Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.12.1992 04.01.1992 yildagi 496-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.12.1992
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MAHALLIY HOKIMIYAT IDORALARINI QAYTA TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilinishi munosabati bilan ushbu Qonunning 10-bandiga muvofiq mazkur Qonun oʻz kuchini yoʻqotdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga oʻtkazish sharoitida ijroiya hokimiyatini mustahkamlash zarurligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining viloyatlari, nohiyalari va shaharlarida vakillik hokimiyatiga hamda ijroiya-boshqaruv hokimiyatiga boshchilik qiladigan hokimlar lavozimi taʼsis etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlarning hokimlari Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentiga va xalq deputatlari tegishli Kengashlariga hisob beradilar, Prezidentning joylardagi rasmiy vakillari boʻladilar, Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar hamda shundan soʻng xalq deputatlari tegishli viloyat Kengashlari tomonidan tasdiqlanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nohiyalar va shaharlarning (Toshkent shahri bundan mustasno) hokimlari tegishli viloyat hokimi tomonidan tayinlanib, xalq deputatlari tegishli nohiya, shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlardagi nohiyalarning hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanib, xalq deputatlari tegishli shahardagi nohiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nohiya va shaharlarning hokimlari oʻzlaridan yuqori turuvchi hokimlarga va tegishli xalq deputatlari Kengashlariga hisob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq hokimlar boshchiligidagi xalq deputatlari viloyat, nohiya va shahar Kengashlari mahalliy ahamiyatga molik barcha masalalarni umumdavlat manfaatlari hamda Kengash hududida yashayottan fuqarolarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda hal etadilar, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarini, Prezident farmonlarini yuqori davlat idoralarining qarorlarini amalga oshiradilar, xalq deputatlari quyi Kengashlarining faoliyatiga rahbarlik qiladilar, respublika va mahalliy ahamiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hokim ijroiya apparatiga ega boʻlib, bu apparat hozir amal qilib turgan Kengash va ijroiya qoʻmitasining vazifalarini bajaradi. Apparatning tuzilishini va shtatlarini hokim belgilaydi hamda xalq deputatlari Kengashi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hokimning oʻrinbosarlarini, apparat boʻlimlari va boshqarmalari, boshqa boʻlinmalarining rahbarlarini hokimning taqdimiga muvofiq xalq deputatlari tegishli Kengashlari tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hokim Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida oʻziga berib qoʻyilgan vakolatlar doirasida qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Hokimning qarorlari va farmoyishlari Kengash hududidagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamiyat va birlashmalar uchun, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining sessiyalari hokimlar tomonidan zaruratga qarab, lekin bir yilda kamida ikki marta chaqiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ushbu Qonundan kelib chiqadigan oʻzgartishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasida mahalliy xokimiyat idoralarini tuzish masalalari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Qonunlari bilan ushbu Qonunga mos tarzda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu Qonun matbuotda eʼlon qilingan paytlan boshlab kuchga kiradi va Oʻzbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilingunga qadar amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 4-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
496-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 146-modda)