning rasmiy vakili sifatida ish koʻradi; oʻz vakolatlari doirasida respublikadagi boshqa mintaqalarning tegishli huquqlar berilgan vakillari bilan hamda respublika hukumati vakolatiga muvofiq boshqa davlatlar bilan shartnomalar tuzishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— oʻz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hamda oʻzi rahbarlik qilayotgan ijroiya-boshqaruv idoralarining ishi toʻgʻrisida tegishli Kengashga har yili hisobot taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yuqori turuvchi respublika idoralari bilan kelishib, xalq deputatlari Kengashi tasdiqlangan budjet va mahalliy xoʻjalik boshqaruv sxemasi doirasida ijroiya-boshqaruv idoralarining tuzilishi va shtatini belgilaydi hamda oʻzgartiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda hokimning birinchi oʻrinbosarini va oʻrinbosarlarini tayinlab, keyinchalik xalq deputatlari Kengashi tasdigʻiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yuqori pogʻonadagi hokim bilan kelishilgan holda nohiyalar, shaharlar va shaharlardagi nohiyalar hokimlarining oʻrinbosarlarini tayinlab, ularni keyinchalik xalq deputatlari Kengashi tasdigʻiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— tegishli Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun masalalar taklif etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xalq deputatlari Kengashi qarorlarini imzolaydi. Tegishli Kengash qarorlarini ular qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta ichida rad etishga va qarorni qayta koʻrib chiqish uchun tegishli Kengashga qaytarishga haqlidir. Basharti, qayta koʻrib chiqish chogʻida ushbu Kengash deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismi ilgari qabul qilingan qarorni tasdiqlasa, u holda hokim qarorni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan xalq deputatlari Kengashlari ijroiya-boshqaruv idoralari ixtiyoriga berilgan boshqa masalalarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari viloyat, nohiya va shahar Kengashlari hokimiyatning vakillik idoralari hisoblanadilar hamda umumdavlat manfaatlarini va Kengash hududida yashaydigan fuqarolarning manfaatlarini koʻzlagan holda mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal etadilar. Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Prezident farmonlarini, yuqori davlat idoralarining qarorlarini amalga oshiradilar, xalq deputatlari quyi Kengashlarining faoliyatiga rahbarlik qiladilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalar muhokamasida qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.1. Xalq deputatlari mahalliy Kengashining sessiyalari tegishli hokim tomonidan zaruratga qarab ammo, yiliga kamida ikki marta chaqiriladi. Hokimning sessiya chaqirish toʻgʻrisidagi qarori unda muhokama etiladigan masalalarini koʻrsatgan holda sessiya ochilishidan kechi bilan ikki hafta oldin aholi eʼtiboriga yetkaziladi. Hokim Kengashning navbatdan tashqari sessiyasini chaqirishga haqlidir, bu haqda oʻz qarorini u sessiya ochilishidan kechi bilan uch kun oldin eʼlon qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8.2. Xalq deputatlari viloyat, nohiya va shahar Kengashlarining hokim faoliyati bilan hamda vakillik hokimiyati vazifalarini amalga oshirish bilan bogʻliq asosiy vakolatlari sirasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— hokim taqdimiga koʻra budjetni va uning ijrosi haqidagi hisobotni, nohiya, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini, undagi qurilishlar bosh rejasini va qoidalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mahalliy soliqlar, yigʻimlar va bojlar miqdorini belgilash, budjetga tushadigan soliqlar, yigʻimlar va toʻlovlar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mahalliy xoʻjalik sohasida narx-navo siyosatini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— yer islohoti oʻtkazish yuzasidan normativ hujjatlarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aholiga oziq-ovqat mahsulotlari va mollarni norma asosida taqsimlashni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— korxonalar va tashkilotlarning ishlab chiqarish faoliyatini ragʻbatlantirish hamda qoʻshimcha ish joylari yaratish maqsadida ularga imtiyozlar va yengilliklar belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mahalliy soʻrov oʻtkazish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ushbu Nizomda koʻzda tutilgan hollarda hokimning qarorlari va farmoyishlarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ushbu Nizomda belgilangan tartibda hokimni lavozimga tasdiqlash, hokimning oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— xalq deputatlari viloyat, nohiya va shahar Kengashlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan oʻzlarining ixtiyorlariga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kengash va uning idoralari faoliyatini tashkil etish masalalarini, shuningdek hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim muammolarini muhokama qilish uchun hokim Maslahat Kengashi tashkil etadi, bu Kengash tarkibiga hokimning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari kiradilar. Hokimning qarori bilan Maslahat Kengashi tarkibiga aholi turli ijtimoiy qatlamlarining xalq deputatlari tegishli Kengashi deputatlari jumlasiga kiruvchi vakillari qoʻshilishi mumkin. Maslahat Kengashining majlislari hokim tomonidan zarurat tugʻilishiga qarab chaqiriladi va hokim yoki uning topshirigʻiga binoan oʻrinbosarlaridan biri tomonidan oʻtkaziladi. Barcha masalalar yuzasidan uzil-kesil qarorni hokim qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hokim oʻziga berilgan vakolatlar doirasida qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.1. Hokimning amaldagi qonunlarga muvofiq qabul qilgan qarorlari va farmoyishlarini bajarish shu Kengash qaramogʻidagi hududda joylashgan barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamiyatlar va birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.2. Viloyat va Toshkent shahar hokimining qarorlari va farmoyishlari amaldagi qonunlarga muvofiq kelmagan taqdirda, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10.3. Nohiya yoki shahar hokimining qarorlari va farmoyishlari amaldagi qonunlarga muvofiq kelmagan taqdirda, ularni yuqori pogʻonada turuvchi hokim yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xokim va xalq deputatlari Kengashi faoliyatini taʼminlash uchun hokimning ijrochi apparati tuziladi, u faoliyat koʻrsatib kelgan Kengash Kotibiyati va ijroiya qoʻmitasining vazifalarini bajaradi. Hokim apparati – Kotibiyatining shtatlar jadvali Vazirlar Mahkamasining Hokim apparatidagi xodimlarning eng koʻp soni hamda apparatning namunaviy tarkibi haqidagi qaroriga muvofiq tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengashning tugatilayotgan ijroiya qoʻmitasi boʻlimlari va boshqarmalari hokimning tezkor boʻysunuviga oʻtadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 4-son, 215-modda)